Ikki turdagi dolotaning foydali ish koifsentini ishlab chiqish va taqqoslash




Download 1,75 Mb.
bet11/12
Sana14.12.2023
Hajmi1,75 Mb.
#118987
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kamron kurs ishi

Ikki turdagi dolotaning foydali ish koifsentini ishlab chiqish va taqqoslash.
Birinchi va ikkinchi burgʻilarning mexanik oʻtish tezligi quyidagicha aniqlanadi:
vmex1 =h1 / tb1 , [m/soat], (1.a)

vmex2 =h2 / tb2 , [m/soat]. (1.b)
Agar h1>h2 va vmex1>vmex2 boʻlsa, birinchi burgʻi ishga yaroqliroq va ak­sincha h1<h2 va vmex1<vmex2 boʻlsa, ikkinchi burgʻi ishga yaroqliroq hisoblanadi.

Eslatma:
1. Agar ikkala burgʻining qazib oʻtishi va mexanik tezliklari teng boʻlsa, u holda ular teng koʻrsatkichli hisoblanadi. Bunda qaysi burgʻi arzonroq boʻlsa, oʻsha burgʻini tanlanadi.
2. Agar h1>h2, lekin vmex1<vmex2 yoki aksincha h1<h2, lekin vmex1>vmex2 boʻlsa, u holda burgʻining ishga yaroqliligi haqida reysli tezlik natijasi boʻyicha xulosa qilinadi.


Xulosa
Maxsus turdagi burg‘ilar–burg‘ilangan quduqlarni qayta burg‘ilash, kengaytirish, yon devorlarni tiklash va quvurlarni о‘rnatish, olmosli burg‘ilar, turbobur va rotor usullarda tik va qiya yо‘nalgan quduqlarni burg‘ilash, qumoq, dolomit, ohaktosh va boshqa jinslarni burg‘ilash, hozirgi paytda qо‘llaniladigan olmosli burg‘ilarni ishlab chiqarilishi haqidagi ma’lumotlar, maxsus mо‘ljallangan burg‘ilarni qо‘llanilishi va har qanday kolonkali burg‘ini konstruksiyasiga bog‘liq quyidagi asosiy elementlardan tashkil topganligi, olmosli burg‘ilash kallagining butun qurilmasini olmos bilan jihozlanishi, olmosli burg‘ini quduq tubini butunlay parchalashga mо‘ljallanganligi, burg‘ilovchi boshcha yordamida quduqning tubini halqasimon burg‘ilab kern olish kabi ma’lumotlar tavsiflangan.
Quduqlarni yaxlit burg‘ilash uchun uch sharoshkali seksiyali burg‘ilar turkumli holda ishlab chiqariladi. Bu sharoshkalar bir-biriga payvandlash yо‘li bilan biriktiriladi va payvandlangandan keyin burg‘ining yuqori qismiga rezba chiqariladi va 2 ta yuvuvchi teshik bilan ta’minlanadi. Hozirgi paytda konstruksiyasi va joylashuvi, jins yemiruvchi elementlari, sharoshka tayanchi, konstruksiyalari bir-biridan tubdan farq qiladigan о‘n uch turdagi uch sharoshkali burg‘ilar ishlab chiqariladi.
Burg‘i – bu ishchi uskuna hisoblanib, jinslarni parchalash (yemirish) va quduqlarni burg‘ilash jarayonida tubini chuqurlashtirish vazifasini amalga oshiradi. Tog‘ jinslarining fizik- mexanik xossalariga bog‘liq ravishda burg‘i har xil samara beradi. Bir xil jinslar zarba yoki maydalash natijasida yaxshi parchalanadi, boshqasi esa qirqish yoki siljitishda, uchinchisi aralash harakatlarda yaxshi parchalanadi. Qattiq tog‘ jinsini katta yemiruvchi kuchlanishli burg‘i yordamida burg‘ilash; yumshoq bir jinsli uchun – siljituvchi – parchalovchi kuch va uzun о‘tkir tishli burg‘i va hokazolar qо‘llaniladi.
Parrakli burg‘ilar yumshoq va plastik xossali tog‘-jinslarini burg‘ilashda qо‘llaniladi. Yuvuvchi teshiklarning bunday teshilishi, undan keladigan suyuqlikning oqimi parraklar harakatining oldi qismiga tushib, quduq tubidagi maydalangan jinslarni tozalashga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birgalikda parraklar doimiy ravishda yuvilib turiladi va yopishgan zarrachalarni ham quduqning tubidan uzoqlashtiradi. Quduqlarni burg‘ilash jarayonida yuvuvchi eritmalarni kerakli miqdorini va tezligini ta’minlash qiyin bо‘ladi.


Download 1,75 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki turdagi dolotaning foydali ish koifsentini ishlab chiqish va taqqoslash

Download 1,75 Mb.