Pasport: Borat kislotasi 4,0 Jelatina 8,75 Tozalangan suv 17,5 Glitserin 43,75
Dorixatda shamcha og’irligi ko’rsatilmaganligi uchun qoidaga kura 3 g li qilib tayyorlanishi kerak. Asos miqdorini hisoblash xuddi kakao moyi kabi bo’ladi. 3,0x20=60 g kakao moyi faraz qilinadi. 0,2x20=4 g dorixat buyicha borat kislotasi olinishi kerak. Borat kislotasi uchun 1/Ko’=625 bo’lgani uchun uning egallaydigan hajmi 4,0*0,625=2,5 kakao moyiga teng. 60,0-2,5=57,5 g kakao moyi olinadi. Moyli asosdan jelatin-glitserinli asosga o’tish uchun o’tish modulidan foydalaniladi: 57,5x1,21=70 g yoki 57,5x0,826=70 g. Demak, 20 ta shamcha tayyorlash uchun 70 g jelatin-glitserinli asos kerak ekan. Asos tarkibiga kiruvchi moddalar nisbatini (1:2:5) hisobga olgan holda jelatinadan 8,75 g, suvdan 17,5 g va glitserindan 43,75 g olinadi.
Avval asos tayyorlab olinadi va issiqligida unga yaxshi maydalangan borat kislotasi vazelin moyi bilan aralshtiriladi. Massa bir oz sovigach, qoliplarga quyiladi va yuqoridagi kabi jihozlanadi.
Sovun-glitserinli asos. X DF da keltirilishicha, bu asos tarkibi quyidagicha:
Natriy karbonat — 2,6 Stearin kislota — 5,0 Glitserin — 60,0
Ko’rsatilgan bu tarkib 20 dona sovun-glitserinli shamcha tayyorlash uchundir, ularni glitserinli shamchalar deb ataladi.
Rp.: Suppositoriae Glycerini № 20
M.D.S. Yotishdan oldin 1 shamchadan to’g’ri ichakka.
Glitserinli shamchalarni tayyorlash uchun avval kumli hammomda 60 g glitserinni chinni kosachaga solib qizdiriladi va unda 2,6 g kristallik natriy karbonat eritiladi, so’ng 5 g stearin kislotasi oz-ozdan qo’shib boriladi. Stearin kislotasini birdaniga qo’shib bo’lmaydi, aks holda hosil bo’layotgan karbonat angidrid gazi pufakchalari korishmani ko’pirtirib yuborishi mumkin. qizdirish jarayonida kislota va ishqor o’zaro reaksiyaga kirishib natriy sovuni hosil bo’ladi. Qorishmaning tiniq holatga kelishi va gaz pufakchalarini yukolishi sovun-glitserinli asos tayyor bo’lganini bildiradi. Tayyor asosni oldindan vazelin moyi surtib quyilgan qoliplarga quyiladi va sovitiladi hamda yuqoridagi kabi jihozlanadi. Bu shamchalarga boshqa dori modda qo’shilmagan holda engil surgi sifatida ishlatiladi.
Shamchalarning sifatini baholash.
SHamchalar sifatiga baho berishda barcha dori turlaridagi kabi avval tegishli xujjatlar (dorixat,pasport) tekshiriladi. So’ngra shamchalarning rangi, hidi, yot zarrachalardan holiligi, qanday joylanganligi, qanday idishda va qanaqa yorliqlar bilan jihozlanganligi kuriladi. Asosiy e’tibor karatilishi kerak bo’lgan sifat ko’rsatkichlari quyidagilardir:
1. Dozalashdagi aniqligi va shakli. Bu ko’rsatkichlar xuddi dorixatda ko’rsatilgandek bo’lishi kerak.
2. Bir xil aralashganligi - shamchani kundalangiga kirkib kurilganda uning yuzasi bir xil ko’rinishda bo’lishi, yigilib qolgan kakao moyi yoki dori modda kuzga tashlanmasligi kerak.
3. Shamchalar etarli darajada qattiqlikka ega bo’lishi kerak.
4. Tayyor shamcha kesimida xavo bo’shliqlari uchramasligi kerak.
5. O’rtacha og’irlik 20 ta shamchani 0,01g gacha aniqlikda tortib topiladi. O’rtacha og’irlikdagi chetlanish 5% gacha bo’lishi mumkin. Ko’pi bilan 2 ta shamcha uchun 7,5% (XI DF) yo’l quyiladi.
6. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun erish harorati XI DF da berilgan usul buyicha aniqlanadi (DF XI, 2 bob, 151 bet “SHamchalar” maqolasi).
7. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun tulik ezilish (deformatsiyalanish) vaqti XI DFda berilgan usul buyicha aniqlanadi. (DF XI, 2 bob, 151 bet “SHamchalar” maqolasi).
8. Suvda eruvchan asoslarda tayyorlangan shamchalar uchun erish vaqti aniqlanadi, bu vaqt 60 daqiqadan oshmasligi kerak.
9. Agar Davlat farmakopeyasida biror modda bilan tayyorlangan shamcha uchun xususiy maqola berilgan bo’lsa, u holda tekshirilayotgan shamcha shu maqoladagi talablarga to’liq javob berishi kerak.
Shamchalarning to’liq deformatsiyalanish vaqtini aniqlash. XI DF ko’rsatmasiga binoan, shamchalarni tuliq deformatsiyalanish vaqti Kruvchinskiy qurilmasida aniqlanadi. Bu kurilma o’zunligi 235mm va diametri 14,7 mm li, urta qismi toraygan (torayish eni 5-6 mm, o’zunligi 15 mm) shisha naydan tashqil topgan bo’lib, pastki tomondan rezina qopqoq bilan berkitilgan. SHisha naycha 370 haroratni ta’minlab turuvchi shisha silindrga joylanadi. SHisha naychaga shamcha solinib, ustiga og’irligi 30 g, o’zunligi 180 mm, yuqori diametri 9 mm, pastki diametri 14 mm ni tashqil qilgan shisha naychani kuyamiz va shamcha nayning toraygan qismidan tulik o’tish vaqtini belgilaymiz. Shamchalarning to’liq deformatsiyalanish vaqti XI DF talabiga binoan 3-15 daqiqa bo’lishi kerak.
Shamchalarni saqlash
Moyli shamchalar va sharchalar yupqa pergament qog’oz, mumlangan yoki parafinli qog’oz bo’lakchalariga o’ralgan holda chiqariladi.
Jelatina-glitserinli asosda chiqarilgan sharchalar qog’ozga o’ralmaydi, ularni gofrillangan qalpoqchalar ichiga joylashtiriladi va karton qutiga joylanadi.
Tayoqchalar gofrillangan qog’ozcha ustidan pergament qog’oz bo’lagi bilan yopiladi va tayyorlangan karton qutiga joylanadi.
24-rasm Rectal shamchalar uchun qoliplar 43
Shamchalarni sovuq va quruq joyda saqlash kerak.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.
Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
21- Ma’ruza
Mavzu 21. Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash.
Ma’ruza maqsadi: Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlashga oid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Surtma-unguentum
Gidrofob-suv bilan yaxshi namlanmaydigan
Gidrofil- suv bilan yaxshi namlanadigan
Difil- emulsion asos (gidrofillik va gidrofoblik xususiyati mavjud)
Reja:
1. Asoslarning tasnifi
2.Dori moddalarning surtma asosiga qo’shish qoidalari
3. Surtma tayyorlashning asosiy texnologik bosqichlari
Surtmalar, malhamlar, sham dorilar, xab dorilar tibbiyot qalamchalari yumshoq dori turlari deb aytiladi. Ular turli xil dispers sistemaga taallukli bo’lib, yumshoq konsistensiyaga (holatga) va umumiy uxshashlik belgilariga ega. Masalan: surtmalar, shamlar mayin yopishkok muxitga ega. Xab dorilar muloyim hamirlardan tayyorlanadi va faqat saqlanishi davridagina kurib qattiq konsistensiyaga aylanadi.
Bu shu bilan tushuntiriladiki, ko’pgina surtmalar, shamlar sanoat korxonalarida tayyorlanadi. Plastirlar, gorchichniklar, meditsina kalamchalari, kapsulalar, kapsulaga uralgan dorilar faqat korxonalarda ishlab chiqariladigan dori turlaridir. Surtmalar — sirtga qo’llaniladigan dori turlari bo’lib, ular yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklardir. Teri yoki shillik qavatlar ustida tekis, okmaydigan yupka sirt hosil kilish xususiyatiga ega. Surtmalar xona haroratida o’zining yopishqoq holatini saqlaydi va harorat oshirilganda oquvchan suyuqlikka aylanadi. Surtmalar dispersologik tasniflanishi buyicha erkin har tomonlama dispers shaklsiz muloyim yoki mayin aralashma. Tipik suyuqliklardan ular oquvchanligining yuqligi bilan farqlanadi.
