• 6-rasm. “TAMPO” firmasi taklif etgan dozalash aparati
  • 7-rasm. TK-3 dozalash apparati
  • 8-rasm. DPR-2 poroshoklarni dozalash apparati
  • 9-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o’rash jarayoni
  • 5.Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo’yilgan talablar.
  • 2 - Ma’ruza. MAVZU 2.
  • Tayanch atama va iboralar
  • Poroshoklarni dt sifatida afzalliklari
  • Poroshoklarni dt sifatida kamchiliklari
  • Poroshoklarga qo’yiladigan asosiy talabalar
  • Dori moddalari miqdori
  • Suvning tarkibdagi miqdori
  • Fizikaviy hususiyatlari
  • Poroshoklaning xususiy texnologiyasi 1. Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
  • -rasm. PD-2 dozalash apparati




    Download 2,9 Mb.
    bet4/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2,9 Mb.
    #5367
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35

    4-rasm. PD-2 dozalash apparati

     Bu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm3 hajmdagi bunkerdan (1), uning ustida o’rnatilgan motor (2) ga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgich (3) va shnek (4) dan tashkil topgan. Bunker ostiga ko’l tarozisining bir elkasi va pallasi joylangan. Tarozining o’ng elkasi bunker to’kilish ogziga keltirilgan bo’lib, u dozalashga mo’ljallangan tubi ochiladigan palla (5), chap elkasida esa toshlarga mo’ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga mo’ljallangan mikrovint (7) elka o’rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda (8) maxkamlangan bo’lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to’kishni ta'minlaydigan mexanizm joylangan. Yoruglik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ular orasiga, tarozining o’ng elkasiga bayrokcha (11) o’rnatilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o’rnatilgan bo’lib, u richagga qo’yilgan yuk ta'sirida palla tubini kukun to’lguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini ta'minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) elka va pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo’ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo’lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya'ni 0,5 gacha og’irlikdagi kukun uchun 1 yoki 2— shnek o’rnatiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4— shnek o’rnatiladi. Dozatorning o’rtacha ishlash me'yori minutiga 10-12 kukundan bo’ladi.




    5-rasm. VDA-1,5 dozalash apparati

    1- elektromotor; 2- vertikal shnek; 3-bunker; 4-tortish sistemasi;

    5-zapas shnek; 6- elektromexaniq tizim
     

    Dozalaydigan idish tagiga o’rashga tayyorlab bir tomoni buklangan kapsula qog’ozidan qo’yiladi. Priborda "aralashtirish" va "dozalash" ko’rsatmalari yozilib, ularni elektr tarmoqqa ulaydigan muruvvatlari bor. "Aralashtirish" muruvvati ulanganda kukunni aralashtiradi va dozalash muruvvati orqali dozalanadi. Dozalash pallasining to’lish jarayonida elkalar to’gri holatga keladi va bayroqcha fotoelementga o’tayotgan nur yo’lini bo’shatadi.





    6-rasm. “TAMPO” firmasi taklif etgan dozalash aparati

    a- dozator: 1- aralashtirgich; 2- koxoz lentali rolik; 3- termoyopishtiruvyai disk; 4- aylanma keskich; 5- boshqaruvchi shit; 6- vint; b- qadoqlangan kukun:

    Natijada dozator pallasining tubi ochilib, kukun qog’ozga to’qiladi. To’qilgan kukun keyingi miqdor dozalanguncha o’raladi va shu maromda dozalash davom ettiriladi. DVA-1,5 dozalash apparati ham shu ko’rinishda bo’lib, ishlash qoidasi ham DP-2 ga o’xshash (1.6.-rasm).

    1.7.-rasmdagi "TAMPO" firmasi tomonidan taklif etilgan dozator kukunni hajm bo’yicha taksimlab o’rnatilgan lentadagi kogozlarga bo’lib va ularni kichik paketchalar qilib kesib tayyor holda chiqaradi. Dorixona sharoitida hajm bo’yicha dozalash TK-3 hajm dozalash apparati orqali amalga oshiriladi. qoshiq ko’rinishidagi bu dozator orqali 0,2-1,0 gr og’irlikdagi kukunlarni dozalash mumkin.




    7-rasm. TK-3 dozalash apparati

    qoshiqcha asosiy metal korpusi (1), ortiqcha kukunni tekislab dozani to’grilashga mo’ljallangan tekislagich (2) va qoshiq (3) hajmini o’zgartirib ma'lum hajmga to’g’rilash uchun o’rnatilgan muruvvat (4, 5) dan iborat. Qoshiqcha bilan ishlashdan oldin uning hajmini kerakli miqdorga to’grilash zarur. Buning uchun hovonchada kukun tayyor holga keltirilgandan so’ng, undan qoshiqchaga botirib olinadi, hovoncha ustida tutib turgan holda bosh barmoq bilan kukunning ortiqchasini, tekislagichni qoshiq uchigacha surib tushiriladi, so’ng tekislagichni avvalgi joyiga qaytarib, qoshiqdagi kukun tarozi pallasiga solib tortiladi va og’irlik belgilangandan ko’p yoki kam bo’lsa, muruvvatni burab qoshiq hajmi ko’paytiriladi yoki kamaytiriladi. Mo’ljallangan dozaning hajmi topilgandan so’ng dozatorni ishlatib dozalashni boshlash mumkin. DPR-2 dozatorining ishlash jarayoni ham shunga o’xshash.





