• II SEMESTR 19- Ma’ruza Mavzu 19. Yumshoq dori turlari. Shamchalar, ishlatildigan asoslar, umumiy texnologiyasi.
  • Reja: 1.
  • 18-rasm. Rektal shamdorilar shakli
  • Shamdorilarning qo’llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati .
  • Gidrofob asoslar Kakao moyi va boshqa tabiiy yog’lar.
  • Quyuqlashtirilgan yog’lar va ularning texnologik variantlari.
  • Yog’larni termik fraksiyalash mahsulotlari.
  • Girogenlangan yog’larning atsetonda eruvchan fraksiyalari.
  • Gidrofil asoslar Jelatin-glitserinli asoslar
  • Sovun-glitserinli asoslar
  • 20- Ma’ruza Mavzu 20. Shamchalarning xususiy texnologiyasi: juvalash, quyish usullari. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash.
  • Tayanch atama va iboralar
  • Hozirgi kunda turli xil shamchalar mavjud: Hollow-type shamchalari.
  • Sellyuloza asosida ta’siri uzaytirilgan shamchalar
  • Asosga dori moddalarni kiritish usullari
  • Suvda erimaydigan, asosda eriydigan moddalar
  • Suvda eriydigan, asosda erimaydigan moddalar.
  • Asos va suvda erimaydigan yoki kiyin eriydigan moddalar.
  • Jo’valash usulida tayoqchalar tayyorlash.
  • Shamchalarni tayyorlash usullari. Quyish usuli
  • O’rin olish koeffitsienti
  • Damlama va qaynatmani mexaniq iflosliklardan tozalanishi, tashqi ko’rinishi, o’ziga xos hidga ega bo’lishi




    Download 2.9 Mb.
    bet15/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2.9 Mb.
    #5367
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35

    6. Damlama va qaynatmani mexaniq iflosliklardan tozalanishi, tashqi ko’rinishi, o’ziga xos hidga ega bo’lishi.

    7. Damlama va qaynatmani qadoqlanishi, jihozlanishi va saqlash muddati. (Uz.Res. SSV 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyrug’iga asoslangan holda).


    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php

    II SEMESTR

    19- Ma’ruza

    Mavzu 19. Yumshoq dori turlari. Shamchalar, ishlatildigan asoslar, umumiy texnologiyasi.

    Ma’ruza maqsadi: Shamchalar ta`rifi, tasnifiga oid nazariy ma’lumotlarni berish.

    Tayanch atama va iboralar:

    Suppositoria rectalia- to’g’ri ichak shamchalari

    Suppositoria vaginalia- qin shamchalari

    Bacilli-tayoqchalar

    Globuli- sferik sharchalar

    Ovuli- ovalsimon

    Pessaria- tilsimon

    Dezinfeksiyalovchi- mikrobiologik ta’sirni bartaraf etuvchi


    Reja:

    1. Shamdorilarning qo’llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati.

    2.Shamchalar ta’rifi –tasnifi

    3.Shamchalarni afzalliklari va kamchiliklari

    4.Asoslar va ularga qo’yilgan talablar

    Shamchalar deb, xona haroratida qattiq, lekin inson tanasi haroratida eriydigan, tana bo’shliqlariga kiritiladigan dozalangan dori shakliga aytiladi. Tana bo’shliqlarining ko’rinishi va xususiyatlariga qarab suppozitoriylar turlicha geometrik shakl va o’lchamlarda bo’ladi.

    Shamchalar quyidagi turlarga bo’linadi: rektal (suppositoria rectalia), vaginal (suppositoria vaginalia) shamcha va tayoqchalar (bacilli). Rektal suppozitoriylar to’g’ri ichakka kiritish uchun, vaginali ayollar qiniga va tayoqchalar siydik chiqarish yo’llariga hamda boshqa kanallarga (bachadon kanali, ingichka kanallarga kiritish uchun hamda eshitish yo’llariga) kiritish uchun mo’ljallangan. SHamchalar insoniyatga qadimdan ma’lum. Rektal shamchalar haqida birinchi marta eramizdan avvalgi 2600 yilda eslatib o’tilgan.

    Rektal shamchalar bilan bir qatorda kadimgi manbalarda, masalan: Ebers papirusida vaginal shamchalar to’g’risida ham ma’lumot berilgan. Bizga etib kelgan qo’lyozmalarning guvoxlik berishicha, Messopotamiya va Misrliklar turli xil jonivorlardan, o’simliklar kukunlaridan, asaldan va boshqa narsalardan tayyorlangan shamdorilarni qo’llashgan.

    So’nggi un yil ichida shamchalar safi barcha Evropa mamlakatlari va AqSH da keskin ortdi. Ularning dori-darmon shaklidagi obrusi o’sib bormoqda. Ayniqsa, uning sanoatda ishlab chiqarilishining o’zlashtirilishi va bu dori turlarining butun organizmga ta’sir qiladigan xillarining yaratilishi, ularning keng ko’lamda ishlatilishiga sabab bo’ldi. SHamchalarning korxonalarda ishlab chiqarilishi standart qoliplarda Gorkiy va Xabarovsk shaxarlaridagi ixtisoslashtirilgan yirik farmatsevtika zavodlarida amalga oshiriladi.(1.15.-rasm).



