• Muammoning o’rganilganlik darajasi.
  • Dissertant: O’tapov toyir usmonovich mavzu




    Download 22.32 Kb.
    bet1/4
    Sana14.12.2022
    Hajmi22.32 Kb.
    #34629
      1   2   3   4
    Bog'liq
    DISSERTANT tahlil
    shaxsiy ish reja Eshmirzayeva G

    DISSERTANT: O’TAPOV TOYIR USMONOVICh
    MAVZU: MATEMATIKA TA’LIMI JARAYoNIDA O’QUVChILARNING
    MATEMATIK IQTIDORINI ANIQLASh VA RIVOJLANTIRISh
    METODIKASI
    ILMIY RAHBAR: fizika-matematika fanlari nomzodi,
    dosent Mamatov Mashrab Shaxobuddinovi
    Dissertasiya mavzusining dolzarbligi. Akademik liseylarda ta’lim olaѐtgan iqtidorli o’quvchilarni maqsadli tayѐrlash va ularning noѐb iste’dodini ruѐbga chiqarish jaraѐnida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etish zarurati paydo bo’ldi. «Kadrlar tayѐrlash Milliy dasturi»da qayd etilganidek: «Akademik liseylarning o’quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoѐn etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noѐb iste’dodni ro’ѐbga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi». Ushbu yo’nalishda dunѐning turli mamlakatlari mutaxassislari qatorida, Respublikamiz mutaxassislari ham samarali izlanishlar olib bormoqdalar. Ular tomonidan turli tavsiyalar, maxsus psixologik, pedagogik testlar, iqtidorli o’quvchilarni maqsadli tayѐrlashga mo’ljallangan maxsus o’quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.
    Muammoning o’rganilganlik darajasi. Iqtidorli o’quvchilar
    muammosi bilan xorij va respublikamizning qator psixolog va pedagog olimlari A.N.Kolmogorov, B.V.Gnedenko, A.M.Matyushkin, V.A.Kruteskiy, V.L.Yurkevich, I.Ya.Kaplunovich, N.S.Leytes, V.I.Panov, D.Gilford, Dj. Renzulli, C.L.Rubinshteyn, A.I.Savenkov, M.A.Xolodnaya, V.D.Щadrikov, V.Shtern va E.G’oziyev, J.Ikromov, N.R.G’aybullayev, B.R.Qodirovlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Umumiy va maxsus iqtidor muammosi bo’yicha A.M.Matyushkin, V.A.Kruteskiy, N.S.Leytes, V.I.Panov, D.Gilford, Dj.Renzulli, C.L.Rubinshteyn, A.I.Savenkov, M.A.Xolodnaya, V.D.Щadrikov, V.Shtern kabi xorij olimlari shug’ullanishgan. Iqtidorni tadqiq qilishdagi ѐndashuvlarning ba’zilari iqtidorni qobiliyatlarning o’ziga xos birlashmasi sifatida qaraydigan yo’nalish ham mavjud bo’lib, bu yo’nalishda N.S.Leytes, V.D.Щadrikov, B.M.Teplov, B.G.Ananyevlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Qobiliyatlarning namoѐn bo’lishi va rivojlanishining o’ziga xos tomonlari bo’yicha V.A.Kruteskiy, N.S.Leytes, B.R.Qodirov, E.G’oziyevlar ilmiy izlanishlar olib borganlar.

    Download 22.32 Kb.
      1   2   3   4




    Download 22.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dissertant: O’tapov toyir usmonovich mavzu

    Download 22.32 Kb.