Gidrofil surtma asoslari
Bu guruhga kiruvchi surtma asoslari surtilganda yog’ izini qoldirmaydi. Ular terida har xil tezlikda kuriydi. Bu kerakli vaqt oraligida terida ta’sir etuvchi moddani saqlab turadi. Suvning ajralib chiqishiga bog’liq bo’lganligi uchun bu moddalar sovituvchi ta’sir etadi. Gidrofil asoslar bir qancha dori moddalar bilan osongina aralashadi va ularni organizmning suvli tuqimalariga oson surilishiga imkon beradi. Fizik-kimyoviy tabiatiga kura bu guruh moddalari YUMB lar eritmalari, kolloid (yarim kolloid) gellari va suvda erimaydigan, ammo bukadigan moddalar dispersiyalaridir.
Sovunli asoslar
Sovun ixtiol, koramoy kabi dorivor moddalar uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin. Asos — sovunni suv yoki suv-glitserin aralashmasida eritib (suv hammomida), yoki stearin kislotasiga potash yoki kalsiyli soda eritmasini ta’sir ettirib olinishi mumkin. Sovutilgandan so’ng oson eruvchi, har xil qovushqoqlikka ega bo’lgan gidrogel yoki glitserogel hosil bo’ladi. Kaliyli sovun yumshoq gel beradi. Sovunli asos teriga oson suriladi. Ularning yuqori gidrotrop xususiyati tufayli ular yog’li asos bilan yaxshi aralashadi va emulsion asos hosil qiladi. Sovunli asoslar ishqoriy sharoitga ega. SHuning uchun ularni indifferent deb bo’lmaydi.
Jelatin-glitserinli asoslar
Jelatin-glitserinli asoslar har xil konsentratsiyadagi jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%) dan tayyorlanadi. bo’laklarga kirkib olingan jelatinni chinni idishda ko’rsatilgan miqdordagi suv bilan 3-4 soatga bukish uchun quyib quyiladi. Unga glitserin qo’shib aralashtiriladi va suv hammomida bir tusli suyuqlik hosil bo’lguncha qizdiriladi. Bir oz vaqt qoldirilsa yumshoq konsistensiyali massa hosil bo’ladi. Olingan asos teriga yaxshi surtiladi va suv bilan oson yuviladi. Jelatinli asoslar mikroorganizmlar ta’sirida tez ayniydi va o’zok saqlaganda sinerezisga uchrashi mumkin.
Tibbiy polisaxarid suyuqliklar va loyqalar
Kraxmal-glitserinli asoslar yoki glitserinli surtmalar. IX DF buyicha bugdoy kraxmali chinni idishda teng miqdordagi suv bilan aralashtiriladi va unga 93 g glitserin qo’shiladi. Olingan aralashma asta-sekin aralashtirilib turgan holda suv hammomida qizdiriladi, so’ng sovitiladi. Natijada yarim tinik, okish rangli massa hosil bo’ladi. Bu asos shillik qavatda oson tarqaladi va sekin suriladi. Asos kuz surtmalari tayyorlashda ham qo’llaniladi. Bu asos mikroorganizmlar ta’siriga chidamli, lekin struktura-mexaniq jixatidan chidamsiz. CHunki saqlash davomida u dagal xolga (sinerezis) kelib asos sifatida ishlatib bo’lmaydigan massaga aylanadi. V.M.Gretskiy va I.S.Ajgixinlarning ko’rsatishicha 5-6% li eruvchi kraxmal eritmasi (kraxmalni fosfor kislota bilan ishlash natijasida olingan) surtma asoslarining konsistensiyasiga ega bo’lib, sekin kuruvchanligi bilan ajralib turadi.
Dekstrinlar ham yuqori konsentratsiyalarda (50% gacha) surtma asoslari konsistensiyasini hosil qiladi.
Tragakant-glitserinli asoslar. Tragakant-glitserinli asoslar tarkibida 3% atrofida tragakant va 40% gacha glitserin saqlaydi. Bu asoslar tragakant kukunini oz miqdordagi spirt bilan maydalab suv-glitserin aralashmasi bilan buktirib olinadi. Oldindan spirt bilan maydalashga ahamiyat berish zarur. Bu asoslar kosmetik kremlar va buyida bo’lishning oldini oluvchi pastalar tayyorlashda ishlatiladi.