     




    18-rasm. Rektal shamdorilar shakli

     Rektal shamdorilar urtasi yug’on — sigara yoki konus shaklida, uchi utkirlangan silindr shaklida bo’lib, ularning og’irligi 1,1-4 g.gacha bo’lishi mumkin. Agar retseptda ularning og’irligi ko’rsatilmagan bo’lsa,demak ular DF X ko’rsatmalariga binoan 3 grammli qilib tayyorlanadi. Bolalar uchun mo’ljallangan shamlarning og’irligi dorixatda ko’rsatilgan bo’lmog’i lozim. SHamlar o’zunligi 2,5-4 sm atrofida bo’lib, ularning eng yug’on qismi 1,5 sm dan ortiq bo’lmasligi zarur. SHamlarning eng maqbul ko’rinishlari sigara yoki torpeda shaklida bo’lishidir.

    Suppozitoriy to’g’ri ichak­ka kiritilganda orqa chiqaruv yo’li sfink­terlari qarshiligini engishi kerak. Suppozitoriy tanasi konussimon bo’lganda kundalangiga oshib borgan sayin mushaklar tomonidan qarshilik kuchayadi va suppozitoriy batamom kirganida maksimumiga, ya’ni eng yuqori darajasiga etadi. Bunda, ayniqsa muvaffakiyatsiz chiqqan massalarda shamcha deformatsiyaga uchrab bu — dorini kiritishga xalaqit beradi. Snaryadsimon shaklida suppozitoriyning katta bo’lgan konussimon uchi kiritilishi hamono mushaklar tomonidan bo’ladi­gan qarshilik kiritiladigan tananing boshidan oxirigacha doimiy bo’lib qoladi. Tarpedosimon yoki sigarasimon shaklida suppozitoriy yarmigacha kirishi bilan kundalangiga kichraya boshlaydi va suppozitoriy inersiya kuchi tufayli to’g’ri ichakka osongina kiradi.

    Vaginal shamdorilar va sferik sharchalar (globuli) oval (ovuli) yoki tilsimon (pessaria) shaklga ega. Agar vaginal shamdorilarning og’irligi dorixatda ko’rsatilmasa, u holda farmakopeya ko’rsatmasiga muvofik 4,0 g hisobida tayyorlanadi. Umuman ularning og’irligi 1,5 dan 6 gacha o’zgarib turadi. Vaginal shamdori shakllaridan ko’prok maqsadga muvofigi pesariylar, chunki ular katta sirt­ga ega va ko’proq gigiena qoidalariga muvofik keladi.

    Tayoqchalar utkir uchli silindr shaklida bo’lib, o’zunligi 10 sm gacha, eni 2-5 mm gacha bo’ladi. SHunday qilib, ularning og’irligi dorixatda ko’rsatilganidek o’zunligi va diametriga bog’liq bo’ladi.

    Tayoqchalar uchi utkirlangan silindr shaklida tayyorlanib, ularning og’irligi esa 0,5 dan 1 g gacha bo’ladi (1.16.- rasm).



    19-rasm. Tayoqchalar


    XI Davlat farmakopiyasida suppozitoriylar uchun berilgan umumiy maqola talablariga binoan, shamdori massasi bir xil tusda, shakli aniq bo’lib qo’llanishda mos keladigan qattiqlikka ega bo’lishi kerak. Massani bir xilligi kundalang kesilganda oddiy kuz bilan kuzatish asosida tekshiriladi.

     

    Shamdorilarning qo’llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati.

     Rektal shamdorilar to’g’ri ichakning shilimshiq qavatiga mahalliy ta’sir kilishi yoki organizmga umumiy ta’sir ko’rsatganligi uchun, qisman qopqoq vena sistemasi atrofida kuyulish bo’lgan, ichishga buyurilgan, moddalar surilishida kiyinchilik tugilganda (masalan, yurak faoliyati), kasal dorivor moddalarni ichganida qayt qilgan hollarda shamdorilarni qo’llash afzal hisoblanadi.

    Shamdorilar mahalliy ta’siri buyicha quyidagilarga bo’linadi: dezinfeksiyalovchi (mikrobiologik ta’sirni bartaraf qiluvchi), burishtiruvchi, kuydiruvchi, og’riq qoldiruvchi, qichishishga qarshi.

    Birok ba’zi bir dorivor moddalarni bilvosita (organizmga umumiy ta’siri) ta’sir etishi uchun qin ichiga kiritish usuli afzal. Ayollar jinsiy gormonlari preparatlarining qo’llanilishi bunga yaqqol misoldir, estrogen gormonlarning qin ichiga kiritilishi teri ostiga yuboriladigan dorilarga nisba­tan kamroq dozada ta’sir qiladi. Klinik va tajribaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, parenteral yuborilgan estrogenlar jigar ta’sirida kuchsizlanadi.

    Tayoqchalar dezinfeksiyalovchi, og’riqni qoldiruvchi, burishtiruvchi va suruvchi ta’sir qiladi.



