• III- BOB. EKOLOGIK QISM Ishlab chiqarish binolarini yoritish
  • Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning




    Download 30,11 Mb.
    bet23/24
    Sana17.05.2024
    Hajmi30,11 Mb.
    #239672
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    Bog'liq
    Madina tayyor 23 (2) (1) (1)

    2.4.1. Nom tanlash (BRAND-NAME)
    Brend-bu raqobatchilardan farqlanish maqsadida aniq sotuvchi yoki sotuvchilar guruhining tovarlari va xizmatlarini belgilash uchun qo‘llanadigan so‘z, ifoda, belgi, simvol, dizaynerlik ishi yoki ularning kombinasiyasidir.
    Brend – aniq bir ishlab chiqaruvchining tovarlari yoki xizmatlarini identifikasiya qilish, shuningdek, uni raqobatchilar mahsulotidan differensiya qilish uchun mo‘ljallangan nom, termin, simvol, rasm yoki shu elementlarning kombinasiyasidir.
    Xon-atlas matosidan “prêt-a-porter” ayollar liboslari yaratilgandan so‘ng ushbu kolleksiyaga “MADINA fasion ” deb nom berildi. Brend nomi ijodiy manbaadan kelib chiqib qo‘yildi.Bu nomdagi “yog‘du” so‘zi ijodiy manbaadan olingan. Kolleksiya to‘plamida dekor sifatida turli ranglardagi toshlar jilolanib turganligi sababli shu nom brend-name sifatida tanlandi