CHet el farmatsiya amaliyotida pektinli (pektin 7,5 g, glitserin 18 g, benzoy kislota 0,2 g va suv 100 g gacha), alginli (alginat natriy 2,5 g, kalsiy sitrat 0,2 g, glitserin 15 va suv 100 g gacha), mutsinli (Zig’ir urug’ining shilligi) asoslar va boshqa o’simliklardan tayyorlangan YUMB li asoslar ishlatila boshladi.
Mikroblardan olingan polimer polisaxaridlar. Mikroblarning yashash sharoitlari o’zgarishi davomida hosil bo’ladigan yuqori molekulali polisaxarid — dekstran, gidrofil surtmalarning asosi qilib taklif etilgan. Polimer glyukozalardan tashqil topgan. Molekula og’irligi 150 000 gacha bo’lishi mumkin. Dekstran eritmalari surtma hosil qiluvchi boshqa qovushqoq suyuqliklardan o’zining yuqori indifferentligi bilan ajralib turadi. Ular rangsiz, hidsiz, rN ko’rsatkichi 4,5 dan 6,5 gacha bo’ladi. Achitkisimon zamburug’lardan olingan pullulan moddasi surtma asosi olishda qo’llashga taklif etilgan. Bu yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan suyuqliklar xlortetratsiklin va geliomitsinli surtmalar uchun yaroqlidir. Bu surtmalarni o’zok saqlash uchun konservant qo’shish talab etiladi.
Sellyulozaning yarim sintetik hosilalari
Metilsellyuloza (MS) va natriy-karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) surtma asoslar tarkibida ishlatila boshlandi.
MS — oddiy efir. Metilsellyuloza molekulasiga metilguruhlar kiritish soniga qarab polimerlanish soni 150 dan 700 gacha bo’lgan efirlar olish mumkin. bo’larning molekula og’irliklari 30000 dan 140 000 gacha to’g’ri keladi. Metilsellyuloza eritmalarining asosiy xossalari uning qovushqoqligi bo’lib, u metoksil guruhlar soniga bog’liq. Farmatsiyada ishlatiladigan metilsellyuloza 26-33% metoksil guruhlar saqlaydi. Metilsellyuloza ok yoki sarik rangli tolasimon massa holida chiqariladi. Xom ashyoning hidi ham, mazasi ham bo’lmaydi. o’zok vaqt saqlanishi mumkin. Metilsellyuloza eritmasini tayyorlashning eng kulay yo’li: ulchab olingan modda 80-90 0S gacha isitilgan suv bilan qattiq aralashtirilib turgan holda ishlanadi. SHundan keyin sovuq suv qo’shiladi va bir jinsli yopishkok suyuqlik hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Metilsellyuloza eritmalari mikroorganizmlar ta’siriga chidamli hamda organizm uchun zararsiz, fiziologik jixatdan inert. Ular yuqori darajada boglovchilik, dispergirlovchi, xullovchi va adgeziv xususiyatiga ega. Metilsellyuloza sezilarli darajada sirt tarangligini pasaytiradi. SHuning uchun u yuqori emulgirlovchi xususiyatga egadir. Farmatsiyada shunga bog’liq holda faqatgina surtma tayyorlashda emas, balki boshqa hollarda ham ishlatiladi. MS eritmalari kuriganda shaffof, rangsiz, mustaxkam parda hosil qiladi. Hosil bo’lgan parda organiq erituvchilar, yog’lar va moylar ta’siriga chidamli bo’ladi.
Na-KMS — bu sellyuloza va glikol kislotasi oddiy efirining natriyli tuzi hisoblanadi. Polimerlanish darajasi 300 dan 3000 gacha, molekulyar og’irligi 75000 dan 750000 gacha. Ok yoki kulrang bir jinsli tolasimon modda bo’lib, sovuq hamda issiq suvda yaxshi eriydi. MS li va Na-KMS li asoslar odatda glitserin bilan birga quyidagi nisbatlarda olinadi: 1) MS 6 g, glitserin 20 g, suv 74 g; 2)Na-KMS 6 g, glitserin 10 g, suv 84 g va boshqalar. bo’larga konservantlar qo’shiladi. Asoslar shillik qavatlarning mahsuloti bilan yaxshi aralashadi. Bu esa dorivor moddani zararlangan qismga yaxshirok ta’sir kilishini ta’minlaydi.
