Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish
Taxlil natijasi eritma konsentratsiyasining ko’p yoki kam chiqqanligini ko’rsatsa, u holda konsentratsiyani me’yoriga etkazish zarur.
Faraz kilaylik, yuqorida tayyorlagan geksametilentetramin eritmasining konsentratsiyasi 23% bo’lib chikdi, demak eritmani suyultirish lozim. Buni quyidagi formula yordamida amalga oshiramiz:
bu erda: X — eritmani suyultirish uchun kerak bo’lgan suv miqdori, ml;
A — tayyorlangan eritma hajmi, ml;
B — talab etiladigan eritma konsentratsiyasi, % da;
C — tayyor eritmaning amaldagi konsentratsiyasi, % da.
Demak, 23% geksametilentetramin eritmasini me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 150 ml tozalangan suv solish lozim.
Boshqa holda taxlil natijasi geksametilentetramin eritmasining konsentratsiyasi 18% ekanligini ko’rsatdi. Eritma konsentratsiyasi me’yorida (20%) bo’lguncha geksametilentetramin qo’shish talab etiladi. Hisob quyidagi formula buyicha olib boriladi:
bu erda:
X– eritmaga qo’shish kerak bo’lgan moddaning miqdori,g da;
A– tayyorlangan eritmaning miqdori, ml da;
B– talab etilgan eritma konsentratsiyasi, % da;
C– amaldagi konsentratsiyasi, % da;
d– eritma zichligi, g/ml da.
Demak, 18% li eritmani me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 23,7g geksametilentetramin qo’shish lozim. Eritmalar konsentratsiyasi tog’irlangandan so’ng, yana bir marta filtrlanib (chunki quruq modda qo’shiladi) tahlil qilinadi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.
Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
7 - Ma’ruza.
MAVZU 7. Murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari
Ma’ruza maqsadi: Suyuq dori turlariga ta’rif. Ularning tasnifi. Eritmalarni o’ziga xos tayyorlanishi. Eruvchanlik. Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini belgilash usullari
Reja:
1. Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
2. Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq, byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish.
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
Murakkab miksturalar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo’yicha qo’llanma”ga asosan olib boriladi. “O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati”
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash bo’yicha qo’llanma “O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati” III-kitob (Bosh muharrir f.f.d., prof. A.N.Yunusxo’jaev, Tuzuvchi f.f.d., prof. X.K.Jalilov)
O’zSSV ning 582 sonli bo’yrug’iga asosan:
Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og’irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) buyicha ulchab beriladi. Miksturalarni og’irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, ulchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ruyxati ilovada keltirilgan.
Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya’ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi.
Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yigindisidan iborat bo’ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to’g’ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko’paytirish kerak.12
582 sonli bo’yruqqa binoan : agar retseptda erituvchi miqdori aniq ko’rsatilgan bo’lsa;
Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi.
Rp: Natrii hydrocarbonatis
Natrii salicylatis ana 2,0
Tincturae Valerianae 5 ml
Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Hisoblash:
Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml
Natriy salitsilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml
Valeriana nastoykasi 5 ml
qand sharbati 10 ml
Tozalangan suv miqdori (180 ml q 5 ml q 10 ml) - (40 ml q 20 ml q 5 ml q 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml q 20 ml) = 120 ml
Umumiy hajmi 180 q 5 q 10 = 195 ml
Tayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li natriy salitsilat eritmasi solinadi. Pipetka erdamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana nastoykasi ulchab olinadi. qand sharbatini og’irlik buyicha ulchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi.
Agar erituvchi miqdori chegaralgan, ya’ni “gacha-ad” so’zi belgilangan bo’lsa,
Rp: Natrii benzoatis 2,0
Natrii hydrocarbonatis 1,0
Elixiris pectoralis 3 ml
Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae ad 100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Pasporti:
Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2*10=20 ml
Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20)
1*20=20 ml
qand sharbati 10 ml
Kukrak eliksiri 3 ml
Tozalangan suv 100 - (20q20q3q10)=47 ml
Umumiy hajm 100 ml
Tayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml kukrak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli erlik epishtiriladi.
Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo’lmagan quruq dorivor moddalar mikstura tarkibining 3% ni tashqil kilsa, u holda ularni retseptda ko’rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda eritib olinadi. Mikstura hajmini aniqlayotganda quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi.
Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml
Ammonii chloridi 1,0
Liquoris ammonii anisati 3 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Pasporti:
Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml
Ammoniy xlorid 1,0
Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml
Tozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml
Umumiy hajm 103 ml.
Tayyorlash texnologiyasi: yordamchi idishda 1,0 g ammoniy xlorid 70 ml tozalangan suvda eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga suzib solinadi. Ustiga byuretka moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin eritmasidan quyiladi. Tayyor miksturadan 5—8 ml olib stakanga solinadi va 3 ml novshadil arpabodiyon tomchisi qo’shib aralashtiriladi va shisha idishga solinadi. Tayyor miksturaga tegishli erlik epishtiriladi.
Tarkibida 3% dan ko’p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
Bunday miksturalarni tayyorlashda albatta ulchov idishlaridan foydalanish lozim yoki quruq modda eriganda egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi.
Rp.: Magnii sulfatis 20,0
Tincturae Valerianae
Tincturae Convallariae ana 6 ml
Aquae purificatae 200 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
Pasporti:
Magniy sulfat 20 g; (X.O.K. magniy sulfat= 0,5 g ml)
Valeriana nastoykasi 6 ml
Marvaridgul nastoykasi 6 ml
Tozalangan suv 190 ml 200 –( 20 x 0,5) = 190 ml
Umumiy hajmi 190 q 10 q 6 q 6 = 212 ml
Tayyorlash texnologiyasi: 200 ml li ulchov kolbasi (yoki silindr) ga 20,0 magniy sulfat, 100 ml gacha tozalangan suv solib eritiladi. Eritma hajmi 200 ml gacha etkazilib bemorga beriladigan idishga suziladi. SHu idishga 6 ml dan marvaridgul va valeriana nastoykalaridan solinadi. Miksturani o’lchov kolbasini ishlatmay ham tayyorlash mumkin. Magniy sulfatning hajm oshish koeffitsienti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat eriganda 20 x 0,5 = 10 ml hajmni egallaydi. Bundan olinadigan tozalangan suv miqdori 190 ml ekanligi kelib chiqadi. Tayyor bo’lgan miksturaga tegishli yorliklar epishtiriladi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.
Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
8 - Ma’ruza.
MAVZU 8. Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish. Suvsiz eritmalar.
Ma’ruza maqsadi Standart eritmalar. Ularni suyultirishdagi xisoblashlarni o’ziga xosligini o’rganish. X DF va 582 – buyrukdagi ko’rsatmalarni taxlil kilish.
Reja
1. Standart farmakopeya suyuqliklari
2. Suvsiz eritmalar tayyorlashda ishlatiladigan erituvchilar-ta’rifi, tasnifi, nomenklaturasi.
3. Xlorid kislotasini suyultirish
4. Ammiak eritmasi va sirka kislotasini suyultirish
5. 2 xil nomga (shartli va kimyoviy) ega bo’lgan standart suyuqliklarni suyultirish.
Suvsiz eritmalar tayyorlashda ishlatiladigan erituvchilar-ta’rifi,tasnifi,
nomenklaturasi.
Suvsiz eritmalar tayyorlash texnologiyasi
Suvsiz eritmalar baxolanishi
Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish suyuqlikdagi dorivor moddaning miqdoriga va dorixatdagi talabga ko’ra amalga oshiriladi. Farmakopeya suyuqliklaridan tayyorlangan dori shakllari, bevosita bemor ko’liga beriladigan flakonda tayyorlanadi, kerak bo’lgan hollardagina suziladi.
Standart farmokopeya suyuqliklari deb, kislota, ishqor va tuzlarning aniq konsentratsiyada korxonada tayyorlangan va DF da alohida maqola berilgan suvli eritmalarga aytiladi. Standart eritmalar suv bilan yaxshi aralashadi va ularni suyultirish, 582 bo’yrug’i asosida olib boriladi.
Standart farmakopeya suyuqliklari suyultirish 3 guruhga bo’lib o’rganiladi.
1.Xlorid kislotasini suyultirish.
2.Ammiak eritmasi va sirka kislotasini suyultirish.
3. 2 xil nomga (shartli va kimyoviy) ega bo’lgan standart suyuqliklarni suyultirish.
Xlorid kislotaning turli konsentratsiyasidagi eritmalari uning 8,3% li suyultirilgan kislotasidan tayyorlanib, uni birlik sifatida qabul qilingan. Agar dorixatda kislota konsentratsiyasi ko’rsatilmasa, suyultirilgan xlorid kislota tushuniladi.