    \

    Shamchalarning mahalliy va umumiy ta’siri

    Shamchalar asosan ta’sir qiluvchi modda va asosdan iborat kompleksdan tashkil topgan yumshoq dori turi. SHamchalar maxalliy ya’ni yo’g’on ichakni o’ziga ta’sir qiladi eki umumiy organizmga ta’siri bilan ajraladi. Dori moddasi organizmga ichakda asos erib tarkibida dori moddasi ajralib chiqishi boshlanishidan ta’sir qilishni boshlaydi. Yo’g’on ichak juda qon tomirlarga boy ekanligi avvaldan ma’lum, shuni hisobiga shamchaning umumiy (sistemali) ta’siri yuzaga keladi.41


    Shamcha asoslari

     Shamchalar ham ko’pchilik boshqa dori turlari kabi ikki qismdan tashqil topgan: ta’sir etuvchi modda va shamcha asosidan iborat bo’lib, dori moddasi asosda bir xil tarqalgan bo’lishi kerak.

    Shamcha asoslari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    1. Xona haroratida qattiq bo’lib, tana haroratida erishi yoki suyulishi.

    2. Shamcha tarkibidagi dori modda bilan yaxshi aralashishi, ular bilan reaksiyaga kirishmasligi.

    3.Shilimshiq katlam va dorivor moddalar­aro ta’sirini maksimal ta’minlash uchun eriydi yoki (tana haroratida suyuqlanadi).

    4. Orqa teshik ogzini berkituvchi muskullar qarshiligini engish uchun shamlar, sharcha va tayoqchalar kiritish chog’ida etarlicha elastiklik, qattiq holda bo’lishi, boshqacha qilib aytganda, asos yumshoq — surtma ko’rinishidagi bosqichni chetlab o’tib qattiq holatdan birdan suyuq holatga o’tish xususiyatiga ega bo’lishi lozim.

    5. Tarkibidagi yordamchi dori moddalarni qabul kilishi.

    6. Dorivor moddalarning farmakologik ta’sirga egaligi.

    7. Organizmga nisbatan indifferent bo’lishi.

    8. Xavo va yoruglik ta’siriga chidamli va barkaror bo’lishi.

    9. Imkon boricha arzon va oson olinadigan bo’lishi kerak.1

    Aytib o’tilgan talablarga javob beruvchi asoslar anchaginadir.Ular o’z xususiyatlariga qarab guruhga bo’linadilar:

    1. Gidrofob asoslar.

    2. Gidrofil asoslar.

    Dorixona va korxona sharoitida ishlab chiqariladigan shamdorilar uchun ishlatiladigan asoslar ikki guruhga: — lipofil va gidrofil moddalarga bo’linishi mumkin.



    Gidrofob asoslar

     Kakao moyi va boshqa tabiiy yog’lar. Kakao moyi (Oleum Cacao) — zich konsistensiyali o’simlik yog’i bo’lib, shoqolad daraxtining urug’idan olinadi, urug’ida 50% gacha yog’ saqlanadi. Kakao moyi xona haroratida och-sargish rangli bo’lakchalar, kakao hidli va yokimli surtmaga egadir. Suyuqlanish harorati 30-340S, sekin ayniydi, natijada oqara boshlaydi. Kislota soni 2,25 dan oshmasligi kerak.

    X DF ga asosan kakao moyi o’z tarkibida xayvon yog’i qoldiqlarini saqlamasligi kerak, bu Byurklunda tajribasi yordamida aniqlanadi. 3 ml efirdan 1 g kakao moyi eritmasi xona haroratida 24 soat mobaynida tinikligicha kolishi kerak.Kakao moyi — kadimiy yaxshi suppozitoriy asos, biroq u xorijdan keltiriladi,shunga kura uning urniga ko’pincha boshqa asoslar ishlatilatiladi,buning ustiga kakao moyining ayrim salbiy xossalari ham bor,chunonchi: polimorfizm va u bilan bog’liq suyuqlanish haroratining doimiy emasligi,aynib kolishi va x.k.

    Yapon korichnigi yog’i (Oleum Cinnamomi pedunculati). YApon korichnigi mevasining yadrosidan uning qattiq yog’i olinadi. 1957 yilda L.I.Eristavi bu yog’ni kakao moyi urnini bosuvchi sifatida taklif etgan. Siqib olish usuli bilan mevadan 30 % yog’ olish mumkin. U quyuqlanish darajasi yuqori, ok-sargish rangli, kuchsiz yokimli hidli moydir. Erish harorati 34-350S , YApon korichnigining yog’i kakao moyiga uxshab suyuqlikka aylanadi.


    Quyuqlashtirilgan yog’lar va ularning texnologik variantlari.

    Quyuqlashtirilgan yog’lar kakao moyi bilan birgalikda eng istikbolli moddalar guruhidir.Ular suppozitoriy asosini hosil kilish uchun, klinika talabiga javob berish uchun ko’p ishlab chiqariladi. SHuni kayd qilib o’tish kerakki,tadqiqotchilarimiz farmatsiyada quyuqlashtirilgan yog’larning ishlatilishini birinchi bo’lib kashf qilganlar. 1934 yili A.G. Bosin ajoyib parafin va quyuqlashtirilgan yog’lar qotishmasini — suppozitoriy asosi butirolni ishlab chiqdi. Xozirgi vaqtda Gorkiy nomidagi kimyo-farmatsevtika zavodida mana shu kotishmaga 30% kakao moyi qo’shilmokda (VFS 42—836—73). quyuqlashtirilgan yog’lar sham dorilar asosi sifatida X DF bilan birga dunyo farmakopeyasiga ham kiritilgan. Masalan, SHveysariya farmakopeyasiga gidrogenlangan eryongok, Britaniya farmakopeyasiga — suvsizlangan kungabokar moyi kiritilgan va boshqalar.