Fitosterin asoslari
Fitosterin suvda erimaydigan ok yoki sargish kristallik kukun bo’lib, ular b-sitosterin, lignotserin spirti, lignotserin kislotasi, noorganiq moddalar, suv va tuyinmagan sterinlardan iborat. Buni ninabargli daraxtning yog’ochlangan qismidan 1938 yil F.G.Solodskiy tomonidan ishlab chiqarilgan usul buyicha olinadi. Fitosterinning asosiy xossalaridan biri uning suv shimish xususiyatidir. U o’ziga nisbatan 12 marta ko’p hajmdagi suvni oson shimib mustaxkam ushlab turadi. Agar kolbaga 92 ml suv quyib, uning yuzasiga aralashtirmasdan 8 g fitosterin sepilsa va uni 800S gacha suv hammomida qizdirilsa, 1 minut ichida bir jinsli kaymoksimon massani hosil kilish uchun bir necha marta chayqatishning o’zi kifoya. Hosil bo’lgan massa bir necha xafta davomida turg’un bo’ladi. Fitosterin asoslari saqlanish davomida kurib qoladi. Lekin qoldiqni suv bilan aralashtirilganda yana o’z holiga qaytadi. Bu qaytar jarayon quruq kukunsimon surtma konsentratlar tayyorlashga imkon yaratadi. Fitosteron asoslari xatto uta sezgir terida ham yaxshi qabul qilinadi. Ularning tarkibiga har xil dorivor moddalarni kiritish mumkin.
Polietilenglikol asoslari
Polietilenglikol (PEG) asoslari qattiq hamda suyuq PEGlarning kotishmalaridan tayyorlanadi. PEG yoki polietilenoksidlar (PEO) sintetik moddalar bo’lib, etilenglikol yoki etilenoksidni suv va kaliy ishqori ishtirokida polimerlanishidan olinadi.
Suvda eruvchi asoslar qatorida taxminan 40-yillarda PEG yuqori urinni egalladi. Bu quyidagi xususiyatlari bilan tushuntiriladi:
1. Molekulyar massasi xatto 1000000 gacha bo’lgan polimer gomologlari ham suvda yaxshi eriydi.
2. Gidrofil va gidrofob dori moddalarini eritishi.
3. Parafin va glitseridlar bilan aralashib turg’un ikki xil tipdagi psevdoemulsiyalar hosil kilishi.
4. Spirtda erishi va suvli eritmalarda dissotsiatsiyaga uchramasligi, elektrolitlar ta’sirida o’zgarmasligi.
5. Teriga yaxshi surkalishi va bir tekisda yoyilishi.
6. Molekulasi tarkibida birlamchi gidroksil guruhlar bo’lishi tufayli kuchsiz bakteriotsid ta’siriga ega ekanligi.
7. Osmotik aktivligi, bu hollarda PEG surtmalar yuvuvchi va tozalovchi vosita sifatida ta’sir qiladi.
PEG deyarli barcha davlatlar farmakopeyasidan, shuningdek X DF dan urin olgan.
Loytuproqli mineral asoslar
Farmatsevtik amaliyotida bentonit loylari ham ahamiyat kasb etadi. Ular bir birlik glinozemning ikki birlik kremnezem bilan boglanishidan tashqil topgan. Loytuprokli minerallar o’zlarining yuqori suv yutish xususiyati bilan ahamiyat kasb etadi. Masalan, bentonitlarning natriyli shakli suv bilan xullanganda bukadi va hajmini 15-18 marta oshiradi. Hosil bo’lgan yumshoq massa terida yaxshi taqsimlanadi va o’ziga ko’plab dorivor moddalarni qabul kila oladi. Loytuprokli minerallar kimyoviy indifferentligi bilan afzaldir. Bu esa ularning tarkibiga aktiv moddalar: kaliy permanganat, xloramin va boshqalar kiritish imkonini beradi. Farmatsevtik maqsadlar uchun bentonit va boshqa loytuproqli materiallar yot qo’shimchalardan va qumlardan tula tozalangan bo’lishi kerak. Bu ivitish, so’ngra kuritish orqali amalga oshiriladi. Temir tuzlari va boshqa yot moddalar saqlashiga qarab ularning rangi ok-kulrangdan tana rangigacha bo’ladi. Bentonit asosining eng oddiy tarkibi: 13-20% mineralning natriyli shaklidan, 10% glitserin va 70-77% suvdan tashqil topgandir.
