|
Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning
|
bet | 16/24 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 30,11 Mb. | | #239672 |
Bog'liq Madina tayyor 23 (2) (1) (1)2.3 Konstruktor-tеxnologik qism
1. Mashinada bajariladigan choklarning turi
2. Birriktirma choklar
3. Ziy choklar
4. Bezak choklar
Mashinada bajariladigan ishlar uchun oddiy (universal ), maxsus va yarim avto-matlardan foydalaniladi.
Univesal mashinalarga 97-A kl.OZLM, 1022-M kl,PMZ, 697 kl,OZLM, 8332/2705 kl. «Tekstima», 292/163061 kl. «Dyukopp», 803 kl.PMZ kabi mashinalar misol bo‘la oladi.
Maxsus mashinalar moki va zanjirsimon baxyali bo‘ladi. Moki baxyali maxsus
mashinalarga engni eng o‘miziga o‘tqazuvchi 302 kl.PMZ, siniq baxyaqatorli 26 kl.PMZ, 335-121 kl. Minerva», 1026 kl.PMZ, bortga adipni ulaydigan 297 kl.OZLM, 272-140042-E2f « Dyurkopp», astarni isituvchi qatlam bilan qaviydigan KSI22 ESO «Meka», shim po-chasiga tasma bostirib tikadigan 428-2 kl. «Minerva», 72314-101«Minerva» va ikki ignali 852-1kl. mashinalari kiradi.
Zanjirsimon baxyali maxsus mashinalarga detallar chetlarini yo‘rmalaydigan 51-Akl.PMZ, detallar ziyini ko‘klaydigan 2222kl., yashirin baxyali bukib tikadigan 85 kl.PMZ, kamar tutgich tayyorlaydigan 3076-1kl.PMZ, tikib–yo‘rmalaydigan 408-AM kl., de-tallarni bir-biriga vaqtincha ko‘klaydigan 63 kl., mo‘ynadan tikiladigan kiyimlar detalla-rini biriktirib-yo‘rmalaydigan 10-B kl., Trikotaj kiyimlar detallarini biriktirib ti-kadigan 851 kl. mashinalari kiradi.
Yarim avtomatlarga cho‘ntak qopqoqni tayyorlaydigan 570-1 kl.PMZ, ASD-59555 «Djukki», izma yo‘rmalaydigan 525 kl.OZLM, 811 kl. Minerva», 73401-R3 «Minerva», vi-tachka tikadigan 3022-M kl.OZLM, puxtalaydigan 220-M kl.OZLM, qirqma cho‘ntaklarni tayyorlaydigan 746 kl. Dyurkopp», tugma qadaydigan 1095 kl.PO, 1495 kl.PO, 1695 kl.PO, erkaklar ko‘ylagi manjetini tikadigan 570-2 kl. kabilar kiradi.
Mashinada bajariladigan choklar konstruksiyasiga va vazifasiga ko‘ra uch turli bo‘ladi: birlashtiruvchi chok kiyim detallarini birlashtirishga, ziy chok detallar ziylarini ishlashga va qirqimlarini titilib ketishdan saqlashga, bezak chok kiyim detallarini bezatishga xizmat qiladi.
Birlashtiruvchi choklar quyidagilardan iborat: biriktirma chok, yorma chok, quyma chok, bostirma chok, ichki chok, tutashtirma chok, qo‘sh chok. Biriktirma chok - eng ko‘p tarqalgan choklardan bo‘lib, detallarning yon, elka va boshqa qirqimlarini birlashtirish uchun ishlatiladi . U yorib yoki bir tomonga yotqazib dazmollab qo‘yiladi. Chok kengligi 5, 7, 10, 12, 15 mm. bo‘lib, gazlamalarning turiga, choknig vazifasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yorma chok - ham bezak ham birlashtiruvchi hisoblanadi. Bu chok dazmol tutmaydigan, sun’iy charmdan kiyim tikishda, sport kiyimlari tikishda ishlatiladi. Oldin detallarga 7-10 mm. kengliklarda biriktirma chok solinadi, chok ikki tomonga yorib dazmollanadi va chokning ikki tomoniga undan 0,2 sm. masofada baxyaqator yuritiladi (b).
Quyma chok - yopiq (v) va ochiq qirqimli bo‘ladi. Ochiq qirqimli quyma chok bort qotirmasi, yoqa qotirmasi kabilarni biriktirishda ishlatiladi. Yopiq qirqimli quyma chok asosiy detallarga qoplama cho‘ntaklarni, koketkalarni bostirib tikishda ishlatiladi. Chok kengligi ustki kiyimda 1 sm. bo‘ladi.
Bostirma chok - paltoning yon, elka, ort bo‘lak o‘rtasidagi choklarni tikish uchun ishlatiladi. Bu chok ochiq (g) va ѐpiq qirqimli bo‘ladi. Chok kengligi 1 sm., bezak choki kengligi esa 0,2 – 0,5 sm. Tutashtirma chok - bort qotirmasining qismlari va vitachkalarini birlashtirish uchun ishlatiladi (d). Bunda 2 detal bir-biriga taqab, tagiga kengligi 3-4 sm. ip gazlama qo‘yiladi va ikkita parallel baxyaqator yuritib chiqilgandan keyin, ular orasiga siniq baxyaqator yuritiladi. Chok kengligi 1.0 sm.