    Gidratlangan soya va palma yadrosi moylari,kanakunjut moyi bilan uning gidrogenizati qotishmalari o’z afzalliklarini ko’rsatdi.SHuningdek,gidratlangan moylarning emulgatorlari bilan kombinatsiyasi,masalan araxis gidrogenizatining 10 % miristin yoki setil alkogoli yoki 3%li trietanolaminostearat bilan kotishmasi keng tavsiya qilinadi. YU.A.Blogovidova va I.S.Aj­gixin (1965) ma’lumotlari buyicha gidratlangan paxta moyining 4—5% emulgator T2 bilan kotishmalari struktur — mexaniq xossalariga kura kakao moyidan qolishmaydi va talaygina miqdordagi suyuqliklar hajmini o’z tarkibiga osonlikcha kiritishi va dori moddalarini in vivo tez berishi buyicha ajralib turadi.Kakao moyini paxta moyi bilan almashtirish yuqori sifatli konditer yog’lari ishlab chiqarishni taqozo qiladi.

    Yog’larni termik fraksiyalash mahsulotlari. Uning asosini tabiiy gidrogenlangan yog’lardan temperatura belgisiga kura o’z xossalari buyicha kakao moyiga yaqin tor glitserid fraksiyalarini ajratib olish tashqil qiladi.

    Shunday tipdagi birinchi mahsulot sebuvinol (Sebuvi­nolum) hisoblanadi, u 36-370 da suyuqlanadigan buka yog’i fraksiyasidan iborat. Uni Ukraina Markaziy ilmiy-tadqiqot dorixona laboratoriyasi (1948) taklif etgan.Uning kuyish usuli buyicha olinadigan shamchalar va vaginal suppozitoriylar olish uchungina yarokliligi ma’lum bo’ldi.Konservantsiz tezda buziladi.

    V.P.Ilinskiy, R.S.Gershensvit va F.O.Dragnya (1959) suppozitoriy asoslari uchun suyuqlanish nuktasi 30,2—36,80 va taxminga kura asosan dioleosterin va dioleopalmitindan tashqil topgan, kit salomasi,paxta va araxis moylari gidrogenizatlaridan olingan termik fraksiyalash mahsulotlarini taklif etganlar.

    Girogenlangan yog’larning atsetonda eruvchan fraksiyalari. I.S.Ajgixin (1968) suppozitoriy asoslari sifatida mol yog’i va palma yadrosi moyi gidrogenizatlarining atsetonda eriydigan fraksiyalarini taklif etgan. Atseton chiqarib yuborilgandan keyin uy haroratida ta’msiz va hidsiz,ok rangli,anchagina qattiq va murt mahsulot olinadi. Mol yog’i gidrogenizati asosan stearin kislota,palmitin va olein kislotalardan tashkil topgan va o’z tarkibi buyicha kakao moyiga yakin. Palma yadrosi moyi gidrogenizati asosan laurin va miristin kislotani saqlaydi va o’z tarkibiga kura xorijiy asos (imxauzen) ga yaqin.

    Mualliflar sirt-aktiv moddalar qo’shish yo’li bilan taklif etilgan asoslarning plastik va boshqa xossalarini yaxshilashga muvaffak bo’ldilar. Sirt-aktiv moddalar sifatida ular emulgator T2, saxaroglitseridlar (SG), saxaroza distearati (DSS) va propilenglikolmonostearat (PGMS) dan foydalandilar.


    Gidrofil asoslar

    Jelatin-glitserinli asoslar tarkibiga X DF buyicha: jelatina 1 qism, glitserin 5 qism va suv 2 qism kiradi. Oldingi farmakopeya buyicha asos tarkibida 12,5% jelatina bo’lgan. Chet el farmakopeyalarida bu ko’rsatkich 10% (Fransiya) va 20% gacha (Vengriya) kayd qilingan. Og’irligi yuqori bo’lgan jelatina o’zida katta barkarorlik va taranglik xossalarini namoyon qiladi. Jelatinaning miqdori kam bo’lsa,asos massasining yumshoqligi oshadi va u tez eriydi. Glitserin miqdorining oshishi massaning kurishiga olib keladi. Mexaniq turg’unligi kam bo’lgan jelatina-glitserinli asoslar vaginal shakldagi dorilarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. Bu asosning afzaligi shundan iboratki, unda dorivor moddalar yaxshi suriladi. Jelatina-glitserinli asoslar tarkibiga elektrolit tuzlar kiritilishi buzilishiga,ya’ni sinerezisga olib keladi. Kislota va ishqorlar jelatinali asoslarni suyultirib yuborish xususiyatiga ega.

