• Dorivor yig’malar(Species)
  • Yig’malarning xususiy texnologiyasi
  • 5 - Ma’ruza. MAVZU 5. Suyuq dori turlari ta’rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erit uvchilar va ularning zamonaviy tasnifi. Ma’ruza maqsadi
  • Tayanch atama va iboralar
  • 5-Jadval SUYUQ DORI MODDALARNING DISPERS SISTEMA TURIGA BOG’LIQLIGI 9
  • ERUVCHANLIK VA ERITUVCHI
  • Eruvchanlikni aniqlash usuli
  • 6-Jadval Eruvchanlik jadval i 10
  • Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini belgilash usullari
  • 1. OG’IRLIK-HAJM USULIDA DORI TURLARINI TAYYORLASH
  • 2. Yuqori konsentratsiyali eritmalar tayyorlash
  • Umumiy texnologik usullar
  • 3. QATTIQ DORI MODDA ERITMALARI
  • Q = Q Q /-S/ Q
  • 6 - Ma’ruza. MAVZU 6.
  • Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya




    Download 2,9 Mb.
    bet6/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2,9 Mb.
    #5367
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35

    4 - Ma’ruza.

    MAVZU 4. Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash.

    Ma’ruza maqsadi: Yig’malar ta'rifi, tasnifi, yig’malar tеxnologiyasining o’ziga xos tomonlarini o’rganish, sifatini baxolashni o’rganish.

    Reja:


    1. Yig’malar xaraktеristikasi va tasnifi.

    2. Yig’malarga rеtsеpt yozish qoidalari.

    3. Yig’malar tayyorlashning tеxnologik bosqichlari.

    4. Yig’malarning xususiy tеxnologiya.

    5. Yig’malarning sifatini baxolash.
    Tayanch atama va iboralar: Yig’ma, brikеt, o’simlik xom ashyosi, dozalangan Yig’malar, dozalanmagan Yig’malar, oddiy va murakkab Yig’malar, maydalash, elash, aralashtirish, qadoqlash, jixozlash.
    Dorivor yig’malar(Species)

    Qadimgi dori turlariga kiradigan,  dorivor o’simliklarning ishlatishni eng oddiy shakli bo’lgan dori turidir. Dorivor  yig’malar ma'lum bir kasallikni davolashga mo’ljallangan bir nеchta dorivor o’simliklarni yirik maydalan-gan mahsulotlarining aralashmasidir. Yig’malar-bir nеchta o’simliklarning maydalangan, ba'zan butun o’simlik maxsulotlaridan yig’ilgan aralashmalar bo’lib, ba'zan o’z tarkibida tuzlar va efir moylari saqlaydi, dorixonada dori vositasi sifatida ishlatiladi.

    Yig’ma “Species” lotinchadan olingan so’z bo’lib, “avlod”, “tur” (aniq bir turdagi o’simlik еki turli xil o’simliklar aralashmasidan ) tashkil topgan. Yig’malar ichish va tashqi ishlatish uchun mo’ljallangan, turli xil kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.

    Qadimdan ishlatilib kеlgan yig’malar, DFning VIII sonida uchta yig’ma tarkibi kеltirilgan: ich yumshatuvchi yig’ma (species laxantes), ko’krak yig’masi (species pectoralis), bronxial astmaga qarshi yig’ma (pulvis antiasthmaticus), DFning IX va X sonida fakat astmaga qarshi yig’ma tarkibi kiritilgan.

    Oldinlari yig’malar faqat dorixona sharoitida tayyorlangan bo’lsa, hozirgi kunda qisman korxona sharoitida ham ishlab chiqariladi.

    Qirqilgan yoki maydalangan dorivor o‘simliklar qismlari (ildizi, ildizpoyasi, yer ustki qismlari — poyasi, guli, mevasi va hokazolar)ning aralashmasi yig‘malar (to‘plamlar) deb ataladi. Yig‘malar tarkibiga har xil tuzlar va efir moylari va boshqa moddalarni kiritish maqsadga muvofiq. Disperslik tasnifiga ko‘ra, yig‘malar dispers muhitsiz, har tomonlama erkin dispers sistemalarga kiradi, kukun- lardan farqli o‘laroq, ular yirik zarrachalardan iborat. Yig‘- malar juda qadimdan qo‘llanib kelingan dori turi bo‘lib, uy sharoitida ulardan turli xil choylar tayyorlanishi mumkin, ular siydik haydovchi, o‘t haydovchi, ich surishiga qarshi, isitma tushiruvchi dori vositalari sifatida qo’llash tavsiya etiladi. Yig‘malar tugallanmagan dori turiga kiradi, chunki bemor ularni dorixonadan olgach, shifokor ko‘rsatmasiga asosan ichish, chayqash va vanna qilish uchun damlama yoki qaynatma tayyorlaydi, og‘riq qoldirish maqsadida yig‘mani qizdirib qo‘yadi. Yig‘malar retseptda dozalarga bo‘linmagan holda yoziladi. Ularni bemor uyda dozalarga bo‘lib oladi. Shuning uchun yig‘malar tarkibiga zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar qo‘shilmaydi.8



    Yig‘malar ichishga va sirtga qo‘llanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ichiladigan yig‘malar «choylar» deb ataladi. Yig‘malar qo‘llanilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajrati organiladi.

    1. Qizdirib qo‘yish uchun beriladigan yig‘malar (Species ad captaplasma). Bunda yig‘malarni bemor issiq suv bilan qorishtirib, bo‘tqa tayyorlaydi va toza surpga o‘rab, og‘- riyotgan joyga qo’yiladi.

    2. Quruq qizdirish yo‘li bilan ishlatiladigan yig‘malar (Sp. ad fomenta seu sacculi medicati). Bunda yig‘malarni surp va xaltachada o‘rtacha qizdirib, og‘riyotgan joyga qo’yiladi.

