-(Rasm). DR. turidagi olmosli radial burg‘i, o‘rtacha abraziv, o‘rtacha qattiq va qattiq jinslarni burg‘ilashda qo‘llaniladi




Download 1,75 Mb.
bet7/12
Sana14.12.2023
Hajmi1,75 Mb.
#118987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kamron kurs ishi
LA LECTURE, Raxmonova Nargiza 2 28 guruhEkonometrikada matematik statiskaning, ММС 60 гурух Рихсибеков Исломбек МОЛИЯВИЙ ВА БОШҚАРУВ ҲИСОБИ Якуний назорат, 1679984021, Ashurov J. I raxbar fikrnomasi, Dars jadvali, BIRJA, ДБ-1ОН-жадваллари, Наивный Байес в деталях Объяснение, rasulovx, umotlar bazalari va, Davlatova Mushtariy Dedlie Media, 10-sinf Fizika olimpiada uchun, 11-sinf fizika olimpiada uchun
3-(Rasm). DR. turidagi olmosli radial burg‘i, o‘rtacha abraziv, o‘rtacha qattiq va qattiq jinslarni burg‘ilashda qo‘llaniladi
a-ponasimon: 1-mustahkam olmoz boshcha; 2-korpus; 3-rezba; 4-kontakt sektori; 5-suyuqlikni yunaltirish kanali; b-sferasimo


4-rasm. Matritsali turdagi «Kristansen» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan burg‘ining kо‘rinishi

Matritsa turidagi burg‘i yuvuvchi eritmalarning ta’siriga yuqori darajada chidamliligi bilan pо‘lat korpusli burg‘ilardan farq qiladi. Bunday turdagi burg‘ilarni turkumiga «Kristonsen» (Germaniya) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan matrisa (kolipli) burg‘ilar (4-rasm) mansubdir. Bu burg‘ida 6 ta parrak, 68 ta qirquvchi stratapakslar silindrik shaklda joylashtirilgan, diametri 13.3 mm.


Maxsus mо‘ljallangan burg‘ilar
Kolonkali burg‘i: har qanday kolonkali burg‘i konstruksiyasiga bog‘liq bо‘lmagan holda quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:
1. namuna olinadigan jinslarning atrofini parchalovchi burg‘ilash kallagi;
2. tashqi korpusi;
3. namunalarning chiqishini ta’minlovchi-ichki kolonka quvuri;
4. namunalarni ushlagich.
Ishlatish qoidasiga muvofiq burg‘ilar doimiy kolonkali quvurlar va doimiy bо‘lmagan grunt tashuvchi turlarga bо‘linadi. Doimiy kolonkali quvurlar bilan namunalar qazilganda ularning chiqarib olish paytida butunlay kolonka chiqariladi. Bu esa ishni samaradorligini pasaytirib yuboradi. Burg‘ilar bilan birgalikda grunt tashuvchi olinganda maxsus arqondagi ushlagich yordamida namunalar chiqarib olinadi. Kolonkali burg‘ilarning burg‘ilash kallagi: parrakli, sharoshkali va olmosli turlarga bо‘linadi. Hamma turdagi kolonkali burg‘ilar yordamida namunalarni burg‘ilash burg‘i kallagi yordamida amalga oshiriladi, uzib olish va ushlab olish uchun namuna ushlagich xizmat qiladi. Amaliyotda uch va tо‘rt parrakli burg‘ilar qо‘llaniladi. Burg‘ilash kolonkalaridan tо‘rt sharoshkali burg‘ilash kallagi eng kо‘p qо‘llaniladi, qattiq va о‘rtacha qattiq jinslarga mо‘ljallangan bо‘ladi. Tо‘rt sharoshkali burg‘ilash kallagi yechilmaydigan qurilma, uch sharoshkali burg‘iga о‘xshash, tо‘rtta seksiyadan iborat, ular bir-biriga payvandlab biriktirilgan. Burg‘ilash kallagi olti sharoshkali ham bо‘ladi.
Olmosli burg‘ilash kallagining butun qurilmasi olmos bilan jihozlangan, olmosli burg‘i kabi quduq tubini butunlay parchalashga mо‘ljallangan. Grunt tashuvchi yechilmaydigan burunchali burg‘i bilan bir marta burg‘ilashda 5-6 m о‘tish mumkin. Yechib olinadigan burg‘i bilan tog‘ jinsini 3- 3,5 m burg‘ilab о‘tish mumkin.
Hozirgi paytda quyidagi turdagi kolonkali burg‘ilar tayyorlanadi: - qismlarga ajratiladigan grunt tashuvchi va qismlarga ajratilmaydigan (doimiy) kolonkali quvurli, tо‘rt sharoshkali, burg‘ilash boshchali kolonkali burg‘ilar quyidagi diametrlarda tayyorlanadi: 118, 145, 190, 214, 243, 269, 295 va 346 mm - olmosli burg‘ilash boshchali kolonkalar: 96, 116,5, 140, 142,5, 185, 188 va 212 mm diametrli о‘lchamlarda tayyorlanadi. Kengaytirgichlar. Yaxlit va kalonkali burg‘i bilan burg‘ilab о‘tishda, quduqning diametrini kengaytirishda hamda burg‘ilash jarayonini olib borishda burg‘ilash asboblarini markazlashtirishda qо‘llaniladi.
Kengaytirgichlar - ishchi organlarining (sharoshka, parrak va boshqa) tuzilishi, biriktirish usullari (qattiq mahkamlangan, qismlarga ajratiladigan va qо‘zg‘atiladigan) hamda elementlarining soni va ularni jihozlash bо‘yicha tasniflanadi. Hozirgi paytda ikki xil turdagi kengaytirgichlar qо‘llaniladi: sharoshkali va parrakli. Uch sharoshkali kengaytirgich eng kо‘p qо‘llaniladi (6.8-rasm). U umumiy korpusdan tashkil topgan, uch juft sharoshkalar bitta о‘qqa katta bо‘lmagan konuslikda montaj qilingan, sharoshkalar aylana bо‘yicha bir–biridan 120 0S burchak ostida joylashtirilgan. Uch sharoshkali kengaytirgichlarning diametri 243, 269, 295, 346, 394 va 445 mm bо‘ladi. Uch sharoshkali kengaytirgichlardan tashqari tо‘rt va olti parrakli kengaytirgichlar, bir sharoshkali arrasimon kengaytirgichlar va burg‘i usti qismi shtirli kengaytirgichlar ham ishlab chiqariladi. Frezerli burg‘i – bu turdagi burg‘ilar kam abrazivlikka ega bо‘lgan tog‘ jinslarini, sement kо‘prigini va metallarni burg‘ilashga mо‘ljallangan. Frezerli qattiq qotishmali turdagi buralma burg‘ilar ham (QQBB) ishlab chiqariladi
Bu burg‘ining konstruktiv xususiyati qattiq qotishmali plastinkalar buralma shaklda joylashtirilgan. Burg‘ining ishchi qismi esa sfera shaklida.



Download 1,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-(Rasm). DR. turidagi olmosli radial burg‘i, o‘rtacha abraziv, o‘rtacha qattiq va qattiq jinslarni burg‘ilashda qo‘llaniladi

Download 1,75 Mb.