    Sovun-glitserinli asoslar. Ulardan shamchalar tayyorlanadi va sof holda surgi dori sifatida qo’llaniladi. Bu massaning tarkibi har xil. Glitserinli jelatinaga uxshash X DF buyicha shamchalar shunday tayyorlanadi. 60 g glitserin 2,6 g natriy karbonat kristalli suv hammomida eritiladi, shundan keyin 5 g stearin kislotasi oz-ozdan qo’shiladi. Karbonat gazi chiqarib yuborilgandan va sovun ko’pigi yuqolgandan keyin massa formaga, ya’ni shaklga keltiriladi va shunday hisob qilinadiki, har bir shamcha 3 g glitserin saqlashi kerak.Natriy karbonat va stearin kislotalar asosan Avstriya va Polsha farmakopeyasi ko’rsatmasi buyicha olinadi. Boshqa davlatlar farmakopeyasi buyicha (AQSH, Vengriya va Gollandiya) asosan tayyor tibbiyot sovunini glitserin bilan eritish yo’li bilan olinadi. Tibbiyot sovunidan olinadigan asoslar oldingilar bilan teng emas. Tibbiyot sovunining asosiy tarkibi stearat va palmitat natriydan iborat, glitserin bilan qattiq glitsirogel olinadi. Shamcha qattiq sovunlar asosida tayyorlanadi.

    Asosiy adabiyotlar:



    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php



    20- Ma’ruza

    Mavzu 20. Shamchalarning xususiy texnologiyasi: juvalash, quyish usullari. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash.
    Ma’ruza maqsadi: Shamchalarning xususiy texnologiyasi: juvalash, quyish usullari. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash bo’yicha nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Oleum Cacao- kakao moyi

    Ut.fiat suppisitorium –shamcha hosil bo’lsin

    Ut.fiat globuli- sharcha hosil bo’lsin

    Divide in partes aequalis- teng qismga bo’linsin

    O’rin olish koeffitsiyenti- 1 gramm kakao moyi egallagan hajmga qancha

    miqdor modda sig’ishini ko’rsatuvchi ko’rsatkich.

    Reja:


    1. Juvalash usulida shamchalar tayyorlash

    2. Quyish usulida shamchalari tayyorlash

    3. Shamchalarga dori moddalarni qo’shish

    4. Shamchalarni sifatini baholash

    Hozirgi kunda turli xil shamchalar mavjud:

    1. Hollow-type shamchalari. Morfin sulfat tuzi bilan olingan shamchalar ta’siri o’zaytirilgan bo’lib, og’riqsizlantirish jarayonini uzaytirish uchun ishlab chiqilgan.

    2. Gidrogellar asosida shamchalar tayyorlash. Bu asoslar tayyorlangan shamchalar xam ta’siri uzaytirilgan.

    3. qavatlangan shamchalar dori moddasining ta’siri uzaytirish uchun muljallangan bo’lib, dori moddasi qavatlar erishi bilan ajralishi boshlanadi.

    4. Sellyuloza asosida ta’siri uzaytirilgan shamchalar qatoriga kiradi.

    5. Pishilidigan shamchalar. Limon kislota va nartriy bikarbonat saqlovchi dori moddani asosdan tez va oson ajralishini ta’minlaydi.

    6. Termoreversion shamchalar. Mukoadgeziv xususiyatga ega moodala bilan (gidrooksipropilsellyuloza. Polivilpirrolidon, karbopol, polikarbofil, natriyalginat)

    Shamchalarga dorixat yozish

    SHamcha va sharcha shaklidagi sham dorilarga dorixat ikki xil yo’l bilan yoziladi.

    1) dorixatda umumiy ingredient­lar miqdori va shamchalar soni ko’rsatiladi.

     Rp.:Chlorali hydrati 3,0

    Cerae flavae 3,0

    Olei Cacao 10,0

    Misce fiat suppositoria rectalia.

    Dividi in partes aeqvales N 5.

    Da.Signa.

     2) Dorixatda ingredientlar miqdori har bir shamdori uchun alohida ko’rsatilib, shunday shamdorilar nechta tayyorlanishi kerakligi yoziladi.

      Rp.: Ichthyoli 0,2

    Massae gelatinosae. 4,0

    M.f. supp. vaginalia

    Dentur tales doses N 10.

    Signa.42

    Tayoqcha shaklidagi shamdorilar dorixatda yozilganda,ularning uzunligi hamda diametri va soni ko’rsatiladi.

      Rp.: Iodoformii 0,2

    Ol.Cacao q.s.,

    ut f.bacillus

    longitudinae 5 sm

    et diametro 4 mm

    D.t.d.N.6.

    S. Bir kunda 2 ta tayoqchadan siydik yo’liga.

     Shuni esda tutish kerakki, dorivor moddalar bilan birga Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to’g’ri ichakning shillik qavatida suriladi.

    Shu sababli dorivor moddalarni rektal yuborish peroralga qaraganda kuchli ta’sir qiladi. Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi dori moddalar dozasi DF X bo’yicha tekshirilishi shart.

    Asosga dori moddalarni kiritish usullari:

    Gidrofob asosda shamchalarni tayyorlash quyidagicha olib boriladi: 1) massa tayyorlash, 2) shamcha, sharcha va tayoqchalarni shakllantirish. Massa tayyorlash uchun har xil dori moddalar kiritish lozim. Asosga dori moddalarni kiritish ularning tarkibi, xossasi va eruvchanligiga bog’liq.



    Suvda erimaydigan, asosda eriydigan moddalar.