Oqsil gellari. Oqsil deb amorf kremniy(II)- oksidiga aytiladi. Germaniyada bu aerosil, karuza, AKSHda kebosil deb ataladi. Oksil (aerosil) — ok amorf kukun bo’lib, o’lchami 4 dan 40 mkm gacha sferik formaga ega. U sochiluvchanligini yukotmay 15 dan 60% gacha suyuqlikni ushlab tura oladi. 10-12% li konsentratsiyada suvda qovushqoqligi kam bo’lgan okuvchan suspenziya hosil qiladi, konsentratsiya 17% gacha ko’payganda, yarim qattiq holga keladi, 20% da esa yaxshilab ezilsa gomogen surtma hosil qiladi. Aerosil organiq erituvchilar, efir moylari bilan gel hosil kilish xususiyatiga ega. M.P.Alyushin va M.M.Astraxanova esilon-aerosil asosini taklif kilishdi. Bu asos — «esilon-5» ni, 16% aerosil qo’shib quyuqlashtirish natijasida olingan. Bu asos yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan rangsiz, shaffof gel hisoblanadi. Bu asos Zaharli emas, mahalliy qitiqlovchi ta’siri yuk. Tarkibiga qo’shilgan dorivor moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Oldiniga aerosil yuqori aktiv kukun sifatida dorivor moddalarni o’ziga yutadi, suv ishtirokida esa tula desorbsiyalanadi va terapevtik ta’sir ko’rsatadi. Esilon-aerosilli asos o’zok vaqt saqlanganda bir-biridan ajralib qolmaydi. YUqori va past harorat ham ta’sir kilmaydi.
Emulsion surtma dori asoslari
Emulsion asoslar dorivor moddani suvli yoki yog’li fazaga kiritish imkonini yaratadi. Bu esa har xil tarkibli aralash tipdagi surtma dori turlarini tayyorlashga imkon tugdiradi.
Z. A. Nazarova suvli moddalar tipidagi asoslar antiseptik xususiyatli (etakridin, streptotsid, oltingugurt) moddalar bilan bifaol surtmalar hosil kilishini ko’rsatgan.
Suv-moy tipidagi emulsion surtma dorilarni ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u tugallangan, ya’ni suvli faza emulsiyalangan holda bo’ladi, yoki fazani ma’lum qismda asos tarkibiga kiritish imkoni bor bo’ladi. Ikkinchi holda surtma dorining korpusi suvli faza emulsiya tipida bo’lib, suv-yog tipini hosil qiladi. Yarim fabrikatlarning bu holati surtma dorilar asoslari sinfini tashqil qiladi, bu asoslar absorbsiyali asoslar deb ataladi.
Emulgator sifatida kam eriydigan ionlashadigan va ionlashmaydigan yuqori aktiv moddalar (PAV) ishlatilishi mumkin. Ionlashadigan emulgatorlar orasida YUAMlarning anioni aktiv guruhi mavjud bo’lib, ulardan asosiysi sovun hisoblanadi.
Surtmalar uchun emulsion asoslar.
40 g vazеlin suv xammomida 70 °S haroratda eritiladi va 2,4 g polisorba-80, 70 °С haroratgacha isitilgan 78 ml tozalangan suv bilan yaxshilab emulgirlanadi. Sovutib muzlatgichda saqlanadi. Mikrob kontaminatsiyasini oldini olish uchun 0,02 % natriy bеnzoat, 1G`2000 mеtilparabеn, 1G`4000 propilparabеn qo’shish tavsiya etiladi.46
Emulgatorlar — ko’p valentli sovunlar
Ko’p valentli metalli sovun suv-yog tipida yuqori dispers emulsiya tipini hosil qilib, yuqori miqdorda (70% gacha) suv saqlaydi. Ko’p valentli metall sovunning bu xossasi (BFITI) BFITI ning emulsion surtma dorilar asoslari ishi buyicha asoslab berildi. BFITI emulgator sifatida o’simlik yog’idan olinadigan yog’ kislotalari bilan rux birikmasini — emulgator sifatida ishlatishni taklif etdi (1-emulgator). Ayrim hollarda surtma dorilarning ruxli sovun bilan birga, kalsiyli sovun qo’shilib hosil qilgan emulgatori 2-emulgator deb yuritiladi. Emulgator tayyorlashda o’simlik yog’i bo’lishi shart emas, uning urniga smola kislotasini ishlatish mumkin. Bu holatda 3-emulgator hosil bo’ladi. Emulsion surtma dorilar asosini tayyorlashda ionlashmaydigan emulgatorlar ko’p tarqalgan. Ular qatoriga yuqori molekulali spirtlar va ularning hosilalari, yuqori molekulali xalqali spirtlar va ularning hosilalari, ko’p atomli spirt efirlari kiradi.
