-chizma. Kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.6




Download 75.79 Kb.
bet6/10
Sana18.05.2023
Hajmi75.79 Kb.
#61482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13 Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. Raqobatlashuvchi firmaning foydasi va daromadlari
DXjjlWfJWxYxwXlRGvbVc0W1mX13qd4zHsxAlojy, 1424949965 60201, Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya, Pardayeva Sumbula Umumiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida mavzu (1), Amaliyot hisoboti Charos., IJTIMOIY TARMOQLAR, ГОСТ 20851, Diqqat, ilk bolalik davri, adiblar, Doc1, 9221 harbiy qism Ko, portal.guldu.uz-Termokimyo, Geografiya o‘qitish metodikasi

1-chizma. Kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.6


Kapital qо‘yilmalar mohiyatini chuqurroq anglash uchun ularning tarkibi va gupuhlari bо‘yicha о‘rganish maqsadga muvofiqdir.

        1. chizma. Yо‘naltirilishiga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi7.



Qurilish-montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalar pudrat usulidagi va xо‘jalik usulidagi kapital qо‘yilmalarga ajratiladi.
        1. chizma. Bajapish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.


Qishloq xо‘jaligi korxonalarida kapital qurilish pudrat usulida olib borilganida sarflanadigan kapital xarajatlarni hisobga olib borish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 17-sonli “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” nomli milliy standartida belgilab berilgan.


Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga kirishib, ularning о‘zapo munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi.
Kapital qо‘yilmalarning texnologik tuzilmasi qurilish va montaj ishlari bilan bog‘liq hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olishga, shuningdek, boshqa kapital ishlar va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar tarkibi va nisbatini anglatadi.
Kapital qо‘yilmalar, xususan kapital qurilish xarajatlari qurilishga ixtisoslashgan xо‘jaliklarda 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida qurilish asosiy faoliyat yо‘nalishi qurilishga ixtisoslashmagan boshqa sohalarda qurilish xarajatlari agar о‘zini yordamchi ishlab chiqarishi kuchi bilan xо‘jalik usulida bajarilganda 2310 – “Yordamchi ishlab chiqarish” sintetik schyotini tegishli analitik schyoti boshqaruv hisobida hisobga olinsa, pudrat usulida pudratchilar bilan shartnoma asosida qurilayotgan binolar inshootlar va boshqa qurilish – ta’milash ishlari 0800 –“Kapital qо‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” sintetik schyotining 0810 –“Tugallanmagan qurilish” schyotida moliyaviy hisobda hisobga olib boriladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, kapital qurilish ishlari kapital qо‘yilmalarini bir qismi bо‘lib ishlab chiqarish faoliyatini tavsifiga kо‘ra ular turli xо‘jaliklarda turlicha; ba’zilarda moliyaviy hisobda ba’zilarida esa, boshqaruv hisobida mukammal hisob olib borishlari kerak. 1-ilovada qurilish xarajatlarini turli shakldagi xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisobga olinishi kо‘rsatilgan.
1-ilovada jadvalida kо‘rastilgandek qurilish tashkilotlarida va qurilish xujalik usulida olib borilayotgan xо‘jalik yurutuvchi sub’ektlarda qurilish bilan bog‘liq xarajatlari asosiy ishlab chiqarish 2010 schyotda qurilish tashkilotlarida 2310 yordamchi ishlab chiqarish schyotda (faoliyati qurilish bilan bog‘liq bо‘lmagan qurilish ishlari xо‘jalik usulida olib boriladigan xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarda) boshqaruv hisobini hisob ob’eti sifatida qaralishi va faoliyati qurilishi bilan bog‘liq bо‘lmagan qurilish pudrat usulida olib borilayotgan
xо‘jaliklarda qurilish xarajatlari 0810 – “Tugallanmagan qurilish” schyotida moliyaviy hisobini ob’ekti sifatida qaralsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. Shunda kapital qurilish bо‘yicha barcha xarajatlarni tо‘g‘ri hisobini yuritish va aniq ma’lumotlar asosida tahlil qilish jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari yaratiladi
Hisobga olishda kapital qо‘yilmalar takror ishlab chiqarish strukturasining yо‘nalishlari, texnologik struktura, mо‘ljallanishi, xalq xо‘jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, mablag bilan ta’minlash manbalariga kо‘ra guruhlanadi.
Takror ishlab chiqarish strukturasining yunalishlari bо‘yicha kapital qо‘yilmalar yangi qurilishi, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi.
Yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, shuningdek ishga tushirilgandan sо‘ng mustaqil balansda bо‘ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat kо‘rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi.
Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot)larda qо‘shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek ishlab turgan korxona xududi yoki unga qо‘shni maydonchada qо‘shimcha yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi.
Korxonalarning foydalanishga topshirilgandan keyin mustaqil balansda bо‘lmaydigan filiallarning qurilishi ham ishlab turgan korxonalarni kengaytirish qatoriga kiritiladi.
Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini (unumdorligi, о‘tkazish qobiliyati, bino yoki inshootning sig‘ishini) kо‘raytirish ishlari yangi qurilish yо‘li bilan shunday quvvatlar yaratishdan kо‘ra qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash deganda asosiy va yordamchi va
xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan, ishlab turgan tsex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni takomillashtirish va ularni texnik – iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu odatda asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni kengaytirmay amalga oshiriladi.
Texnologik strukturasiga kо‘ra kapital qо‘yilmalar qо‘yidagi ish va xarajat turlari qiymatidan tarkib topadi.

