14-rasm. Suvli ajratmalar olinishining texnologik jarayoni.32
Alkaloidlar o’simliklarda asos holida bo’ladi. Tuz holidagi alkaloidlar suvda yaxshi eriydi. Asos holidagi alkaloidlarni eruvchanligini oshirish uchun tuz holiga o’tkaziladi va bu maqsadda 0,83% xlorid kislotasi 1% limon kislotasi va vino kislotasidan foydalaniladi.
Xin o’simligi po’slog’idan damlama tayyorlashda boshqalarga nisbatan 0,8% xlorid kislotasidan foydalangan ma’kul. SHoxkuyadan damlama tayyorlanganda shu kislotadan xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdoriga 4 barobar ko’p miqdorda qo’shiladi. SHoxkuyadan (sporыnya) suvli ajratma olish uchun A. L. Ledneva ko’rsatmasi bo’yicha qaynayotgan suv hammomiga 30 min davomida qo’yiladi va tezlik bilan sovutiladi, chunki shoxkuya alkaloidlari issiqlikka chidamli emas. Shuning uchun ham shoxkuyadan damlama emas, qaynatma tayyorlanadi. SHoxkuyaning yangi maydalangani ishlatilishi kerak, chunki uni tarkibidagi yog’lar tez achish xususiyatiga ega. Termopsis o’simligidan damlama tayyorlashda uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o’tkazish shart emas, chunki bu o’simlikda alkaloidlar asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o’simlik XI DF da ko’rsatilgan miqdordan ya’ni 1,5% dan ko’p alkaloid saqlasa, olingan o’simlik miqdori quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo’lsin.
Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml
D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
O’simlik o’z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o’simlik miqdori topiladi. Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak.
Alkaloid miqdori ko’p bo’lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi.
0,5 — olinishi kerak bo’lgan o’simlik miqdori.
1,5% — DF bo’yicha o’simlik saqlash kerak bo’lgan miqdor.
1,6% — o’simlik saqlagan alkaloid miqdori.
0,47 — qaytadan hisoblangan o’simlik miqdori.
Agar o’simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlanmaydi.
Alkaloid saqlagan o’simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo’shiladigan kislota miqdori xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi.
100,0 — 1,6
0,47 — x x = 0,0075 g alkaloid
0,83 — 100,0
0,0075 — x x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi.
Hisoblash:
Termopsis o’ti (1 : 400) – 0,5 g
Xlorid kislota eritmasi (1 : 10) – 0,9 ml (18 tomchi)
alk. DF X buyicha 1,5%
1,5 – 100
x – 0,5 x = 0,0075 g (alkaloid)
0,83 – 100
0,0075 – x x = 0,9 ml (18tomchi)
Tozalangan suv – 200 ml
Um. hajmi – 204 ml
Termopsis o’ti tarkibida alkaloid bo’lib, kuchli ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar guruhiga kiradi. DF X ko’rsatmasiga binoan 1,5% alkaloid saqlaydi. SHifokor ko’rsatmasi bo’lmaganda
1 : 400 nisbatda damlama tayyorlanadi.
Tayyorlash: Infundir stakaniga 0,5 g, 5 mm gacha maydalangan termopsis o’ti solinadi. Ustiga 200 ml tozalangan suv va 0,9 ml (18 tomchi) 1 : 10 nisbatdagi xlorid kislota eritmasi qo’shiladi, so’ngra qaynab turgan infundir apparatida 15 daqiqa damlab quyiladi, vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi. Ikki qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Damlama hajmi 200 ml ga etkaziladi. “Ichish uchun” yoki “Mikstura”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
Yurak glikozidlari saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash
Rp.: Jnfusi rhizoma et radicibus Valerianae ex 6,0 — 100,0
D.S.
Ko’rsatilgan miqdordagi damlama yoki qaynatma olish uchun kerak bo’lgan suv miqdorini topish uchun o’simlik xom ashyosi gramm miqdorini suv shimish koeffitsientiga ko’paytirib, dorixatda ko’rsatilgan suv miqdoriga qo’shish kerak. Masalan: yuqoridagi dorixat uchun: 100 q (2,9 * 6) = 100 q 17,4 = 117,4 ml suv. Bu erda 2,9 valeriana ildizining suv shimish koeffitsienti.
Tarkibida yurak glikozidlari yoki alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama tayyorlanganda qo’llaniladigan o’simlik qismida belgilangan miqdorda alkaloid bo’lishi va yoki belgilangan biologik ta’sirga ega bo’lishi kerak.
Xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdori yoki biologik ta’sir darajasi belgilangan miqdordan yuqori bo’lsa, uni miqdori quyidagi hisob bo’yicha olinadi.
