• Tayanch iboralar
  • E=mС 2
  • kimyoviy energiya
  • Termokimyo




    Download 88 Kb.
    bet1/3
    Sana23.04.2023
    Hajmi88 Kb.
    #53342
      1   2   3
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Termokimyo
    DXjjlWfJWxYxwXlRGvbVc0W1mX13qd4zHsxAlojy, 1424949965 60201, Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya, Pardayeva Sumbula Umumiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida mavzu (1), Amaliyot hisoboti Charos., IJTIMOIY TARMOQLAR, ГОСТ 20851, Diqqat, ilk bolalik davri, adiblar, Doc1, 9221 harbiy qism Ko, 13 Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. Raqobatlashuvchi firmaning foydasi va daromadlari, Geografiya o‘qitish metodikasi

    Termokimyo.

    REJA:


    1. Massa va energiyaning o‘zaro bog‘liqligi.

    2. Kimyoviy energiya.

    3. Entalpiya va ichki energiya.

    4. Termokimyoviy tenglamalar.

    5. Gess qonuni.

    6. Entropiya.


    Tayanch iboralar: Massa, energiya, kimyoviy energiya, termokimyoviy tenglamalar, issiqlik effekt, endotermik, ekzotermik reaksiyalar, Gess qonuni, entalpiya, entropiya.

    7.1. Massa energiyaning o‘zaro bog‘liqligi

    Har qanday modda ma’lum massa va energiyaga ega. Massa va energiya o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish bor, bu bog‘lanish A.Eynshteynning (1905 y.) matematik tenglama asosida quyidagicha ifodalanadi:
    E=mС2
    Bu erda; E-energiya (erg hisobida), m-massa (gramm hisobida), С-nur tezligi 31010 sm/sek
    Hozirgi zamon fizikasining asosiy qonunlaridan biri massa va energiyaning saqlanish qonunidir. Massa va energiyaning saqlanish qonunlarining birligi - materiyaning saqlanish qonunidir.
    Energiyaning saqlanish qonuni massaning saqlanish qonuni kabi tabiatning asosiy qonunlaridan biridir. Massa va energiya bir-biriga o‘tmaydi, lekin biri o‘zgarishi bilan ikkinchisi o‘zgaradi. Energiyaning saqlanish qonuni quyidagicha ta’riflanadi; energiya yo‘qolmaydi va yo‘qdan bor bo‘lmaydi, u ekvivalent nisbatda bir turdan ikkinchi turga o‘tadi.

    7.2. Kimyoviy energiya

    Har qanday moddaning harakat formasi energiyaning o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Moddaning birligini ifodalaydigan energiya kimyoviy energiya deyiladi.


    Energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, u ekvivalent nisbatda faqat bir turdan ikkinchi turga o‘tadi. Masalan:

    1eV=4,8810-10 : 299,8=1,.60210-12 erg; elementning 1 mol miqdorida Avagadro soniga teng atomlar bo‘lgani uchun 1,60210-12 va 6,02 1023 ga kupaytiramiz va 1 kkal=4,1841010 erg bo‘lgani uchun 4,1841010 ga bo‘lamiz: 1,60210-12x (6,021023/4,1841010)=23,06 kkal/mol kelib chiqadi. Uni kJ/mol bilan ifodalash uchun 23,06 ni 4,184 ga ko‘paytiramiz:

    1eV=23,064,184= 96,48 kJ/mol kelib chiqadi.

    Ayrim sistemada, (normal sharoitda) berk hajmida, tashqi muhit bilan ta’sir bo‘lmaganda energiyaning hamma turlari yig‘indisi o‘zgarmasdir


    Har qanday sistemaning uziga xos umumiy energiya zapasi mavjud. Sistemaning ichki energiyasi kimyoviy jarayonlarda alohida ahamiyatga ega. Ichki energiya molekulaning, molekuladagi atomlarning, atomdagi elektronlarning tebranma va aylanma harakatdagi energiyasidan hamda atom yadrosining energiyasidan va hokazolardan iborat: lekin unga butun sistemaning potencial va kinetik energiyasi kirmaydi, demak, ichki energiya sistemasining o‘z energiyasidir.
    Hozirgi vaqtda biror jarayondagi yoki kimyoviy reaksiyadagi ichki energiya (u) ning umumiy zapas energiyasini aniqlash mumkin emas, lekin jarayon natijasida moddalar sistemasining ichki energiya o‘zgarishi (u) ni topish mumkin;

    ∆U=U2-U1

    Kimyoviy reaksiyalar vaqtida ajralib chiqadigan (yoki yutiladigan) energiyani tekshiradigan kimyoviy sohasi termokimyo deb ataladi. Termokimyo kimyoviy jarayonlar endotermik va ekzotermik reaksiyalarga bo‘linadi. Issiqlik ajralib chiqishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar deyiladi. Bunda moddaning ichki energiyasi kamayadi. Masalan, vodorodning yonish reaksiyasi:

    2H2+O2=2H2O+Q

    Reaksiya uchun olingan vodorod va kislorod ichki energiyasi (u1) hosil bo‘lgan mahsulot N2O ning ichki energiyasidan (u2) katta, ya’ni U1>U2. Ajralib chiqqan energiya –Q quyidagi ayirmadan topiladi;



    Q= u1-u2

    Issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan: yuqori temperaturada suvning par-chalanish reaksiyasi

    2H2O=2H2+O2-Q

    energiya sarf qilish xisobiga boradi. Demak; u12.


    Yuqoridagi misoldagidek; dastlabki moddalarning zapas energiyasi u1 va mahsulotning zapas energiyasi u2 bilan belgilab quyidagi tenglamaga ega bo‘lamiz:

    Q= u1-u2 yoki u1-u2=Q

    Termokimyoviy tenglamalarda reaksiyaning issiqlik effekti reaksiyaga kirishuvchi moddalarning mol soniga proporcional bo‘ladi va odatda kilokalloriya (kkal) yoki kilojoullar (kJ) bilan ifodalanadi.


    Download 88 Kb.
      1   2   3




    Download 88 Kb.