Jins yemiruvchi asboblarning tasnifi




Download 1,75 Mb.
bet4/12
Sana14.12.2023
Hajmi1,75 Mb.
#118987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kamron kurs ishi
LA LECTURE, Raxmonova Nargiza 2 28 guruhEkonometrikada matematik statiskaning, ММС 60 гурух Рихсибеков Исломбек МОЛИЯВИЙ ВА БОШҚАРУВ ҲИСОБИ Якуний назорат, 1679984021, Ashurov J. I raxbar fikrnomasi, Dars jadvali, BIRJA, ДБ-1ОН-жадваллари, Наивный Байес в деталях Объяснение, rasulovx, umotlar bazalari va, Davlatova Mushtariy Dedlie Media, 10-sinf Fizika olimpiada uchun, 11-sinf fizika olimpiada uchun
Jins yemiruvchi asboblarning tasnifi
Burg‘ilar ishining samaradorligi asosan quduq tubidagi parchalangan jinslarni yuvilishiga bog‘liqdir. Burg‘ilangan jinslarning burg‘i osti qismida tо‘planib qolishiga va qaytadan maydalanib ketishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Burg‘ining samarali ishlashi uchun yuvuvchi teshikning konstruksiyasi va joylashuv о‘qi qulay holda joylashtiriladi. Uch sharoshkali burg‘ilarda tik markazi bо‘yicha joylashtirilgan yuvuvchi teshikli turi amalda kо‘proq qо‘llaniladi va undan uzatilgan yuvuvchi eritmalar har bir seksiyadagi aylana shaklidagi teshiklarga uzatiladi. Burg‘ilashda yuvuvchi eritmalar sharoshkalarga yopishib qolgan jinslarni yuvadi, sharoshkalarni va tayanchlarni sovutishni ta’minlaydi. Lekin suyuqlik oqimining zarbali harakatidan burg‘ilangan jinslarni yuvishda unumli foydalanib bо‘lmaydi
Keyingi yillarda yon tarafdan yuvuvchi uch sharoshkali burg‘ilardan kо‘proq foydalanilmoqda. Bu burg‘ilarning afzalligi shundaki, yuvuvchi teshikdan eritmani tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri quduqning tubiga yо‘naltiradi, sharoshkalarni samarali sovutadi. Tog‘ jinslarini gidravlik-dinamik kuch bilan yuvadi. Oqimning tezligi nasosning quvvati, gruntlarning fizik- mexanik xossasiga bog‘liq holda tanlanadi va u 120-125 m/s ni tashkil qiladi. GOST 20692-75 ga muvofiq sharoshkali burg‘ilar uchta turda tayyorlanadi: bir sharoshkali–I, ikki sharoshkali -II va uch sharoshkali-III. Uch sharoshkali burg‘ilar kengroq qо‘llaniladi.
Yuvish teshiklarini va havo haydaydigan kanallarning joylashishi va konstkursiyasiga muvofiq burg‘ilar quyidagicha tayyorlanadi: markaziy yuviladigan-S, yon gidravlik monitor yuviladigan-G, markaziy havo haydaladigan-P, yon tomonga haydaydigan-HG. Gidravlik monitorli burg‘ilar almashtiriladigan kiydirma quvurli turlarda ishlab chiqariladi, burg‘ida yuvish kanalining ostki qismining uyasi hisoblanadi va unga chidamli materialdan tayyorlangan yangi kiydirma quvur о‘rnatiladi. Bunday holatda burg‘ida ishlatish davomida ishdan chiqqan kalta quvurchalarni almashtirish mumkin bо‘ladi. Sharoshkaning tayanchlari quyidagicha (2-rasm): tebratma podshipnikV, bitta podshipnik sirpanuvchi (qolganlari tebranuvchi)-N, bitta podshipnikka sirpanuvchi zichlama halqa bilan germetiklangan va moylash uchun rezervuarliNU, ikkita podshipnik sirpanuvchi va kо‘p germetikli AU . Hozirgi paytda tog‘ jinslarini parchalashda quyidagi turdagi uch sharoshkali burg‘ilarni qо‘llash tavsiya etiladi. Burg‘ilash usuliga bog‘liq holda amaliyotda har xil turdagi burg‘ilash rejimlari ishlab chiqilgan.
Burg‘ilash amaliyotida uch sharoshkali burg‘idan tashqari ikki va bir sharoshkali burg‘ilar ham qо‘llaniladi. Ikki sharoshkali burg‘ilar ajratilmaydigan konstruksiyali bо‘ladi, ikkita seksiya bir-biriga payvandlanadi. Ikki sharoshkali burg‘i – gidravlik-monitor ikkita yon kanalli, unda kiydirma quvurcha almashtiriladi, burg‘ilash aralashmasining oqimi yо‘nalishi quduq tubiga yо‘naltirilgan bо‘ladi.


Download 1,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jins yemiruvchi asboblarning tasnifi

Download 1,75 Mb.