• Kern oluvchi va kо‘taruvchi uskunalar
  • 3-jadval Kernlarni chiqarishga ta’sir qiluvchi kuchlar va burg‘ilash boshchalari
  • -rasm. Uch sharoshkali kengaytirgich (diametri 394…445 mm)




    Download 1,75 Mb.
    bet8/12
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,75 Mb.
    #118987
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    kamron kurs ishi
    LA LECTURE, Raxmonova Nargiza 2 28 guruhEkonometrikada matematik statiskaning, ММС 60 гурух Рихсибеков Исломбек МОЛИЯВИЙ ВА БОШҚАРУВ ҲИСОБИ Якуний назорат, 1679984021, Ashurov J. I raxbar fikrnomasi, Dars jadvali, BIRJA, ДБ-1ОН-жадваллари, Наивный Байес в деталях Объяснение, rasulovx, umotlar bazalari va, Davlatova Mushtariy Dedlie Media, 10-sinf Fizika olimpiada uchun, 11-sinf fizika olimpiada uchun
    5-rasm. Uch sharoshkali kengaytirgich (diametri 394…445 mm):
    1-korpus; 2-halqa; 3-shponka; 4-shpilka; 5-sharoshka;
    6- sharoshka o‘qi; 7-shayba; 8-ko‘ylak

    6-rasm. Reaktiv turbinali burg‘ilash usulida qo‘llaniladigan 490 mm-li RBB 13K turidagi burg‘i:
    1-korpus; 2-yuvuvchi kanal; 3-sharoshka bilan yig‘ilgan barmoq.
    Quduq tubidagi tog‘ jinsining quyqumlari yon kanallar va markaziy kanallar orqali yuboriladigan eritma oqimi bilan yuviladi. Bunday yuvuvchi kanallar buralma tasmalar faza oralig‘idagi otgichlar bilan biriktirilgan.
    Yuvuvchi eritmalarning gidravlik qarshiligi ta’sirida yemirilgan buralmali kiydirmalar doimiy ravishda almashtirilib turiladi. Reaktiv turbinali burg‘ilash (RTB) agregatlari bilan quduq tubi ishlaganda uch sharoshkali burg‘i va RBB (reaktiv burg‘ilash burg‘isi) turdagi seriyali ishlab chiqariladigan burg‘ilar qо‘llaniladi (6-rasm).
    RTB va RBB turidagi sharoshkali burg‘ilarning-uchi qismini gardishlari frezer tishlari yoki qattiq qotishmali tishlar bilan ta’minlangan. Ilmiy tekshirish instituti tomonidan burg‘ilar texnikasi uchun olti qirrali RTB burg‘ilar ishlab chiqilgan: RBB 12 K va RBB 13K.
    Kern oluvchi va kо‘taruvchi uskunalar
    Geologik qidiruv quduqlarini burg‘ilab о‘tish jarayonida ulardan namunalar ya’ni kern olinadi.
    Olingan kernlar laboratoriyada tekshiriladi va tahlil qilinadi. Tog‘ jinslaridan olingan kern qatlamning yuqori qobiqlarini о‘rganishda, geologiya sohasini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega. Kern kо‘taruvchi uskunalarning tuzilishi va ishlatish sharoiti jihatidan bir qancha toifaga bо‘linadi.
    Ilmiy ishlab chiqarish mashinasozlik korxonasi NPP “Sibburmash” ishlab chiqarayotgan kern kо‘taruvchi uskunalar tо‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi 3- jadvalda keltirilgan.
    3-jadval


    Kernlarni chiqarishga ta’sir qiluvchi kuchlar va burg‘ilash boshchalari
    Gidrotransport bilan namunalarni burg‘ilash rejimining parametrlari aylanish chastotasiga, о‘qli yuklanmaga, yuvish suyuqligining sarfiga va koronkaning kо‘tarish balandligiga bog‘liq. Jihozning aylanish chastotasi 100-250 ay/daq chegarasida. Kо‘p hollarda aylanish chastotasini 150 ay/min atrofida ishlatish tavsiya etiladi, bundan katta aylanish tezligida salnik va tiqilib qolish holatlari bо‘lishi kuzatiladi. Aylanish chastotasi yaxlit va kuchsiz yoriqlangan jinslarni burg‘ilashda 200-250 ay/daq atrofida tavsiya etiladi. Yuvuvchi eritmalarni quduqqa 140-160 l/daq berish tavsiya etiladi, yoriqli jinslarda 200-250 l/min. Kernlar suv sarfi 60-70 l/daq bо‘lganda chiqariladi, chunki 100 l/daq bо‘lganda quyqumlashish (kukunsimon jinslarning kо‘yishi) quvur va markaziy burg‘ilash birikmasining tizmasida kuzatiladi hamda markaziy kanalda kernlarning tiqilib qolish holatlari bо‘lishi mumkin. Normal burg‘ilash jarayonida nasos manometridagi bosimning kо‘rsatkichi 0,5 dan 2,5-3,0 MPa va burg‘ilash qudug‘ining chuqurligi 100 metrdan katta bо‘lganda kuzatiladi.
    Bosimning tez pasayib ketishi natijasida ichki tizmaning germetik holatining yо‘qotilishi, bosimning kо‘tarilishi va namunalarning yopishib qolish holatlari sodir bо‘ladi. Kernilarni tо‘liq chiqishini ta’minlash uchun tо‘rt metrli quvurdan foydalanilganda bir metr chuqurlikka yetganda tо‘xtatish kerak. Namunalarning koronkaga tiqilib qolishi murakkab jarayon, ular kо‘p holatlarda kukunsimon mahsulotlar hosil bо‘lganda tiqiladi.
    Bu yopishib tiqilib qolishni bartaraf qilishda, о‘qli yuklanma oshiriladi, kernni kolonkaning ichkarisiga itarish yoki kо‘tarilgan snaryad aylantiriladi. Suvning gidravlik zarbasini jо‘mrak yordamida tez yopish yoki ochish bilan bartaraf etiladi. Kernlarni tiqilib qolishini bartaraf etishda yuvish tо‘g‘ri va teskari usullarda yoki jihozlar 0,5-1 metr yuqoriga kо‘tarilgan holatda amalga oshiriladi.



    Download 1,75 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Uch sharoshkali kengaytirgich (diametri 394…445 mm)

    Download 1,75 Mb.