• Masala bayoni . Islom ilohiyoti va uning asosiy aqidalari.
  • «Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz!»
  • «(Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi»
  • Dinshunoslik




    Download 0,69 Mb.
    bet40/75
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #117499
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
    Bog'liq
    Dinshunoslik maruza

    6-mavzu. Islom ta’limoti
    Ma’ruza rejasi:

    1. Islom ilohiyoti va uning asosiy aqidalari

    2. Kalom ilmi.

    3. Moturidiylik va ash’ariylik.

    4. Tasavvuf ta’limoti va fiqx ilmi

    Tayanch tushunchalar
    Ilohiyot, nubuvvat, kavniyot, sam’iyot, aqida, kalom, imon, Alloh, farishta, payg‘ambar, taqdir, qiyomat, jannat, do‘zax, moturidiylik, ash’ariylik,tasavvuf, tariqat.

    1. Masala bayoni. Islom ilohiyoti va uning asosiy aqidalari.

    Aqida mavzusi to‘rt qismga bo‘linadi: ilohiyot, nubuvvat, kavniyot va sam’iyot.
    Ilohiyot iloh va unga oid masalalar haqida bahs yuritadi. Nubuvvatda vahiy, payg‘ambarlik va ularga tegishli masalalar haqida bahs yuritiladi. Kavniyotda esa, borliqdagi mavjudotlar – inson, farishta, jin va sababiyat qonunlari haqida bahs yuritiladi. Sam’iyot eshitish bilangina sobit bo‘ladigan aqidalar haqida bahs yuritadi. Bular asosan g‘ayb olamiga tegishli masalalar bo‘lgani uchun bu turni «g‘aybiyot» ham deyiladi.
    Islom besh asosga qurilgan. Ular: imon, namoz, zakot, ro‘za va haj. Bular islomning sharti – rukni hisoblanadi.
    Imon so‘zi ishonmoq, tasdiqlamoq ma’nolarini bildirib, istilohda, kalimai shahodatni aytish, ya’ni «La ilaha illalohu Muhammadun Rasululloh» («Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning rasuli»)ni til bilan aytish va dil bilan tasdiqlashdir. Buni chin dildan aytgan kishi musulmon hisoblanadi.
    Hadislarda imonning yetti sharti bor ekani qayd etilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

    1. Allohning borligi va birligi, Qur’on va hadislarda bayon qilingan barcha ism va sifatlariga ishonish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytariqlaridan tiyilish.

    Tarixda ulamolar Allohning borligi haqida alohida to‘xtalib, dalil keltirmaganlar. Zero u davrlarda Xudoning borligiga barcha ishongan (xudo yo‘q degan tasavvur bo‘lmagan). Ammo zamonamizga kelib Xudoning borligiga ishonmaydiganlar chiqqandan keyin olimlar bu mavzuni ham aqida kitoblariga kiritganlar va u aqidaning bosh mavzusiga aylangan.
    Aqida ilmida Allohning yagonaligi masalasi ham alohida ahamiyatga molik sifatida o‘rganiladi. Bu «tavhid» deyiladi. Tavhid lug‘atda biror narsaga birlik va yagonalikni nisbat berishdir. Istilohiy ma’noda Allohga shirk keltirishning turli ko‘rinishlaridan voz kechish, Allohning zotida, sifatida, ishlarida, ismlarida, hukmlarida ham sherigi yo‘q deb, e’tiqod qilishga aytiladi.
    Islom dinida Allohga ishongan kishi uning ismi va sifatlariga ham imon keltirish lozim. Quronda «Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz!» (Aorof, 180), «Uning go‘zal ismlari bordir» (Hashr, 24) deyilgan. Bu ism va sifatlar orqali Alloh haqida bilimlarga ega bo‘linadi. Shuningdek, «Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor» ekani haqidagi hadisni muhaddislar rivoyat qilganlar.
    Imom Abu Hanifa o‘zining «al-Fiqh al-akbar» asarida Alloh haqida shunday degan: «U o‘zi yaratgan narsalardan birortasiga o‘xshamas. Unga ham biror narsa o‘xshash emas. O‘zining zotiy va fe’liy sifatlari bilan azaldan bor bo‘lgan va abadiy bor bo‘lur. Zotiy sifatlari – hayot, qudrat, ilm, kalom, eshitish, ko‘rish, iroda. Fe’liy sifatlari – xalq etish, yasash va boshqa shu mazmunga dalolat qiluvchi sifatlar. U o‘zining barcha ism va sifatlari bilan birgalikda doim bo‘lgan va abadiy bo‘lajak. Unga biror ism yoki sifat keyin qo‘shilib qolgan emas».
    Islom ta’limotiga ko‘ra, Allohning ismi va sifatlarini boshqa biror maxluqotga o‘xshatish mumkin emas. Uning holati, kayfiyati, surati haqida bahs qilinmaydi, ya’ni Alloh ko‘radi, eshitadi, biroq biz insonlar va boshqa maxluqotlar kabi emas, balki u haqda bahs qilish bidoat hisoblanadi.
    Allohning buyrug‘ini bajarish va qaytariqlaridan qaytish ham imonning bir bo‘lagi. Chunonchi islom ta’limotida Allohning buyruqlarini bajarish insonga oxiratda jannatga tushishiga olib keladi. Aksincha, uning qaytargan narsalaridan qaytmasa do‘zaxda azoblaydi deb bilinadi.
    2.Musulmon odam farishtalarga ham ishonishi lozim. Farishtani arab tilida malak, ko‘pligi maloika deyiladi. Ularga ishonmagan musulmon hisoblanmaydi. Qur’onda, «(Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi» (Baqara, 285) deyilganidan farishtalarga ishonish imonning asoslaridan hisoblanadi.
    Farishtalar nurdan yaratilgan, nurning tezligi o‘ta kuchli bo‘lganidan ham farishtalar ko‘zga ko‘rinmaydi. Farishtalarning sonini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, ular Allohning buyrug‘idan chiqmay doimo uning aytganini bajaradigan xos bandalar hisoblanadi. Ular Allohning barcha maxluqotlaridagi elchilar deyish mumkin. Xudoning xuzuridan ishni olamga olib tushib, o‘shaning tadbirini qiladilar. Ularning jinsi yo‘q. Xohlagan qiyofaga kira oladilar.
    Qur’on va sunnatda farishtalar muayyan vazifalari borligi haqida ham ma’lumot berilgan. Masalan, tog‘larga, yomg‘irga, bulutga, quyoshga, oyga, ekinga va hatto ona qornidagi bachadonga vakil qilingan farishtalar sinfi bor. Shu bilan birga insonga vakil qilingan farishtalar odamning ishlarini yozib boradilar. Oxirat ishlariga ham vakil qilingan farishtalar mavjud: o‘limga, qabrdagi savol-javobga, jannatga, do‘zaxga va hokazo.
    Farishtalardan 4 tasi: Jabroil, Mikoil, Isrofil va Azroil bosh hisoblanadi.


    1. Download 0,69 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




    Download 0,69 Mb.