    v







    III- BOB. EKOLOGIK QISM
    Ishlab chiqarish binolarini yoritish
    Yorug‘lik inson mavjudligining muhim shartlaridan biri sanaladi. U inson organizmi holatiga ta’sir etadi, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan yorug‘lik oliy asab faoliyati jarayonlarining amalga oshishini rag‘batlantirib, ishga layoqatlilikni oshiradi. Yetarli bo‘lmagan yorug‘likda inson besamar ishlaydi, tez charchaydi, oqibati shikastlanishga ham etib boradigan xato, yanglish harakatlar qilish ehtimoli ortadi. Shikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik-ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi. To‘lqin uzunligiga qarab, yorug‘lik qo‘zg‘atuvchi (olovrang-qizil) yoki tinchlantiruvchi (sariq-yashil) ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘likning spektral tarkibi mehnat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar tabiiy yoritilishda 100 foizni qabul qilinsa, qizil va shafaq rang yoritilishda u 76 foizni tashkil etadi.
    To‘liq yoki qisman tabiiy yorug‘likdan mahrum etilganda- yorug‘likdan ochiqish (ochlik) mumkin. Ishchi binolarini yoritish qo‘yidagi shartlarga javob berishi kerak:
    1. Ish bajariladigan yuzalarning yoritilish darajasi, shu ish turi uchun gigienik me’yorlariga javob berishi lozim.
    2. Binoda yoritilishning teng o‘lchamliligi va shartlarining barqarorligi, keskin zidmazidlikning bo‘lmasligi kerak.
    3. Ko‘rish maydonida yorug‘lik manbalari tovlanish hosil qilmasligi lozim.
    4. Sun’iy yorug‘lik spektral tarkibi bo‘yicha tabiiy yorug‘likka yaqinlashishi kerak.
    Tabiiy yoritilish
    Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug‘likdan foydalaniladi: tabiiy, ya’ni quyosh, sun’iy (elektr yoki lyuminessent lampalar) va uyg‘unlashgan. Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi:
    - Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali);
    -Yonboshlama (derazalar orqali);
    -Uyg‘unlashtirilgan.
    Tabiiy yoritilish yil fasllari, kuni, joyning jug‘rofiy kengligi, bino va derazalarning ichki tuzilishi, derazalar oldi yuzalarning aks etuvchi xususiyatlari, ko‘chalar kengligi va boshqa shartlarga bog‘liq. Kun davomida tabiiy yoritilish sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Muayyan iqlim sharoitlarida yoritilganlik 1 necha daqiqa davomida ko‘payishi yoki 1 necha barobarga kamayishi mumkin. Yorug‘likning o‘zgarishi, kun davomida ishlab chiqarish binolarida alohida ish joylarini etarli va teng miqdorda yoritib berishni kafolatlamaydi. Tabiiy yoritilishni loyihalashtirish va hisoblashda yorug‘likning manbai sifatida osmonning tarqalma yorug‘ligi olinadi, bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh yorug‘ligi inobatga olinmaydi.
    Sun’iy yoritilish
    Aloqa korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun sun’iy yoritishning 2 tizimiqo‘llanadi:
    - teppa-teng (simmetrik) yoki yoritg‘ichli lokalizatsiyaga joylashtirib umumiy yoritish;
    - bir vaqtning o‘zida umumiy va mahalliy yoritishdan foydalangan holda uyg‘unlashma yoritish. Mahalliy yoritish statsionar va ko‘chma bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoitlarida 1 mahalliy yoritilishdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, negaki, ish joyi va atrof-muhit makonining yoritilishlari o‘ta farqlanadi. Natijada ishlash uchun noqulay sharoitlar yuzaga keladi, shikastlanish xavfi ortadi, ishlab chiqarish mahsuldorligi pasayadi. Almashtirma lampalar bilan muntazam ishlar uchun faqat birgina mahalliy yoritilishdan foydalanishga izn beriladi. Umumiy yoritishdan ish joylari yuqori yorug‘lik talab qilmaydigan va shuningdek, ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra (mexanik tebranishlar) mahalliy yoritish mumkin bo‘lmagan joylarda me’yoriy yoritilishning uncha katta bo‘lmagan darajalarida foydalaniladi.
    Mahalliy yoritilishdan foydalanilmagan holda ish joylarini yuqori yoritish uchun yoritg‘ichlarning lokalizatsiyali joylashtirgan holatda yoritishni qo‘llash mumkin. Bunday tizim ko‘proq yorug‘likni ish joylariga yo‘naltirish va ishlab chiqarish binolarining katta makonlarini ham tejamli yoritish imkonini beradi. Uyg‘unlashma yoritishdan ish joylarida yoritilishning yuqori darajalarini yoritish zarur bo‘lganda foydalaniladi. Mahalliy yoritishdan umumiy yoritish bilan 1 qatorda foydalanilganda, ishchiga bo‘sh tuzatishda mahalliy yoritg‘ichdan yorug‘lik oqimini yo‘naltirish imkonini beradi. Zarurat tug‘ilganda, mahalliy yoritish o‘chiriladi. Uyg‘unlashma yoritish tizimidan keng qo‘llaniladi.
    Yorug‘lik manbalari
    Sun’iy yoritish elektr yorug‘lik manbalari yordamida amalga oshiriladi. Ular issiqlik nurlari – elektr chug‘lanish lampalari yoki lyuminessent nurlanish tamoyiliga – simob, natriy va lyuminessent lampalarga asoslanadi. Cho‘g‘lanish lampalarida quvvat asosan (80 foiz) issiqlik nurlari va faqat 10 foiz spektrning ko‘rinadigan qismidagi nurlanishga sarflanadi. Cho‘g‘lanish lampalarining asosiy xarakteristikasi: nominal kuchlanish, quvvat, yorug‘lik oqimi, yorug‘lik berish va xizmat muddati. Volframdan keluvchi ip yorug‘lik manbai sanaladi. Kichik quvvatli (60 Vt gacha) cho‘g‘lanish lampalarini vakuumli, katta quvvatli gaz-to‘ldirilgan qilib tayyorlanadi. Lampa kolbalari neytral gaz argon yoki azot bilan to‘ldiriladi;yangi shakldagi lampalar kripton yoki ksenon bilan; cho‘g‘lanma iplar ikkitali, zig-zagli yoki ikkitali spiral bo‘ladi. Normal cho‘g‘lanish lampalarining o‘rtacha yonish davomiyligi amaldagi standart bo‘yicha 1000 soatgachani tashkil qiladi. Lampaning yorug‘lik berishi 20 lm/Vt ning oshmaydi [23].
    Faol yorug‘lik manbaalarining ahamiyati tikuv korxonalari, obyektlari va sexlaridagi ahamiyati juda ham muhim. Ishlab chiqarish jarayonida yorug‘lik normal darajada ta’minlanganligi ishchi hodimlar salomatligiga va ularning ishlash sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik manbaalarining to‘g‘ri tanlanmaganligi, nosozligi va yorug‘lik kerakli nuqtalarga joylashtirilmaganligi avvalo ishchi hodimlar ko‘rish qobilyatini sekin astalik bilan yomonlashishiga, bu esa mehnat muhofazasi qoidalariga zid muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolarning yuzaga kelmasligi uchun:
    - ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda yorug‘lik manbaalari sozligi va ta’minlanganligi kafolatlanishi;
    - yorug‘lik manbaalari turlarini tanlashda va ta’minlashda Mehnat muhofazasi qonun-qoidalariga rioya qilish;
    - ishlab chiqarish uchun ma’sul hodimlar, rahbarlar va nazoratchi hodimlari etiborli bo‘lishlari;
    - ishlab chiqarish obyektlarida umumiy ko‘zdan kechirish va nosozliklarni bartaraf etish tadbirlarni ko‘paytirish;
    - obyekt havo namligi meyorlariga etiborli bo‘lish, namlikning meyori buzilishi ham yorug‘lik manbaalariga salbiy tasir etmay qolmaydi;
    - obyekt havo harorati meyorlariga etiborli bo‘lish, haroratning meyori buzilishi ham yorug‘lik manbaalariga salbiy tasir etmay qolmaydi;
    - ishchi hodimlarning ishlash jarayonida yorug‘likning yetarli darajadaligini va yorug‘lik manbaasining o‘zig ava ish jarayoniga zarar bermasligiga ishchi hodimlarning amin bo‘lishlari. Agarda nohush vaziatni sezib qolsalar yoki yorug‘likning yetarli darajada emasligini bilib qolsalar darhol ish jarayoni masul hodimlariga habar berishlari va muammoni bartaraf etishlarini so‘rashi lozim. Bu ham ishchi hodimlarning o‘z mehnat muhofaza huquqlarini ta’minlaganliklari hisoblanadi.

