• 2.2. Liboslar to‘plamini Loyihalash usulini tanlash va asoslash. (mulyaj, makеt, muxandis-xisobi)
  • Tеxnik eskizlarni yaratish (qirqimlar, dеtallar, chiziqlar, choklar, bеzak va xajmiy elеmеntlarni tasvirlash)




    Download 30,11 Mb.
    bet15/24
    Sana17.05.2024
    Hajmi30,11 Mb.
    #239672
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
    Bog'liq
    Madina tayyor 23 (2) (1) (1)

    2.1.3 Tеxnik eskizlarni yaratish (qirqimlar, dеtallar, chiziqlar, choklar, bеzak va xajmiy elеmеntlarni tasvirlash)
    Taklif modellarni yaratayotgan vaqtning o‘zida dizayner modelyer uni qaysi matodan tikishni ko‘z oldiga keltirib tasavvur qilib ko‘radi.
    Eskiz yaratayotgan paytda avvalam bor unga ketadigan matodan tashqari qanday furnitura mahsulotlari ketishini chamalab ko‘rilishi kerak.
    Kostyum loyihalash-bu tadqiqot etib, eskizlar, maketlar va modellarni yaratish, buyumlarni chizmasini va hisobini ishlash, tajriba uchun namunalarni ishlash, belgilangan hususiyatlarga ega yangi kiyim namunasini yaratish jarayondir. Loyiha vazifalarni eng optimal variantini qidirish jarayonida dizayner modellash va maketlash usullarni qo‘llaydi.


    2.2. Liboslar to‘plamini Loyihalash usulini tanlash va asoslash. (mulyaj, makеt, muxandis-xisobi)
    Loyiha vazifalarni eng optimal variantini qidirish jarayonida dizayner modellash va maketlash usullarni qo‘llaydi.
    Dizaynda modellash – bu bir butun ob’yektni yoki ob’yektlar tizimining vaziyatini yoki funksional jarayonini aks etish, tasavvur etish yoki ta’riflab berish jarayonidir.Badiiy siymo, loyiha grafik, retrospektiv, konstruktiv, prespektiv, texnikaviy va kompyuter modellash usullari mavjud.
    Loyiha – grafik modellash loyiha g‘oyasini yaratishda va aks etishda yordam beradi. Loyiha – grafik – modellash quyidagilarni ko‘zlaydi: grafik shaklini loyiha vazifasining ma’nosiga moslaydi; eskiz loyihani variant qidiruv va tajriba harakati; qo‘yilgan vazifani yechish uchun loyiha qidiruvini mantiqiy ketma – ket va tizimli yondashish. Mavjud loyiha g‘oyalarni, texnologiyalarni, korxonalarning iqtisodiy, badiiy madaniyat yutuqlarini (me’morchilik, rangtasvir, haykaltaroshlik) inobatga olib, dizayner avval o‘z tasavvurida kelajak buyumning eskizini va dastlabki grafik tasvirini yaratadi (qidiruv eskiz, for-eskiz). Yangi yechimlarni qidirish va variantlarni tanlanish qog‘ozda qilinadi. Keyin buyumning tashqi ko‘rinishini ta’rifi va amaliy foydalanish qoidasi aniqlanadi. Natijada loyihalanayotgan buyumning badiiy-uslubiy va rangli-fakturaviy yechimi (eskiz loyiha) va konstruksiyasi, modelning proportsiyasi va silueti to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beriladi.
    Dizaynda eng keng qo‘llanadigan usul – retrospektiv modellash, ya’ni timsol va model o‘xshashlarni tahlilga asoslangan va ushbu tahlilni asosida yangi loyiha vazifasini tashkil etish. Ammo, bu usul dizaynning asosiy vazifasini bajarishga imkon bermaydi – yangi buyumlarni yaratish emas, balki mavjudlarni takomillashtirishdir.
    Dizaynda boshqa modellashtirish usul – konstruktiv modellashdir – bu buyumning funksiyasini va morfologiyasini (morfologiya – buyumni funksiyalariga moslashgan) material shaklini o‘zgartirish. Konstruktiv modellash quyidagicha bo‘lishi mumkin: korrektiv – buyumning funksiyasi va shakl takomillashtirilinadi; o‘timli – buyumga yangi xossalarni berish uchun funksiyani va morfologiya qaytadan tushunib yetiladi (masalan, kiyim dizaynida dekonstruksiya usuli); proeksion – buyumni funksiyasi va shakli qaytadan yaratiladi (kiyim yapon dizayneri I.Myake ijodi).
    Dizaynda eng inovatsion usul deb perspektiv modellash yoki loyihaviy prognozlash hisoblanadi, u jamiyatning perspektiv rivojini o‘rganish bilan shug‘ullanadi va shu timsoliga yetishga imkon beradigan loyihani yaratadi.
    Bu bajarilayatgan loyihada kostyumni loyihalash usullari ishlatiladi. Kostyumni loyihalash usullari ketma-ketlik bilan bajariladi. Birinchi bo‘lib loyiha – grafik – modellash usuli ishlatiladi. Bunda eskiz qismini qidiruvu bajarilib, asosan milliy amaliy san’atga yuzlanadi. Yog‘och o‘ymakorlik san’atini me’morchilikda, buyumlarda ishlatilishi ko‘rib chiqilib, uning naqshlarini libosga qo‘yish g‘oyasi ustida ishlaniladi. Va bunga bir qancha for – eskizlar yaratiladi.
    Keyingi usulimizga o‘tish bu retrospektiv modellashdir. Bu loyiha usulida izlangan for eskizlarga mukammallik kiritish uchun o‘xshash modellar ko‘rib chiqiladi. Bunda jahon modasiga yani mashxur dizynerlar ishiga yuzlanadi. Ulardagi matolar, libos siluetlari ko‘rib chiqiladi va mos bo‘lsa qo‘llaniladi.
    Uchinchi usul bu konstruktiv modellashdir. Bu usulda deyarli tayyor eskizni konstruksiyasi ko‘rib chiqiladi. Ya’ni chizilgan eskizning konstruksiyasiga tanlangan mato yoki tanlangan matoga konstruksiya to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q aniqlanadi. Kiyimni funksiyasini va morfologiyasini ham ko‘rib chiqadi. Kerak bo‘lsa shu loyiha usuli sababli kiyimni funksiyasi va shakli qaytadan yaratiladi
    Va oxirgi tanlangan loyiha usuli bu – prespektiv modellash bo‘lib, bu ishlangan loyihani jamiyatga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q, iste’molchi talabiga mosmi, o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri keladimi aniqlaydi. Prespektiv modellash usulida kiyimni shu talablarga mos qilib yaratadi. Ayollarga pret-a-porter uslubidagi liboslarni yaratish uchun kostyum loyihalashning shu usullari tanlandi.



    Download 30,11 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




    Download 30,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tеxnik eskizlarni yaratish (qirqimlar, dеtallar, chiziqlar, choklar, bеzak va xajmiy elеmеntlarni tasvirlash)

    Download 30,11 Mb.