    Asosda eriydigan moddalarga kamfora, xloralgidrat, fenol va boshqa moddalar kiritishimiz mumkin. Bu moddalarni bir qism asosda yoki suyultirilgan asosda eritiladi. Agar bu moddalar eritilishi natijasida asos bilan dori modda aralashmasining erish harorati pasayib ketsa, u holda evtektik birikma xosil bo’ladi. Xloralgidrat, kamfora, fenol kabi dori moddalari bilan asos aralashtirilganda aralashma erish harorati keskin pasayib — evtektik birikma hosil qiladi. Bunday hollarda aralashma tarkibiga uni erish haroratini oshiruvchi yoki tarkibini qattiqlashtiruvchi (kotiruvchi) modda­lar (mum, parafin) qo’shish lozim. Evtektik birikmalar hosil bo’lish muammolari yaxshi urganib chikilmaganligi sababli, qotiruvchi moddaning qo’shiladigan miqdori va turi har gal tajriba yo’li bilan alohida aniqlanadi.



    Suvda eriydigan, asosda erimaydigan moddalar.

    Bunday moddalarga alkaloid tuzlari, novokain, etakridin laktat va boshqalar kiradi.

    Ular yog’li asoslarga eritma ko’rinishida kiritiladi, ya’ni emulgirlangan bo’lishi kerak. Emulgator sifatida lanolin va setil spirti ishlatilishi mumkin. Buning uchun eritmaning miqdori iloji boricha oz bo’lishi kerak,aks holda bu massaning yumshoqligini oshiradi. Suvli eritmaning massaga emulgatorsiz kiritilishi aralashmani uqalanib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Shunday qilib, lanolin bunday aralashmalarda kotgan yog’ kristallarining bir-biriga yopishishini ta’minlaydigan yupka parda — plastifiqator rolini uynaydi. Erituvchi sifatida nafaqat suv,balki suyultirilgan spirt, suv — glitserin — spirt aralashmasi va boshqa dorivor moddalarni yaxshi eritadigan suyuqlik olinishi mumkin. Eritmalar esa chin eritma yoki kolloid eritma bo’lishi mumkin.

    Asos va suvda erimaydigan yoki kiyin eriydigan moddalar. Vismut preparatlari, rux oksidi shunday moddalarga misol bo’ladi. Bunday moddalar yupka suspenziya ko’rinishida kiritiladi. Bunda dorivor modda yirik kukunga aylantirilgan bir qism asos yordamida yoki eritilgan asos yordamida yaxshilab eziladi, so’ngra asosni qolgan qismi aralashma tarkibiga qo’shib aralashtiriladi. Eritilgan asos bilan dori moddaning maydalanishi yaxshi natija beradi, chunki bunda dori modda yaxshi maydalanadi va bir tekis aralashadi.

     Juvalash usuli.

    Juvalash usuli bilan shamdori, sharcha va tayoqcha tayyorlanganda faqat kakao moyi va uning hosilalari qo’llanilishi mumkin.Kakao moyini kirgich tegirmon orqali o’tkazib maydalanadi. Maydalash uchun esa sovutilgan kakao moyi olish maqsadga muvofikdir.

    SHamchalarni juvalash usulida tayyorlash uchun retseptdagi moddalarning yog’dagi va suvdagi eruvchanligi hisobga olinadi.

    Shamchalarni juvalash usuli bilan tayyorlash uchun olinishi kerak bo’lgan dori moddalar va shamcha asosining kerakli miqdori hisoblanib, pasport tuziladi. CHinni hovonchaga dori modda solib maydalanadi. Dori moddaning xususiyatlari va eruvchanligini hisobga olgan holda uni oz miqdor suvda yoki suyultirilgan asosda eritib olish mumkin. Suvda va moyli asosda erimaydigan dori moddalarni esa suspenziya tayyorlash koidasiga kura qo’shiladi. Agar shamcha tarkibiga zaharliva Kuchli ta’sir etuvchiruyxatdagi dori moddalar kirgan bo’lsa, u holda X DFda keltirilgan jadvaldan foydalanib, bu moddalarni ichish uchun belgilangan yuqori doza koidasiga amal kilish kerak bo’ladi. Hovonchadagi maydalab yoki eritib olingan dori modda ustiga oz-ozdan shamcha asosi qo’shib aralashtiriladi. SHamcha asosi oldindan kirgich orqali maydalab chiqarilgan bo’lishi kerak, ana shunda aralashtirish jarayoni bir xil boradi. Agar shamcha asosi va dori moddani xuddi elaki dorilardagi singari hovoncha dastasi bilan aylanma harakat yordamida aralashtirilsa moddalar aralashuvi yaxshi bo’lmaydi va shamcha asosi tez suyulib ketadi. SHuning uchun aralashtirish jarayonini yaxshilash maqsadida ularni dasta yordamida ezgilash kerak. Ezgilash davomida moddalar plastmassa kurakcha yordamida hovoncha devorlaridan kuchirib turiladi. Hosil bo’lgan shamcha massasi hovoncha devoriga yopishib qolmaydigan qattiqroq hamir holatida bo’lish kerak. Agar tayyorlangan shamcha massasi muloyim (plastik) holatga kelmasa, ya’ni uvalanib ketsa , u holda qovushqoqlikni oshirish uchun ozgina suvsiz lanolin (har 30 g shamcha massasiga 1-1,5g hisobida) qo’shib aralashtiriladi. SHamcha massasi tayyor bo’lgach uni toza mumlangan yoki pergament kogozga urab, tez-tez harakat yordamida kaftlar orasida siqilib, zuvala hosil qilinadi. SHamcha zuvalasi tortilib pasportga yozib quyiladi. SHamcha dorini xab dori tayyorlash moslamasining oynasiga quyib, juva yordamida uni gulacha shakliga keltiriladi. Gulachaning yug’onligi barcha erida bir xil bo’lish kerak, aks holda shamchalar katta-kichikligi turlicha bo’lib qolinadi. Gulachani keskich yordamida dorixatda ko’rsatilgan miqdorida teng bo’linadi. har bir bo’lak yassi taxtacha (rolik) yordamida zoldir holiga keltiriladi. Dorixatda zoldir tayyorlash aytilgan bo’lsa shu holda qoldiriladi. Agar boshqa shakl yozilgan bo’lsa, juvani tekislikka nisbatan kiya ushlagan holda zoldirga konus, torpedo shakllari yoki juvani tekislikka gorizontal tutgan holda zoldirni ung va chap tomonlarga bir necha marta dumalatib tayoqcha shakli beriladi. Tayyor bo’lgan shamchalarni yupka, mumlangan yoki parafinli qogoz bo’lakchalariga uraladi. Zoldir va tayoqchalar gofrillangan kogozda, karton kutilarda beriladi. Qutilarga «Sirtga ishlatish uchun», «Salqin joyda saqlansin» singari yozuvlari bo’lgan yorliq yopishtiriladi.

