Ijodiy manbaani tanlash, asoslash va uslublash




Download 30,11 Mb.
bet9/24
Sana17.05.2024
Hajmi30,11 Mb.
#239672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Madina tayyor 23 (2) (1) (1)

1.5. Ijodiy manbaani tanlash, asoslash va uslublash.
Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. O‘zbekistonning ilk poytaxti. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan.
Buxoro va Samarqand o‘zbeklari milliy kiyimlarining noyob namunalari
aholi har bir toifasining ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib taqdim etilgan. An’anaviy milliy kiyimlarda qo‘shni davlatlarning madaniy ta’siri kuzatiladi, uning asosiy shakllari va ayrim elementlari asrlar davomida yaratilgan.
Kiyimlar quyidagicha tasniflanadi: bashang (kishilik, tantanali kunlar
kiyimlari), kundalik, ish kiyimlari. Kiyimlar bir to‘plam, ya’ni bosh-oyok,
kiyim (komplekt) kilib berilgan: ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim, oyoq; kiyim, kiyim bezaklari. Shuningdek, kiyimlar tikilgan matolar ham taqdim etilgan.
O‘zbskistonda qadimdan yuqori sifatli va chiroyli gazlamalar ip gazlama, yarim ipak, ipak va jun gazlamalar ishlab chikdrilgan.Ular butun sharqda urta asrlardan, ya’ni Xitoydan qadimiy Turkiston orqali "Buyuk Ipak Yo‘li" o‘tgan vaqtdan beri mashxur bo‘lib kelgan. Buxoro va Samarkand gazlamalarining shuxrati to‘grisida Narshaxiy, Maqdisiy va boshqa X asr tarixchilarining asarlari dalolat beradi. Ularning xabar berishicha, mahalliy gazlamalar Bog‘dod, Xuroson, Misr, Suriya, Vizantiya kabi shaharlarga chiqarilgan.
XIX asr o‘rtalarida ko‘p shaharlarda (Buxoro, Samarkand, Shaxrisabz,
Margilon va boshqalar) milliy o‘ziga xos va original ijrodagi yuori sifatli gazlamalarning turli xillari ishlab chikdrilgan va mashxur bulgan. Bizning mamlakagimiz va undan tashqarida ogir yarim ipak gazlamalar - beqasam, banoras va adras; ayollar kiyimi uchun engil va yupqa ipak mato shoyi, ranglarining mutanosibligi bo‘yicha juda ajoyib abrli gazlamatar mashxurdir. Buxoroning abrli gazlamalarida asosan uchta rang to‘q qizil, sariq va pushti ranglardan foydalanilgan. Buxoro va Samarkdndning milliy kiyimlari O‘zbekistonning boshkqa mintaqalari kiyimlaridan serxashamligi va noyob zardo‘zi kashtalari bilan ajratib turadi.
XIX asrda Buxoroda zardo‘zlik san’ati gullab-yashnagan. Zardo‘zi kashtalar bilan, asosan, saroy a’yonlari, ayollar va erkaklar kiyimlari: chopon, belboklar, bosh va oyok, kiyimlar bezatila boshlandi. Zardo‘zlik san’atida zardo‘zi, zamindo‘zi texnikasi keng tarqaldi, bunda asosan sidirg‘asiga kashta bilan tikib chiqiladi. XX asda zardo‘zi-guldo‘zi texnikasi rivojlandi, bunda naqsh gullari qattiq; yoki kartondan qiqib olinib, mato ustiga qo‘yiladi va zar ip bilan tikib, qoplanadi.
Hozirgi vaqtda zardo‘zlik san’ati an’analari yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Buyumlarning turlari ko‘paydi, kompozitsiyalar ishlab chiqarish sifati yaxshilandi. Do‘ppilar. ayollarning engsiz nimchalari, shippaklar, belbog‘lar, sumkachalar, divan yostikdari, devoriy pannolar va boshkdlar keng tarqaldi.
Shunday qilib, Buxoro va Samarkand Uzbekistonning zargarlik va zardo‘zlik san’ati rivojlangan markazlaridan xisoblanadi.
Buxoroda— hisor bilan shahriston o‘rtasida, masjidi jome yaqinida bir korxona bo‘lgan unda paloslar, darpardalar, yazdiy kiyimliklar, yostiq jildlari, funduqiyjoynamozlar va ust kiyimlarni xalifa uchun to‘qigan bitta darpardaga(butun) Buxoro xiroji sarf bo‘lgan. Bag‘doddan har yili alohida odamalar kelib, Buxoro xirojining evaziga shu kiyimlilardan olib ketishgan. Orada bu korxona ishlamay qolgan va bu hunar bilan shug‘ullanuvchi kishilar tarqalib ketdilar.