  • qurilish ishlarining barcha turlari:

  • uskunalar natijasi bо‘yicha ishlar:

  • qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab qiladigan va qilmaydigan):

  • qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari:

  • boshqa kapital ish va xarajatlar.

Uskunalar kapital qurilishning reja va hisobot kо‘rsatkichlarida qurilish smetasiga kiradigan va kirmaydigan uskunalarga ajratiladi.

  1. Qurilish smetasiga kiradigan uskunalar, ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarini saqlash va yangi korxona hamda ob’ektlarni qurish loyiha va smetalarida nazarda tutilgan uskuna, mashina va mexanizmlar loyiha va smetalarga kiritilishi lozim bо‘lgan uskuna, mashina va mexanizmlardir.

  2. Qurilish smetasiga kirmaydigan uskunalarga mazkur tarmoq uchun loyixa – smeta xujjatlarini tuzish tartibida belgilanishiga kо‘ra smetani yuqoridagi punktning birinchi abzatsiga kiritilmaydigan mashina va mexanizmlar kiritiladi.

  • qurilish mashinalari, mexanizmlar, inventar va asboblar, shuningdek qurilish va montaj tashkilotlari transport vositalari:

  • yig‘ma – razbor qilinadigan bino va inshootlarning inventar detallari komplektlari: inventar uylar, qurilish, geologiya razvedka va qidiruv tashkilotlarining vagon, furgonlar va konteyner tipidagi boshqa anjomlari qishloq xо‘jaligi korxona va tashkilotlarining traktor, kombayinlari va boshqa ekin ekish, er haydash hamda hosilni yig‘ishtirishga mо‘ljallangan mashinalar:

  • ta’minot – sotuv tashkilotlari konteynerlar va boshqalar.

Uskunalar montaj talab qiladigan va montaj talab qilmaydigan uskunalarga ajratiladi.
Montaj talab qiladigan uskunalarga faqat ayrim qismlari yig‘ilgandan keyin yoki asos va tayanchlarga о‘rnatilgandan sо‘ng ishga tushirilishi mumkin bо‘lgan uskunalar shuningdek, foydalanishga topshirish elektrmontaj va ishga tushirish – sozlash ishlarini talab qiladigan elektron hisoblash mashinalari ham kiritiladi.
Montaj talab qilmaydigan uskunalarga ishga tushirishdan oldin asos va tayanchga о‘rnatishni talab qilmaydigan uskunalar: lokomotivlar, traktorlar, vagon, qishloq xо‘jaligi mashinalari, avtomashinalar va shu kabilar kiradi.
Kapital qо‘yilmalar maqsadga kо‘ra hisobga olishda:

  1. ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga (qurilishi tuganlangandan sо‘ng moddiy ishlab chikarish soxasi: sanoat, qishloq xо‘jaligi, transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar)

  2. noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xо‘jalik sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga ajratiladi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bо‘yicha kapital qо‘yilmalar sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital qо‘yilmalarga ajratiladi.
Qurilish montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarga ajratiladi.
Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj
tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga kirishib, ularning о‘zaro munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi. Kapital qо‘yilmalar mablag‘ bilan ta’minlashning qо‘yidagi manbalari asosida hisobiga amalga oshiriladi:
Korxona va tashkilotlarning о‘z mablag‘lari, byudjet mablag‘lari va bank kreditlari: davlat kapital qо‘yilmalar limitidan tashqari amalga oshiriladigan kapital qо‘yilmalar bо‘yicha hukumat tomonidan shu maqsadlarga yо‘llashga ruxsat etilgan mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashgan manbalari va boshqalar.

  1. Download 75.79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 75.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma. Kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.6

Download 75.79 Kb.