X — dorivor o’simlikni xom ashyosidan olish kerak bo’lgan miqdori;
A — dorivor o’simlik xom ashyosini yozilgan miqdori;
B — aniqlangan alkaloid yoki biologik ta’sir darajasi miqdori;
V — xom ashyo tarkibidagi glikozid va alkaloidlarni standart miqdori;
Xom ashyo tarkibidagi glikozid yoki alkaloid miqdori belgilangandan kam. VIII DF damlamalar — xom ashyoga sovuq suv solib qaynab turgan suv hammomida 15 min damlash bilan tayyorlangan bu usul XI DF da ham qabul qilingan, 15 min qizdirish umuman kam hisoblanadi, chunki bunda xom ashyo endigina yumshab, ta’sir etuvchi moddalar qisman ajragan bo’ladi. Ajratmaning harorati asta-sekin ko’tarilib borgani uchun proteinlar, elimli va pektin moddalar ham bo’kmasdan eritmaga o’tad33i.
Rp.: Infusi herbae Adonis vernalis 90 ml
Natrii bromidi 2,0
Tincturae Valerianae 3ml
M.D.S.. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Hisoblash:
Bahor adonisi o’ti (1 : 30) – 3 g
1 – 30
x – 90 x = 3 g
S.SH.K. = 2,8
Natriy brom – 2 g
Valeriana nastoykasi – 3 ml
Tozalangan suv – 98,4 ml
90+(3 x 2,8)=98,4
um. hajmi – 93 ml
Yurak glikozidi saqlovchi dorivor o’simlik xom ashyolaridan damlama tayyorlaganda shifokor tomonidan mahsulot miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa 1 : 30 nisbatda olinadi.
Tayyorlash: Infundir stakaniga 3 g 5 mm gacha maydalangan bahor adonisi o’tidan olinadi va uni ustiga 98,4 ml tozalangan suv quyiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi va vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi, 2 qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Undan keyin damlamada 3 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 90 ml ga etkaziladi. Oxirida 3 ml valeriana nastoykasi qo’shiladi. So’ngra jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorliqlar bilan jihozlanadi.
Antraglyukozid saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlash
Antroglyukozid saqlovchi o’simliklardan (ravoch ildizi, sano bargi, frangula po’slog’i) qaynatma tayyorlanadi, chunki bu o’simliklardan damlama tayyorlashda ta’sir etuvchi moddalar damlamalarga to’liq o’tmaydi. Lekin shu bilan birga qaynatish vaqtini 30 min. dan oshirish ta’sir etuvchi oksimetil-antraxinonlarni parchalanishiga olib keladi. Ravoch ildizi va frangula po’slog’idan tayyorlangan qaynatmani tezlik bilan doka orqali suzish kerak. 45 minutdan keyin suzish oksimetilantraxinonlarning kamayishiga olib keladi. Sano bargidan qaynatma tayyorlashda to’la sovutish zarur, toki uning tarkibidagi mumsimon moddalar ajratmaga o’tib cho’kmaga tushadi. Sovigan ajratma albatta doka orqali suzib olinishi kerak34.
Rp.: Decocti foliorum Cennae 100ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 - 4 mahal ichilsin.
Xisoblash:
Sano bargi (1 : 10) – 10 g
S.SH.K. = 1,8
Tozalangan suv – 118 ml
100 + (10 x 1,8) = 118 ml
um. hajmi – 100 ml
Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 0,5 mm gacha maydalangan sano bargini olib, uni ustiga 118 ml tozalangan suv quyib, qaynab turgan infundir apparatida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda 30 daqiqa damlab quyiladi. Tayyor qaynatma vaqt tugaganidan keyin olib, tulik sovutiladi (chunki sano bargi tarkibida smolalar bo’lib, ular odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi). So’ngra 2 qavatli dokada suziladi, qoldiq siqiladi va hajmi 100 ml ga etkaziladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
Saponin saqlovchi o’simliklardan (qizilmiya ildizi, istod ildizi, senega ildizi, sinyuxa ildizi) hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Adabiyotlarda ko’rsatilishicha saponin saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlashda ajratma tarkibi ishqoriy sharoitga keltirilsa ta’sir etuvchi modda ko’p miqdorda ajratmaga o’tadi. SHuning uchun ham senega ildizi va sinyuxa ildizidan qaynatma tayyorlashda 10 g o’simlikka 1 g NaHCO3 qaynashga ko’yishdan oldin qo’shiladi. qizilmiya o’simligi ildizidan qaynatma tayyorlashda 30 minutdan ko’p qaynatish glitsirrizin miqdorining kamayishiga olib keladi.
Oshlovchi modda saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlash
Oshlovchi modda saqlovchi o’simliklardan (dub po’slog’i, toloknyanka bargi, brusnika bargi, chernika bargi, kalina po’stlog’i , ilontovon ildiz poyasi) hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Ta’sir etuvchi moddani to’liq ajralib chiqishiga o’simlikni maydalanish darajasi katta ta’sir ko’rsatadi.
