Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning




Download 30,11 Mb.
bet10/24
Sana17.05.2024
Hajmi30,11 Mb.
#239672
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Madina tayyor 23 (2) (1) (1)

Zardoʻzlik — bezak sanʼati turi; amaliy sanʼatning zar (tilla va kumush suvi yuritilgan) ip, nozik sim, ipak bilan kashta tikib bezak yaratadigan sohasi. Toʻrtburchak chambarakka (korchoʻpga) oʻrnatilgan baxmal, shoyi, movut, charm va boshqa matolarga zardoʻzi usulida kashta (gul, naqsh, tasvir) tikiladi. Kashtada baʼzan metall, tosh, shisha munchoklar ham ishlatiladi, turli matolar (baxmal, shoyi va boshqalar)dan quroq qilinadi. Oldindan tayyorlangan (rassomlar tomonidan yaratilgan nash nusxasi kuchirilgan) axta qogʻozlardan keng foydalaniladi. Matoga mustahkamlangan (tikilgan yoki yopishtirilgan) axta qogʻoz zar ip bilan bir tomonlama qoplab tikiladi (mustahkamlovchi chok uchun zar ipga moye rangdagi ipdan foydalaniladi), natijada naqshgul yuzasi zar iplar bilan qoplanadi, matoning teskarisida naqshgul shakligina hosil boʻladi. Zardoʻzlar bezak yaratishda bir necha usulni qoʻllaydilar: zardoʻzi zamindoʻzi va zardoʻzi guldoʻzi, shuningdek, birishimdoʻzi (ipak ishlatilganda), pulakdoʻzi (tugmasimon metall yaproqchalar qoʻllanganda) va b. Mustahkamlovchi va tahrir choklarning bir necha xilini mohirona qoʻllanilishi hamda ularning naqsh mujassamoti bilan uygʻunlashuvi zardoʻzi buyumlarga joziba va nafosat baxsh etadi; ularning badiiy qimmati naqsh mujassamoti, xom ashyosi, tikilishi hamda zardoʻz ustaning did va mahoratiga bogʻliq. Naqsh mujassamotida keng tarqalgan anʼana badiiy hunarmandlik turi sifatida Yaqin va Oʻrta Sharqda keng tarqalgan. Asosan, binolar ichini bezaydigan buyumlar, ayollarning bayram liboslari bilan tayyorlangan.
Arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar Oʻrta Osiyo xalqlari orasida zardoʻzi kiyim va badiiy buyumlar tikish qadimdan rivojlanganligini koʻrsatadi. Ispan elchisi Klavixo uz esdaliklarida usulida tikilgan koʻrpatoʻshaklar, ipak matoga zar taqilgan qimmatbaho darpardalar va chodirlar haqida, erkak va ayollarning zar ipda tikilgan kiyimlari haqida zavq bilan yozadi. Abdurazzoq Samarqandiy oʻzining "Hindiston safarnomasi" risolasida Shohrux (1442) Hindistonning Kalkutta viloyati hukmdori huzuriga yuborgan elchilari orqali unga zardoʻzi doʻppi sovgʻa qilgani qayd etilgan. Vosifiy oʻzining risolalarida kasbi toʻgʻrisida soʻz yuritgan. Darqaqiqat, 15—18-asrlarda Buxoro, Samarqand, Hirotda yuksak pogʻonaga koʻtarilgan. Uning 19-asrdagi taraqqiyoti Buxoro bilan bogʻliq.
Buxoroda saqlanib kelayotgan kasbi uzoq davr mobaynida sayqal topib, takomillasha borgan asosan, erkaklar shugʻullangan (hozir ayollar orasida ham keng tarqalgan), ular ustaxonalarga uyushib ishlashgan. 19-asr oʻrtalari 20-asr boshlarida yaratilgan zardoʻzi buyumlar (toʻn, kamzul, chakmon, chalvor, poyabzal, belbogʻ, salla, kuloh va jul kabi)ning deyarli barchasi amir va uning oilasi, saroy aʼyonlari uchun tayyorlangan, qisman badavlat xonadonlar buyurtmalari ham bajarilgan. 19-asr 30—60y. larida aks ettirilgan mujassamotlar qanchalik oddiy boʻlsa, kashta — gullar ham shunchalik ravon va jozibador boʻlgan. 19-asr 70—80y.larida zar ip yoki zar aralashtirib eshilgan ipak ip (pushti, toʻq qizil, moviy, yashil)dan foydalanilgan. zardoʻzi birishimdoʻzi nomli oʻziga xos turi shu davrga xosdir. 1893-yildan zar iplarning yangi navlari koʻp miqdorda ishlab chiqarilib, ular rangli ipak iplarni siqib chiqardi va umumiy tikish uslubini ham tubdan oʻzgartirib yubordi.