    3. Damlama va qaynatma uchun belgilangan yig‘malar (Species ad infusum seu decoctum), bu yig‘malardan bemor uyda shifokorlarning ko‘rsatmasi bo‘yicha damlama yoki qaynatma tayyorlaydi. Ular ichiladi, ba’zan og‘iz, tomoq chayqaladi (Species pro qarqarisma);

    4. Chekish uchun beriladigan yig‘malar (Species fumales Cigarettae). Bunda chekish vaqtida tutunning ajralib chiqib nafas yo‘li orqali bevosita o‘pkaga ta’sir etishi hisobga olingan. Yig‘malar tutaganda ajralib chiqqan uchuvchan dori moddalar nafas yo‘li retseptorlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu yig‘malar yupqa qog‘ozga papiros yoki sigareta shaklida o‘rab beriladi. Yig‘malar o‘ralgan qog‘oz kraxmaldan tayyorlangan yelim bilan yopishtiriladi. Yig‘malarning tutashini tezlatish maqsadida natriy nitrat tarkibga kiritiladi.

    Yig‘malar tarkibiga dorivor o‘simliklarning qismlaridan quyidagilar kiritiladi: butun holda — mayda gullar va gul savatchalari (masalan, bo‘yimodaron, moychechak, mar- jongul va boshqalar), ayrim urug‘lar va rezavorlar qirqib elangan holda — barcha ildiz va ildizpoyalar, po‘stloq, o‘tlar, yirik barglar va ayrim gullar (lipa guli), yanchilgan, maydalangan mevalar, urug‘lar va ayrim mo‘rt barglar. O‘simlik mahsulotining maydalanish darajasi qo‘llanilishiga ko‘ra yig‘ma turiga bog‘liq. Ichish va og‘izni chayish uchun damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun yig‘ma va choylar tarkibiga kiradigan o‘simlik qismlarining maydaligi, bargi, guli va yer ustki qismlarining kattaligi — 5 mm, poyasi, po‘stlog‘i va ildizlari — 3 mm.dan ortiq bo‘lmasligi kerak, meva urug‘lar — 0,5 mm bo‘ladi. Vanna qilish va qizdirib qo‘yish uchun ishlatiladigan yig‘malar tarkibiga kirgan o‘simlik xomashyolarning kesilgan bo‘lakchalarining kattaligi 2 mm. dan oshmasligi kerak. Tayyorlanadigan yig‘malarning maydayirikligi X DF bo‘yicha bir necha elaklar to‘plamidan foydalanib aniqlanadi. O‘sim- lik qismlarini maydalayotganda ma’lum miqdori kukun bo‘lib ketadi. Shu boisdan yig‘malar tayyorlashdan oldin mahsulot ko‘zining diametri 0,2 mm.li elakda elanadi. Yig‘malar tayyorlashda asosiy qiyinchilik — tarkibiy qismlarni bir xilda aralashtirish bo‘lib, o‘simlik qismlarining shakli, kattaligi va og‘irligining har xilligi ushbu qiyin- chilikni tug‘diradi. Dorixonalarda yig‘malar katta silliq qog‘oz yoki oyna ustida kapsulaturkalar, shpatellar yoki qog‘oz kurakchalar yordamida aralashtirib tayyorlanadi. Bunda oldin o‘simlik qismlaridan kamrog‘i olinib, qolgani asta-sekin qo‘shib boriladi. Agar yig‘malar tarkibiga efir moylari kirsa, ularning spirtdagi (90 % li) eritmasini (1:10) tayyorlab qo‘shiladi. Yig‘mani tayyorlab, oyna ustiga siyrak qilib yoyib, efir moyi eritmasi purkagich bilan purkab, aralashtiriladi va 40°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi.

    Yig’malarning xususiy texnologiyasi

    Ich bo‘shatuvchi yig‘maga misol (Species laxans).

    Rp.: folium Sennae 40,0

    Natrii et Kalii tartratis 10,0

    Fructuum Anisi 10,0

    Fructus Foeniculi 10,0

    Florum Sambuci 30,0

    Misce, fiant species



    D.S. (osh qoshiqni 200 ml qaynatilgan suv bilan tayyorlang

    Sano bargi 5 mm qilib qirqilib, elakdan o‘tkaziladi. Anis va shivit mevalari hovonchada maydalanadi va yirik kukun hosil qilinadi, buzina guli butun holda ishlatiladi. Senetov tuzini ikki hissa suvda eritiladi (ya’ni 20 ml suv). Tayyorlangan suv bir tekisda suyuqlik miqdoridagi sano bargiga purkaladi. So‘ng quritgich javonida 30—40°C da quritiladi. Sano bargining qolgan 20 g.ga anis va shivit hamda buzina gullari aralashtiriladi. Bu aralashmani birin- chi aralashmaga porsiyalar bilan bir xil aralashma hosil bo‘lguncha qo‘shib aralashtiriladi. Mumli qog‘ozdan qilin- gan ikki qavatli xaltalarda beriladi.

    Qizdirish uchun ishlatiladigan yig‘maga misol.(Species ad cataplasmata).

    Rp.: Florum Chamomillae 30,0

    Herbae Meliloti 40,0

    Radicis Althaeae 30,0

    Misce fiant specie

    D.S. Yumshatuvchi yig‘ma qizdirib qo‘yish uchun.

    Qashqarbedaning yer ustki qismi elakdan o‘tkaziladi, gulxayri ildizini 3 mm kattalikda bo‘laklarga bo‘lib qirqiladi. 30-elakda ikkalasini bir-biriga aralashtirib o‘tkazilib, moychechak guli qo‘shiladi, bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Ichki qavati mumlangan haltachalarga qadoqlanadi. Issiq suv bilan qorishtirib, bo‘tqa tayyorlanib, toza surpga o‘rab, og‘riyotgan joyga qo‘yiladi.