Surtmalar — qadimiy dori turlaridan biri bo’lib zamonaviy meditsinada ham ularning ahamiyati katta.
Surtmalar qo’llanishi buyicha: 1. Zararlangan teri va shillik qavatlarni yomon gazlar, organiq erituvchilar va chang bilan ifloslanishdan saqlash uchun. 2. Sovuq olganda va kuyganda yaraga dori moddalarni kuyish uchun. 3. Teri kasalliklarini davolashda dori moddalarni teriga surtish uchun yoki organlarda ketayotgan patologik o’zgarishlarni davolash uchun dori moddalar teriga surtiladi va u erdan konga surilib butun tanaga ta’sir qiladi. 4. To’g’ri ichak kasalliklarini davolashda. 5. Kuz va burun shilliq qavati zararlanganda dori moddalarni kuyish uchun. 6. Sochni yuqotish va davolash uchun 7. Jun bilan qoplangan terilarga insektitsid vositalar kuyish uchun. 8. Kosmetikada (terini yumshatish, pigment doglarni yuqotish va boshqalar).
Surtmalar dori modda va asosdan tashqil topadi.
14-jadval
Ta’siri bo’yicha surtmalar
Preparat turi
|
Teri orqali o’tishi
|
Asoslar
|
Epidermik
|
Teri orqali o’tmaydi eki juda kam o’tadi
|
Lipofil
|
Endodermik
|
Derma oqali o’tadi
|
Absorbsion
|
Diadermik
|
Teri orqali o’tadi, maxalliy va umumiy ta’sir qiladi
|
Emulsion va suvda eriydigan44
|
Surtmalarning tasniflanishi
Surtmalar tibbiyotda qo’llanishiga qarab tasniflanishi mumkin. Ammo surtmalarda foydalaniladigan surtma asoslarini hisobga olgan holda fizik-kimyoviy tuzilishi buyicha tasniflanish surtmalar to’g’risida aniqrok ma’lumot beradi. Surtmalar dorixati xilma-xildir. Bu bir tomondan surtma asoslarining ko’pligi, ikkinchi tomondan surtma tarkibiga kiruvchi dori moddalarning xilma-xilligi bilan tushuntiriladi.
Surtma yumshoй dori turi bo’lib, sirtga va shilliq qavatlarga ishlatish uchun mo’ljallangan dori turi.
Pastalar quyuq, qattiq surtmalar bo’lib, tеri tеmpеraturasida eriydigan, himoya vazifasini bajaradi. Odatda pastalar 25% dan ko’p dori modda saqlaydi.
Krеmlar tiniq emas еki quyuq suyuqliq, sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan. Dori modda va suvli еki moyli fazaga kiritilgan bo’lib, asosan moy-suv, suv-moy tipdagi quyuq emulsiyalar ko’rinishida bo’ladi.
Losonlar sirtga ishlatish uchun suyuq emulsiyalar еki suspеnziyalar bo’lib, quyoshdan himoyalovchi vositalar tarkibiga kiradi.
Surtma(surtma, pasta, krеm, loson) turining tanlashda uning tеriga bo’lgan trandеrmal ta'siri va dori qo’llanilmoqchi bo’lgan tеri holatini hisobga olish zarur. Krеmlar suvli yaralarga qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki krеmlar dеgidratatsiya xususiyatiga ega bo’lib, tеri yuzasidagi suyuqlik asos bilan aralashib, tеri yuzasidan chiqariladi. Losonlar asosan tеrining o’zaro bir biri bilan tеgib turuvchi qismlariga qo’llaniladi (masalan: barmoqlar orasi, son orasi, qo’ltiq osti) chunki ular yumshatuvchi xossasi bor45.
Surtmalarning asos tipi bo’yicha tasniflanishi:
1. Gidrofob asosli surtmalar
2. Gidrofil asosli surtmalar
3. Emulsion (difil) — asosli surtmalar
a) suv/yog tipidagi emulsion asosli surtmalar
b) yog’/suv tipidagi emulsion asosli surtmalar
Dispers sistemalar bo’yicha surtmalarning tasniflanishi.