    XULOSA.
    Dizayn yo‘nalishidagi bakalavr “Libos dizayni” fanidan “Buxoro milliy lostyumi elemintlarining zamonaviy liboslarda qo‘llab dizayin loyixasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha kolleksiya ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish lozimligi ilmiy asoslandi:
    • Dizayn fanlari bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish, mavzu bo‘yicha bo‘lajak mutaxassisning ijodiy ko‘nikma va tajribalarini shakllantirish, boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlik, texnologik jarayonlarini egallash;
    • umumiy mexnat madaniyatiga oid tarbiya, shuningdek, ijtimoiy foydali kasblar bilan tanishish;
    ijodiy tafakkurni, kasbiy iqtidorni, jismoniy rivojlanish va vaqtni qadrlash hislatlarini shakllantirish va x.k.
    oliy ta’lim yo‘nalishida “Libos dizayni” fanidan “liboslarda milliy matolardan foydalanib Etno liboslariga ishlov berish xususiyatlari” mavzusini “Kichik guruhlarda ishlash” metodining texnologiyasi asosida yoritish hamda ta’limni tashkil etish uchun qulay metod sifatida taklif etildi.
    Dizayn sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassisni tayyorlashda ta’lim jarayonidagi holatlar o‘rganib chiqildi.
    O‘quv maqsadlarining asosiy kategoriyalari texnologik jarayonlar va texnik ob’ektlarni qo‘llashda, mustaqil ta’lim jarayonidagi ko‘rinishlari ochib berildi.
    Ishlab chiqilgan metodika asosida ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari sifatida dizayn yo‘nalishidagi kasb – hunar bo‘lajak mutaxassislarning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim olish jarayonidagi ko‘rinishlari ilmiy asoslandi.
    Ta’limini tashkil etish modeli ishlab chiqildi.
    Dizayn yo‘nalishidagi oliy ta’lim bo‘lajak mutaxassislarning mavzuga mos mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda ularning mustaqil xolda bajarishlari mumkin bo‘lgan umumkasbiy ko‘nikma, malakalari o‘rganib chiqildi.
    Ushbu bitiruv malakaviy ishining “Buxoro milliy lostyumi elemintlarining zamonaviy liboslarda qo‘llab dizayin loyixasini ishlab chiqish” mavzusidagi liboslar kolleksiyasini tayyorlashda o‘zbekistonlik bir qancha dizaynerlar mahorati o‘laroq yaralgan liboslar to‘plami, milliy va Etno uslubda yaratilgan liboslar kotologi, moda va dizayn sohasini keng ommaga yorituvchi jurnallar, o‘quv adabiyotlari va texnik jarayonlarni ijodiy manba sifatida asoslash mumkin.
    Buxoro milliy lostyumi elemintlarining zamonaviy liboslarda qo‘llab dizayin loyixasini ishlab chiqish mavzusi bo‘yicha kolleksiya modelning yaratilish jarayonini aks ettiruvchi konfeksion xarita tayyorlandi va eskizlar tahlil etildi.


    Download 30,11 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 30,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning

    Download 30,11 Mb.