    Yig‘malar qadimdan dorixonada tayyorlangan. Hozirgi vaqtda ularning asosiy qismi farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Farmakologik qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan yig‘malarning hozirgi zamon retsepturasi davolovchi shifokorlarni to‘liq qoniqtiradi.
    Asosiy adabiyotlar:


    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    5 - Ma’ruza.
    MAVZU 5. Suyuq dori turlari ta’rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar va ularning zamonaviy tasnifi.

    Ma’ruza maqsadi: Suyuq dori turlariga ta'rif. Ularning tasnifi. Eritmalarni o’ziga xos tayyorlanishi. Eruvchanlik. Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini belgilash usullari
    Reja:

    1.Suyuq dori shakllarini (SDSH) ta’rifi, tasnifi.



    2.Eruvchanlik.

    3.Erituvchilar.

    4.SDSH ga dorixat yozish usullari.

    5.Eritma tayyorlashni umumiy texnologik jarayoni.

    6.Eritmalariga xos tayyorlash usullari.
    Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq, byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish.
    Suyuq dorilar har tomonlama dispers sistemalar bo’lib, dispers muxitni suyuqlik va dispers fazani dori moddalar tashqil etadi. Dori moddalar har uchchala agregat holda, ya’ni suyuqlik, gaz va qattiq modda holida bo’lishi mumkin. Dispers muxit bilan boglanish holiga hamda dori moddaning (dispers faza) maydalik darajasiga qarab suyuq dorilar:

    1. Haqiqiy eritma, yoki chin eritma.

    2. Yuqori molekulali moddalar eritmasi.

    3. Kolloid eritma.

    4. Osilmalar.

    5. Emulsiyalar.

    6. Yuqorida keltirilgan eritmalar birikmasidan tashqil topgan, aralash turdagi eritmalar bo’lishi mumkin.

    5-Jadval

    SUYUQ DORI MODDALARNING DISPERS SISTEMA TURIGA BOG’LIQLIGI9

    Sistema turi

    Dispers faza

    Dispers faza zarrachalarining o’lchami

    Dori shakli

    Chin eritma.


    Ion Molеkulа


    1 nm


    Glyukoza eritmasi, natriya xlorid eritmasi


    Chin eritma,

    yuqori molekulali moddalar eritmasi



    Molеkulа


    1-100 nm

    Pеpsin, jеlatina eritmalari

    Kolloid eritma.

    Mitsеllalar

    1-100 nm

    Kollargol, protorgol eritmalari

    Suspenziyalar

    Osilmalar.




    Osilmalar

    0,1-50 mkm

    Oltingugurt va magniy oksid suspеnziyalari

    Emulsiyalar.


    Suv yoki moy zarrachalari

    1-150 mkm

    Moyli emulsiyalar

    Yuqorida keltirilgan eritmalar birikmasidan tashqil topgan, aralash turdagi eritmalar

    Ionlar, molеkullar, suyuqliqdagi kattik zarrachalar

    1-150 nm

    Damlama, kaynatma

    Suyuq dori shakllarining turlanishi erituvchi xossalariga ham bog’liq.

    Chin eritmalar tarkibidagi dori moddalarning o’lchami, maydaligi jixatdan bu turdagi eritmalar ion yoki molekula holida bo’lgani uchun molekulyar dispersiyadagi yoki ion dispersiyadagi sistemalar deb yuritiladi va ularning eritma tarkibidagi zarrachalari kattaligi 1 nm dan oshmaydi. Bu eritmalarga: elektrolit bo’lmagan dori moddalar (masalan glyukoza, shakar, spirt) kiradi. Eritilgan mahsulot alohida qinetik energiyaga ega bo’lgan molekula holida ajraladi. Bir-biri bilan birlashgan agregat zarrachalar tarkibidagi molekula soni 2-3 molekuladan iborat va undan oshmaydi. Ion dispersiyasidagi sistemalarda esa zarracha o’lchami 0,1 nm dan oshmaydi. Bu sistemaga elektrolit xossadagi dori moddalar (natriy xlorid, magniy sulfat, kaliy bromid, kalsiy xlorid va boshk) kiradi. Erigan modda zarrachalari alohida ajralgan ion va ma’lum bir aniqlangan qismi molekula holida bo’ladi. Chin eritmalarni elektron mikroskop yoki ultramikroskopda karalganda ham bir tusli (gomogen) holda ko’rinadi. Ularning zarrachalari oddiy filtrda ham, mikrofiltrda ham ajralmaydi. CHin eritmalar oson diffuziyalanadi.



    CHIN ERITMALAR

     CHin eritmalar suyuq dori shakllarining eng katta guruhini tashkil qiladi. Dori shakli sifatida u quyidagi afzalliklarga ega:

    1. Eritma tarkibida erigan dori modda boshqa dori shakllari (kukun dori, tabletka, xab dori, shamcha) tarkibidagi dori moddalarga nisbatan yuqori biologik ta’sirga ega, chunki u organizmga tez va to’la so’riladi, ta’siri esa shu sababli tez va kuchli bo’ladi.

    2. Eritma tarkibida dori moddaning salbiy ta’siri (achitish, kuydirish kabi) keskin kamayadi va yo’qoladi, vaholanki kukun holidagi kaliy, ammoniy brom yoki yod tuzlari bunday xossaga ega.

    3. Eritma holidagi dori iste’moli oson va kulay.

    4. Eritma holidagi dori shaklini tayyorlash oson.

    Eritma holidagi dori kamchilikdan ham holi emas. CHunonchi, yomon saqlanadi, tashish qiyinlashadi.

