O’MKHT o’quv muassasi bitiruvchilarining raqоbatbardоshligi




Download 3,55 Mb.
bet4/37
Sana15.03.2017
Hajmi3,55 Mb.
#114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Xulosa………………...............…………………………………….74

Ilova…….............................................................…………………..78

Foydalanilgan adabiyotlar…………..........…...……......………....89
KIRISH

Dissertatsiya mavzuning asoslanishi va uni dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirishga qaratilgan barcha me’yoriy hujjatlarda: “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (29 avgust 1997yil), Prezidentimiz I.A.Karimovning “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi asarlarida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga e’tiborlarini qaratganlar. Hozirgi davrda jamiyatimizning tez rivojlanishi, axborot oqimining jadallashishi, texnika taraqqiyotini ildamlab, rivojlanib borayotganligi axloqiy qonun-qoidalarni o’zlashtirish, moslashtirish lozimligini ko’rsatmoqda.

Isloxotlarning muhim yo’nalishlaridan biri xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri sifatida e’tirof etildi. Shu ma’noda o’sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaruriyati yuzaga keldi.

Aynan, kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya olayotgan bo’lg’usi mutaxassislarni ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini innovatsion tashkil qilish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz o’z asarlarining birida shunday degan edilar: “Sir emaski har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, birinchi navbatda o’zinig yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir. Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odati va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi”.[III.5.70-71] Shunday ekan, kasb-hunar kollejlari talaba-yoshlarini o’zimizga xos ma’naviy-axloqiy tarzda tarbiyalashda innovatsion yondashish lozimligini ta’kidlash joiz.

Innovatsion yondashish – o’qituvchi-tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab, chuqurlashtirib, yangi dalillarni topib berish manbaidir.

Kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini innovatsion tashkil qilish – bilimlar majmuasini kengaytirish, bo’lg’usi kasb egalariga har tomonlama ta’lim va tarbiya berishdir.

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari dars va darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o’zlariga kerak bo’lgan juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Shuningdek, atrofdan qabul qilinayotgan axborotlar bosimi o’quvchilarning ichki dunyosiga (ruhiyatiga), tarbiyasiga turli xil ta’sir ko’rsatishini hisobga olgan holda, o’quvchilar bu ma’lumotlar va axborotlardan qay biri birlamchi, qay biri ikkilamchi ekanligini bilib olishlari uchun ta’lim-tarbiya jarayonini innovatsion tashkil qilish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan o’rinli foydalanish zarurligini tasdiqlaydi. Shu sababli kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini bir butunlikda olib borish uchun xizmat qiluvchi mexanizmlarni ishlab chiqish zarur. Bunday sharoitda kasb-hunar kollejlari o’quvchilarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishda innovatsion tashkil qilingan mashg’ulotlar katta ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga qo’yilgan umumiy talablardan, ularning odob-axloq me’yorlariga amal qilish, jamiyat tomonidan qabul qilingan axloqiy talablardan chekinish hollariga yo’l qo’ymaslik, ma’naviy-axloqiy sifatlar sohasidagi bilimlarga chuqur ega bo’lish zarurligini alohida aytib o’tish lozim.

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tizimli ravishda, ya’ni ta’limning quyi bosqichidan boshlash va ta’limning keyingi bosqichlarida uni mazmun-mohiyatini boyitib borish maqsadga muvofiqdir. Yoshlarimizda atrof-muhitga, insonlarga, o’z-o’ziga, kasbiga nisbatan hurmat, ma’naviy-axloqiy boy shaxs siymosini gavdalantirish borasida dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarni innovatsion tashkil qilishda ta’lim muassasasi, oila, mahalla hamkorligini samaradorlik darajasini yanada oshirish, bir-biriga bog’liq holda olib borish zarurligini taqozo etmoqda.

Shunday vazifalarni amalga oshirishni nafaqat oila, umumo’rta ta’lim maktabi, balki akademik litsey, kasb-hunar kollejlari jamoalari tomonidan yoshlarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda bevosita dars, darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga tayaniladi.

Mavzuning dolzarbligi va muammoni o’rganishning zarurligi quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:

-axborot olamining uzluksiz o’sib borishi bilan o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishida tarbiyaning shakl, vosita va uslublariga o’zgartirishlar kiritish zarurligi;

-kollej o’qituvchisi bilan o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishi uzluksiz ta’lim tizimining alohida bir bosqich ekanligi va bu bosqichda shaxslararo munosabatning o’ziga xos qonuniyatlari borligi;

-pedagog shaxsiga qo’yiladigan kasbiy talablarning keskin o’zgarayotganligi;

-o’qituvchilar dunyoqarashi bilan o’quvchilar dunyoqarashi o’rtasidagi an’anaviy tafovutlarning yanada ortib borayotganligi tufayli ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishida muammolar vujudga kelganligi;

- bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantirishning zarurligi.

Shunday qilib, tadqiqot ishini yuqoridagicha yo’sinda yoritganimizda, kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil qilishda innovatsion yondashishning pedagogik mexanizmlarini tadqiq qilishga ko’pyoqlama yondashish zarurligini taqozo etmoqda.

Bu jarayonda albatta didaktikaninig eng so’nggi yutuqlaridan keng foydalanilgan holda bo’lg’usi kasb egalarini ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini innovatsion tashkil qilish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularni hayotga tadbiq qilish borasida ma’lum xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqot ishimizni oldiga qo’ygan dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Bu esa tadqiqot ishining mavzusi dolzarb va zamonaviy mavzu ekanligini tasdiqlaydi.


Download 3,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’MKHT o’quv muassasi bitiruvchilarining raqоbatbardоshligi

Download 3,55 Mb.