     Rp.: Extracti Belladonnae 0,015

    Novocaini 0,015

    Sol. Adrenalini qtt XX.

    Olei Cacao q,s.

    Ut. fiat. supp. N 10.

    D.S.

    Hovonchaga 20 tomchi adrenalin gidroxlorid tomiziladi va unda 0,15 g novokain eritiladi, shundan keyin 0,3 ml belladonna ekstraktining spirt-suv-glitserinli aralashmasi qo’shiladi. Olingan suyuqlik 1-1,5 g suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi, keyin kakao moyi qo’shilib, muloyim massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor massa xab dori tayyorlash moslamasining oynasiga o’tkazi­ladi, taxtacha yordamida diametri bir xil bo’lgan silindr tayoqcha yasaladi va dorixatda ko’rsatilgan miqdor­dagi teng bo’lakka keskich yordamida bo’lib, har bir bo’lakka shakl beriladi. SHamdori shaklini konussimon,torpedo yoki sigara shaklida qilib ham juvalash mumkin.



    Jo’valash usulida sharchalar tayyorlash.

     Rp.:Osarsoli 0,2

    Acidi Borici 0,25

    Olei Cacao q.s.

    Ut.f. globuli N 20.

    D.S.


     Osarsol («A» ruyxatida) suvda kam eriydi. Bor kislotasining eruvchanligi ham yuqori emas (1:25). SHuning uchun moddalar kukun ko’rinishiga olib kelinadi. Ularni murakkab elaki dorilar tayyorlash koidasi buyicha aralashtiriladi. Keyin kakao moyini oz-ozdan aralashtiriladi. So’ngra undan tayoqcha yasab,uni 20 ta bo’lakka mo’ljallab bo’linadi. har bir bo’lagidan alohida shar yoki ovuli,pessariy yasaladi.

    Z.V.Gurvich sharchalar uchun taklif etgan keskich moslamaning eni 15 mm va o’zunligi 15 sm bo’lib, u yoysimon shaklda tuzilgan. Bu keskichning dorixona sharoitida shamdorilar tayyorlashda ishlatilishi ancha kulay va unumlirokdir. Moslama sharchalarni kesishda ishlatiladi. Keskichning yana bir yaxshi tomoni shundaki,u massaga bir yo’la shar shaklini ham beradi.



    Jo’valash usulida tayoqchalar tayyorlash.

     Rp.: Xeroformii 0,2

    Ol. Cacao 2,0

    Ut. fiat bacillae longitudine 4 sm et diametro 4 mm.

    M. Divide in partes aequales N 4.

    D.S.


    Kseroform modda sifatida asosda ham , suvda ham erimaydi (shuning uchun kseroformni suspenziya ko’rinishida kiritiladi), uni yog’ning yarim miqdori bilan hovonchada aralashtiriladi, keyin asosning qolgan miqdori qo’shiladi. Tayyor massa teng miqdorda 4 qismga bo’linadi, har kaysi qismdan 4 sm o’zunlikda tayoqcha juvalab olinadi. tayoqchaning kalinligi o’zunasiga bir xil bo’lishi va bir tomoni uchli bo’lishi kerak.
    Shamchalarni tayyorlash usullari.

    Quyish usuli

    Quyish usuli buyicha shamcha, sharcha va tayoqchalar tayyorlanadi (20, 21, 22 -rasmlar), bunda hamma turdagi asoslar qo’llaniladi. Kuyish maxsus koliplar yordamida olib boriladi. Agar shamcha, sharcha va tayoqcha tarkibiga kiruvchi moddalar asosida eritilsa, bunda bu jarayonda quyiladigan moddalar oz-moz isitilgan holda quyiladi va oxirida sovutiladi.




    20-rasm. Shamcha quyish qolipi.