     

    ERUVCHANLIK VA ERITUVCHI 

    Eritmalar kimyoviy birikma bilan mexaniq aralashmalar o’rtasida turadi. Kimyoviy birikmalarda eritmalar tarkibini o’zgartirib turishi bilan farqlansa, mexaniq aralashmalardan esa bir turliligi bilan farqlanadi. SHuning uchun eritmalarni kamida ikki komponentdan tashkil topgan bir bosqich sistema deb karaladi.

    Eruvchanlikning asosiy alomatlaridan biri uni o’z-o’zidan, xech qanday ta’sir kuchisiz erishidir. Eritiladigan modda erituvchi bilan qo’shilsa, erish jarayoni boshlanadi va bir ozdan so’ng teng tarkibli eritma hosil bo’ladi. Erituvchilar qutbli va qutbsiz molekulaga ega moddalardan iborat bo’lishi mumkin. Qutbli molekulalardan tashqil topgan erituvchilarga; suv, kislotalar, spirtlar, glikollar, aminlar kiradi. Qutbsiz erituvchilarga uglevodorodlar misol bo’ladi.

    Erituvchilarni tanlashda avvaldan ma’lum bo’lgan oddiy koidaga rioya qilinadi.

    – "o’xshashi o’xshaydiganda eriydi". Amalda bu koida, biron bir moddani eritish uchun shunday erituvchi olinishi kerakki, ularning struktura tuzilishi o’xshash bo’lsin yoki bir-biriga yaqin kimyoviy xossasi ega bo’lishi kerak, deb tushuniladi.

    Suyuqliklarni suyuqlikda erish darajasi turlicha bo’ladi. Bir-birida juda yaxshi eriydigan suyuqliklar bor (masalan, suv va spirt). Buning sababi molekulalar o’rtasidagi o’xshashlik. Bir-birida ma’lum qismda eriydigan suyuqliklar (masalan, efir va suv) va bir-birida amalda erimaydigan suyuqliklar mavjud (benzol va suv). Qutbli va qutbsiz suyuqliklar ham ma’lum bir qismda bir-birida eriydi. Harorat ko’tarilishi bilan suyuqliklarning bir-birida erishi kuchayadi. Ko’pincha ikki suyuqlik aralashmasi o’ziga xos ma’lum bir harorat bir-biri bilan cheklanmagan miqdorda aralashib ketadi. (masalan fenol, suv aralashmasi 68-80° S da bir-biri bilan cheklanmagan holda aralashadi). Bosimning o’zgartirilishi erish jarayoniga ham ta’sir qiladi.

    Ichish uchun tayyorlanadigan eritma tarkibidagi erituvchi sifatida odatda tozalangan suv olinadi. Tozalangan suv farmakologik indifferent suyuqlik hisoblanadi. Agar eritma tarkibidagi suyuqlik dorixatda ko’rsatilmasa, albatta tozalangan suv olinishi zarur.

    Suv ham ma’lum bir erituvchi xususiyatiga ega va u ma’lum bir guruh dori moddalarni ma’lum bir qismda eritishi mumkin. Modda eruvchanligi deb, 100 g eritmani to’yintirish uchun kerak bo’lgan moddaning gramm miqdoriga aytiladi. Dori moddalar eruvchanligi to’gri­sidagi ma’lumot davlat farmakopeyasida va shu dori moddasini ifodalovchi ma’lum texnik ma’lumotlarda keltirilgan. XI Davlat farmakopeyasida (1 tom, 176-bet) eruvchanlikni belgilash uchun quyidagi atamalar qabul qilingan.

    Eruvchanlikni aniqlash usuli. Aniq tortib olingan moddani o’lchab olingan suyuqlikka solinadi va 10 min. ichida 20±2°S da to’xtovsiz chayqatiladi. Moddani hovonchada oldindan maydalab olish mumkin. Sekin eriydigan moddalar suv hammomida 30°S gacha isitiladi. Faqat kuzatish uchun ularni ham 20°C gacha sovutiladi va 1-2 min chayqatiladi.

    6-Jadval

    Eruvchanlik jadvali10


    Belgilangan atamalar

    1 g moddani eritish uchun kerak bo’lgan erituvchi (ml) miqdori

    Juda oson eriydigan

    1 ml gacha

    Oson eriydigan

    1 ml dan 10 ml gacha

    Eriydigan

    10 – 30 ml gacha

    Ma’lum qismda eriydigan

    30 – 100 ml gacha

    Kam eriydigan

    100 – 1000 ml gacha

    Juda kam eriydigan

    1000 – 10 000 ml gacha

    Amalda erimaydigan

    10 000 ml dan ko’p

    Sekin eriydigan moddalar uchun erish sharoiti DF maqolalarida ko’rsatiladi. Moddaning eruvchanligi haroratga uzviy bog’liq. Dorivor moddalarning asosiy qismi harorat ko’tarilishi bilan eruvchanligi oshadi. Lekin ayrim holda, aksincha, harorat ko’tarilishi eruvchanlikni pasaytiradi (masalan, aktinomitsinlar, kalsiy tuzlari).

    Ayrim dori moddalari sekin eriydi, lekin eritish natijasida yuqori konsentratsiyali eritmalar olish mumkin. Bunday moddalar erishini tezlashtirish maqsadida ularni isitish, eruvchi moddani oldindan maydalab olish va aralashtirish mumkin.

    Farmatsiya amaliyotida ishlatiladigan chin eritmalar keng tarqalgan bo’lib, ularni eritishda qo’llangan erituvchiga qarab 2 guruhga bo’linadi:

    1. Suvdagi eritmalar.

    2. Boshqa erituvchilarda erigan eritmalar.

    Ularda erigan modda agregat holatiga qarab:

    1. qattiq moddalarning eritmalari.