G. S. Mixaylova ko’rsatmasi bo’yicha dub po’slog’idan qaynatma tayyorlashda 0,2 ml gacha kattalikkacha maydalash oshlovchi moddalarni ko’prok ajralishiga, undan ham maydarok qilib tayyorlanganda kam miqdor moddalar qaynatmaga o’tishi aniqlangan. Ikki tomonlama kutikula bilan qoplangan serin bilan to’yingan qalin etli barglardan faqat qaynatma tayyorlanadi. Masalan: toloknyanka bargidan hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Toloknyanka ajratmalaridagi oshlovchi moddalar miqdori:
11-jadval
Ajratma nomi
|
Yozilishi
|
Miqdori
(oshlovchi modda)
|
Arbutin
|
Damlama
qaynatma
|
10,0 : 200
10,0 : 200
|
1,95
3,26
|
9,07
13,16
|
Rp.: Decocti foliorum Uvae Ursi 10,0 — 180 ml
D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
SHuning uchun ham toloknyanka bargidan XDF ko’rsatmasiga binoan damlama emas, qaynatma tayyorlanadi.
Efir moyi saqlovchi o’simliklardan damlama tayyorlash
Ajratmaga ko’p miqdor efir moyi ajralishini ta’minlash uchun efir moyi saqlovchi o’simliklardan damlama maxsus infundir idishlarda tayyorlanadi. Damlama tayyorlashda aralashtirish yoki sovutilmagan ajratmani suzish mumkin emas. O’tkazilgan tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki XDF bo’yicha damlama tayyorlash boshqa usullarga nisbatan ancha ustunlikka ega.
Bu guruhga kiruvchi o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalar o’zining yopishqoqligi bilan ajralib turadi. Ular yuqori molekulali moddalar shilimshiqlar ajralib chiqishi bilan tushuntiriladi. Bu guruhga kiruvchi ajratmalar xuddi kamedlar va kraxmallardan tayyorlangan ajratmalar kabi shilimshiqlar deb ataladi35.
Efir moyi saqlagan dorivor o’simliklardan damlama tayyorlash
Rp.: Infusi foliorum Menthae piperetae 100,0
Natrii bromidi 1,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
Xisoblash:
Yalpiz bargi (1 : 10) – 10g
S.SH.K. = 2,4
Natriy brom 1g
Tozalangan suv –124 ml
100 q (10 x 2,4) = 124 ml
um. hajmi – 100 ml
Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 3 mm gacha maydalangan yalpiz bargi olinadi, uni ustiga 124 ml tozalangan suv quyiladi va infundir stakan qopqog’i jips yopiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi ammo aralashtirilmaydi, chunki ta’sir qiluvchi moddasi – efir moyi uchib ketadi. Keyin xona haroratida 45 daqiqa davomida qopqog’i jips yopilgan holatda sovutiladi. Keyin yordamchi idishga 2 qavatli dokadan o’tqazib, qoldiq siqiladi. So’ngra 1 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 60 ml ga etkaziladi. Tayyor mahsulot jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”.
Damlama va qaynatmalarga dorivor moddalar qo’shish
Suvli ajratmalar ko’pincha murakkab dori preparatlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular dori moddalarini eritish uchun erituvchi sifatida ham ishlatiladi. Buning natijasida damlama va qaynatmalardan murakkab dori shakli hosil bo’ladi. Agar bo’lar ichishga mo’ljallangan bo’lsa miksturalar deb nomlanadi. Miksturalarni tayyorlash uchun dori moddalari suzilgan va sovutilgan damlama va qaynatmalarda eritiladi va yana bir bor suziladi. Dori moddalarning konsentrlangan eritmalarini ishlatilishi bu hollarda ruxsat etilmaydi. SHarbatlar, xushbo’y suvlar, spirtli ajratmalar, suyuq ekstraktlar tayyor damlama va qaynatmalarga hajm bo’yicha oxirida qo’shiladi. Agarda ekstrakt-konsentratlar ishlatilsa, dori moddalarning konsentrlangan eritmalari ishlatilishi mumkin.
Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 0,1—150,0
Natrii hydrocarbonatis
Natrii benzoatis 1,0
Liquoris Ammonii anisatis 1 ml
Sirupi Althaeae 20,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Suzilgan va sovutilgan tayyor qaynatmada natriy gidrokarbonat va natriy benzoat tuzlari eritilib, filtrlanadi. So’ng gulxayri sharbati va oxirida novshadil arpabodiyon tomchisi qo’shiladi.
Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0—150,0
Natrii bromidi 2,0
Codeini phosphatis 0,2
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin
Bu miksturani tayyorlashda adonis damlamasini 2 qismga ajratiladi, 1-sida natriy bromid 2-sida kodein fosfat eritiladi.
