• Tashqi kuchlar
  • Tashqi kuchlarning ishi
  • Elektr zaryadining birligi




    Download 93.25 Kb.
    bet4/7
    Sana09.12.2022
    Hajmi93.25 Kb.
    #33813
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ilmiy rahbar kurs ishi
    Yevropa ittifoqining XXI asr boshlaridagi faoliyati, Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. O’tkazgichlarning qarshiligi. O’tkazgich qarshiligining temperaturaga bog’liqligi kurs ishi, O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Makaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati2, Angliyadagi Uot tayler qo’zg’aloni, SUV HOLAT DIAGRAMMASI. ERITMALARNING KOLLIGATIV XUSUSIYATLARI
    Elektr zaryadining birligi. Elektr zaryadining birligini topish uchun (1)ifodadan foydalanamiz: Q=I*t.
    SI da zaryad miqdorining birligi- kulon (C), u fransuz fizigi Sh. Kulon sharafiga shunday nomlangan.
    [Q]=[I]*[t]=1A*1s=1As=1C.

    Tashqi kuchlar. Elektr yurituvchi kuch va kuchlanish .


    Mazmuni: tashqi kuchlar; tashqi kuchlarning ishi; elektr yurituvchi kuch; kuchlanish.
    Tashqi kuchlar. Oldin qayd qilib o’tganimizdek, elektr toki vujudga kelishi uchun zarur bo’lgan shartlardan biri erkin zaryadlangan zarralarning batartib harakatini taminlovchi kuchlarning mavjudligidir.
    Buning uchun erkin zaryadlarga tashqi kuchlar ta’sir etishi kerak. Tashqi kuchlarning vujudga kelishini va ta’sirini ta’minlovchi qurilma tok manbayi deyiladi. Bunday qurilmalarda turli ismli zaryadlarninishi roy beradi. Zaryadlar tashqi kuchlar ta’sirida, tok manbayi ichida
    ,elektr maydoni kuchlari ta’siriga qarama-qarshi yonalishda harakat qiladi.
    Buning natijasida tok manbayi qutblarida doimiy potensiallar farqi saqlanib turadi .
    O’zgarmas tok manbayilaridan sxematik tasviri ko’rsatilgan. O’zgarmas tok manbayining musbat qutbi uzun, manfiy qutbi esa kalta chiziq bilan ko’rsatiladi. Generator qutblariga esa «+» va «-» belgilari qo’yiladi.
    Tashqi kuchlarning ishi. Zanjirda elektr toki vujudga kelishi va mavjud bo’lishini tasvvur qilish uchun quyidagicha tajribani o’tkazaylik. Turli potensialli (φ12) A va B jismlar o’tkazgich orqali tutashtirilib, ulardan tok oqmoqda. Jismlarning potensiallari tenglashishi bilan o’tkazgich orqali oqayotgan tok to’xtaydi, zanjirda doimiy tokni saqlab turish uchun φ12=const potensiallar farqini o’zgartirmay saqlash zarur. Buni esa zaryadlarni B jismdan A jismga qaytarish bilangina amalga oshirish mumkin. Boshqacha aytganda, tok oqadigan kontur yopiq bo’ladi (AaBbA). Lekin Bba qismda zaryadlar elektr kuchlariga qarshi ko’chishlari kerak. Bu ko’chirishni esa elektr tabiatiga ega bo’lmagan tashqi kuchlargina amalga oshirishlari mumkin. Ular butun zanjir bo’ylab yoki uning biror qismida ta’sir qilishi mumkin.
    Umuman olganda, tashqi kuchlarning tabiati turlicha bo’ladi. Misol uchun ular galvanik elementlarda kimyoviy reaksiyalar natijasida vujudga keladi, generatorda esa rotor aylanishining mexanik energiyasi hisobida va hokazo.

    Download 93.25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 93.25 Kb.