    21-rasm. SHarcha quyish qolipi.









    22-rasm. Tayoqcha quyish qolipi.



    Tarkibga kiruvchi moddalar asosda erimasa solishtirma og’irligi har xil bo’lishi natijasida yaxshi aralashmaydi, unda modda taksimlanishi har xil bo’lib ta’sir doirasi ham buzilish xavfi tugiladi. Bunday hollarni oldini olish maqsadida quyidagilarga e’tibor berish kerak:

    1. Eritilgan asosni konsistensiyasi quyuq bo’lishi kerak.

    2. Massani koliplarga kuyishni tezlik bilan bajarish kerak.

    3. quyilgan formalar tez sovutilishi kerak.

    Quyish usulida gidrofob asoslarda shamchalar tayyorlash uchun kerakli miqdordagi dori modda va asos tortib olinadi. SHamcha asosini maxsus chumichda yoki chinni kosachada suv hammomida 40-450 haroratda eritib olina­di. Erigan asosga yaxshi maydalangan dori modda qo’shib shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Ko’pincha aralashtirish jarayonida ko’plab xavo pufakchalari kirib qoladi. SHunday paytda aralashtirishni tuxtatib, korishmani suv hammomida biroz qizdirib olish kerak bo’ladi. Idishdagi korishma bir oz sovigach quyuqlasha boradi va harorat 37-400 bo’lganda uni koliplarga kuyish mumkin. Qoliplar albatta sovitgichda kamida bir soat tutib turilgan bo’lishi kerak. Maxsus voronka yordamida korishma kolipga quyiladi. SHamchalar qolipdan yaxshi ajralishi uchun kolip uyalarini oldindan vazelin moyi yoki sovunli spirt bilan artish kerak. SHamchalar tulik kotguncha sovitgichda (taxminan 20-30 daqiqa) saqlanadi. Tayyor shamchalar yuqorida aytib o’tilgan tartibda jihozlanadi.

    Shamchalarni quyish usulda tayyorlashda kerakli asos miqdorini oldindan hisoblab topish kerak. Ma’lumki, qolip uyasining hajmi kakao moyi sig’imini ko’rsatadi. Masalan, qolip uyasining hajmi 3 g bo’lsa, u holda shu qolipda kakao moyidan quyib tayyorlangan shamchalar og’irligi 3 g bo’ladi deb tushuniladi. Dori modda ma’lum bir hajmni egallashini hisobga olgan holda, asos miqdorini bir oz kamaytirib olishga to’g’ri keladi. Aks holda kolipga korishmani kuyish vaqtida uning bir qismi ortib qoladi va natijada shamchalar tarkibidagi dori modda miqdori kam bo’lib qoladi (dozasi kamayadi). Demak, asosning kerakli miqdorini aniq bilish uchun dori modda qancha y hajmni egallashini topish kerak. Buning uchun urin olish koeffitsienti (Ku) yoki teskari o’rin olish koeffitsientidan (1/Ku) foydalaniladi.



    O’rin olish koeffitsienti 1 g kakao moyi egallagan hajmga qancha miqdor modda sigishini ko’rsatuvchi ko’rsatkichdir. Teskari o’rin olish koeffitsienti esa, 1 g dori modda egallagan hajmga qancha miqdor kakao moyi to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Kerakli asos miqdorini hisoblab topishda teskari urin olish koeffitsientidan foydalanish ancha osonroqdir. Amaliyotda keng qo’llanilayotgan dori moddalar uchun Ku va 1/Ku tajriba yo’li bilan hisoblab topilgan va maxsus jadvallarda keltirilgan. Masalan, kseroform uchun 1/Ku = 0,21. Bu degani 1g kseroform egallagan hajmiga 0,21 kakao moyi to’g’ri keladi. Agar shamcha tarkibidagi dori modda miqdori umumiy og’irlikning 5% idan kam bo’lsa, u holda Ku va 1/Ku dan foydalanilmasa ham bo’ladi.

      SHARCHALARNI KUYISH.

     Rp.: Dermatoli

    Ichthyoli 3,0.

    Ol.cacao q.s

    Ut.fiat suppos N 20.

    D.S. kuniga 1 shamchadan

     Agar shamchani og’irligi ko’rsatilmagan bo’lsa, hajmi 3 g kakao moyiga teng bo’lgan qolipni tayyorlash kerak. Bunda 54,0 kakao moyidan olib 3,0 ixtiol va 3,0 dermatolni aralashtirib massa hosil qilib koliplarga kuyish — umumiy og’irlik 60,0 bo’lishiga karamay, to’g’ri bo’lmaydi, chunki ixtiol bilan dermatolga nisbatan kakao moyining urin olish koeffitsenti hisobga olinishi kerak va unga nisbatan 3,0 ixtiol va 3,0 dermatol qanday hajmdagi kakao moyining urnini egallashi mumkinligi hisoblab chiqarilib, so’ng moyni gramm miqdori hisoblanishi kerak.

     Bunday vaqtda kakao moyidan 60,0 — (1,15 q 2,73) = 56,12 gramm olish kerak.



    Download 2.9 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




    Download 2.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Damlama va qaynatmani mexaniq iflosliklardan tozalanishi, tashqi ko’rinishi, o’ziga xos hidga ega bo’lishi

    Download 2.9 Mb.