Tayyorlangan eritmalar shundan keyingina bir-biriga qo’shiladi, aks holatda erimaydigan kodein bromid hosil bo’lib cho’kmaga tushishi mumkin.
Rp.: Decocti rad. Polygalae tenuifoliae ex 10,0—200,0
Elexiris pectoralis 5,0
Natrii hydrocarbonatis 3,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Saponinlarning ko’p miqdor ajralib chiqishini ta’minlash uchun qaynatma tayyorlash jarayonida 1 gr natriy gidrokarbonat qo’shiladi, qolgan miqdor esa tayyor bo’lgandan keyingina eritiladi. Oxirida ko’krak eliksiri qo’shiladi.
Rp.: Decocti rad. Rhei 5,0—180,0
Magnesii sulfatis 5,0
Ol. Menthae piperitae qtt. III
Sirupi Simplicis 15,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Tayyor bo’lgan qaynatmada magniy sulfat eritiladi va unga sharbat, yalpiz moyi aralashmasi qo’shiladi.
Rp.: Decocti corticis quercus 10,0—15,0
Aluminis 2,0.
Glycerini 15,0.
M.D.S. ogizni chayish uchun.
Suzilgan va sovitilgan qaynatmaga glitserin eritmasi aralashtiriladi hamda suvda eritilgan achchiqtosh tolkoni qo’shiladi. Achchiqtoshni oldin qo’shish oshlovchi moddalarning cho’kmaga tushishiga sabab bo’ladi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.
Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
17 - Ma’ruza.
MAVZU 17. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash.
Ma’ruza maqsadi: Berilgan dorixat bo’yicha shilimshik tayyorlashni bilish.
DF va boshka normativ xo’jjatlardan, yordamchi adabiyotlardan foydalanib, shilimshikni tayyorlash uchun suv va xom ashyo miqdorini xisoblash va shilimshiklarga dori moddalarni qo’shish tartibini urganish.
Режа:
Shilimshiqlar saqlovchi o’simliklardan suvli ajratmalar olish
Gulxayri ildizi, shilimshig’i.
Salep tuganagi shilimshig’i.
Ekstrakt-konsentratlar xaqida umumiy tushuncha.
Ekstrakt konsentratlardan foydalanishning afzallik va kamchiliklari
Ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Quruq ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Suyuq ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
9. Suvli ajratmalarga dori moddalarini kiritish
Tayanch atama va iboralar: shilimshiq, ekstrakt-koncentrat, suyuq-ekstrakt-koncentrat, quruq-ekstrakt-koncentrat
Shilimshiq saqlovchi o’simliklardan suvli ajratmalar olish
(mucilago - shilimshiq)
O’simlik shillik moddalari suvda yaxshi erib kolloid eritma hosil qiladi.
Bu guruhdagi suvli ajratmalarni oddiy qilib shilimshiqlar deb atadik. bo’lar quyuq bo’lib YUMB eritmalar hisoblanadi.
SHilimshiq eritmasi tarkibidagi modda-zarracha suv bilan yaxshi qovushadigan zarracha bo’lib, u shu xususiyati bilan osilma zarrachasidan farqlanadi.
U o’z atrofiga suv molekulalari qavatini to’playdi. Bu suv qavati shilimshiq zarrachalarini eritma tarkibidagi turg’unligini ta’minlaydi.
Agar shilimshiq zarrachalari qavatidagi suv molekulasini olib qo’ysak (masalan, spirt qo’shilsa) unda shilimshiq zarrachalari cho’kmaga tushadi.
Shilimshiqlarda yuqori qovushqoqlik bo’kuvchanlik va boshqa YUMBni xususiyatlari namoyon bo’ladi. Ularni xuqnalar (klizmalar) tarkibida, stabilizator va emulgatorlar sifatida ishlatiladi. SHilimshiqlar tayyorlash uchun turli xil o’simlik xom ashyolaridan foydalaniladi. (Gulxayri ildizi, salep tuganagi, zig’ir urug’i, bexi urug’i). Ularni tayyorlash usullari o’simlik xom ashyosini gistologik tuzilishi va uni kimyoviy tarkibini hisobga olgan holda tanlanadi.
Gulxayri ildizi, shilimshig’i.
Rp.: Jnf. radicis Althaeae 100,0
D.S.