1. X DF da xlorid kislotaning 2 xil eritmasi keltirilgan:
Acidum hydrochloricum 24,8—25,2%
Acidum hydrochloricum dilutum 8,2—8,4%
Sirka kislota va ammiak eritmalari doim ishlatilayotgan eritmadagi sof modda miqdorini hisobga olib tayyorlanadi. Dorixatda sirka kislota yoki ammiak konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, ammiakning 10%li eritmasi, sirka kislotaning 30% li eritmasi tayyorlanib qo’lga beriladi.
X DF ko’rsatmasiga kura, agar retseptda xlorid kislota konsentratsiyasi ko’rsatilmasa Acidum hydrochricum dilutum (8,2—8,4%) tushuniladi. Ammo dorixonaning assistent xonasida bu kislotaning turishi man etiladi va uning 1:10 nisbatida tayerlangan konsentrati ishlatiladi.
Rp: Acidi hydrochlorici 2 ml
Aquae purificatae 150 ml
M.D.S. chorak stakan suvga 25 tomchidan tomizilib,
ovkatdan oldin ichilsin.
Miksturaning umumiy hajmi 152 ml. YOrdamchi idishga 132 ml tozalangan suv va xlorid kislota (8,3% li) eritmasining 1:10 nisbatli konsentratidan 20 ml qo’shiladi, aralashtirib shisha flakonga paxta tampon orqali suziladi.
Agar retseptda xlorid kislotaning xoxlagan konsentratsiyadagi eritmasi yozilgan bo’lsa Acidum hydrochricum dilutum ishlatiladi va hisoblashda uni 100% deb qabul qilinadi.
Rr: Sol. Acidi hydrochlorici 3% - 100 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Miksturani umumiy hajmi 100 ml. YOrdamchi idishga 70 ml tozalangan suv, 30 ml xlorid kislotaning 1:10 konsentrati solinadi, aralashtirib flakonga suziladi.
Xlorid kislotaning 24,2—25,3%li eritmasi dorixonalarda faqat Demyanovichning 2-sonli eritmasini tayyorlashda ishlatiladi va hisoblashda bir (100%) deb qabul qilinadi.
Rp: Sol. Acidi hydrochlorici 6% - 200 ml
D.S. sirtga (Demyanovichning 2-son eritmasi)
Yordamchi idishga 188 ml tozalangan suv va 12 ml 24,2—25,3% li xlorid kislota solib aralashtiriladi. So’ng shisha idishga suziladi. Agar dorixonada ushbu konsentratsiyali kislota bo’lmasa 8,3% li kislotadan 3 xissa (36 ml) olib eritma tayyorlanadi.
2. Ammiak va sirka kislotasi eritmalarini suyultirishda hamisha sof modda miqdorini hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda quyidagi suyultirish formulasidan foydalaniladi.
X- erituvchining miqdori
V— hajm
V —eritmani retseptdagi foizi
A— standart konsentratsiya
Rp: Sol. Ammonii caustici 1% — 300ml
D.S. Sirtga.
Pasporti: Ammiak eritmasi (10%)- 30ml
10-100
X – 300 x =30 ml
Tozalangan suv 270 ml
Yordamchi idishga 270 ml suv, 30 ml 10% li ammiak eritmasi solib aralashtiriladi va shisha idishga suziladi.
3.Ikki xil nomga (kimeviy va shartli) ega bo’lgan standart eritmalarni suyultirish.
Standart farmakopeya eritmasida preparatning faqat kimyoviy nomi yozilgan yoki nostandart konsentratsiyasi ko’rsatilgan miqdori hisobga olinadi. Agar eritma shartli nom bilan atalgan bo’lsa, u eritma konsentratsiyasi 100% deb hisoblanadi13.
Rp.: Solutionis Formaldehydi 3%-100 ml.
D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Eritma kimyoviy nom bilan ko’rsatilgan. Standart farmakopeya eritmasida formaldegidning miqdorini hisobga olib (37%), flakonga 91,9 ml suv va 8,1 ml formalin quyiladi.
Rp: Solutionis Formalini 5% — 200 ml.
