|
Olmos burg‘ilar va sintetik polikristal bilan armaturalangan burg‘ilar
|
bet | 6/12 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #118987 |
Bog'liq kamron kurs ishiOlmos burg‘ilar va sintetik polikristal bilan armaturalangan burg‘ilar.
Olmos burg‘ilar tik va qiya yо‘nalgan quduqlarni, qumoq tosh, dolomit, ohaktosh va boshqa tog‘ jinslarni sharoshkali burg‘ilarda burg‘ilaganda samaradorligi tushib ketganda burg‘ilash uchun mо‘ljallangandir. Olmos burg‘i ham parrakli burg‘i kabi mustaqil harakatlanuvchi qismlarga ega emas. U fasonli, olmosli, ishonchli boshchadan tuzilgan, kukun shaklidagi qо‘yma qattiq materialdan bajarilgan bо‘ladi, pо‘latning korpusi biriktiruvchi qulfak rezba bilan ta’minlangan.
Olmos burg‘i 91,4…391,3mm diametrdagi ikkita modifikatsiyalarda tayyorlanadi: - bir qatlamli olmos donalari matritsa qalinligi sifatiga aniq sxemada joylashtiriladi. Quyidagi turlari mavjud – radial DR (6.4-rasm), pog‘onali DT (6.5-rasm) va pog‘onali shar kо‘rinishidagi kirgizmali DK. - impergnirizatsiyalangan (impergnirizatsiya qilingan olmos burg‘i deb – hajmiy olmoslarni tayyorlashda matritsa – shikta materiali bilan aralashtiriladi, matritsani olmos bilan tо‘liq tо‘yinishi bir tekisda matritsa materialining hajmini bir tekisda olmos donachalari bilan ta’minlanishidir; turi – DI kirgizmali shar kо‘rinishli. Olmos burg‘i bir xil kattalikda turbinali burg‘ilashda rotorli burg‘ilashga nisbatan yuqori mexanik о‘tish tezligiga ega bо‘ladi. Olmos burg‘i bilan tanafussiz 200-250 soat burg‘ilashni davom ettirish mumkin. Olmosli burg‘i bilan kо‘chma yoriqli kovaksimon jinslarni, har xil tosh qatlamli va boshqa mustahkam qattiq abraziv jinslarni burg‘ilashga ruxsat etilmaydi. Olmos burg‘i bilan quduqni burg‘ilashdan oldin quduq ustuni kalibrlanadi va quduq tubi metallardan tozalanadi.
Chuqur quduqlarni tubini metall narsalardan va yirik bо‘lakli jinslardan tozalash ishlari VNIIBT (Rossiya davlatidagi Butun ittifoq burg‘ilash texnikasi ilmiy tekshirish instituti) tomonidan ishlab chiqilgan usullar yordamida amalga oshiriladi.
1) olmos burg‘ini tushirishdan oldin quduqni metall va yirik qо‘yqumlardan tub quyqum о‘lchagich va sharoshkali burg‘i yordamida ikki – uch reys harakati bilan tozalanadi;
2) quduq ustunini va tubini tozalash uchun qо‘yqum о‘lchagichlarni qо‘llab qо‘shimcha reys qilinadi.
Olmosli burg‘i bilan turbinli burg‘ilashda quduq tubidan maydalangan jins zarrachalarni chiqishini jadallashtirish uchun turbobur valiga g‘ilof qaytargich о‘rnatiladi. G‘ilof –qaytargich turbobur nippelidan chiqadigan oqim yо‘nalishini о‘zgartiradi va burg‘ilangan jinslarni chiqishini yaxshilaydi
|
| |