1. Gomogen surtmalar: a) qotishma tipidagi surtmalar, b) eritma tipidagi surtmalar, v) ekstraksion surtmalar.
2. Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b) uch va ko’p fazali sistemalar
3. Emulsion surtmalar: a) suv/yog tipidagi emulsion surtmalar, b) yog’/suv tipidagi emulsion surtmalar.
4. Aralash tipdagi surtmalar
Gomogen surtmalar guruhiga o’zaro eruvchan dorilarni asosda eritish bilan hosil bo’lgan yog’li surtmalar, surtma asosida erigan dorilardan hosil bo’lgan surtmalar va dorilarni surtma asoslari tarkibiga ekstraksiya yo’li bilan kiritilgan surtma turlari kiradi. Surtmalarning bu guruhchasi dorilar va surtma asoslari urtasidagi oralik fazasining yukligi bilan harakterlanadi. Biroq bunday surtmalarni tulik gomogen sistema deb qarash xato bo’ladi, chunki surtma asoslarning o’zi turli xil mikro-va ultramikrokristallik qo’shimchalardan iborat bo’lishi mumkin. Surtma suspenziyalar tarkibiga esa suv va yog’da erimaydigan dori moddalar kiradi. Rezorsin, pirogallol, rux sulfat, simob dixlorid, segnet tuzlari ham suspenziya yo’li bilan kiritiladi, bu moddalar suvda eriydi, ammo suvda eritib kiritilsa, teriga zararli ta’sir ko’rsatadi. Yana shunday moddalar suspenziya yo’li bilan kiritiladiki, ularning erishi uchun ko’p miqdorda suv talab qiladi; bo’larga natriy tetraborat, bor kislotasi kiradi. Suspenzion surtmalar tarkibida bitta va undan ortiq dori moddalar bo’lishi mumkin, lekin ularning har biri o’z oraliq faza chegarasiga egadir. Xuddi mana shu xususiyatga asoslangan holda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko’p fazali sistemalarga bo’linadi.
Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida eruvchi dori moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi sababli hosil bo’lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo’lib, undagi dispers muxit moyli asos hisoblanadi.
Ko’pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada yuqori dispers va turg’un bo’ladi. Lekin shunday surtmalar ham borki, ular dispers muxitning yuqori qovushqoqligi sababli turg’undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat bo’ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashqil topgan bo’ladi.
Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan dori moddalari
Hozirgi kunda barcha farmakologik guruhlarga kiruvchi dori preparatlari surtma dori holida ishlatilmoqda. Asosan antiseptik dori vositalari, sulfanilamid preparatlari, gormonlar va ularning analoglari, antibiotiklar, vitaminlar, zamburug’ kasalliklarini davolovchi dori vositalari keng qo’llanilmoqda. Ular organik va noorganik moddalar bo’lishi bilan birga, ularning fizik-kimyoviy xossalarini va agregat holatlarini belgilovchi har xil kimyoviy tabiatga ega (metall oksidlari va ularning tuzlari, kislotalar, asoslar, efirlar). qo’llaniladigan ko’p preparatlar qattiq dori moddalardir, lekin har xil yopishqoqlikka ega bo’lgan suyuqliklar ham bor (Burov suyuqligi, efir moylari, qoramoy, vinilin va boshqalar).
Surtma asoslari
Surtma asoslarini tanlash kasallikning joyi va harakteri, shuningdek tavsiya etilgan dori moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq. Surtma asoslarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Surtiladigan, ya’ni kerakli struktura-mexaniq xossaga ega bo’lishi kerak.
2. Dori moddalarni yorug’lik, xavo ta’sirida o’zgartirmaslikni ta’minlashi kerak, ya’ni kimyoviy turg’un bo’lishi lozim.
3. Dori moddalarni o’ziga yaxshi qabul qilishi kerak. Dori moddalar ta’sirini oshirish xossasiga ega bo’lgani ma’qul.
4. Surtma asoslari dori ta’sirini o’zgartiruvchi xossaga ega bo’lmasligi kerak. Ular teri va shilliq qavatning asl sharoitini saqlab turishi kerak.
5. Mikroorganizmlar ko’paymaydigan bo’lishi kerak.
6. Asoslar o’zining davolash tavsiyasiga to’g’ri kelishi kerak. Masalan, himoya surtmasi teriga surtilgan vaqtda teri ustida zich yopishib yuzasi tez kurib, ta’siri ish vaqtining oxirigacha saqlanib turishi kerak. Sirtga qo’llaniladigan surtmalar teri orqali surilmasligi kerak. Rezorbtiv ta’sirga ega bo’lgan surtma asoslari esa, aksincha, teriga chukur surilib qon va limfaga dori moddalarining surilishiga yordam berishi kerak.