D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Eritma shartli nom bilan ko’rsatilgan farmakopeyadagi eritmada formaldegid miqdorini hisobga olib (37%), flakonga 190 ml suv va 10 ml formalin quyiladi. Bordiyu, formalindagi formaldegid miqdori 36,5-37,5% dan kam bo’lsa, masalan, 34% bo’lsa, u holda eritmadagi formaldegidning sof miqdori hisobga olinadi.
Buning uchun qayta hisob koeffitsenti aniqlanadi: 37:34=1,08. Bu son farmakopeya standart formalinidan olish kerak bo’lgan songa ko’paytiriladi. Bu holda 34% formaldegid saqlagan formalindan 11 ml olish kerak bo’ladi (10*1,08=10,8 ml)
Rp.: Solutionis Hydroqenii peroxydi 2%-100 ml
D. S. Sirtga ishlatish uchun
Eritma kimyoviy nom bilan atalgan. Dori tayyorlash hisobida farmakopeyada ko’rsatilgan preparatdagi vodorod peroksidning sof miqdori e’tiborga olinadi. Flakonga 33,4 ml suv va 66,6 (67 ml) 3% li vodorod peroksid qo’shiladi.
Agar dorixatda vodorod peroksid konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, 3% eritma tushuniladi. Dorixonada 3% li vodorod peroksid tayyorlash uchun stabilizator tariqasida unga 0,05% li natriy benzoat qo’shiladi.
Rp.: Perhydroli 5,0
Aquae purificatae 15 ml
M. D. S. Sirtga ishlatish uchun
Agar retseptda standart eritma kimyoviy nom bilan yozilgan bo’lsa, standart eritmaga suyultirilishi kerak bo’lgan konsentrat sifatida karalib hisob-kitob olib boriladi. Bunda suyultirish formulasidan foydalanamiz.
Rp.: Sol. Hydrogenii peroxydi 10% —200 ml
D.S. Milkni artish uchun.
X = 10*200/30 = 66,6 ml
Suv 200—66,6 = 133,4 ml
Yordamchi idishga 133,4 ml tozalangan suv, 66,6 ml pergidrol solib aralashtiriladi va shisha idishga suziladi.
Agar retseptda vodorod peroksidining konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, uning 3% li eritmasi tayyorlab beriladi va u quyidagicha nomlanadi: Solutionis Hydrogenii peroxydi diluta.
Rp.: Sol. Hydrogenii peroxydi 1% —100 ml
D.S. Sirtga qo’llash uchun.
Retseptda standart eritmaning kimyoviy nomi yozilgan. SHuning uchun hisoblashda suyultirish formulasidan foydalaniladi.
X = 1*100/3 = 33, 3 ml
66,7 ml tozalangan suvga 33,3 ml 3% li vodorod peroksid eritmasidan solib yaxshilab aralashtiriladi va shisha idishga solinadi.
Agar retseptda eritma shartli nomlangan bo’lsa, (Burov suyuqligi, formalin, pergidrol, kaliy atsetat suyuqligi ) ular 100% deb olinib hisob-kitob qilinadi. Masalan:
Rp.: Sol. Liquoris Burovi 5% - 100 ml
D.S. Sirtga.
Pasporti: Burov suyuqligi 5ml
Tozalangan suv 95 ml
Umumiy hajm 100 ml
Yordamchi idishga 95 ml tozalangan suv, 5 ml Burov suyuqligi solib aralashtiriladi va shisha idishga suziladi. Idish qopqoqlanib, tegishli erlik epishtiriladi.
Erituvchisi suv bo’lmagan va sirtga ishlatishga mo’ljallangan suyuq dori shakllari suvsiz eritmalar deyiladi.
Sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan eritmalarni ko’pchiligi tayyorlanganda ularning ta’sir muddatini o’zaytirish maqsadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan spirt, efir va xloroform, o’simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur. Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo’lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan idish toza va quruq bo’lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform) qovushqoqligi yuqori bo’lgani sababli ularni og’irlik usulida tayyorlanadi.
Spirtli eritmalar
Tibbiyotda ishlatiladigan spirt - etil spirti bo’lib, amalda vino spirti deb ham yuritiladi, 95%, 90%, 70%, 40% konsentratsiyalari ishlatiladi. Spirtli eritma yozilganda konsentratsiyasi shifokor tomonidan ko’rsatilmasa, unda 90% spirt ishlatiladi. Etil spirti kraxmal saqlovchi donlardan bijg’itish yo’li bilan olinadi. Uni tozalab (rektifikatsiya) ma’lum bir darajaga etkazilgandan so’ng iste’molga chiqariladi. Toza etil spirti oson chaykaladigan, tinik, rangsiz, achchiq kuydiruvchi mazaga ega bo’lgan, o’ziga xos hidli suyuqlik. Uchuvchan xususiyatga ega, oson alangalanadi. Etil spirti ko’pchilik dori moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. Ya’ni organiq kislotalar, efir moylari, smolalar, yod va boshqalar spirtda yaxshi eriydi.