    2. Suyuq moddalarning eritmalari.

    3. Gazsimon moddalar eritmalari.

     

    Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini belgilash usullari

     Bir xil tarkibdagi eritmalarning yozilish turi har xil bo’lishi mumkin.

     

    1. Rp: Solutionis Natrii benzoatis 1% — 200 ml



    Natrii hydrocarbonatis 2,0

    Misce. Da Signa. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

     2. Rp: Natrii benzoatis

    Natrii hydrocarbonatis aa 2,0

    Aquae purificatae 200 ml.

    M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

     3. Rp: Solutionis Natrii benzoatis 2,0-200 ml

    Natrii hydrocarbonatis 2,0

    M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

     Yozilish uslubidan kat’i nazar eritma og’irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Chunki umumiy hajm har uchala holda ham 200 ml gacha bo’lishi shart.


    1. OG’IRLIK-HAJM USULIDA DORI TURLARINI TAYYORLASH

     Og’irlik-hajm usuli bilan suyuq dorilar tayyorlashda dori modda tortib olinib, erituvchi bilan belgilangan hajmgacha etqaziladi. Eritma darajasini (1:2, 1:5, 1:10) nisbatda belgilaganda ko’rsatilgan hajmda qancha modda borligi tushuniladi. Masalan, 2:100 nisbati 100 ml hajm­da 2,0 modda borligini ko’rsatadi. Buni tayyorlash uchun esa 2,0 modda olib, 100 ml gacha erituvchi solish kerak. Konsentratsiya protsent hisobida berilgan bo’lsa, 100 ml hajmdagi moddani gramm miqdori deb yoki ma’lum bir hajmdagi protsent miqdor deb tushuniladi. Og’irlik-hajm usuli bilan eritmalar tayyorlanganda byuretka, pipetka, menzurka, silindr va shunga o’xshash hajm-o’lchov asboblari hamda oldindan tayyorlab qo’yilgan yuqori darajali eritmalar (konsentratlar) dan foydalaniladi.

    Yuqori darajali eritmalar shu dori moddani dorixatda ko’rsatilishi mumkin bo’lgan darajasidan yuqori darajada tayyorlangan "ishchi" eritmalar hisoblanib, ularni suyultirib, dorixatda ko’rsatilgan miqdorga keltiriladi.

    Yuqori darajali eritmalar nomenklaturasi individual dorixatga bog’liq bo’lib, u har bir dorixona sharoiti, joylanishi va kategoriyasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Dorixonalarda ko’p ishlatiladigan yuqori darajali eritmalar O’zbekiston Soglikni Saqlash vazirligi tomonidan tasdiklangan buyruq ilova ro’yxatida keltirilgan.



    2. Yuqori konsentratsiyali eritmalar tayyorlash

    Bu eritmalarni tayyorlashda albatta hajmi belgilangan o’lchov asboblaridan foydalanish kerak. Masalan, 2 litr 50%li kalsiy xlor eritmasini tayyorlash uchun 1000,0 shu modda tortilib, 2 litr hajmdagi o’lchovi belgilangan idishga solinadi. Uni kamroq miqdordagi tozalangan suvda eritiladi, so’ngra suv bilan uni kerakli hajmga etkaziladi.

    Hajmi belgilangan idish bo’lmagan takdirda bunday eritmalarni tayyorlashda og’irlik usul 4-jadvalidan foydalaniladi.

    Bunda eritmaning zichligi yoki moddaning hajm oshish koeffitsienti hisobga olingan holda dori modda va qo’shiladigan erituvchi miqdori hisoblab olinishi zarur. 1,0 modda erituvchida eriganda eritma hajmi ko’pa­yish miqdori shu moddaning hajm oshirish koeffitsenti deb yuritiladi.

     

    7-jadval

    Eritmalar tayyorlashning og’irlik usul jadvali




    Dori moddalarning nomlari

    Hajm oshish koeffisiyenti mg/g

    Eritmalar konsentrasiyasi, %

    Eritmalarning zichligi, kg/m3

    Amidopirin

    0,9

    5

    1,0032

    Ammoniy xlorid

    -

    20

    1,0551

    Analgin

    0,68

    -

    -

    Antipirin

    0,85

    -

    -

    Barbital natriy

    0,64

    10

    1,0350

    Geksametilentetramin

    0,78

    10

    1,0212

    Glyukoza

    0,64

    50

    1,1857

    Kaliy brom

    0,27

    20

    1,1438

    Kaliy yod

    0,25

    20

    1,1478

    Kaltsiy xlorid

    0,58

    50

    1,2066

    Kodein fosfat

    -

    10

    1,0321

    Kofein-benzoat natriy

    0,65

    10

    1,0341

    Magniy sulfat

    0,50

    50

    1,2206

    Natriy benzoate

    0,60

    10

    1,0381

    Natriy brom

    0,29

    20

    1,1488

    Natriy gidrokarbonat

    0,3

    5

    1,0331

    Natriy salisilat

    0,59

    10

    1,0301

    Natriy xlor

    0,33

    -

    -

    Xloralgidrat

    0,57

    20

    11,0860

    Demak, 1000,0 kalsiy xlorid suvda eritilganda eritma hajmi 580 ml ga oshadi. Bundan 50% — 2000,0 ml eritma tayyorlash uchun (2000—580)=1420 ml, eritma zichligi (1,21) hisobga olinganda ham (2000x1,21=2420) 2420-1000=1420 ml suv olinadi.