7. Kiyimlarni iflos kilmasligi, uta yopishkok bo’lmasligi, sovun va suv bilan oson yuvilishi kerak. SHifokor har xil surtma asoslari yozib beraverishi mumkin. Kasalni davolash asosni to’g’ri tanlashga bog’liq. Zamonaviy farmatsiya juda ko’p surtma asoslarini qo’llaydi. Bunga sabab surtma holida tavsiya etiladigan dori moddalarning turli xil fizik-kimyoviy xossaga ega ekanligidir. Demak, surtma asoslarining shunday tuplami bo’lishi kerakki, unda har bir surtma uchun eng ratsional asosni topish qulay bo’lsin.
Surtma asoslarining tasnifi.
Surtma asoslariga qo’yilgan talab shubhasiz ma’lum darajada shu davlat farmatsiyasida to’plangan an’analarning ta’siridir. Masalan: AQSH da hamma asoslar 4 sinfga bo’lingan tasnifi hukmrondir (davlat farmakopeyasida). Uglevodorodli, absorbsion, suvda yuviluvchi va suvda eruvchi. Bu tasniflanish o’zida kimyoviy va fizik-kimyoviy belgilarni mujassamlashtiradi. Bizning amaliyotda surtma asoslarini quyidagi 3 guruhga bo’lish ko’p uchraydi:
1)Gidrofob, 2) Gidrofil, 3) Difil-emulsion.
Emulsion asosni biz alohida guruhga ajratamiz, chunki unga ham gidrofoblik, ham gidrofillik belgilari xos. Uning boshqa alohida xususiyatlari bundan mustasno.
Gidrofob, lipofil surtma asoslari
Gidrofob surtma asoslari guruhiga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslarga lipidlar guruhidan biri bo’lgan yog’lar va mumlar kiradi. Ular xossalariga kura terining yog’ ajratmalariga yakin turadi. Bu asoslar ushlab ko’rilganda yog’li dog’ qoldiradi. Yog’lar-yog kislotalarining triglitseridi hisoblanadi. Ko’pincha yumshoq yog’lardan — chuchqa yog’i va ayrim vodorod bilan to’yintirilgan yog’lar, qattiq yog’lardan — mol yog’i, suyuq yog’lardan — ayrim o’simlik moylari ishlatiladi. Hamma yog’lar suvda erimaydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda oson eriydi.
Chuchqa yog’i — Adeps suillus depuratus. Oq, yangi, achimagan bo’lishi kerak. 34-36 0S da suyuqlanadi. Kislota soni 2 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Tarkibida 62-68% triolein (S17 N35SOON) saqlaydi. Surtma uchun eng yaxshi asoslardan biri hisoblanadi. CHuchka yog’i terini juda yaxshi qoplaydi, dori moddalarni yaxshi qabul qiladi, teri orqali yaxshi suriladi, suv va sovun bilan yuvganda oson yuviladi.
Mol yog’i. (Sebum Bovinum). Yangi, oq, achimagan bo’lishi kerak, suyuqlanish harorati 42-50 0S, tarkibida 53% tripalmitin va tristearin, 45% triolein saqlaydi. Suyuqlanish haroratining yuqoriligi va terini koplash xususiyatiga kura surtma asosi sifatida chuchqa yog’idan keyin turadi. Kerak bo’lganda surtmaga qattiqlik berish uchun chuchqa yog’iga qo’shib ishlatiladi. Qo’y yog’i xossasi bo’yicha mol yog’iga o’xshaydi, suyuqlanish harorati 44-51 0S.
Gidrogenlangan yog’lar. Surtma asosi bo’lib faqat yumshoq surtmaga o’xshash ashyolar xizmat qilishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Salomas yoki gidroyog — Adeps hydrogenisatum 2. O’simlik yog’i — Axungiha vegetabilis (88-90) gidroyog va 10-12% o’simlik moyidan iborat qotishma 3. Kombiy yog’i — Adeps compositus (55% salomas, 30% o’simlik moyi va 15% mol yog’i, chuchka yog’i kitning gidratlangan yog’idan iborat kotishma).