Qo‘sh chok - ko‘rpa-ѐstiq jildlari, choyshablar, cho‘ntak xaltalarni tikishda ishlatiladi. Qo‘sh chok hosil qilish uchun detallar teskari tomonlari bir-biriga qaratilib 0,3 – 0,5 sm. kenglikda biriktirma chok bilan tikib olinadi. Keyin detallar o‘ngiga ag‘darilib, chok to‘g‘rilanadi va detallar chetidan 0,6 – 0,7 masofada ikkinchi baxyaqator yuritiladi (e).
Ichki chok - ich kiyim detallarini, ip gazlamadan tikilgan pidjak, shim detallari-ni biriktirib tikishda ishlatiladi. Qo‘sh chokni tikishda qo‘sh ignali maxsus mashinada mo-slama yordamida ikki detalning qirqimlarini ichkariga bukib turib, bir yula ikkita baxyaqator yuritib tikiladi (j). CHok kengligi 0,6 – 0,7 sm.
Ziy choklar - buklama chok, mag‘iz chok, ag‘darma choklardan iborat.
Buklama chok - ochiq yoki yopiq qirqimli bo‘ladi. Ochiq qirqimli buklama chok qalin gazlamalardan kiyim (yubka, ayollar paltosi etaklarini) tikishda ishlatiladi. Chok kengligi 0,7– 4 sm. Yopiq qirqimli buklama chok (z) erkaklar, ayollar ko‘ylaklari etaklarini, eng uchlarini, choyshablar chetlarini tikishda ishlatiladi.
Mag‘iz chok - ochiq qirqimli, yopiq qirqimli va tasmali bo‘ladi. Ochiq qirqimli mag‘iz chok (i) adip ichki qirqimlarini, astarsiz ust kiyimlar qirqimlarini mag‘izlash uchun ishlatiladi.
Yopiq qirqimli mag‘iz chok ayollar ko‘ylaklarining va ich kiyimlarning yoqa, eng o‘mizlariga mag‘iz qo‘yish uchun ishlatiladi. Mag‘iz chok solish uchun maxsus 2-35 buklagich mo-slamadan yoki 1022-3 kl., 1022-4 kl. tikuv mashinalaridan foydalanish mumkin. Mag‘iz par-chasi o‘rniga maxsus tasma ishlatilsa, tasma chetini bukmay turib, tasma milkidan 0,1 – 0,15 sm. oraliqda baxyaqator yuritib tikiladi.
Ag‘darma chok - kantli, ramkali, qistirma kantli bo‘ladi. Bu chok cho‘ntak qopqoqlar-ning, yoqalarning, bortlarning chetlarini tikishda ishlatiladi.
Kantli ag‘darma chokda detallardan biri ikkinchisidan 0,1-0,3 sm. qochiribrok bu-kilgan bo‘ladi (k).
Ramkali ag‘darma chok pidjak cho‘ntaklari, ko‘ylakning tugmalanadigan joylarini tikishda ishlatiladi. Hosil bo‘lgan ramkani saqlab qolish uchun ag‘darma chok ustidan baxyaqator yuritib qo‘yiladi. Qistirma kantli ag‘darma chok yoqalarni, ko‘ylak bortlarini bezashda, xizmat formalarining yoqalari, shim yon choklarini tikishda ishlatiladi.
Bezak choklar - har xil taxlamalar va bo‘rtma choklardan iborat bo‘lib, kiyim detallarini bezatish uchun ishlatiladi.
Taxlamalar - bezatuvchi yoki birlashtiruvchi bo‘ladi. Bezak taxlamalar bir tomonga (l) yoki bir-biriga qaratilgan (m) bo‘lishi mumkin. Taxlama haqi bir tomonga qilib yoki yorib dazmol dazmollanadi. Modelga muvofiq o‘ng tomonidan baxyaqator yuritib, bostirib tikiladi.
Birlashtiruvchi taxlamalar bir necha detalni ulab, taxlama hosil qiladi. Bu taxla-malar bir tomonlama, bir-biriga qaragan va ikki tomonga qaragan bo‘lishi mumkin.
Bunday taxlamalarni tikishda detallar o‘ngi bir-biriga qaratilib ko‘klanadi, hosil bo‘lgan taxlama bir tomonga qaratilib dazmollanadi-da, taxlama qirqimlari bir bi-riga ulanadi, detalning o‘ngiga baxyaqator bostirib bezatiladi. Ko‘klangan ip so‘kib tashla-nadi.
Bo‘rtma choklar - xilma-xil shakldagi murakkab choklardir. Ular mayda-mayda taxlangan (n), shnur qo‘nishda bo‘lishi mumkin.
|
| |