|
Masala bayoni. Islom dini manbalarning tarbiyaviy ahamiyati
|
bet | 37/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruza4. Masala bayoni. Islom dini manbalarning tarbiyaviy ahamiyati.
Islom dinining manbalari «Qur’on» va «Hadis» larda «… ilohiyot, diniy masalalar bilan birga o‘z davrining axloqiy va siyosiy an’analari, insonparvarligi, insonlarni qovushtiruvchi, ular o‘rtasida ziddiyat, nizolarning oldini oluvchi, adolat o‘rnatishga qaratilgan axloqiy fikrlar ham keng o‘rin olgan»31. Darhaqiqat Islom dini ma’rifatparvarlik va yuksak axloqiylik g‘oyalarini ilgari surish bilan ajralib turadi. «Qur’on» va «Hadis» larda ilgari surilgan axloqiy qarashlar inson ma’naviy-axloqiy tarbiyasida eng ta’sirchan, eng baquvvat xalqa, usiz jamiyat, xalq, inson ma’naviyatini tasavvur qilish mumkin emas. Aytish joizki «Qur’on» ning har bir oyati, «Hadis»larning har bir naqli mo‘min-musulmonlarning axloq-odob sifatlarini yoritishga, ularning o‘ziga xos go‘zal qirralarini ochib berishga va shu ruhda tarbiya topishga yo‘naltirilgan. Ularda har bir insonni insonparvar, vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi, bunyodkor, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi. «Qur’oni karim, hadislar va shariat ko‘rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o‘z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan fikrlarning mukammal to‘plamidir. Qur’oni karim, hadislarni, shariat ko‘rsatmalarini o‘rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko‘ramiz. Ayniqsa, Islom harom va halol masalasiga musulmonlar e’tiborini qaratadi»32.
Islomda, xususan Qur’oni Karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Islom ta’limotiga ko‘ra, oila yaratganning roziligini topish, payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish va pok yo‘l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi va nikohni insoniy aloqalarning eng muhimi sifatida yuksak qadrlaydi. Oila kichik bir jamiyatdir. Oilaning tinchlik hotirjamligi va saodatini ta’minlash oiladagi har bir shaxsning o‘z ma’suliyatini his qilishi va bajarishi bilan barqaror bo‘ladi. Jamiyatning kelajagi porloq, katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun , avvalo , uning ajralmas negizi oilalarning ma’nan sog‘lomligi talab qilinadi. Bu esa quyidagi shartlarga rioya qilinishiga bog‘liq :
Oilaning bir biriga munosib odamalrdan tashkil topishi;
Er –xotin orasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik;
Erkak kishi o‘zining oila ustuni ekani hamda rahbarlik mas’uliyatini his etishi va bunga amal qilib yashashi;
Ayol kishining oila ichki holatlarga mas’ullligi;
Ota –ona farzandlarining rioyasini qilib, ularga adolatli bo‘lishlari;
Farzandlarning ota –onalarga yaxshilik qilishlari;
Ana shu shartlarga rioya qilinsa, oilada sog‘lom muhit vujudga kelib, tarbiya topayotgan farzandlar odob –ahloqli, el –yurtga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib voyaga yetadilar.
Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.
Hadislarda axloqiy kamolot haqida aytilgan ba’zi fikrlar buning yaqqol tasdig‘idir:
Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga hiyonat qilishdir;
Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang;
O‘zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo‘rqaman:
Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishdan;
Ilmu ma’rifatga ega bo‘la turib, g‘ofillarning ishini tutishdan;
Beshta narsadan oldin beshta narsani g‘animat biling;
O‘limdan avval tiriklikni, betoblikdan avval salomatlikni, bo‘sh vaqtdan avval bandlikni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan avval boylikni;
Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do‘zohga mahkumdir.
Sharqda, xususan, bizning milliy ma’naviyatimizda ota-onani behurmat qilish u yoqda tursin, hatto yuziga tik qarash, gap qaytarish ham gunoh hisoblanadi. Bu haqda biz uchun ibrat bo‘larli hadislar mavjud: «Kimki ota-onasining roziligini olgan bo‘lsa, tangri uning umrini uzaytiradi»; «Otaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish tangri oldida gunohkor bo‘lish bilan barobardir»; «Ota-onalarning keksalik vaqtida har ikkisini yoki biri bo‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bo‘lib olmagan farzand xor bo‘lsin, xor bo‘lsin va yana xor bo‘lsin»;
Musulmon sharqda ayollarga hurmat va e’tibor ham muqaddas kitoblarda o‘z ifodasini topgan. «Jannat onaning oyoq ostitadir» hadisi juda teran mazmunga ega bo‘lib, ayol zoti jannat tushunchasidan ham yuqori qo‘yilgan.
Islom axloqiy qarashlarida har bir kishining o‘z mehnati, kasb-hunari bilan yashashga ham qonun qilib qo‘yilgan. Payg‘ambarimiz: «Mehnat qilishdan uyalmang, mehnat qilish – ibodat qilishga barobar», deydilar.
Qur’oni karim va xadislar odamzot aql-idrokini muhofaza qilishi bilan ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Chunonchi odamzot bolasiga aroq, nasha, opiy kabi zararli giyohvand moddalarni iste’mol qilmaslikka undab turadi. Payg‘ambarimiz hadislaridan birida, «Kayf qildiruvchi narsa – hamr. Har qanday hamr haromdir», - degan ekan.
Islom xozirgi davrning global muommasiga aylanib borayotgan insonlarning naslini sog‘lom saqlashga chorlaydi, zinokorlikka va u orqali spidga mubtalo bo‘lishini qoralaydi. Zinokorlik katta gunohlardan biri ekanligini qayta-qayta uqtiradi. Chunki bunday ko‘ngilsiz hatti-harakatlar inson farzandlari irsiyatida jiddiy nuqsonlar paydo bo‘lishi, hatto zurriyotni bahtiqaro qilishi mumkin.
Qur’oni karim va hadislarning tarbiyaviy ahamiyati insonlarni ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo‘lishga chaqirishida ham namoyon bo‘ladi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd etilishining o‘zi katta tarbiyaviy axamiyatga ega. Hadislardagi «Sadaqaning afzali mo‘min kishi ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘minlarga ham o‘rgatishdir»; «Ilm ibodatdan afzaldir»; «Ilmu hunarni Xitoydan bo‘lsa ham borib o‘rganinglar» kabi har bir kishini ma’rifatga chordlovchi so‘zlarning ahamiyati beqiyosdir.
Islom kishilarni faqat diniy bilimlarnigina emas, balki shu bilan birga dunyoviy ilmlarni ham chuqur egallashga chaqirishi bilan ham ahamiyatlidir. Din ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham, bunisini ham egallamog‘i kerak. Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi.
Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo‘ldik.
Islom tomonidan asrlar davomida ishlab chiqilgan axloqiy-ma’rifiy qadriyatlar yangilanish jarayoniga xizmat qilmoqda. Zero, bu qadriyatlar doimiy ravishda odamlarda, jumladan yoshlarimizda yaxshi xislatlarni ko‘paytirib, yomonlardan xalos bo‘lishga chorlaydi. Diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur va puxta egallash o‘z navbatida kishilar, xalqlar, mamlakatlar hayotiga katta havf solayotgan islom niqobidagi turli ekstremistik oqimlarga nisbatan mafkuraviy-ilmiy immunitet xosil qilish, xalqaro terorizmga qarshi kurashishga yordam beradi.
Yurtboshimizning izchil sa’y-harakatlari bilan mamlakatimizda bu dolzarb masala muvafaqqiyatli hal etilmoqda.
|
| |