Gulxayri ildizidan ajratma tayyorlash. Gulxayri ildizidan olingan ajratma adabiyotlarda dorixonaga keladigan dorixatda qaynatma, damlama kabi dori shakllarida yozilishi odat tusiga kirib qolgan. SHuni kayd qilib o’tish kerakki, u kay tarzda yozilishdan kat’i nazar gulxayri ildizidan faqat shilimshiqlar tayyorlanadi. Tayyorlash usuli shilimshiqlar ildizining joylashishi va tarkibi bilan bog’liq bo’lib, uni sovuq holda tindirish usuli bilan tayyorlanadi. Boshqa ajratmalardan farq qilib gulxayri ajratmasi olingandan so’ng, mahsulot olingan suv siqib olinmaydi. CHunki uni tarkibidagi kraxmal ajratmaga o’tib aks ta’sir ko’rsatadi. Suyultirmasdan beriladi. Sarf bo’ladigan suvni miqdori oldindan hisoblanib tayyorlanadi. I Moskva tibbiyot institutining farmatsevtika fakulteti dorixonalarida dori tayyorlash texnologiyasi kafedrasida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, farmakopeyada yozilgan miqdorda damlama tayyorlanganda 100 ml o’rniga 74—77 ml damlama olingan. Damlamaning qolgan qismi bo’kkan gulxayri ildizida qoladi. SHuning uchun ham 100 ml damlama olinadigan bo’lsa, boshlangich moddalarning miqdorini oshirish kerak, degan xulosaga kelinadi. 5 qism ildiz va 100 qism suvdan chiqadigan damlamaning hajmini bilgan holda 100 ml damlama olish uchun sarf bo’ladigan gulxayri ildizi va suv miqdorini hisoblab topish mumkin. Buning uchun ushbu formuladan foydalanish taklif etiladi.
Ksarf koeffitsienti
|
100 – 77=23 ml suv, bundan
1,0 xom ashyo 23 : 5 = 4,6 ml suvni
ushlab qolgan
|
100 ml 5% li damlama olish uchun olinadigan ildiz va suv miqdorini bilish uchun:
Ksarf
ketadigan suv miqdorini ham ildiz miqdorini ham 1,3 ga ko’paytirish kerak
100x1,3 = 130 ml, 5x1,3 = 6,5 g
6,5 g gulxayri ildizidan va 130 ml suv olish kerak. Gulxayri ildizidan olinadigan shilimshiq konsentratsiyasiga qarab sarf koeffitsienti o’zgaradi. Uni olinadigan shilimshiq foiziga qarab alohida hisoblab topish kerak.
Dorivor gulxayri ildizi tarkibida 35% shilimshiq, 37% kraxmal, 10,2% qand, peptin, asparaginat kislotasi, betainlar, moylar va boshqa moddalar bor.
Xom ashyo sifatida bargi, gullari ham ishlatiladi.
O’rta Osiyo xalk tabobatida kon tuflash, sil, bronxial astmada, yo’tal va ko’krak ogrigida, ildizlari barglari va gullaridan tayyorlangan ajratma yumshatuvchi dori sifatida shuningdek, tomokni chaykash uchun ishlatiladi.
Tug’ruqdan keyin qon ketganda ba’zan ildizni qaynatib ichish buyuriladi.
Gulxayri ildizi kukun, shilimshiq holida, sharbat, quyuq va quruq ekstraktlar ko’rinishida, asosan, nafas yo’llari, me’da-ichak yo’llarining kataral yallig’lanishiga qarshi, o’rab oluvchi, yumshatuvchi va balg’am ko’chiruvchi dori sifatida keng qo’llaniladi.
Shilimshiq DF ko’rsatmasiga binoan 5:100 nisbatda tayyorlanadi. O’zbekiston, qirg’iziston va Tojikistonda dorivor gulxayri bilan bir qatorda arian gulxayrisi o’sadi. Bu o’simliklar faqat barglari va mevalari bilan farqlansada, tarkibi bilan farqlanmaydi.
Shu sababdan bu o’simlikdan tabobatda dorivor gulxayri bilan bir qatorda ishlatiladi.
Tayyorlanish texnologiyasi o’ziga xos bo’lib sovuq usul ishlatiladi. Sovuq usuldan foydalanilganda tarkibidagi shilimshiqni kraxmal, pektin va shunga o’xshash moddalardan ajratib olinadi. Kraxmal, pektin moddalari ham o’simlikdan ajralib chiqadi, ammo bu moddalarni suvda, ayniqsa, sovuq suvda yomon erishi oqibatida ular suvda tarqalmaydi va o’simlik xom ashyosi atrofida to’planadi. Ularni, ajratmaga o’tishini oldini olish maqsadida o’simlik qoldig’i siqilmaydi. SHu sababdan xom ashyo qoldig’i bilan birga undagi ma’lum bir qism shilimshiqlar, suv isrof bo’ladi.
Sarf bo’lgan suv va xom ashyo miqdorini bilish va uni hisobga olish zarur. Buni hisobi yuqoridagi formula orqali aniqlanadi.
5:100 1,3; 2:100 1,1
4:100 1,2; 1:100 1,05;
3:100 1,15;
Sarf koeffitsienti suv shimish koeffitsienti (4,6) ni dorixatda yozilgan foiz miqdoriga ko’paymasligiga bog’liq bo’lib, 5% eritma uchun 1,3 ga teng.