O’simlik moylari. Kungaboqar moyi — (Oleum Helianthi), shaftoli moyi (Oleum persicorum) va boshqa moylar mol yog’i va mumga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Buning natijasida xossasi buyicha chuchqa yog’iga yaqin bo’lgan qotishma hosil bo’ladi. Ishlatiladigan moylar kislota soni 2,25-2,5 dan oshmasligi kerak. yog’larning umumiy kamchilik tomoni ularning xavoda tez taxirlanib kolishidir, ayniqsa suvli sharoitda. yog’larning farmakologik indifferentligi ularning yangiligiga bog’liq. Eskirgan yog’lar teri va shillik qavatni kitiklaydi. SHuning uchun surtma asoslari bo’lgan yog’larni saqlashda extiyotkorlik talab qilinadi. Ulardan tayyorlangan surtmalarning muddati belgilangan bo’ladi. Surtma tarkibiga kiruvchi moddalar yog’ kislotalari va yog’larning aynigan mahsuloti (perekislar, ozonidlar) bilan ta’sirlashsa (ishqoriy komponentlar, og’ir metall tuzlari va oksidlari), u holda yog’lar asos sifatida yaroksizdir. yog’larni oksidlanishdan saqlash uchun qator tabiiy va sintetik antioksidantlar qo’llaniladi. o’zida antioksidant saqlaydigan o’simlik moylari ham bor. (Masalan: tokoferollar). Sintetik antioksidantlardan butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluol (BOT) yuqori aktiv va fiziologik zararsizdir. Ikkala modda ham xayvon yog’larini turg’unlashtirishda 0,02% konsentratsiyasigacha ishlatilishi mumkin. Xayvon va o’simlik yog’larida qancha ko’p tokoferol saqlansa, ular shuncha oksidlanishga chidamli bo’ladi. yog’larda ketadigan oksidlanish protsesslari perekis soni bilan aniqlanadi. Perekis soni bu pereoksidlarni parchalash uchun ketgan yodning protsent miqdoridir. YAngi chuchqa va mol yog’ining perekis soni 0,03% dan oshmaydi. Perekis soni 0,1 bo’lishi chegara hisoblanadi. Undan oshsa chuchka va mol yog’i buzilgan hisoblanadi.
Mumlar (Cera) — bu yog’ kislotalarining va yuqori spirtlarning murakkab efirlaridir. Lanolin, spermatset va asalari mumi surtma asoslari tarkibida ishlatilishi mumkin.
Lanolin (Lanolinum). Spirtlar, erkin yog’ kislotalari va efirlarning murakkab tabiiy aralashmalaridir. Lanolin sovunlanishi natijasida taxminan teng miqdorda kislota va spirtlar hosil bo’ladi. Sovunlanmaydigan qismi 50% ga yakin miqdorni tashqil qiladi. Lanolin tarkibida saqlanadigan moddalarning umumiy soni 70 dan oshadi. Tozalangan lanolin — o’ziga xos hidli, erish haroarti 36-42S suvda erimaydi va shu sababli surtmaga uxshash konsistensiyasini yukotmay 150% gacha suvni yutib u bilan aralashadi. Ayni shu xossasiga asoslanib surtmalar tayyorlashda suvsiz lanolin (Lanolinum anhydricum) ishlatib surtma tarkibiga suvli suyuqliklar kiritilishi mumkin. Xaqiqiy suvsiz lanolin tarkibida suvning miqdori 1% dan oshmasligi kerak,kislota soni 1 dan yuqori bo’lmasligi kerak. Lanolin spirtda kiyin eriydi. Lekin 40 qismgacha 70% spirtni qabul qilishi mumkin. Xloroform va efirda oson eriydi. Lanolin tarkibi buyicha odam terisini koplab turuvchi yog’ga uxshash moddalarga yakin bo’lganligi uchun teriga yakin surtiladi. Teri va shilliq pardani qitiqlamaydi. Kimyoviy ta’sirlarga juda chidamli. Uta yopishqoqligi uchun u har doim boshqa asoslar bilan birga ishlatiladi. Agar shifokor tomonidan lanolin yozilgan bo’lsa suvli lanolin ishlatiladi. U 7 qism suvsiz lanolinga 3 qism suv qo’shib tayyorlanadi. Suvni oz-ozdan qo’shiladi. Suvli lanolinda suvning miqdori 30% ni tashqil etadi. Suv hammomida suvli lanolinni eritilsa emulsiya parchalanadi.