Spirt boshqa erituvchilar bilan, chunonchi suv, glitserin, xloroform, efir bilan yaxshi aralashadi.
Suvni spirt bilan aralashtirilganda aralashma isib, umumiy hajm kamayadi, buni amaliyotda kontraksiya xodisasi deb yuritiladi. SHu sababli ham suv-spirt aralashmasining ma’lum darajasini olish uchun uni albatta oldindan hisoblab, hajmlari belgilanib, so’ng aralashtirish kerak. Hisoblashda spirt-suv aralashma nisbatlarini ko’rsatuvchi alkogolometrik jadvallardan foydalanish mumkin.14
Erituvchi sifatida etil spirti ichish va surtish uchun mo’ljallangan dori preparatlarini tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zi hollarda esa in’eksiyaga mo’ljallangan dori preparatlari tarkibiga ham spirt kiritilishi mumkin.
Spirtda eritiladigan moddalarning eruvchanligi spirtli aralashmadagi spirt miqdori bilan bog’liqligini hisobga olib, spirtli aralashmadagi aniq miqdori belgilangan bo’lishi ahamiyatlidir.
Spirtli eritmalarning 15-20% dan yuqorilari bakteritsid ta’sirga ega bo’lib, ularni idishlarni, ko’lni, xirurgik asboblarni artishda qo’llash mumkin.
Spirtni ogzi maxkamlangan shisha idishlarda, salqin erda “Zaharli moddalar” ro’yxat saqlash zarur.
Eritmalar tayyorlanganda olinadigan spirtni darajasi shu eritmani tayyorlash bo’yicha tuzilgan normativ xujjatlarda ko’rsatiladi va shunga asosan shifokor ko’rsatmasi bo’lishi ham mumkin.
Agar retseptda aniq ko’rsatma bo’lmasa, o’z RSSV ning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyrug’iga asosan:
5—10% li yod eritmasi — 96% li etanolda (X DF);
1—2% li yod eritmasi— 96% li etanolda;
1,5% li vodorod peroksid eritmasi— 96% li etanolda;
1% li sitral eritmasi — 96% li etanolda;
1—2% salitsil kislotasi —70% li etanolda;
0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi eritmalari —70% li etanolda;
1—2% li brilliant yashili —60% li etanolda tayyorlanadi;
1% li metilen kuki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi.
Spirtli eritmalar og’irlik — hajm usulida tayyorlanadi.
Rr.: Acidi borici 0,3
Sp. aethylici 70% — 10 ml
M.D.S. Sirtga ishlatish uchun.
quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etil spirti solib eritiladi (og’zi tez berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°S) solib isitish mumkin.
Ba’zan 70% li spirt olish uchun 95% li spirtni suyultirish lozim bo’ladi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
X = V * B/ A
Masalan, 50 ml 70 %li spirt eritmasini tayyorlash kerak.
X = 50 * 70/95 = 36,8 ml
Silindrga 36,8 ml 95% li etil spirti solib hajmi 50 ml ga etguncha tozalangan suv qo’shiladi. Ulchov silindri bo’lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish mumkin.
Moyli, glitserinli eritmalar og’irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida qizdiriladi. Eritma to’g’ridan-to’g’ri bemorga beriladigan idishning o’zida tayyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.
Rp.: Acidi salicylici 1,0
Spiritus aethylici 95% –10 ml
Viridi nitentis 0,1
Collodii ad 100,0
M. D. S Sirtga ishlatish uchun.
Og’irlik usuli bilan tayyorlanadi. 10g 95% spirt tortib olib, unda 1, 0 g salitsil kislotasi eritiladi. Zarur bo’lsa bir chimdim paxta orqali suzib tozalanadi, so’ng unda 0,1 brilliant ko’ki eritiladi va ustiga 100 grammgacha kollodiy solinadi.
Tinik qovushqoq, ko’k rangli suyuqlik, efirga xos hidli. Teriga surtilganda yupka parda hosil qilib kotadi.