Sarf koeffitsienti 1,3 bo’lganda 100,0 shilimshiq olish uchun 6,5 g gulxayri ildizi va 130 ml suv ishlatiladi.
6,5 gulxayri ildizi maydalanib kolbaga solinadi, ustiga 130 ml suv quyib 30 minutga qo’yib qo’yiladi.
Vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi. 30 minutdan so’ng ajratma suzib olinadi, qolgan qoldiq siqilmaydi.
Bizni qilgan tajribalarimiz shuni ko’rsatadiki, gulxayri shilimshig’ini uni kukunidan ham tayyorlash mumkin. Faqat kukun ishlatilganda uni umumiy sath yuzasi ko’pligi hisobiga suv shimish koeffitsienti ko’payishini hisobga olish kerak.
Rp.: Mucilaginis Salep 100,0.
D.S.
Salep tugunagi tarkibida 50% gacha shilimshiq, 25% kraxmal va anchagina dekstrin bor.
Shilimshiq moddasi, asosan, yuqori molekulali leaksan degan uglevoddan iborat.
Abu Rayxon Beruniyning “Saydana” asarida o’simlik tugunaklaridan kamquvvatlik va mizoj sustligi, sil davosi, keksalarni quvvatga kiritish, shuningdek kon okishini to’xtatish va “konni tozalash” da foydalanish tavsiya etilgan. 1 g tugunak olinib, 1 ml etil spirti bilan aralashtiriladi. 10 ml sovuq suv solib aralashtirib, so’ng 88 ml issiq suv quyib aralashtiriladi va sovishini sekinlashtirish uchun biror mato bilan o’rab aralashtiriladi sovuguncha aralashtirilgan ajratmani dokadan suzib o’tkaziladi. Bunda shilimshiq bilan kraxmal ham ajraladi.
Spirt olinishi tugunak donalari bir-biriga yopishmasligini ta’minlaydi. Sovuq suv solinishi esa tugunaklardagi kraxmalni yuvib, shilimshiq moddalarni suvga chiqishini osonlashtiradi.
Salep shilimshig’i zararli moddalarning me’da-ichak yo’lidan surilib, o’tishiga to’skinlik qiladi. Uni o’zok kasallikdan turgan bemorlarga, quvvatga kirgazish uchun berish tavsiya etiladi.
Rp.: Mucilagenis semenis Lini — 90,0
D.S.
Zig’ir 6% shilimshiq, 35% gacha moy saqlaydi. Kraxmal shunda kam shilimshiq ustki qavatida bo’ladi. O’rta Osiyoda o’zun tolali zig’ir va moyli zig’ir eqiladi.
Ibn Sino yo’talish, siydik yo’llari yarali kasalliklarida zig’ir urug’ini qovurib eyishni buyurgan. Zig’ir urug’i iste’mol qilib turiladigan bo’lsa, ko’krak yumshab, jigar o’smalari so’rilib ketadi. Tinkani kuritadigan yo’tal, ichak og’riqlari vaqtida qovurilgan zig’ir urug’lari yaxshi foyda beradi. Siydik xaydaydigan, terlatadigan ta’sir ko’rsatadi. Zig’ir moyi sklerozga qarshi vosita va surgi tariqasida ishlatiladi.
Zig’ir urug’ida bo’ladigan shilimshiq modda o’rab oluvchi vosita sifatida dorilarning achchiqlik xususiyatini, yoqimsiz mazasi va hidini yo’qotadi.
SHilimshiq tayyorlash uchun zig’ir urug’lari maydalanmay butun holda ishlatiladi. Urug’lar maydalanganda tarkibidagi moylar shilimshiqqa o’tib uning mazasini buzadi. 1:30 nisbatda tayyorlanadi.
3,0 zig’ir urug’ini sovuq suv bilan yuvib, shisha idishga o’tqaziladi va 90 ml qaynoq suv solib, ogzi berkitiladi, mato bilan o’rab 15 minut davomida chayqatiladi. So’ng 2 qavat doka orqali suziladi.
Rp.: Mucilaginis Semenis Cydoniae — 5,0—1000,0 ml.
D.S. Xazm yo’lining yallig’lanishida bir staqandan 3—4 mahal
5,0 miqdordagi bexi urug’lari ustiga 1 l sovuq suv quyiladi.
Vaqti-vaqti bilan 35 min davomida aralashtirib turiladi. So’ng 2 qavat doka orqali suzib olinadi. Urug’lardan olinadigan shilimshiq ichni yumshatadigan, o’rab oladigan va bujmaytiradigan xossaga ega. CHoyga o’xshab damlab yo’tal vaqtida ichish tavsiya etiladi.
Ibn Sino ovkat xazmi buzilganda, bexi yaxshi davo bo’ladi deb hisoblagan. Me’da va jigar ishini yaxshilash uchun u bexi suvini asal va sirkaga aralashtirib ichishni tavsiya qilgan.