1890—1900 yillardagi zargarona oʻta nozikligi bilan ajralib turadi. Turli koʻrinishdagi boʻrtma girixlar, yulduzchalar va shunga oʻxshagan boshqa bezaklar buyumga oʻzgacha zeb berib turgan, ayniqsa, davqur mujassamoti alohida oʻrin tutgan. 20-asr 20y.larida barcha amaliy buyumlarning turlari oʻzgardi, avvalgi hashamdor buyumlar oʻrnini nafis ishlangan, davr talabiga mos buyumlar egalladi, naqsh mujassamoti soddalashtirildi, anʼanaviy naqshlar davr ruhini ifoda etuvchi shakllar bilan boyitildi.
Zardoʻzlar ayollarning bayram liboslari (koʻylak, nimcha, doʻppi, kamar, kavush, sumkacha), anʼanaviy buyumlar, erkaklar uchun sovgʻa toʻnlar, doʻppilar tayyorlay boshladilar. 40—50y.lar boshida mahobatli zardoʻzi namoyonlar yaratish sezilarli darajada rivojlandi. Dastlabki yirik ish Navoiy teatri uchun tikilgan zardoʻzi parda boʻldi (1947, A. Shchusev chizgisi, hajmi 7x27 m). Rassomlarning amaliy sanʼat ustalari bilan hamkorligi hamda ijodiy izlanishlar natijasida yangi mujassamotli mayda buyumlar, badiiy jihatdan qimmatli namoyonlar yaratildi va yaratilmoqda: "Kitoba" (1952, N. Aminov chizgisi), "Paxta" (1955, M. Prutskaya chizgisi), "Bayram" (1959, V. Stolyarov va M. Ahmedova chizgisi), "Girih" (1962, V. Stolyarov chizgisi), Alisher Navoiyning 525 yilligiga (1968) va b.ga bagishlangan namoyonlarning katta yutugʻi boʻldi. 90 yillarlarga kelib qayta tiklandi.
Buxoro, Andijon, Namangan, Fargona, Toshkent, Samarqand, Urgut, Qarshi, Jizzax shaxarlari, Surxondaryo viloyati zamonaviy sanʼatining markazlari hisoblanib, zardoʻz ustalar (N. Aminov, B. Jumayev, S. Akbarova, T. Sodikrva, G. Bozorova, G. Pirimqulova, M. Habibova, G. Nurtoyeva, M. Muhiddinova, D. Tosheva va b.) chopon, doʻppi, nimcha kabi liboslar katorida mavzuli namoyonlar, teatr pardalari hamda sovgʻa buyumlar, ignadonlar, koʻzoynak gʻilofi, upaelik sumkachalarini usullarida bezatishni rivojlantirdilar.
B. Jumayev rafiqasi M. Jumayeva bilan birgalikda Buxoro zardoʻzlik sanʼati maktabini tiklash va rivojlantirish maqsadida markaz tashkil qildi (1995). B. Jumayevning "Bahouddin Naqshbandiy" (1997), "Buxoroyi Sharif" (1997), "Qoʻshtovus" (1998), "Gultuvak" (1998), "Alisher Navoiy" (1998) mavzularidagi devoriy namoyondalarining yuqori darajadagi texnik ijrosi hamda muallifning oʻziga xos uslubi va badiiy anʼanalarning uygʻunlashganligi bilan ajralib turadi. Ustalar va rassomlar yaratayotgan yirik mavzuli zardoʻzi buyumlar respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalarida namoyish etilmoqda, muzeylarida saqlanmoqda.