Rp.: Anaesthesini
Novocaini aa 1,0
Mentholi 2,5
Spirtus aelhylici 70%-100 ml
M. D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Yozilgan miqdordagi dori moddalar beriladigan idishga tortib olinib, ustiga 100 ml 70% spirt solinadi, chayqatib eritiladi. Tinik rangsiz mentolga xos hidli eritma. Sirtga og’riq qoldirishda, ustki nerv yallig’lanishi yoki mushak to’kimalari shamollaganda, teri, teri osti mushaklar shamollashi ta’siridagi kichimalarni to’xtatish uchun ishlatiladi. B ro’yxati bo’yicha salqin joyda saqlanadi.
Suvsiz eritmalarga misol qilib yana eliksirlarni olsa bo’ladi. Eleksir-tiniq tiniq eritmalar bo’lib, spirtlarda eriydigan dori moddasi bo’ladi. Eleksirlar spirtlarda, suv spirt aralashmalarida, polietilenglikollarda, propileglikol, sorbitol va glitsirinda tayyorlanadi. Ma’lumki glitserin eritish xususiyati bo’yicha spirtga o’xshab ketadi.
Texnologiyasi suvsiz eritmlar texnologiyasiga o’xshab ketadi. Bunda spirtning konsentratsiyasi va eritmaning rNga aloxida e’tibor qilish kerak.15
Moyli eritmalar
Normal sharoitda tiniq, qovushqoq suyuqliklar kimyoviy jixatdan palmitin, stearin, olein kislotalarini glitserin bilan bergan uch atomli efirlari. Tibbiy amaliyotda ishlatiladigan moylar sovuq usulda presslab olingan bo’lishi kerak.
Ko’p ishlatiladigan moylarga bodom moyi Oleum Amygdalarum — achchiq va chuchuk bodom danagidan olinadi. SHaftoli moyi — Oleum Persicorum — oddiy shaftoli, o’rik, olxo’ri va olcha danaklaridan olinadi.
Bu moylar tibbiy amaliyotda dorivor moylar hisoblanib, dorilarning moyli eritmalarini va in’eksion eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Moyli eritmalarni tayyorlashda kungabokar moyi (Oleum Helianthi) araxis moyi — eryongokdan olinadi, kunjut moyi (Oleum Ricini) va boshqa moylar ham qo’llaniladi.
Moylarda mentol, fenol, fenilsalitsilat, alkaloid asoslari, efir moylari, kamfora va boshqa moddalar yaxshi eriydi. Erituvchi sifatida moylarni ishlatilganda uning erituvchi xususiyati bilan birga, moddalar turg’unligini saqlash hamda dori ta’sir davrini o’zaytirish kabi xususiyatlari ham muxim o’rinda turadi.
Dorixona sharoitida moylarni shisha va metall idishlarda to’ldirib saqlanadi.
Rp.: Phenoli puri 0,15
Olei Helianthi 10, 0
M. D. S. quloq tomchisi.
Moyli eritmalar faqat og’irlik usuli bilan tayyorlanadi. Eritmaning umumiy og’irligi dori modda va erituvchi og’irligi bilan birga olinadi. Fenolning tozasi va suv bilan aralashgani bo’ladi. Suv bilan aralashgani — suyuq fenol deb ham yuritiladi. Toza fenolning har bir qismiga — 1 qism suv qo’shib suyuq fenol olinadi. Suyuq fenol suvli eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Suv bilan turli nisbatda yaxshi aralashadi. Ko’rsatilgan dorixatni tayyorlashda toza fenoldan 0,15 tortib olinib, beriladigan rangli idishga solinadi. Fenol bilan ishlashda extiyot bo’lish kerak. Fenol teriga tegsa, uni o’yib yuboradi. SHuning uchun uni tortish va idishga solishda to’kmay, extiyotlik bilan ishlatish kerak. Tortib olingan fenol ustiga 10 g kungabokar moyidan solib yaxshilab aralashtiriladi. Mexaniq iflosliklar bo’lsa paxta orqali o’tkazib tozalanadi.