Surtma dorilar asoslari ichida keng qo’llaniladigan asoslardan biri spermatsetning gidroliz mahsulotlari hisoblanadi. Bularga setil spirti S 16N33 ON va stearin spirti S18 N43ON lar kiradi. Setil spirti 50 0S, stearil spirti esa — 59 0S haroratda eriydi. Ikkalasi ham yaxshi emulgator hisoblanadi.
MDXda yuqori molekulali spirtlarning manbai kashalot yog’idir, uning asosini setil spirti va olein spirti tashqil qiladi. Tana yog’ida ularning miqdori 90% gacha, tana ichki qismida 70%dan yuqori. Emulgator №1 15 qismini kashalot yog’idan olingan yuqori molekulali spirt sulfat kislotasining natriyli tuzi bilan bergan efiri tashqil qiladi va 85 qismini kashalot yog’i tarkibidagi erkin yog’ moy kislotalari tashqil qiladi. VNIXFI №1 emulgatori rasmiy bo’lib, 10-20% gacha qo’shilishi mumkin. Ishlab chiqariladigan yuqori yog’ spirtlari emulgator qatoriga kirib, kosmetik surtma dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U yuqori molekulali spirt va fosfat kislota efirining kaliyli tuzidan tashqil topgan 30% emulgator va 70% kashalot yog’ining yuqori molekulali spirtlari eritmalari emulsion mum nomi bilan ataladi. Bu bir xildagi qattiq massa bo’lib,rangli, pH 5,8 dan 7,0 gacha, yog’larda yaxshi eriydi, uglevodorod va suyuq yog’larda ham eriydi. Vazelinda 5% emulsion mum 28% suvni emulsiyalaydi.
Emulgatorlar, yuqori molekulali xalqali spirtlar va ularning hosilalari
Asosiy tabiiy mahsulot, xalkali spirtlar saqlaydigan mahsulot bu lanolindir. Lanolin yog’ va uglevodorodlarga qo’shilganda ular eritmalarida emulgator vazifasini bajaradi. Ma’lum miqdorda suv va spirtli suyuqliklarni absorbsiyalaydi. Lanolinning kamchiligi shundaki, uning hidi allergik holatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Gidrolon — suvi tortib olingan lanolin bo’lib,u yumshoq sharoitda olinadi (harorat 200 0S, bosim 150 atm). Natijada rangsizlanadigan va hidli mahsulot olinadi, bu mahsulot lanolinga karaganda emulsiyalash xususiyati birmuncha yuqoridir.
Yung osti mumi spirtlari. Lanolinni oddiy gidrolizlash bilan, ya’ni ishqorning konsentrlangan ajratmasi bilan gidrolizlab olinadi. Bu yo’l bilan olingan aralashma tarkibida etarli miqdorda holesterin spirtini saqlab kolish mumkin. Preparat tarkibi (urtacha ko’rsatkichlar buyicha): 30% holesterin, 25% triterpenlar, 15% atsiklik diollar va 25-30% aniq bo’lmagan moddalarni tashkil qiladi. CHet ellarda yung osti mumi spirtidan tarkibida yuqori miqdorda suv saqlaydigan emulsion surtma dorilar asoslarini olishda keng ishlatiladi. Masalan, murakkab suvli surtma dori. Britaniya farmakopeyasidan topish mumkin. Dastlab eritma tayyorlab olinadi, 3 g yung osti mumi spirti va 12 g parafin, 5 g vazelin va 30 g vazelin moyi olinadi: bunda korpus hosil bo’ladi, keyin 50 ml suv bilan aralashtiriladi.
XNIXFI ning ko’rsatmasi buyicha (1968) yung osti mum spirti bilan surtma dorilar asoslari shu tarkibda va xuddi shu tartibda tayyorlanadi, faqat parafin serezin bilan aralashtiriladi. Bu surtma dori asosi ko’pgina dorivor moddalar xossalariga mos keladi (reaksiyaga kirishmaydi). Bu spirtni saqlash jarayonida uni oksidlanishdan saqlash maqsadida qaytaruvchilar (antioksidant) qo’shiladi.