Milliy yoki an’anaviy xalq liboslari ijod manbaasi sifatida loyihalash. Dizayner - xalq liboslariga o‘zgacha qiziqish bilan yondashadi. Libosning asosiy qiymati uning funkmonalligi, bichim va shakl ilmidagi, aql - idrokka asoslangan va maqsadga muvofxq ravishda bo‘lishi, bu bilan bir paytda dekorativ behashmligining turli xil usullari hisobiga tashqi ko‘rinishning ko‘p variantligini tushuntirish va amaliy qo‘llashni o‘rgatish. Milliy liboslar asosida zamonaviy kiyimlar kolleksiyasini yaratish.. Xalq liboslarini ijodiy qayta ishlash va o‘rganish qiymatga, rivojlanishga, zamonaviy libosning yangilanishiga, unda o‘ziga xos milliy ranglar uyg‘unligini yaralishiga yordam beradi. Saqlanib kelinayotgan xalq san’atini, marosimlarni chuqur o‘rganmasdan turib, zamonaviy libosning tezlashgan jarayonini ko‘rib bo‘lmaydi.
Loyihalash fanidan amaliy mashg‘ulot bo‘yicha milliy yoki an’anaviy xalq libosi asosida zamonaviy kiyimlar kolleksiyasini yaratish uchun, loyihasini bajarishda fanning vazifasi, maqsadi va mazmuni berilgan zamonaviy kiyim yaratish uchun tarixni bilish shart. SHunga asoslanib, amaliy mashg‘ulotda loyihasida xalq kostyumlarini tarixiy rivojlanishini o‘rganish qo‘llanadi. O‘rta Osiyo va Old Osiyo kostyumlari chuqur o‘rganiladi. Ulaming ijtimoiy reoganal, yoshi, jinsi, belshilari bo‘yicha X asrdan boshlab XX asrgacha bo‘lgan davrini o‘rganilib chiqiladi.
Kostyum turlari, ularni bichimi qo‘llanilgan materiallari, naqshi, bezaklari va boshqa tanishish va ulami paydo bo‘lish sabablarini aniqlanadi.Talabalami har-xil tarixiy va milliy dekorativ san’ati bilan tanishtirish amaliy mashg‘ulotning maqsadidir. Amaliy mashg‘ulot halqlar kostyumini spemfikamyasini va asrlar aro o‘rganishga katta ahamiyat berilgan.
Gazlama madaniyati va dekorativ amaliy san’ati orqali o‘tgan davrlardan hozirgi zamongacha ijodiy merosni chuqur o‘rganish -ushbu amaliy mashg‘ulot vazifasidir. Tarixiy kostyumlami o‘rganish dekorativ san’atni turli sohalarini vujudga kelishi va rivojlanishi to‘g‘risida bilim beradi.
Milliy yoki an’anaviy xalq liboslarini yaratishda uchun etno uslub, kiyimda etno uslub, milliyli aksessuarlar, , matolar, naqsh va bezaklar haqida, bilishlari lozim.
Etno uslub - bu shunday uslubki, unda dunyo xalqlarining harakteri namoyon bo‘ladi. Etnik komponent u yoki bu mamlakat uchun hos bo‘lgan kiyim predmeti yoki poyabzalida ham (masalan: Meksikada pancho yopinchiqlar), aksessuarlar, ham shu libos elementlari (masalan: naqshlar) bo‘lishi mumkin.
Etno - uslubning paydo bo‘lishi. Uslub nomi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, u “etnos” - xalq ma’nosini bildiradi. Libosdagi etno uslubi XX asming 60- yillarida “ranglar farzandlari” ya’ni xippilar sababli paydo bo‘ldi va ommalashdi. Mazkur sub madaniyat vakillari o‘zlariga yorqin rang-barang haraktemi cheklamaydigan erkin libos tanladi. Xippi aynan bir xalqning uslubiga e’tibor qaratmay, balki ularning hammasini qorishtirib, natijada o‘ta original, mutanosib, noan’anaviy kombinatmya yaratilgan. Ulaming uslubida Hindistonning o‘z bashing sarilari, keng ishton va etnik uslubdagi taqinchoqlarini yoki xindularga hos bo‘lgan mokasin va yumshoq charm mahsulotlar, Morokko va boshqa bir qator davlatlarga tegishli bo‘lgan kopqavatli yubkalarini ham uchratamiz. Dzen-buddizm kabi falsafiy oqimlarning ta’siri ham mavjud. Shu sabab krishnaidlar uchun xos bo‘lgan sariq-olov ranglami ko‘ramiz.


Download 30,11 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Download 30,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning

Download 30,11 Mb.