Rp.:Solutio Camphorae oleosae 10% — 100,0
D. S.
Toza va kuritilgan 100,0 ml hajmda mo’ljallangan shisha idish olinadi. 10,0 kamfora solib, idishni posongili torozida muvozanatga keltiriladi va unga 90,0 g moy tortiladi. So’ng chayqatib eritiladi. Zarur bo’lmasa suzilmaydi. Eritma ifloslanganda ikki qavatli doka orqali suziladi. O’simlik moylari, vazelin moyi va glitserin qovushqoqligi yuqori suyuqliklar bo’lganidan bu suyuqliklarda moddalar erishi kiyin bo’ladi. Eritishni tezlatish maqsadida bu suyuqliklar qisman isitiladi. O’simlik moylari va vazelin moyida tayyorlangan eritmalar quruq idishlarda tayyorlanishi kerak.
Sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan eritmalarni ko’pchiligi tayyorlanganda ularning ta’sir muddatini o’zaytirish maqsadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan spirt, efir va xloroform, o’simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur. Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo’lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan idish toza va quruq bo’lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform) qovushqoqligi yuqori bo’lgani sababli ularni og’irlik usulida tayyorlanadi.
Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning xujjatlari (retsept, pasport), yorlig’i, rangi, hidi, mexaniq zarrachalarning bor-yukligi tekshiriladi. Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og’irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.
Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
MAVZU 9. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash.
Ma’ruza maqsadi: tomchi dori turi, tomchilarning texnologiyasi, ichish va sirtga qo’llaniladigan tomchilar bilan tanishib chiqish.
Reja:
1. Tomchilar, tarifi, tasnifi.
2. Quloq, burun tomchilari
3. Tish tomchilari
Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish, tomchi dozator.
Tomchilar deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi. Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tarkibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo‘ladi. Shu sababli tomchilarni retseptda 10 ml.gacha bo‘lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida muhim o‘rin egallaydi (25 % gacha). Tomchilar ichishga va sirtga mo‘ljallangan bo’ladi.
Tomchilar ex tempore tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti ham hisoblanib, ular haqiqatan ham standart bo‘lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar ayrim xususiyatlarga ega bo‘lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
Shuning uchun modda eritilayotganda 3 qism suvni olib qolish kerak. So‘ngra tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o‘tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi, filtrlash tugagandan so‘ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chiqilgandan so‘ng, farma- tsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e’tibor tomchi- larni kerakli hajmgacha dozalashdir. Qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo‘lib, 10 ml suyuq dori turlarini qadoqlashga mo‘ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn, uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li dozator. Dozani o‘zgartirish uchun moslamaning oxirida to‘g‘rilovchi vint bo‘lib, uning yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik-nasadkaning boshqa bir uchiga cho‘zma naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik quyila- digan idishga uchi solib qo‘yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib, so‘ngra dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik dozatordan flakonga quyiladi, so‘ngra dozator tortib olinadi.
ICHISHGA MO’LJALLANGAN TOMCHILAR.
(GUTTAE AD USUM INTERNUM)
Tomchilarning bu guruhi rang-barangligi bilan farqlanib, ular quyidagi misollar bilan cheklanadi.
Rp.: Solutionis Platyphyllini hydrotartratis 0,2 % 10 ml
D.S. 10 tomchidan ovqatdan oldin ichilsin.
Retseptda suvda oson eriydigan kristall moddaning (1:10) eritmasi yozilgan, eritmaning konsentratsiyasi va umumiy og‘irligini saqlash uchun 1-shisha filtrdan foydalaniladi. Agar bu filtr bo‘lmasa, uni yuqorida ko‘rsa- tilgandek suzilib, qadoqlangan holda beriladi.
Rp.:Tincturae Convallariae majalis
Tincturae Valerianae aa 10 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Rp.: Aethylmorphyni hydrochloridi 0,2
Mentholi 0,3
Natrii bromidi 1,0
Adonisidi 5 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Tarkibiga ko‘ra, tomchi murakkab bo‘lib, uch xil tuzli komponentlar va uch xil o‘simlik xomashyosidan, ya’ni spirtli ajratmadan iborat (2 ta nastoyka, 70 % etanolda tayyorlangan va yangi galen preparat adonizid tarkibida 18—20 % etanol saqlaydi). Mentolni eritish uchun 70 % dan kichik bo‘lgan etanol kerak bo‘ladi, u avval nastoykalar aralashmasida eritiladi (bemorga beriladigan flakonga). Uncha katta bo‘lmagan alohida stakanga 5 ml adonizidda 0,2 g dionin eritiladi (dioninning suvda va etanolda eruvchanligi 1:30), so‘ngra natriy bromid eritiladi (suvda va mentolda oson eriydi) va eritma flakonga quyiladi (agar kerak bo‘lsa paxta tamponda suziladi).