Holesterin. Holesterin yung osti mumi spirtning tarkibini asosiy qismini tashqil etadi. Holesterin yuqori darajada emulsiyalash va teri orqali o’tkazuvchanlikni oshirish xususiyatiga ega. CHuchka yog’i teri osti yog’iga 10% miqdorida qo’shilsa, gidrofillanish (suv shimish, xullanish) xususiyatini 218% gacha, sarik vazelinga qo’shilsa, 235% gacha gidrofillash kobiliyatini oshirish mumkin.
Atsetillangan lanolin. Lanolin sirka angidridi bilan tozalash yo’li bilan olinadi. Birinchidan, 5% gacha miqdorda qo’shilganda turg’un surtma dori asosini hosil qiladi, surtma dorilar hosil kilish konsistensiyasini (uz holatini) past haroratlarda saqlab tura oladi.
Polioksietillangan lanolin. Bu birikma oksietilen lanolinning efir guruhiga birikishi yo’li bilan hosil bo’ladi.Suvda eriydigan lanolin ikki markada olinadi: «Vodlan-45», rN 8 va «Vodlan-60», rN 7,1. Polioksietillangan lanolin suyultirilgan etil spirtida ham eriydi. Agar 3% miqdorda qo’shilsa, yumshoq surtma dori (krem) asosi hosil bo’ladi.
Polimerlangan glitserin hosilalaridan olingan emulgatorlar
Bu guruhga T-2 va T-1 qattiq emulgatorlar yordamida olingan surtma dori asoslari kiradi, bu asoslar margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ulardan birinchisi diglitserinning stearin kislotasi bilan hosil qilgan tulikmas mono-va diefirlari aralashmasidir. T-2 esa shu aralashmani triglitserin distearatlari bilan hosil qilgan aralashmasidir. 1956 yilda E.N.Kutumova T-2 emulgatori asosida surtma dori asoslaridan birini yaratdi, tarkibi: 6 qism vazelin bilan 1 qism emulgatorning 3 qism emulsiya suvi aralashmasidan tashqil topgan bo’lib, ko’rinishi ok yumshoq surtma dori holidagi massa.
Span emulgatorlari
Bu sorbitanning yuqori yog’ kislotalari bilan bergan tulikmas efiridir. Sorbitan sorbitol olti atomli spirtidan hosil bo’ladi. Bu birikma xalkalanganda xuddi tetragidropiron va tetragidrofuran birikmalari singari tuzilishga ega bo’ladi. Sorbitan furan tuzilishida degidratlanganda bitsiklik angidrid holiga utadi va bu birikma sorbit deb ataladi, buni ham yog’ kislotalari bilan eterifikatsiyalash mumkin. Sorbitan bilan qanday kislota birikishiga qarab har xil spanlar hosil bo’ladi, bu spanlar asosdagi kislotasiga qarab har xil xususiyatli bo’ladi va shunga qarab nomlanishda nomerlari bilan farqlanadi. Span-20, Span-40, Span-60 va x.k.Spanlar lipofil birikmalardir. CHunki ular moylarda, spirt, atseton va xloroformda yaxshi eriydi. Suv-yog tipidagi emulsiya hosil qiladi. Ionlashmaydigan harakterdagi dorivor preparatlardan surtma dori tayyorlashda keng ishlatiladi.
Emulgator-pentol. Turt atomli pentaeritrit spirt va olein kislotasining 19% mono-, 55% di- va tetraefirlaridan tuzilgan. Bu birikma Rossiya ilmiy tekshirish instito’tida sun’iy va tabiiy holatlarda olingan. bo’larni V.M.Gretskiy urganib farmatsiya amaliyotida ishlatishga tatbik etdi. Vazelin 5% pentol bilan turg’un yuqori dispers emulsion sistema hosil qiladi, bu 50-60 % suv bilan suv-yog tipidagi emulsion sistema , yuqori aktivlikka ega bo’lib, salbiy xossalari yuk. Bu asos saqlashga ancha turg’un, sovuq va qizdirganda ham o’z xususiyatini o’zgartirmasdan saqlab qoladi.