Buxoro shahrida shunday ish qilingan ustalar bo‘lar edilar: viloyatlardan savdogarlar kelib, odamlar zandaniychini olib ketganlaridek, u kiyimlilardan Shom va Misr, Rum shaharlariga olib ketganlar. Xurosonning hech bir shaharida bunday(matoni) to‘qiy olmagan Shunisi qiziqki, bu hunar egalaridan ba’zilari Xurosonga borgan va bu ish uchun kerakli asboblarni shaylab shu kiyimlikdan to‘qiganlar lekin Buxorodagidek sifatli bo‘lib chiqmagan. Bu kiyimlikka ega bo‘lmagan birorta ham podshoh, amir, rais yoki boshqa mansab egasi bo‘lmagan. Uning qizil, oq va yashil ranglisi bo‘lgan. Bugun hamma viloyatlarda u kiyimlidan ko‘ra zandaniychi mashhurroq.
Hozirgi kunda Hozirgi kunda Buxoro shahrida 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining yarmidan koʻprogʻi Buxoroda ishlab chiqariladi. Korxonalarda asosan mahalliy xom ashyo qayta ishlanadi. Buxoro toʻqimachilik kombinati („Buxoroteks“), qorakoʻl zavodi, zardoʻzlik, pillakashlik fabrikalari, paxta, yogʻekstraksiya, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari hamda hunarmandchilik tarmoqlari ishlab turibdi. Shaharda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi: Buxoroda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining filiali, bogʻdorchilik, niholchilik tajriba xujaligi va „Sohibkor“ xoʻjaligi joylashgan.
Milliy libos millat madaniyatining etnik komponenti sifatida, uning bu sohadagi madaniy yuksalish jarayonlarini oiganish vositasi ekanligi bilan belgilanadi. Millatning etnik tarixi mobaynidagi loyihalash madaniyati yutuqlari sirasiga kiruvchi milliy liboslaming konstmktiv yechimlari va bezaklari, ulaming boshqa millatlardan farqlanuvchi o‘ziga xosliklari - ijtimoiy munosabatlar doirasida ham, tabaqalar darajasi ramziy ifodasi va shu bilan bir qatorda - g‘oyaviy, mhiy, estetik o‘ziga xosliklarida ham aksini topganini kuzatish mumkin. O‘tgan davrlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, liboslarda zamonaviylik va milliylikni hech bir undagi atributsiz ifodalay olish, araalga oshirilgan loyihaning ulkan yutugi hisoblanadi. Ammo, milliylikka oid shunday libos atributlari ham mavjudki, ular hech bir e’tirozsiz har qanday libos to‘plamiga milliylik ruhiyatini kashf etadi. Misoltariqasida o‘zbeklar (ayol va erkaklar) zamonaviy kostyumida “dobppi” organik ahamiyat kasb etib kelayotganligini eslatish lozim. Shu ma’noda milliy libos g‘oyasi asosida yaratiladigan zamonaviy libos loyihasi davrlarni bogiovchi o‘ziga xos zanjir ma’nosini anglatadi.
Dizaynerlarning yosh avlodini tarbiyalashda, ularda milliy-an'anaviy liboslardan manba sifatida libos modellari to‘plamlarini tayyorlash asoslarini shakllantirish kelgusidagi ijodiy jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ijodkor qo‘l mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlar hozirgi kunda muhim qadriyat kasb etmoqda. Libos modellarini tayyorlash quyidagi maqsadlami o‘z ichiga oladi: Birinchisi - kelajakda dunyoga keladigan modaga xos modellami taklif etish boisa, boshqasi sanoat miqyosida ushbu modellarni amalga oshirishga tayyorlash hisoblanadi. Milliy an'analardagi liboslar to‘plamlarini tayyorlashga o‘rgatishdan maqsad, talabalami avvalo libos kolleksiyalariga mavzular tanlashga o‘rgatish, so‘ngra to‘plamlaming asosiy tamoyillari haqida tushunchalar berishini o‘z ichiga oladi.

Download 30,11 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Download 30,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijodiy manbaani tanlash, asoslash va uslublash

Download 30,11 Mb.