Rp.: Mucilaginis rad. Althaeae 180,0.
Elexiri pectoralis
Liqour Ammonii Anisatis
Natrii hydrocarbonatis 3,5
M.D.S. 1 choy qoshiqdan har 3 soatda ichilsin.
Tayyor bo’lgan damlamada natriy gidrokarbonat tuzi eritiladi va bir qism damlamada novshadil arpabodiyon tomchilari eritilib qo’shiladi, oxirida ko’krak eliksiri qo’shiladi.
Rp.: Mucilaginis Salep 200,0
Bismuthi subnitratis 10,0
Tincturae Opii simplicis qtt X.
M.D.S.
Tayyor bo’lgan damlamadan 5—6 ml olib vismut nitratning asosi hovonchada eziladi va oz-ozdan damlama qo’shib hovonchadan tayyor idishga yuvib o’tkaziladi. Oxirida opiyning spirtli tindirmasi qo’shiladi.
Damlama va qaynatmalarni tayyorlashni tezlashtirish uchun dorixona sharoitida suyuq va quyuq ekstraktlardan foydalaniladi. Damlama va qaynatmalarni tayyorlashni tezlashtirish uchun erituvchi tarkibini o’zgartirish bilan suyuq va quyuq ekstraktlarni tayyorlash mumkin emas. Tarkibini o’zgartirish damlama va qaynatmalar tayyorlanganda ularning miqdoriga ta’sir qiladi. Bu alkaloid va boshqa farmakologik faol modda saqlovchi o’simliklardan tayyorlangan qaynatma va damlamalarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Suvli ajratmalar texnologiyasini tezlashtirish va sifatli olish masalasi dorixona amaliyotida tayyor ekstrakt-konsentratlarni kiritish orqali olib boriladi.
Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonida ekstrakt-konsentratlarni suv bilan suyultiriladi.
Xozirgi vaqtda quyidagi ekstrakt konsentratlar mavjud: termopsis, adonis, valeriana, gulxayrilarning standart suyuq ekstraktlari (1:2); termopsis, adonis, marvaridgul, angishvonagul va gulxayrilarning standart quruq ekstraktlari. quruq ekstrakt konsentratlar — Extracta sicca Standartisata sut qandi bilan tayyorlanib 1:1 nisbatda bo’ladi.
Suyuq ekstrakt-konsentratlardan (1:2) damlama va qaynatmalar tayyorlaganda dorixatda ko’rsatilganga nisbatan 2 barobar ko’p, quruq ekstrakt-konsentratlardan (1:1), dorixatda ko’rsatilgan miqdoriga teng olinadi.
quruq va suyuq ekstrakt — konsentratlardan foydalanib ajratmalar olish suyuq dorilar tayyorlash texnologiyasidan farq qilmaydi.
Bu holda dori moddalarning konsentrlangan eritmalaridan foydalanish mumkin.
Suvli ajratmalar o’simlik xom ashyosidan olinsa 2 sutka, ekstrakt-konsentratlardan olinsa 7 sutkagacha saqlanadi.
Ekstrakt konsentratlardan tayyorlangan suvli ajratmalar o’simlik xom ashyosidan tayyorlangan ajratmalar rangi, tinikligi bilan farqlanadi. SHu maqsadda dorixatdagi suvli ajratmalar ekstrakt konsentratlardan tayyorlansa belgi qo’yilishi kerak, chunki yana shu dorixat bo’yicha berilsa ekstrakt-konsentratdan tayyorlanadi.
Misollar keltiramiz:
Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 180 ml
Natrii bromidi 6,0
Codeini phosphati 0,2
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Pasport: Valeriana suyuq konsentrati (1:2)—12 ml
Natriy bromid (1:5)—30 ml
Kodein fosfat (1:10)—2 ml
Suv — 136 ml
Tayyorlanishi:
Beriladigan idishga 140 ml suv o’lchab solinadi va unga 0,5 g termopsisni quruq ekstrakti (1:1) dan qo’shiladi va konsentrat to’liq erib ketguncha chayqatiladi. So’ngra natriy benzoat (1:10) dan 20 ml va natriy gidrokarbonat (1:20) konsentratidan 40 ml qo’shiladi. Oldindan novshadil-anis tomchisini ozgina tayyor mikstura bilan aralashtirib, so’ngra umumiy miksturaga qo’shiladi va jihozlanadi.
Ko’p komponentli o’simlik xom ashyolaridan suvli ajratmalarni tayyorlaganda damlamalar bir xil ekstraksiya rejimini talab etsa, ular bitta infundirkada tayyorlanadi.
Misol. Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 10,0- 200 ml
Infusi foliorum Menthae 4,0
Coffeini-natri benzoatis 0,4
Amidopyrini 0,6
Natrii bromidi 3,0
Magnesii sulfatis 0,8
M.D.S.