Yog’-shakar emulgatori. yog’-shakar emulgatori saxarozaning yuqori yog’ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiridir. Saxaroza va yog’ kislotalari (stearin, palmitin, laurin) bu emulgatorni olishda xom ashyo hisoblanadi, yoki bo’lar urniga o’simlik yog’lari va kokos, palmitat kislotalari aralashmalari ishlatilishi mumkin. Saxaroza molekulasida 8 OH guruhi bor bo’lib, ularni eterifikatsiya yo’li bilan har xil sirt aktivlik xususiyatini namoyon qiluvchi ko’plab birikmalarni sintez kilish mumkin. o’zining xususiyatiyatiga ko’ra sirt aktiv moddalardir va emulgator sifatida qo’llash mumkin. Palmitin va stearin kislotalarining diefirlari (2%) miqdorda vazelin moyi (47%) bilan suv (45%), metilsellyuloza (1%) va serezin (5%) ular bilan aralashtirilganda suv-yog tipidagi turg’un konsistensiyali emulsiya hosil bo’ladi. Metilsellyuloza va serezin bu erda ivituvchi vazifasini utaydi. Bu asos va dorivor moddalarning rezorbsiyasi (salitsil kislotasi, sulfatsil-natriy) vazelinga karaganda yaxshi natija beradi. Bu emulgator toza holda, rangsiz kristallik modda bo’lib, hidsiz va ta’msiz. 100 0S haroratgacha chidamli 120 0S dan boshlab eriy boshlaydi. Organizmda yog’ kislotalariga, glyukozaga va fruktozaga parchalanadi. Terida allergik holatlarni chakirmaydi, rN ko’rsatkichni normal saqlab turadi, suv balansini ham normada ushlab turadi.
Yog’-suv tipidagi emulsion asoslar
Emulgator sifatida ionlashmaydigan va ionlashadigan SAMlar ishlatiladi. Ishqoriy metallar sovuni-emulgator. yog’ kislotalar natriyli, kaliyli va ammoniyli tuzlar gidrogenlangan yog’larni va o’simlik yog’larini yaxshi emulgirlaydi. Ko’prok suyuq surtma dorilarni tayyorlash uchun kulay. Moyli faza yuzasida adsorbsion qavat hosil kilish bilan emulsion asosning turg’unligini oshiradi.
Alkilsulfat emulgatori. YUqori molekulali spirtlarning sulfat kislotasi bilan hosil qilgan efirdir. Umumiy formula /SN3/SN2/p va O-OzX bilan ifodalanadi. Bu birikmalar uchun — O OzX guruhi bor. Alkil zanjiri 9-18 ta uglerod atomidan tuzilgan bo’lishi mumkin. Ko’prok yog’-suv tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun alkilsulfatlarning natriyli tuzi ishlatiladi.
CH3/CH2/10SN2 — O — ONa natriylaurinsulfat
CH3/CH2/14SN2 — O — ONa natriysetilsulfat
CH3/CH2/16SN2 — O — ONa natriystearilsulfat.
Natriy laurilsulfat gidrofil, ya’ni suvda eruvchan surtma dorilar asosining emulgatori bo’lib, 1965 yilda AKSH farmakopeyasida qabul qilingan. Alkil sulfatlar bilan bir qatorda yog’-suv tipidagi emulsion surtma dorilarda emulgator sifatida bir qator alkilsulfatlar ham ishlatiladi, masalan: natriyatsetilsulfanat SN3/SN2/14SN2 — O — ONa. Farmatsevtik praktikada yog’-suv tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun noionogen emulgatorlar ham keng qo’llaniladi, bo’larning gidrofil xususiyati oksietillanishi bilan birga birdan oshib boradi. Bu emulgatorlar molekulasiga 10-20 ta va undan ko’prok oksietil guruhlarining kirishi SFMlarni to’liq yoki juda oson suvda erishiga olib keladi. Bu emulgatorlar span hosilalari ichida katta ahamiyatga ega. Odatda bitta span molekulasiga 20 ta molekula etilen oksidi birikishi mumkin.
Tvin emulgatori
Tvinlar spanni etilenoksidi bilan qayta ishlashda, natriy gidroksidi katalizatorligida olinadi. Eterifikatsiya jarayoni erkin guruhi bor joyda boradi.
qanday span eterifikatsiya reaksiyasiga kirishganligiga, etilen oksidi bilan polimerlanishi darajasiga qarab quyidagi tvinlar farmatsiyada ishlatiladi (12-jadval)
Tvinlar suvda yaxshi eriydi, organiq erituvchilarda sterilizatsiya paytida parchalanmaydi.Tvinlar birinchi marta 1958 yilda Rossiya ilmiy tekshirish instito’tida organiq yarim o’tkazuvchilardan va buyoklardan sintezlangan.