    8-rasm. DPR-2 poroshoklarni dozalash apparati

     

    Elaki dorilarni qadoqlash



     Dozalangan kukunlarni qadoqlash uchun asosan 7,5*10 sm o’lchamda kesilgan qog’oz yoki shu o’lchamda fabrikada tayyorlangan qog’oz kapsulalar ishlatiladi. Gigroskopik xususiyatga ega bo’lgan moddalar, uchuvchan va kuchli hidli moddalar mumli (charta cerata) yoki parafinlangan qog’ozlarga (charta paraffinata), moysimon xususiyatli moddalar pergament qog’ozlarga (charta pergamenta) o’raladi.



    9-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o’rash jarayoni

     

    Kukun tarkibidagi moddalarning yomon ta'mi, hidi va mazasini niqoblash, rangli moddalarning ifloslantirishini yo’qotish maqsadida (metilen ko’ki, riboflavin, faollashtirilgan ko’mir) hamda dori moddalarni me'da suyuqligi ta'siridan saqlash maqsadlarida elaki dorilar kraxmal yoki jelatinadan yasalgan kapsulalarga joylashtirilishi mumkin (13-rasm).



    Kapsulalarga joylangan kukunlar karton quticha yoki shisha idishlarda beriladi. Kukun tarkibiga uchuvchan moddalar kirsa, ular og’zi yaxshi yopiladigan shisha idishlarga solinadi. Tarkibida zaharli moddalar saqlagan kukunlarni qadoqlashda uning mustahkamligiga e'tibor berish kerak. Zarurat bo’lsa ularni surgich yoki mum bilan muxrlash zarur. Dozalanmagan kukunlarni qog’oz xaltalarda hamda karton qutichada qadoqlab berish yoki shisha, plastmassa va tunuka idishlarga solish mumkin.
    5.Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo’yilgan talablar.

    1. Bir xilligi. Tayyorlangan poroshok oq qog’ozga sochilib ko’riladi (100g). Namuna poroshok massasining chetidan, oldidan, orkasidan olinadi. Xar bir namunada poroshokning miqdori bir xil bo’lishi kerak.

    2. Zarrchalar o’lchami. Qurollanmagan ko’z bilan ko’rilganda poroshok zarrachalar o’lchami bir xil bo’lishi kerak.

    3. Sochiluvchanligi. Poroshok massalari bir xil bo’lishi, kotib qolgan nam katmoqlar bo’lmasligi kerak. Massa oson sochilishi, oqishi kerak.

    4. Mazasi. O’ziga xos mazali bo’lishi kerak. Achchiq mazani korregirlash kerak.

    5. Poroshoklarning og’irligi. Ichish uchun poroshoklar judayam kam (0,1 g kam ) eki ko’p (1 g ko’p) og’irlikka ega bo’lmasligi kerak. Bu qo’llash uchun qulaylikka ega bo’lish uchun.2

    Tarozining metrologik tavsifi uning turg’unligi ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi ko’rsatkichlami o’z ichiga oladi.

    1. Turg’unligi - bu tarozi elkasini muvozanat holatidan chiqib ketib 4-6 marta harakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat xolatini egallashga aytiladi.

    2. Ishonchliligi- bu tarozini o’lchanadigan modda va tosh o’rtasidagi muvozanatiga aytiladi (tosh bilan o’lchanadigan moddani almashtirib qo’ygan xolatda ham birinchi muvozanat xolatini ko’rsatishiga aytiladi).

    3. Doimiyligi - bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir necha marta o’lchaganda ham, bir xil ko’rsatkichni ko’rsatishiga aytiladi.

    4. Sezgirligi - bu tarozining juda kichkina og’irlikni sezib, o’z muvozanat xolatidan chiqib ketishiga aytiladi.

    Og’irlik o’lchov birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Kilogramm platina - irridiy qotishmalaridan tayyorlangan silindrsimon massa. Dorixonada ikkinchi sinf texnik toshlar qo’llaniladi. Ularga may da (milligramm) - 10 mg dan 1000 mg gacha va yirik (grammli) - lg dan 200 g yoki 500 g gacha bo’lgan toshlar kiradi.
    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    2 - Ma’ruza.

    MAVZU 2. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to‘zg‘uvchi, bo‘yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida).

    Ma’ruza maqsadi: Bo’yovchi, qiyin maydalanuvchi, to’zg’uvchi moddalar, ekstraktlar, efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash.

    Reja:

    1. Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

    2. To’zg’uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

    3. Bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

    4. Ekstrakt va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash

    5. Poroshoklarni sifatini tekshirish

    Tayanch atama va iboralar: kukun-pulveris, oddiy kukun- pulveris simplices, murakkab kukun- pulveris composite, kristal, amorf- agregat holati, mortario- hovoncha, pestik-hovoncha dastasi, dozator- kukunni hajm bo’yicha taqsimlash
    Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo’lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham tabobatda qo’llanilgan. Elaki dorilarning o’ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori bo’lishini ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir darajasiga ega dori hisoblanadi.

    Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo’llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo’lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo’ladi.

    Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo’lishi mumkin. Undan tashkari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo’lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo’ladi. Ichish uchun mo’ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taksimlangan bo’ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi.

    Poroshoklarni dt sifatida afzalliklari

    Tayyorlash tеxnologiyasi soddaligi;

    Qo’llanilishi qulayligi;

    Yuqori biosamaradorligi, ya'ni tеrapеvtik faolligi (tablеtkalarga nisbatan). Bu esa ayniqsa, geriatriya va pеdiatriyada katta ahamiyatga ega. Poroshokning zarrachalarni qancha mayda bo’lsa, shuncha faolligi yuqori bo’ladi, chunki bunda eruvchan, ayniqsa qiyin eruvchan moddalarning so’rilishi yеngillashadi;

    Erimaydigan moddalar (faollashtirilgan ko’mir, oq gil, vismut nitrat asosiy va b.) yuqori dispеrslik holatida maksimal darajada adsorblash, o’rab olish, va antisеptik ta'sirga ega bo’ladi;

    Tarkibning univеrsalligi, chunki bitta dori shaklida turli xususiyatlarga ega bo’lgan dorivor modalarni saqlash mumkin;

    Dozalashni aniqligi;

    Ixchamligi va saqlash davomida turg’unligi.



    Poroshoklarni dt sifatida kamchiliklari

    Suyuq DT nisbatan tеrapеvtik faolligi sеkinroq namoyon bo’ladi

    Yuzasi katta bo’lganligi sababli tashqi muhit omillariga ta'sirchan bo’ladi (oksidlanadi, namikni yutadi va b.

    Noxush hidli, achchiq ta'mli va va bo’ovchi moddalarni qo’llash noqulay

    Ba'zi bir dorivor moddalar (bromidlar, xloralgidrat va b.) oshqozon-ichak shilliq qavatiga qitiqlovchi ta'sir ko’rsatadi
    Poroshoklarga qo’yiladigan asosiy talabalar

    Sochiluvchanlik

    Dispеrslik (barcha tarkibiy qismlarning optimal maydalik darajasida bo’lishi)

    Bir xilligi (murakkab poroshoklarda barcha tarkibiy qismlarni bir xil tarqalganligi)

    Dozaning aniqligi

    Turg’unligi (saqlanish jarayonida moddalarning o’zgarmasligi)

    Ba'zi bir poroshoklar uchun stеrillik (ochiq yaralar uchun sеpmalar, yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun poroshoklar va b.)

    Poroshoklarning xususiyati

    Kimyoviy xususiyatlari3

    Dori moddalari miqdori (massa ulushi), odatda, 98-99% kam bo'lmagan holda hisoblanadi.

    Gazlarning tarkibdagi miqdori ishlab chiqarish jarayonida yoki keyingi qayta ishlash paytida gaz zarrachalari yuzasiga adsorbsiyalanadi va ichki gazlar tarkibi (O2, SO2, N2, va hokazo). Gazlarning katta miqdorda bo’lishi, poroshoklarning sochiluvchanligini oshirshi va qiyin qayta ishlashni yomonlashtiradi, dozalanishi qiyinlashtiradi..

    Suvning tarkibdagi miqdori (namlik). Suv, ayniqsa kristallik suvni ko’p miqdorda bo’lishi poroshoklarning sifat ko’rsatkichlarni yomonlashuviga olib keladi. Saqlanish jarayonida namlanib qolishi yoki qurub qolishi kuzatiladi.

    Piroforlik – bu poroshok changi havoga tegib ketganda o'z-o'zidan yoqib ketishi xususiyati. Pyroforlik poroshokning yonib hatto portlashni keltirib chiqarishi mumkin. Bu, ayniqsa, organik birikmalarning juda nozik tuproqlari uchun to'g'ri keladi. Shu nuqtai nazardan, poroshoklar bilan ishlashda xavfsizlik va shaxsiy gigiena bo'yicha maxsus choralar ko'rish kerak.

     Fizikaviy hususiyatlari



    1. Zarrachalar shakli.

    2. Granulyaciya

    3. Poroshokning granulometrik tarkibi

    4. Poroshokning nisbiy yuzasi

    5. Sochilma zichlik

    6. Sochiluvchanlik

    7. Sirt taranglik4

    Poroshoklaning xususiy texnologiyasi

    1. Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

    Qiyin maydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzonaftol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqalar kiradi.



    Bularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi.

    Rp.: Camphorae 0,1

    Sacchari 0,2

    Misce fiat pulvis

    Da tales doses N 6

    Signa.Bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.

    Pasporti: Kamfora 0,6 g

    0,1*6=0,6 g

    qand poroshogi 1,2 g

    0,2*6 =1,2

    mumumiy =0,6q1,2=1,8 g

    m 1 ta poroshokning og’irligi =1,8∕6=0,3 g


    Download 2,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 2,9 Mb.