Spermatset (Cetaceum) ushlab kurganda yog’li, qattiq, ok, plastinkasimon tuzilgan, hidsiz massa. Suyuqlanish harorati 45-54 0S. Tarkibi buyicha setil spirti (S16N33 ON) va palmitin kislotaning murakkab efiridir. Surtma asosiga qo’shilgan spermatset unga yuqori zichlik, sirpanuvchanlik va suvli suyuqliklarni o’ziga singdirib dagal emulsiya hosil qiladi. SHuning uchun qoldkremlar tarkibiga ko’p yoziladi. Kogozga surtilganda yog’li dog qoldirmaydi, kislota soni 2 dan oshmaydi. Spermatset suvda ham, sovuq spirtda ham erimaydi. 95% li kaynok spirtda, efirda va xloroformda eriydi.
Mum (Cera). Asalari mumi — tuk sarik (Cera flava). 65 0S haroratda suyuqlanadi. Ok mum sarik mumni kuyosh yorugligida okartirib olinadi. Sarik mumning kislota soni 17-20,5 dan oshmaydi. Ok mumniki 18,7-22,4 dan oshmaydi. Suv va spirtda erimaydi. Kaynok spirtda, efir, xloroform, efir moylarida qisman eriydi. Surtmaga qattiqlik berish, suvli suyuqliklarning shimilishini yaxshilash va yopishqoqlik berish uchun ishlatiladi. Kimyoviy ta’sirga chidamli.
Uglevod asoslari. Bu guruh moddalariga quyidagilar kiradi: vazelin, petrolatum, parafin, serezin, vazelin moyi, sun’iy vazelin va naftalan nefti. Vazelin (Vaselinum). Uglerod atomlar soni 7-35 bo’lgan suyuq, yarim suyuq va qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat. 20-50% mikrokristalli izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% parafinlardan tashqil topgan. Vazelinning qattiq tarkibiy elementlari chigallashib uch o’lchamli tur hosil qiladi.
Bu tur uglevodorodlarning suyuq fraksiyasini ushlab turadi.
Oq vazelin oq tiniq yumshoq massa, erish temperaturasi 37°S teng. Uning aloxida o’ziga xos tomoni uning kuchli qovushqoq xususiyatga egaligi. Oyna plastinkasiga surtilganda tekis, okmaydigan va tekis plenka hosil qiladi. Bir xil aralashgan massa hosil bo’lishi uchun, qismlarga bo’lib aralashtirish talab etiladi. (Allen Ansel 317 str.)
Vazelin tashqi ko’rinishi gelga uxshash hidsiz, oq (Vaselinum album) yoki sariq (Vaselinum flavum) rangli massa. 37-50 0S da suyuqlanadi. Oq va sariq vazelin davolash va farmatsevtik nuqtai nazaridan bir xil qimmatga ega. Oq vazelin bo’yovchi moddalardan ko’proq tozalangan. Vazelin suvda erimaydi. Spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi va har qanday nisbatlarda yog’ (kanakunjut moyidan tashkari), moy va mumlar bilan aralashadi. Vazelin qanday neftdan olinganiga qarab har xil suyuqlanish haroratiga ega va struktura-reologik xossasi buyicha farq qiladi. Surtma asosi sifatida iloji boricha suyuqlanish harorati past bo’lgan vazelinni ishlatgan ma’kul. Vazelin kuzga ishlatiladigan surtmalar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Agar dorixatda asos nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, vazelin ishlatiladi. Oddiy vazelindan tashkari uta suyuq surtmalarga qattiqlik berish uchun vazelinning boshqa turi bo’lgan petrolatum ishlatiladi. U qattiq konsistensiyaga ega. Suyuqlanish harorati 60 0S dan yuqori.
Qattiq parafin (Paraffinum solidum). Ushlab ko’rganda moysimon, oq kristalli massa, yuqorimolekulyar to’yingan uglevodorodlardan tashqil topgan, 50-57 0S da suyuqlanadi. Suv va spirtda erimaydi. Efir, xloroform, yog’ va efir moylarida oson eriydi. Asoslarning konsistensiyasi va erish haroratini oshirish uchun qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Issiq mamlakatlarda suzadigan kema va flot dorixonalarida, subtropik dorixonalarda yilning issiq paytida oddiy asosga 10% parafin yoki mum qo’shiladi.