    Yuqori konsentratsiyali eritmalar aseptik sharoitda, yangi xaydab olingan tozalangan suvda tayyorlanadi va filtrlanadi. Bunday eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan idish-anjomlar, filtr qogoz va boshqa yordamchi moddalar sterillangan bo’lishi lozim. YUqori darajali eritmalarni ogzi yaxshi maxkamlanadigan shisha idishlarda, xavo harorati 18-22°S dan oshmaydigan salqin xonalarda saqlash tavsiya etiladi. YUqori konsentratsiya yoki foizli eritmalarni dorixonda ish hajmi hisobga olingan holda kerakli miqdori hisoblanib tayyorlanadi. Eritma solingan idishga uning nomi va darajasi, seriya raqami, tayyorlangan kuni va taxlil soni yozilgan xatlar yopishtiri­ladi.
    Umumiy texnologik usullar

    Suyuq dori shaklida foydalaniladigan komponentlarning hammasidan yuqori darajali eritma tayyorlanadi. Bunday suyuq dorilardan foydalanishda shu eritmalardan aniq bir hajmda, idishga o’lchab olinsa kifoya. Albatta bunda eritmalarni solish navbati ularning xususiyatiga qarab belgilanadi.

    Yuqori darajali eritmalari bo’lgan moddalardan tashqari, yana boshqa dori moddalar ishlatiladigan bo’lsa, ular hisoblangan miqdordagi erituvchida eritilib bemorga beriladigan shisha idishga filtrlanadi.

    Filtrlash (filtration) dorixona amaliyotida qo’llaniladigan har qanday (katta-kichik) ko’z ilgamaydigan zarrachalardan eritmalarni tozalash usuli bo’lsa, suzish (colatio) esa ko’zga ko’rinarli zarrachalardan eritmani holi kilish hisoblanadi. SHuning uchun filtrlashda mayda govakli tozalagichdan foydalanilsa, suzishda esa yirik govakli tozalagichlar ishlatiladi. Dorixona sharoitidagi asosiy tozalagich bu filtr qogoz hisoblanib, u toza kletchatkadan iborat. U oliy navli qogozdan olinib, tarkibida ishqoriy muxit beruvchi tuzlar, kislotalar, kraxmal va yog’ochning boshqa qoldiqlari bo’lmasligi kerak.

    Filtrlash va suzish uchun asosan shisha voronkalardan foydalaniladi. Suzishni paxta orqali o’tkazilganda, voronka shakli sharsimon bo’lgani ma’kul, chunki paxta chimdimi bunday holda yaxshi o’rnashadi. Paxta chimdimini mayda tolalardan ajratish maqsadida uni yuviladi. Yuvilgan eritmani takror o’tqazib, mayda paxta tolalari o’tmaguncha takrorlanadi. SHundan so’nggina dori eritmasi butunlay suziladi.

    Filtrlashni tezlatish maqsadida (qavatlangan) taxlangan filtr qogozlaridan foydalaniladi. Bunday filtrlar uchun 450 burchakli bo’yinchasi bo’lgan voronkalar mos keladi. Filtr yorilmasligi uchun voronkaning tubiga bir bo’lak paxta qo’yiladi. Kam hajmli eritmalarni (tomchi) filtrlashda esa, to’gri sillik filtrlar va 600 burchakli voronkalar qo’llaniladi. Filtrlashda faqat kogoz filtrlar ishlatilganda, ular ham albatta, yuqorida ko’rsatilgandek yuvilishi kerak. Suzish, filtrlashni dastlab "yordamchi idishda" o’tqazish lozim, toki o’tayotgan eritma tozaligiga ishonch hosil qilingach, uni bemorga beriladigan shisha idishga filtrlanadi va pirovardida shu filtr orqali "yordamchi idishdagi" eritma o’tqaziladi. Paxta va filtr kogozni suv bilan yuvish mumkin emas, chunki bu eritma darajasining pasayishiga olib keladi.

    Paxta va filtr qogoz tayyor eritmani shimganida eritmaning ma’lum bir qismi yo’qoladi. Bu esa olingan paxta bo’lakchasi va filtr qogoz hajmi bilan bog’liq bo’lgan yo’qolishdir. SHuning uchun olinayotgan tozalagichlar miqdori eritma hajmiga mos qilib olinishi kerak. Eritma miqdori 100 ml va undan ortiq bo’lganda suzishda va filtrlashda "yo’kotilgan" eritma miqdori belgilangan normaga to’gri keladi.

    Kam hajmdagi (10-30 ml) eritmalarni filtrlashda "yo’kotiladigan" eritma miqdori reglament normalaridan oshib ketgani uchun uni filtrlashda alohida usullar qo’llaniladi. Suzishda va ayniqsa filtrlashda dori moddalarning tozalagichlarga so’rilishi (adsorbsiya) natijasida eritmada modda konsentratsiyasi kamayadi. Misol tariqasida pepsin eritmalari, asosan rangli moddalar (metilen ko’ki), etakridin laktat, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa moddalarni keltirish mumkin, bu hol bo’lmasligi uchun shisha filtrlardan foydalangan ma’kul. Mayda govakli shisha filtrlardan (№ 4 va 5) foydalanish uchun albatta xavo bosimini kamaytiradigan asboblar qo’llanilishi kerak. Bu xususda laboratorik sistema va boshqa suv okimida ishlaydigan uskunalar ishlatiladi. O’simlik moylari va shunga o’xshash, isiganda yumshaydigan eritmalarni filtrlashda issiq usul qo’llanadi.

    Bu maqsadda suv bilan isitiladigan ikki qavatli voronkalar yoki elektr bilan ishlaydigan voronkalar ishlatiladi.

    SHisha idishdagi suyuqlik miqdori idish elkasidan oshmasligi kerak. SHisha idishlarning ogzini maxkamlashda po’kak yoki plastmassa tikinlardan foydalaniladi. Barxat va yarim barxat po’kaklardan tayyorlangan tikinlar yaxshi navli hisoblanib, ular mayda govakli, oson egiluvchan, toza va etarlicha qattiqlikka ega bo’ladi.