15- jadval
Farmatsiyada ishlatiladigan tvinlar
№
|
Amaliyotdagi nomi
|
Kimyoviy tarkibi
|
GLB
(1)
|
p
|
Konsistensiyasi
|
1.
|
Tvin –20
|
Polioksietilen –(20) – sorbitanmonolaurat
|
16,7
|
6
|
suyuq
|
2.
|
Tvin –40
|
Polioksietilen – (20) – sorbitanmonopalmitat
|
15,6
|
6
|
“---”
|
3.
|
Tvin – 60
|
Polioksietilen – (20) – sorbitanmonostearat
|
14,9
|
6
|
“---”
|
4.
|
Tvin – 61
|
Polioksietilen – (4) – sorbitanmonostearat
|
9,6
|
2
|
“---”
|
5.
|
Tvin – 65
|
Polioksietilen – (20) – sorbitantristearat
|
10,5
|
6
|
qattiq
|
6.
|
Tvin – 80
|
Polioksietilen – (20) – sorbitanmonooleat
|
15,0
|
6
|
“---”
|
7.
|
Tvin – 81
|
Polioksietilen – (5) – sorbitanmonooleat
|
10,0
|
2
|
“---”
|
8.
|
Tvin – 85
|
Polioksietilen – (20) – sorbitantrioleat
|
11,0
|
6
|
“---”
|
Asos tanlash qoidalari
Surtmalar tеxnologiyasida asos tanlash bir qancha faktorlarga bog’liq:
Surtma tarkibidadan dori moddasini jaralib chiqish tеzligi;
Dori moddasini maxalliy еki tеri orqali absorbatsiya bo’lishi;
Tеrida namlikni ushlab qolinishini ta'minlanishi;
Dori moddasining srutma tarkibida turg’unligini ta'minlanishi;
Oson yuvilishi kеrak;
Surtmaning ishlatiladigan yuzalarini xususiyatlarini e'tiborga olish47.
Surtmalarning tеrapеvtik ta'sirini oshiruvchi moddalar.
Farmatsеvtik tеxnologiyada suv tozalangan suv aloxida ahamiyatga ega,
chunki tеri orqali so’rilib o’tadigan barcha moddalar suvda yaxshi erish xususiyatiga ega. Surtmalar transkutan (tеri orqali) ta'sirga ega moddalar saqlaydi masalan, dimеtilsulfoksid (DMSO). Lеkin uning qo’llanilishi bugungi kunda uning nojuya ta'siri xaqida kup sonli maqolalarda kеltirilgan. Bugungi kunda boshqa organik erituvchi-laurokapram (Azone) (1-n-Dodecyl=Azacycloheptol-2-Ketone) DMSO ni o’rnini bosmoqda. Bu modda surtma tarkibiga 5 % miqdorda kiritish tavsiya etiladi.
Farmatsеvtika amaliyotida bugungi kunda tеrining o’tkazuvchanligini oshiradaigan yordamchi moddalar ishlatilmoqda. Bular erituvchi, mochеvina va surfoktantlardir: N-S-dietil-mеta-toluolamid, Transkutol, Azone, dietiltoluolamd, propilеnglikol va uning efirlari, Butandiol, мочевина.Yuqori samradaorlik ta'sirga ega bo’lsa ham bu moddalar, tеri qitiqlash xususiyatini namoyon qilishi mumkin. Shuni e'tiborga olib zarrachalarnin maksimal maydalash maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqori dispеrs darajada maydalangan dori moddalar katta yuzaga ega bo’lib, maydalik darajasini xisobiga yuqori ajralish tеzligiga ega.48
Surtma tayyorlash qoidalari
Surtmalar tеxnologiyasida toza farmatsеvtik substantsiyalar qo’llash tavsiya etiladi. Tablеtka еki eritma ko’rinishidagi moddalarni qo’llash tavsiya etilmaydi, chunki ular tarkibidagi yordamchi va bog’lovchi moddalar sifatli surtma tayyorlash uchun xalakit bеradi49.
Surtmalar tеxnologiyasida qo’llaniladigan asbob uskunalar
Shisha va chinni plastinkalar, ularga asoslar o’tkaziladi va shpatеl bilan aralashtiriladi. Xavonchalar, xavoncha dastalari ishlatiladi. Agar ko’p miqdorda surtmalar tayyorlansa mеxanik aralashtirgichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
|