Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning




Download 30,11 Mb.
bet11/24
Sana17.05.2024
Hajmi30,11 Mb.
#239672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Madina tayyor 23 (2) (1) (1)

II-BOB. LOYIHA QISMI
2.1. Liboslar to‘plamini kompozitsion yеchimi va koloristik qatorni tanlash.
San’atning har qanday sohasida kompozision tuzilishsiz, uning barcha qism va komponentlarini uyg‘unlashtirilmasdan turib, badiiy asar yaratish mumkin bo‘lmaydi. Kompozision forma va mazmunni – yaxlitlikda ifodalashning muhim vositasidir.
Kompozisiya – deganda biz ma’lum bir ifodaga ega tuzilmasini yaxlitlikda, maqsadli qurish, qaysiki, qismlari joylashuvi va o‘zaro mutanosiblikda, bog‘liqlikda bo‘lishini va umumlashtirilgan, fikr va mazmunga egaligini tushunamiz.
Kompozision yondashuv qismlarining mantiqiy va chiroyli joylashuvini ta’minlaydi hamda formaga yaqqollik, chiroy baxsh etuvchi va mazmunini ravshanlashtiruvchi yaxlitlik yuzaga keladi.
Tuzilish va go‘zallik mantiqi, qismlarning yaxlitlik, mutanosiblikdagi uyg‘unligi, yuqorida qayd qilinganidek, nafaqat insonning yaratuvchanligiga bog‘liq. Kompozisiya alomatlarini biz tabiat formalarida, o‘simliklarning tuzilishlarida, mavjudotlar organizmlarida, koinotning tuzilishida va hokazolarda ham ko‘rishimiz mumkin.
Kompozisiya – badiiy asar uchun “materiallarni” tashkillashtirish vositasi hamdir. Material deganda nafaqat, jismiy ashyo, ya’ni bo‘yoq, loy va hokazolar ko‘zda tutiladi. Bunda badiiy asrani yakuni yaxlit holiga keltirishdagi ijodiy jarayon uchun kerak bo‘ladigan syujet, g‘oya, natura, turli davrlar uchun illyustrativ materiallar va hokazolar ham ko‘zda tutiladi. Bu haqida taniqli rus olimi (Л.Выгодский) adabiyot asari haqida “Material deganda barcha tayyor turmush munosabatlari, turli voqealar, turmush tarzi, harakterlar tushuniladi” deb yozgan edi
Aytilgan ana shu materiallarning badiiy qurilish qonuniyatlarini asoslariga ko‘ra joylashtirish, tartibotini – shu asarning formasi deyilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki badiiy asarning yakuniy namunasida “materiallar” umumlashgan, yaxlit ifoda vositasiga aylangan holda, muallifning xulosaviy natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Kompozision ishlov orqali mazmun va formaning birligiga erishiladi. Shuni ham e’tirof etish joizki, “mazmun” tushunchasi, mavzu, syujet, g‘oya tushunchalaridan kengroqdir, chunki u ijodiy jarayon davomida qayta-qayta fikrlanib formalarga ishlov berish tufayli asarda materiallarni uyg‘unlashtira olish va badiiy qiymatga erisha olish kabilarni ham o‘z ichiga oladi.
Kompozisiya tushunchasining tub ma’nosi – bu qandaydir g‘oyani ifodalashda ishtirok etadigan turli unsurlarni o‘zaro yaxlit ko‘rinishda biriktirilgan holatidir.
Kompozisiyaning asosi quyidagi prinsiplardan tashkil topadi:

  • Maqsadga muvofiqlik prinsipi;

  • Murakkablikning umumiyligi prinsipi;

  • Dominantlikning mavjudligi prinsipi;

  • Qismlarning o‘zaro bo‘ysundurilganlik prinsipi;

  • Muvozanat, qismlarning o‘zaro muvozanatda bo‘lishi prinsipi;

  • Dinamizm ( harakat – hayot va san’atda asos sifatida);

  • Uyg‘unlik prinsipi.