    Po’kak tikinlar ishlatiladigan bo’lsa, ularning shisha ogzi diametridan bir oz katta o’lchami tanlab olinib, uni tikinsozlagichlarda eziladi va shisha ogzi maxkamlanadi. Bu usulda maxkamlashning boisi shishaning zich yopilishini ta’minlashdir. Tikinning 1/3 qism balandligi shishadan chikib turishi kerak. Plastmassadan tayyorlanadigan tikinlar o’lchami shisha ogzining o’lchamiga mos qilib chiqariladi. SHisha ogzini maxkamlash uchun uni ko’lda, bo’ynidan ushlab ko’targan holda maxkamlanadi. Bu usulda maxkamlashdan maqsad, idish sinib ishchining jaroxatlanishidan saqlashdir. Tikin tagiga albatta mumlangan yoki parafinlangan kogoz qo’yilishi kerak. Tikinni shisha ogzida mustaxkamlash uchun ustidan gofrillangan qogoz qalpoqcha kiydirib ham tagidan maxkamlab, ustidan dorixona rekvizitlari (manzillari) yozilgan qogozcha yopishtirilsa, dori "muxrlangan" holda bemor ko’liga tegadi.

    Ayrim hollarda tikinni elimli mum bilan maxkamlanadi. Buning uchun tiqin bilan maxkamlangan idish ogzini qizdirilgan elimli mum ichiga tikib olinadi. Mum sovib qotganda tiqinni shisha ogzida maxkam ushlab qoladi.
     

    3. QATTIQ DORI MODDA ERITMALARI

     

    Qattiq dori moddalarning aksariyati kristall moddalardir. Kristall moddalarning erishi bir vaqtda sodir bo’ladigan 2 ta jarayondan iborat. Bu solvatatsiya (gidratatsiya) va kristall panjaralari emirilishdir.



    Bu hol quyidagi natriy xlor misolida keltirilgan. Natriy xlorid ionlari qutbli suv molekulalari bilan birgalashib Na(q) ioni suv molekulasining manfiy qutbiga Cl(-) anioni esa suvning musbat qutbiga karatilgan bo’lib, suvning qutbli molekulalari sekin-asta Na(q) va (-)Cl ionlari orasiga kirib, ularni kristall panjarasidan ajratadi.

    Erish jarayonining jadalligi, erituvchi molekulasi bilan eriydigan modda zarrachalari orasidagi boglanish kuchi bu zarrachalarning o’zaro boglanish kuchidan yuqori va yoki past bo’lishiga bog’liq. Boshqa erituvchilarga nisbatan suvning qutblik xususiyati ancha yuqori. Suvning ana shu xususiyati qutbli moddalarni ionlarga bo’ladi va ularni kristall panjarasidan ajratadi. Moddalar erishida eritmalar isishi yoki sovishi hollari uchraydi. Eritmaning isishi undagi energiyaning sarflanishini ko’rsatsa, sovishi esa energiya sarf bo’lishini bildiradi. Bu xodisa qattiq jismning suyuqlanishi, ya’ni kristall panjarasi buzilishida albatta ma’lum bir energiya sarf bo’lishini ko’rsatadi. Natriy xlorid tarkibidagi natriy va xlor ionlari uni erishigacha kristall panjara boglamlari orqali bir-biri bilan boglangan. Bu boglam bo’ginlarida ionlar faqat aylanma va tebranma harakatga ega bo’ladi. Modda erigandan so’ng esa bu ionlar butun eritma bo’ylab harakat qiladi va buning uchun esa kinetik quvvat sarflanadi. Bu kinetik quvvat eritma harorati sovishi hisobiga to’planadi. Kristall panjaradagi ionlarning bir-biri bilan bog’liqligi qanchalik kuchli bo’lsa, ular eriganda eritma harorati shunchalik pasayadi. Modda eritilganda eritma harorati ko’tarilishi solvatatsiya jarayoni hisobiga bo’ladi. YA’ni erituvchi molekulalari bilan eruvchi modda molekulalarining birikishi (tezligi) hisobiga. Erituvchi molekulasi kristall modda ionlari va molekulalari bilan oson biriksa va bu jarayon qanchalik kuchli bo’lsa, erituvchi va eruvchi modda molekulalari shunchalik oson va tez harakatga keladiki, bu harakat natijasida eritma harorati ko’tariladi.

    Eritma haroratining ko’tarilishiga sarf bo’lgan energiyani /q/ modda va erituvchi orasidagi solvatatsiya energiyasi bilan /q/ kristall panjara parchalashga /-S/ ketgan energiya yigindisi deb karash kerak.

    Q = Q Q /-S/

    Q - eritma haroratining ko’tarilish energiyasi faqat musbat kiymatli, ya’ni doim eritma haroratini ko’taradigan kiymatga ega bo’lmay, balki ba’zi vaqtlarda manfiy kiymatli yoki eritma haroratini pasaytirishi ham mumkin. Kristall panjara qanchalik kuchli bo’lsa yigilmadagi /-S/ kiymati katta bo’lsa, erituvchi harorati pasayadi. Aksariyat, bu ikki kiymat bir-biriga teng yoki yaqin bo’lishi eritma harorati o’zgarmasligini ko’rsatadi va biz uni sezmaymiz. Eritma haroratini o’zgarishi birligi hisobida 1 g mol moddani etarli miqdordagi erituvchida eritilgandagi o’zgarishi olinadi. Masalan, eritilganda harorati pasayadigan eritmalarga KNO3 eritmasi Q=-8,52 k. kal/g. mol KCl uchun (Q=-5,11). NaSl, (Q=1,2). NaVr (Q=-0,19) va boshqalar. Eritilganda harorati ko’tariladigan eritmalarga AgNO3; q=q5,4 kkal/g mol NaOH; (q=10,0 k. kal/mol) va boshqalar. Kristall suvi bo’lgan kristallogidratlarni erishidagi eritma haroratining ko’tarilishi quruq moddalarga nisbatan ancha past bo’ladi.

