• Maksam-Gilbert metodi.
  • Dnk sekvenirlash – dnk boʻlagidagi nukleotidlar (A, T, s va G) ketma-ketligini aniqlash jarayoni. Sanger boʻyicha sekvenirlash




    Download 3.46 Mb.
    bet3/4
    Sana13.01.2023
    Hajmi3.46 Mb.
    #38125
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Abduvali slayd skenirlash
    MARJONAXON RAYIMOVA, Atom rus, 03-83-сонли буйрук 506-сонли буйрук асосида, Чора тадбир ИТ парк, chek, Акбар Ўрозалиев 1890 йил Андижон шаҳрининг Қорабура маҳалласида туғилган, Реабилитация, ada, 3-4 shakl Kozimov Akbarjon, 4 adabiyotlar taxlili oxirgisi 111, 01.03.2023 й. ПП ЯДАК вариант, Ibrohimova Mohichehra, Abdullayeva Mahliyo, Soxta oyoqlilar
    Sengerning didezoksi-metodi. «Plyus-minus» metodining kamchiligi shundaki, 1-bosqichda aniq statistik kopiyalar tuplamlarni olish juda qiyin. Shu sababli 1977 yilda Senger boshchiligida yangi uslub ishlab chiqildi. Bu usul didezoksinukleozidtrifosfatlar usuli deb nomlandi. Hozirgi vaqtda u Sengerning didezoksi-metodi nomi bilan yuritiladi. Bu usul asosida ham praymerning 3’-uchidan boshlanadigan DNK bir zanjirini polimeraza ishtirokida nusxasini olish yotadi. Polimerlanish reaksiyasi aralashmasida 4 xil nukleotidlar (dNTP) mavjud va ularning bittasi 32R atomi bilan nishonlangan. Bundan tashqari aralashmaga nukleotidlarning sintetik analogi- 2’,3’-didezoksinukleozidtrifosfatlar (ddNTP) qo’shiladi. Bunda reaksiya terminasiyasi (to’xtashi) 2’,3’-didezoksinukleozidtrifosfatlar hisobiga amalga oshadi. DNK-polimeraza ddNTP DNK ning o’sib borayotgan zanjiriga ulash qobiliyatiga ega, lekin ddNTP zanjirga ulangandan keyin, zanjirning keyingi sintezi to’xtaydi, chunki ddNTP 3’-OH gruppaga ega emas.
    4 ta probirkaga praymer eritmasi, 4 xil nukleodidlar dATP, dCTP, dGTP i dTTP saqlovchi aralashma (nukleotidlarning bittasi radiaktiv izotop bilan nishonlangan bo’ladi) va bir xil ddNTP solinadi. dNTP/ ddNTP konsentrasiyalari shunday tanlanadiki, reksiya determinasiyasi ddNTP ga komplimentar nukleotid mavjud har bir joyda sodir bo’lsin.
    • ta probirkadagi ddNTP 4 xil bo’lishi zarur.

    Maksam-Gilbert metodi. Didezoksi-metod bilan birgalikda Maksam-Gilbert metodi ham keng qo’llaniladi. Bu metod A. Maksam va V.Gilbert tomonidan 1976 yilda taklif qilingan. Bu usul yordamida DNK ning bitta yoki ikki zanjirini ham o’qish mumkin. O’rganilayotgan polinukleotid maxsus kimyoviy fragmentasiyaga uchratiladi. Boshlang’ich nuqtaga ega bo’lish uchun DNK fragmenti 32R atomi bilan 5’-uchi yoki 3’-uchidan nishonlanadi. Ko’pchilik hollarda,fragment 5’-uchidan A4 fagining polinukleotidkinaza fermenti yordamida nishonlanadi. Bu ferment reaksiyada radioaktiv fosfatni DNK tarkibiga o’tkazadi. Agar DNK ning ikkita zanjiri ham o’qilishi zarur bo’lsa, bunday reaksiya ikkinchi zanjir uchun ham amalga oshiriladi.
    1984 yilda Maksam-Gilbertning nishonlangan fragmentlarni yaratish uslubi G.Volkayer tomonidan soddalashtirildi. Bir uchidan nishonlangan DNK fragmetlari porsiyalarga ajratiladi har birida kimyoviy modifikasiya o’tkaziladi. Modifikasiya qilishda har bir DNK fragmentiga modifikasiya qilingan bir xil nukleotid to’g’ri kelishi kerak. A. Maksam va V.Gilbert purin asoslarini dimetilsulfat bilan modifikasiyalashni taklif etishdi. Bu metodda ham nukleotidlar ketma-ketligining o’qilishi gelni radiografiyasi orqali amlga oshiriladi. Maksam-Gilbert metodi yordamida, bir siklda, odatda, 250-300 nukleotiddan iborat ketma-ketlik o’qiladi.

    Download 3.46 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dnk sekvenirlash – dnk boʻlagidagi nukleotidlar (A, T, s va G) ketma-ketligini aniqlash jarayoni. Sanger boʻyicha sekvenirlash

    Download 3.46 Mb.