Serezin (Ceresinum) rafinirlangan ozokerit bo’lib, amorf, rangsiz, sinuvchan massa. 68-72 0S da suyuqlanadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar yoki bi-va tritsiklik naftenlardan tashqil topgan. Surtma asoslariga parafindan kura yaxshiroq qattiqlik beradi. Kristallanmaydigan qotishma hosil qiladi. Ba’zan surtma asoslari tarkibiga smolasizlantirilgan ozokerit kiradi. U mumga uxshash sargish rangga ega. Buni muzlatish yo’li bilan ajratib olish mumkin. Bu aralashma tozalangandan so’ng serezinga uxshash xossaga ega bo’ladi.
Vazelin moyi yoki suyuq parafin (Oleum Vaselinum). Neftni qayta ishlanganda kerosin haydab olingandan so’ng qoladigan fraksiya. Bu moysimon, rangsiz suyuqlik bo’lib, hidsiz va surtmasiz, suvda erimaydi. Efir, xloroform, o’simlik moylari bilan har qanday nisbatlarda aralashadi. Surtma tayyorlashda erimaydigan dori moddalarini suspendirlashda ishlatiladi.
Sun’iy vazelin (Vaselini artificiale) — qattiq va suyuq parafin, serezin yoki smolasizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tayyorlanadigan murakkab kotishma. Oddiy kotishma esa 1 qism parafin va 4 qism vazelin moyidan iborat. Bu kotishma saqlanganda tez buziladi. Serezin yoki petrolatum saqlagan qotishmalar chidamli bo’ladi.
Naftalan nefti (Naphtha Naphthalani). Naftalan Ozarbayjonda kazib olinadi. Avvallari naftalanda neft bilan tuldirilgan chuqurlarda bemorlar davolanganlar. Xozir alohida neftli vannaga ega bo’lgan sanatoriya bor. Naftalan nefti quyuq sharbatga uxshash o’ziga xos hidli, zangori fluoressensiyaga ega bo’lgan kora rangli suyuqlik. Suv bilan aralashmaydi. Spirtda kam eriydi. Moy, yog’ va glitserin bilan har qanday nisbatda aralashadi. Naftalan nefti dezinfeksiyalovchi va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega. I va II darajali kuyishni davolashda foyda qiladi. Surtma asosi bo’lishi uchun unga parafin yoki vazelin qo’shilishi kerak.
Silikonli asoslar
Silikonli yoki poliorganosiloksanli birikmalar-yuqori molekulali kremniy saqlovchi organiq birikmalardir. Ular shunday molekulalar zanjirini hosil qilib, o’zgaruvchi tarmoklardan tashqil topib, kremniy va kislorod atomlaridan tashqil topadiki, bo’larda kremniyning bush valentlari metil, etil, fenil radikallari bilan urin almashadi. Silikonli polimerlar chiziqsimon yoki tursimon tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Silikonli polimerlar rangsiz, yog’simon suyuqliklar bo’lib, xalk xujaligining turli tarmoqlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Farmatsiya uchun ushbu xom ashyoning fiziologik bezararligi, kimyoviy jixatdan indifferentligi, gidrofobligi, qovushqoqligining haroratga bog’liq emasligi muxim ahamiyatga ega.
Silikonli surtmalar teriga surtilganda kitiklovchi, para-allergik xossalarga ega emas. Ular xuddi yog’lar kabi kishi terisi orqali issiqlik va gaz almashuvini bir oz sekinlashtiradi. Bu xususiyatlari bilan vazelinli va uglevodorodli asoslardan farq qiladi. Silikonli suyuqliklarni kuz uchun ishlatiladigan surtmalarga qo’shish mumkin emas, chunki ular kuzga kitiklovchi ta’sir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan silikonli suyuqliklardan polidietilsiloksanlar dorivor moddalarga nojuya ta’sir ko’rsatmaydi. Kondensatsiya darajasi «5»ga teng bo’lgan polimer — «Esilon-4», 15 ga teng bo’lgan polimer esa qisqacha «Esilon-5» deb ataladi. «Esilon-5» va «Esilon-4» surtma asoslari tarkibiga kiradi. Ular vazelin moyi va o’simlik moylari bilan aralashadi, vazelin, parafin, serezin, xayvon va o’simlik yog’lari bilan esa kotishma hosil qiladi. Ammo, balik moyi, olein kislotasi, skipidar va metilsalitsilat bilan aralashishi uchun bu moddalar kerakli miqdorda olinishi kerak. Mentol, kamfora, fenol, fenilsalitsilat, koramoy kabi moddalar polidietilsilakson suyuqliklarida eriydi.
|