Ichishga mo‘ljallangan tomchilarni tayyorlashda «A» va «B» ro‘yxatdagi preparatlarning dozalarini tekshirish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bunda dori turi umumiy hajmining tomchilar soni tekshiriladi (spirtli eritmalar 1 ml.da turli miqdorda tomchi saqlaydi), so‘ngra proporsiya bilan «zaharli» yoki «kuchli ta’sir etuvchi» ro‘yxatidagi moddaning retseptdagi bir martalik tomchilar soniga ko‘ra ularning miqdori aniqlanadi. Retsept bo‘yicha 25 tomchida 0,004 g dionin bor (yuqori bir martalik doza 0,03 g). Hisob: dori turining umumiy hajmi 25 ml.da 0,008 g dionin bor) yoki 50 tomchi spirtli preparatda, 25 tomchida esa 0,004 g dionin bor.
SIRTGA MO’LJALLANGAN TOMCHILAR.
(GUTTAE AD USUM EXTERNUM)
Tomchilar, asosan, ko‘z, burun va quloq kasalliklarida ishlatiladi. Kam hollarda tish og‘rig‘ini qoldiradigan retseptlar ham uchraydi. Quloq va burun tomchilarini tayyorlashda erituvchi sifatida suv, etanol, glitserin va moy qo‘llaniladi.
Rp.: Solutionis Dicaini 0,25 %—10 ml
Solutionis Adrenalini hydrochloride 1:1000 gtt XX
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 2 mahal burun- ning ikki tomoniga
Dikainning eruvchanligi 1:10. Avval 10 % dikain eritmasi tayyorlanadi, so‘ngra unga 20 tomchi adrenalin gidroxlorid eritmasi qo‘shiladi. Bu tayyor dori turida «Zaharli» ro‘yxatidagi modda (dikain) bo‘lganligi uchun muhrlanadi. Shishachaga «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin» yorlig‘i yopish- tiriladi. Signatura yoziladi.
Rp.: Solutionis Collargoli 1%-15 ml
D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal burunga
Kolloid eritmaga misol. Tayyorlanishi retseptda izohlangan. Kerak bo‘lganda suziladi.
Rp.: Streptocidi solubilis 0,5
Spiritus aethylici
Solutionis Hydrogeni peroxydi aa 7,5 ml
M.D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal chap quloqqa
Streptotsid 90 % li etanolda eritiladi, kerak bo‘lsa bir bo‘lak paxtada suziladi, paxta etanolda namlangan bo‘lishi kerak, so‘ngra 3 % vodorod peroksid qo‘shiladi16.
Rp.: Natrii hydrocarbonatis 0,4
Glycerini 10,0
M.D.S. 3 tomchidan kuniga 2 mahal o‘ng quloqqa
Natriy gidrokarbonatning glitserindagi eruvchanligi 1:25. Natriy gidrokarbonatni to‘liq eritish uchun hovonchada uni glitserin bilan ezg‘ilanadi. Suzilmaydi.
Rp.: Phenolipuri 0,5
Glycerini 10,0
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 3 mahal iliq holda chap quloqqa
Kristall fenolni bemorga beriladigan shishacha glitserin bilan solib, qizdirilgan holda eritiladi (issiq suvli idishga solinadi). Yaxshi eriydi. Suzilmaydi. Fenol ishlatishda ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Rp.:Mentholi 0,05
Phenylii salicylatis 0,25
Solutionis Adrenalini hydrochloridi 1:1000 gtt XX
Olei Vaselini 10,0
Mentholi 0,05
M.D.S. Burun tomchisi
Mentol va fenilsalitsilat iliq moyda (40—50°C) birin- ketin eritiladi. So‘ngra adrenalin gidroxlorid eritmasi qo‘shiladi. Suzilmaydigan mayin suspenziya hosil bo‘ladi
Rp.: Chlorali hydrati
Camphorae aa 3,0
Mentholi 0,3
M.D.S. Tish tomchisi
Bu retsept tish tomchisi sifatida keng qo‘llaniladi. Uni shishacha komponentlarni bir-birida qizdirib, aralashtirish yo‘li bilan olinadi (shishacha issiq suvga solinadi). Bu dori turi evtetik aralashma hisoblanadi.
|