     

    Masalan: CaCl2=q17,4. k. kal/g. mol



    CaCl· H2O uchun esa q=-4,31 k. kal/g. mol.

     Buning ayirmasi (q=17,41)-(-4,31)=21,72 k. kaloriya kristallogidrat hosil bo’lgandagi sarf bo’lgan energiya miqdoridir.

    Eritma tarkibida 3% gacha bo’lgan moddalarni o’lchab olingan hajmdagi erituvchida to’gridan-to’gri eritish mumkin. Eritmaning umumiy hajmini hisoblaganda modda hajmi hisobga olinmaydi, chunki bu miqdordagi moddalar eritma hajmini sezilarli darajada o’zgartirmaydi. Eritmaning bu holdagi hajmi o’zgarishi reglamentlarda keltirilgan sharoitda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolik darajasida bo’ladi.

    Eritma tarkibidagi quruq modda miqdori 3 va 3% dan oshik bo’lsa, unda albatta suyultiriladigan eritmalardan foydalanish kerak. Suyultiriladigan eritmalari bo’lmasa, ularni albatta hajm-o’lchovli idishlar yordamida og’irlik hajm usulida tayyorlanadi. YOki erituvchi miqdori oldindan hisoblab olinadi. Bu hisoblashda moddani hajm oshishi koeffitsenti, ya’ni 1 g modda eriganda eritma hajmining ko’payish miqdori hisobga olinadi. Eritma solishtirma og’irligini hisobga olib ham hisoblash mumkin. 3% va undan ortiq quruq modda saqlagan eritma tayyorlashda, moddani o’lchab olingan suvda eritish to’gri bo’lmaydi, chunki modda erishi natijasida suyuqlik hajmini ko’payishi ko’rsatilgan normadan oshib ketadi. Bu holda hajm o’lchov asboblari bo’lmasa, albatta modda hajm oshishi koeffitsenti yoki eritmani solishtirma og’irligi hisobga olinishi kerak va o’zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligining 29 dekabr 2002 yil 582-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash buyicha qo’llanma» ga asosan suyuq dorilar og’irlik - hajm usulida tayyorlanadi.


    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    6 - Ma’ruza.
    MAVZU 6. Suvli eritmalar texnologiyasi. Konsentrlangan eritmalar tayyorlash texnologiyasi.

    Ma’ruza maqsadi: suvli eritmalarni o’ziga xos tayyorlanishi. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash. Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash. 582 buyruq bilan tanishtirish.
    Reja:

    1. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash

    2. Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish

    3. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash


    Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq, byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish.

    Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash

    2. Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish

    3. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash

    Ma’lumki byuretka moslamasi qadimdan ishlatilib kelingan moslama bo’lib. Dorixonada tayyorlanayotgan dori preparatlarining dolzarbligi yo’qolmagan. CHunonchi, AQSH da 2000 yildan 2010 yilgacha bo’lgan davrda ishlab chiqarish dorixolarning soni 500 tadan 1300 tagacha ko’paygan. FDA tomonidan tasdiqlangan ekstemporal retseptlar 300 dan 1500 tagcha soni oshgan. Zamonaviy dorixona asbob uskunlari kopayib, xozirgi kunda bir necha yuzlab namunalari mavjud.11

    Dori moddalarining retseptda beriladigan konsentratsiyasidan yuqori qilib tayyorlanadigan eritmalar konsentrlangan eritmalar deb ataladi.



    Konsentrlangan eritmalarni asosan gigroskopik, ko’p miqdorda kristallizatsion suv saqlovchi dori moddalaridan tayyorlash tavsiya etiladi.

    10-rasm. Byuretka moslamasi UB -16


    Konsentrlangan eritmalar (O’zSSVning 582 sonli buyrug’i asosida) og’irlik — hajm usulida aseptik sharoitda yangi xaydalgan, tozalangan suvda tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda olchov idishlaridan (ulchov kolbasi) foydalaniladi. Agar ulchov idishi bo’lmasa olinishi lozim bo’lgan suv miqdorini eritma zichligi yoki dori moddasining hajm oshish koeffitsientidan foydalanib hisoblanadi. Tayyorlangan eritma filtrlanib tulik kimyoviy taxlildan o’tkaziladi.
    Eritma zichligi buyicha olinadigan suv miqdorini hisoblash:

    A) 1 l 20% li geksametilentetramin eritmasini tayyorlash uchun qancha tozalangan suv kerak bo’ladi?

    Eritmani tayyorlash uchun olinadigan geksametilentetramin miqdori hisoblanadi:

    20 gr-100ml

    X -1000 ml x=200 gr

    Eritma zichligi 1,042 g/ml. Hisoblashda 1 l 20% li geksametilentetramin eritmasining massasi:

    1,042 g/ml . 1000 ml = 1042 g ekanligi asos qilib olinadi.

    Tozalangan suv =842 g (ml)1042 g - 200 g = 842 g(ml) miqdorda suv talab etiladi.

    Dori moddasining hajm oshish koeffitsenti buyicha olinadigan suv miqdorini hisoblash:

    200 *0,78 ml/g = 156 ml (200 g geksametilentetramin eriganda egallagan hajm).



    1000 ml - 156 ml = 844 ml tozalangan suv kerak.
    Download 2,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 2,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

    Download 2,9 Mb.