Buyumning tashqi ko‘rinishi va chegarasini ifodalaydigan eometric mohiyati shakl deb hisoblanadi. Shakl (lotin.– forma) – tashqi ko‘rinish, chegara ma’nolarini bildiradi.
Shaklni tanlash va uni uzilishidan san’at boshlanadi deb san’atshunoslar hisoblashadi.San’atni boshqa turlariga nisbatan kostyum insonning siymosi va qomatiga ko‘ra doimo rivojlanadigan ko‘p sathli tizimdir. Shakl tushunchasini quyidagi nuqtai nazarlardan tahlil etilishi lozim: shakl-falsafa kategoriyasi; shakl-ramz; shakl-ob’ekt, buyum; shakl-faoliyat.Shu bilan bir qatorda shakl-bu ketma-ket omillar to‘planishi va ularni doimo o‘zgarishi, ya’ni tizimning dinamik modeli desa bo‘ladi.Shakl tushunchasi insonning dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liq. Shakl buyum mavjudligining usuli, texnik va estetik zarurligi bilan ta’riflanadi. Shakl ma’lum psixologik ma’noni ifodalaydi va muayyan siymoli mazmunni ifodalovchi belgi, ramz tizimi deyiladi
Dizayn shakli yaratilganda quyidagi talablariga ahamiyat beriladi:

  • funksional-buyumning texnik maqsadini va insonning utilitar talablarini oldindan aniqlash;

  • konstruktiv-texnologik – materialning fizik va mexanik xususiyatlari shakl konstruksiyasini oqilona ifodalash;

  • estetik-jamiyatning estetik ideallariga buyumning mosligidir.

Kostyum shakli inson bilan chambarchas bog‘liq va faqat uning siymosi, o‘lchami, harakatini inobatga olgan holda tahlil etilishi lozim.
Kostyumning har bir qatlami o‘z xossalariga ega: ustki qatlami: rang,faktura, chiziq, naqsh, bezak, ya’ni kompozision bezak qatlamlaridan iborat; geometrik tarkib, u shakl elementlarining o‘zaro proporsional nisbatlarini aniqlaydi; tana va qobiq orasidagi fazo; odam figurasi.Kostyum shakli biologi tizim kabi hususiyatlar to‘plami yordamida barpo etiladi.Demak, shakl – bu odam qomati, muhit va belgilangan muayyan funksiya bilan bog‘liq, elementlari esa o‘zaro tarkibiy moslashgan fazoviy-vaqt modeli. Siymoli, funksional va texnik yechimlari bilan bog‘langan shakl geometrik elementlarining ma’lum fazoviy tizimi shakl deb tushuniladi.
Kostyum tarkibi-bu kostyumning ayrim elementlarining (kiyim, bosh va oyoq kiyim, qo‘shimchalar, taqinchoqlar) turg‘un tashkil etish usuli. Kostyumda shakl – bu uning tarkibini tashqi ko‘rinishi.Kostyum tarkibini aniqlash uchun hajmlarning geometrik asoslarini ajratib olish kerak.Bu holda albatta bezak elementlari hisobga olinmaydi. Kostyumda asosan uchburchak, to‘g‘riburchak, trapesiya va oval kabi tarkib elementlari uchraydi.Tashkiliy prinsipi bo‘yicha kostyum tarkibi simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin. Bitiruv malaka ishida ,, etno “ uslubidagi zamonaviy moda yo‘nalishi o‘rganildi, marketing tadqiqotlari natijasida hozirgi kunda ko‘proq trapesiya shaklidagi liboslar urfda bo‘lganligi uchun aynan shu shakl tanlab olindi.
Shakl elementlari bilan bemalol foydalanish uchun quyidagi qoidalarni inobatga olish lozim:
- kostyumning xilma-xil turlarini tuzish asosi sifatida bazaviy shakl olinadi, chunki u davrga mos. Ularni sinchiklab o‘rganish va kiyim loyihalashda ilmiy izlanishlar o‘tqazish kerak. Sanoatni talvasaga solmasdan mantiqiy ravshda yangi shakl va materialni vujudga keltirish uchun talablarni tayyorlash shart;
- maksimal utilitar g‘oyani ifodalagan shakl estetik shaklgacha o‘sishi kerak. Shaklning mukammal emasligini yashiradigan tikuvchining quvliklari bo‘lmasligi kerak va yomon konstruksiyani bezaksimon “yamoqlar” bilan chalg‘itmaslik lozim;
- zamonga mos shaklni benihoya plastik ifodalikligi, naqsh va fakturani chuqur ma’noligi, modelni yuksak darajada va aniqlik bilan ijro etganligi istalgan natijani beradi;
- bazaviy shaklni tushunib yetish darajasi modaga nisbatan munosabatini aniqlaydi. Moda – bu bazaviy shaklning namoyoni, ammo har doim uni ta’riflamaydi;
- barcha modali siluetlarni sanoatda ishlab chiqarish shart emas. Faqat kelajagi bor siluetlargina tikilishi lozim.Ko‘p fasonlarni yaratishga ham zaruriyat yo‘q, chunki ular ishni qiynaltirib, mahsulotni mukammal emasligiga olib boradi
Rang va shakl. Kostyumning rangli yechimi kompozision g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq.
Kostyumning rangli yechimi bo‘yicha (Г.Петушкова) ning tahlili quyidagini ko‘rsatadi:
-shakl geometriklansa, rang quyuqligi kuchayadi, kontrast yechimlari paydo bo‘ladi; shakl plastikligi kuchaysa-o‘xshash ranglar birikmasi ustunlik qiladi;
-rang gammasini o‘zgarishi rang doirasi bo‘yicha ketma-ket, sovuq va iliq ranglar baravariga yoki polixromiya (ko‘p ranglik) yetakchi bo‘lishi mumkin;
-moda gammasi xususiyatini o‘zgarish indikatori sifatida polixromiyani ustunligi, noxromatik ranglarni ko‘pligi bo‘ladi;
-rang va shakl o‘zaro bog‘liq. Kostyum rangining tahlili quyidagi hulosaga olib keldi: ranglar muayyan geometrik shaklga intiladi, ya’ni qizil ranglar-to‘g‘riburchak, ko‘k ranglar-oval, yashil ranglar-trapesiya shakliga intiladi.
-ranglarni muayyan shaklga intilishi ularni illyuziyalari bilan bog‘liq: shakl kichraysa, kostyum koloritida shaklni moddiyligini va zichligini ko‘rsatadigan iliq ranglar, kontrast birikmalar bo‘ladi; shakl kattalashsa rang gammasi murakkablashib, sovuq tomonga o‘tadi, ular shaklni ko‘rinish vaznini va kattaligini kamaytiradi;
- fakturani roli kuchayganda kostyum gammasida iliq, yuza ranglar ustunlik qilib, faktura elementlarini ko‘rsatadi;
-shakl inqirozga uchragan paytda rangni sovuq va iliq ranglari modaga kiradi, ular tarkibiy illyuziyasini, shakl yuzasini singanligini yoki illyuzor fakturaligini namoyish etadi;
-shakl vujudga kelganda, uni yaqqol ko‘rsatadigan intensiv, faktura va ichki yechimlarini tenglashtiradigan ranglar ustunlik qiladi;
-perspektiv shakl ko‘pincha qizil va qora rangda beriladi, chunki ular siluetni aniq ko‘rsatadi;
-ketayotgan shakl sovuq, murakkab gammada beriladi, ular shaklni inqiroziga imkon tug‘diradi, bo‘linishlar ko‘pligi rangli kontrast birikmalari bilan ta’kidlanadi.
Ranglar kompozisiyada o‘ziga xos xususiylik alomatlari bilan ishtirok etadilar. Barcha ranglar majmuasini 3 ta qatorga ajratish mumkin:

  1. Qora va oq ranglar o‘rtasida joylashgan kulrang axromatik tonlar;

  2. Xromatik ranglar qatorini ( spektr ranglar) quyidagi alomatlarga bo‘lish mumkin:

  1. Issiq gamma: sariq, zarg‘aldoq, qizil va ularning oraliqlaridagi ranglar;

  2. Sovuq gamma: yashil, ko‘k, binafsha va ularning oraliqlaridagi ranglar;

  3. Qo‘shimcha ranglar – rang doirasidagi bir – biriga diametral qarama – qarshi joylashadilar.

  1. Xromatik ranglardan ( spektral ) axromatik ranglarga qarab beruvchi qator, masalan, yashildan oqga boruvchi, yashildan qoraga boruvchi ranglar.

Kompozisiyada ranglarning ishtiroki juda muhim ahamiyatga ega. Dizayn va tasviriy san’atning barcha turlarida rang yechimi asosiy talablardan biridir. Chunki badiiy asarda asosan ko‘rkamlik, obrazlilik, xashamatlilik kabi sifatlar rang ishtirokisiz uning emosional ta’sirchanligiga erishib bo‘lmaydi.
Dizayn kompozisiyasiga asosiy talablari quyidagicha: kompanovka talablaridan kelib chiqqan holda qismlarini o‘zaro muvofiqlashgan va bog‘langan holda joylashuvi; texnika g‘oyasiga va uning bajaradigan vazifasiga mosligi, haridorning emosional – hissiy istaklari, talablariga javob beradigan, badiiy obrazli ko‘rinishiga ega bo‘lgan dizayn mahsuloti; kompozision vositalardan ustakorlik bilan foydalanilgan. Kompleksli yechim birligiga va tartibga erishilganlik kabilar.
Rangni badiiy obrazning ifodalovchi vositalarning asosiylardan biri ekanligini tushunish uchun uning tabiati haqida tushunchaga ega bo‘lish lozim.Rang o‘zligi (fenomeni) oddiy narsa bo‘lmay, u birmuncha murakkabdir. Uning negizida ob’ektivlik – nur va sub’ektivlik – ko‘rish kabi bir – biri bilan bog‘liq hollar yotadi.
Ranglarni inson ruhiyatiga fiziologik ta’siri.
Qizil – qo‘zg‘atuvchi, ilituvchi, serharakatlikka undovchi, singuvchi.Butun organizmni serharakatlantiradi, qon bosimini oshiradi, nafas olishni tezlashtiradi.
Zarg‘aldoq – qizil singari, unga o‘xshash ammo sustroq ta’sir etuvchi.
Sariq – fiziologik jihatdan optimal, charchatmaydigan, nerv va ko‘rish faoliyatini stimullashtiruvchi.
Yashil - fiziologik jihatdan optimal, ko‘rish organiga eng tanish, orombaxsh, qon bosimini kamaytiradi, kapillyarlarni kengaytiradi, tinchlantiruvchi, mushak harakatlarini qo‘zg‘atuvchi va hokazo.
Havorang – tinchlantiruvchi, mushaklar tarangligi va qon bosimini pasaytiradi, tomir urishini maromlashtirib nafas olishni sekinlashtiradi.
Ko‘k – tinchlantiruvchi, ta’siri asta – sekin siqilishga, ezilishga eltib boradi.Insonning fiziologik tuzilishi tizimi funksiyalarini to‘silishiga olib keladi.
Binafsha – qizil va ko‘k ranglar effektini o‘zida mujassamlashtiradi. Nerv tizimiga siquvchi, ezuvchi ta’sir qiladi.
Umuman olganda turlicha ochargan ranglar tonlari masalan, qizil, sariq, ko‘k, yashil, zarg‘aldoq va hokazo ranglarning oq qo‘shilib yoki o‘zaro aralashmasidan hosil bo‘lgan tonlar kishi ruhiyatiga murakkablashgan, nozik tuyg‘u chaqiradi va turlicha emotsiya tarqatadi.
Ranglarning yana bir sub’ektiv ta’surotlaridan biri bu milliylik faktori bo‘lib hududning madaniy an’analari, yoshi, jinsi, shaxsning madaniy darajasi, kasbiy faoliyati turi, psixologik – asabi tuzilishi kabilardir.
Ranglarning ob’ektiv hususiyatlari va ular chaqiradigan reaksiyalar:

  • Rang qancha yorqin va to‘qroq bo‘lsa, psixik reaksiya aniqroq, intensivroq va turg‘unroq bo‘ladi;

  • Ranglar murakkab, xiraroq, o‘rta yorqin bo‘lsa kishi diqqat e’tiborini kamroq, turg‘unsizroq jalb qiladi;

  • Ranglarning harakatligiga, og‘ir yengilligiga, akustik sifatlariga e’tibor o‘rtacha yoki umuman kam yengil qaraladi;

  • Ranglarni qabul qilish va rang didi odamlarda turlicha bo‘lib, ya’ni tam, hid bilish, sezish, his qilish kabilarga assotsiativ reaksiyasi bir – biridan farqlanadi, qaysiki ularning maxfiy ichki kechinmalari va sezgi organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lad;

  • Sariq va yashil ranglar eng boy va xilma – xil reaksiyalar chaqiradi. Chunki ular tabiatda boshqa ranglarga qaraganda ko‘proq mavjud bo‘lib, ularning xilma – xilligi kishi ruhiyatiga singib qolganligi tufayli ularning assosiativligi ham boy bo‘ladi.

Ranglar bizning kayfiyatimizni ko‘tarishi yoki uning aksi tushirishi ham mumkin.Rangning bunday xususiyatlaridan foydalanib biz har xil hayotiy hodisalarni o‘zimizning foydamizga o‘zgartirishimiz mumkin [10].
Bitiruv malaka ishida o‘rta yoshdagi ayollarning psixologiyasi, qiziqishlari va ranglarning inson psixologiyasiga tasiri o‘rganib chiqildi.
Taklif modellarni yaratayotgan vaqtning o‘zida dizayner, hoh boringki oddiy tikuvchi bo‘lsin uni qaysi matodan tikishni ko‘z oldiga keltirib ko‘radi.
Eskiz yaratayotganda avvalambor unga ketadigan matodan tashqari yana qanday furnitura mahsulotlari ishlatilishini ham inobatga olish lozim.
To‘plam yaratilar ekan o‘zimizning



Download 30,11 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 30,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning

Download 30,11 Mb.