Tayyorlanishi: maydalangan dorivor o’simliklar (10 g valeriana ildizpoyasi va 4 g yalpiz barglari) oldindan isitilgan infundirkaga solinadi, ustiga uy haroratidagi 239 ml tozalangan suv quyiladi. 200—(10*2,9q4*2,4)=238,6 ml ustiga qopqog’ini yopib, 15 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida damlanadi.
Keyin damlama 45 daqiqa sovitilib, o’lchamli idishga suzib o’tkaziladi. Suzib o’tkazilgan damlamada 0,4 g kofein-natriy benzoat, 0,6 g amidopirin, 3 g natriy bromid, 0,8 magniy sulfat eritiladi, flakonga suzib o’tkaziladi36.
Agarda dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan damlamalar har xil ekstraksiya sharoitini talab etsa, har bir dorivor o’simlik uchun alohida ekstraksiya qilinadi.
Bu holda har bir dorivor o’simlik uchun ishlatiladigan suv miqdori xom ashyodan 10 baravar ko’p bo’lishi bilan birga, o’simlikning suv shimish koeffitsienti hisobga olingan bo’lishi kerak.
Rp.: Radicis Althaeae 10,0
Rizomatis cum radicibus Valerianae — 8,0
Herbae leonuri
Foliorum Farfarae 20,0
Frangulae 25,0
Aguae purificata ad 1000 ml
M.D.S.
Dorixat tarkibidagi xom ashyo o’zining tayyorlanishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi: gulxayri ildizi sovuq usulda ekstraksiya qilinadi. Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o’ti, ko’ka barglaridan damlama tayyorlanadi. Bodrezak po’slog’idan esa qaynatma tayyorlanadi. Erituvchi suvni uch qismga ajratiladi: Gulxayri ildizidan shilimshiq modda to’liq ajralishi uchun 200 ml ekstrakt tayyorlash kerak.
Buning uchun 13 g (10*1,3) gulxayri ildizi va 260 ml (200*1,3) suv solinadi. Bodrezak po’slog’i uchun 300 ml (250q2*25) suv olish kerak.
Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o’ti va ko’ka barglari uchun 440ml (1000-200-250q20x3,0q8x2,9q2,0) suv olinadi.
Uchala ekstrakt alohida-alohida tayyorlanib, har birining hajmi o’z me’yoriga etkaziladi (200 ml, 250 ml va 550 ml), keyin esa uchalasi qo’shib yuboriladi.
Suvli ajratmalarning sifatini aniqlash uchun xujjati, dorixat pasport, joylanishi, rasmiylashtirilgani, shuningdek “Salqin joyda saqlansin”, “Ichishdan oldin chayqatilsin” degan yorliqlar bor-yo’kligi, hidi, rangi, mazasi, mexaniq iflosliklar yo’kligi va ularning hajmi to’griligi tekshiriladi.
Suvli ajratmalar olishni mukammallashtirish uchun:
1. Ularni turg’unligini oshirish uchun konservantlar qo’shiladi: 10% etanol, 0,1% natriy benzoat, 0,05-0,1% sorbin kislota, 0,1% nipagin va nipazol.
2. Fizik-kimyoviy taxlil usullarini takomillashtirish.
3. Apparaturalarni yangilarini ishlab chiqarish.
4. Ekstrakt-konsentratlar assortimentini ko’paytirish.
5. har xil tarkibli yigmalar summasini taklif etish.
6.Ekstrakt konsentratlarning gigroskopikligini kamaytirish.
7. Suvli ajratmlardan tayyorlanadigan (BFM saqlagan) xom ashyolardan turli choy tarkiblarini taklif etish;
8. quruq va suyuq ekstrakt konsentratalardanmikrokapsulalar texnologiyasini taklif etish;
9. Suvli ajratmalar taxlil usullarini takomillashtirish37;
Dispers tuzilishi bo’yicha miksturalar murakkab dispers sistemalardir, chunki ular xakikiy eritmalarning zollar bilan aralashmasi, ba’zi vaqtlarda esa o’z tarkibida suspenziyalar saqlovchi ajratmalardir. Shuning uchun ham bu miksturalarni tayyorlashda qo’shilayotgan dori moddalarni o’simlikdan ajralib chiqadigan moddalar bilan aralashishiga ahamiyat berish kerak.
Rp.: Inf rad. Valerianae 6,0—180,0
Acidi ascorbinici
Themisali 5,0
M.D.S.
Temisalning suvli eritmalari hamma vaqt ishqoriy sharoitga ega, bu NaOH hisobiga hosil bo’ladi. Temisal tarkibidagi ishqoriy muxit eritma turg’unligini oshiradi. Lekin uning tarkibiga askorbin kislotasini va valerian kislotasini qo’shilishi temisal eruvchanligini kamaytirib, erkin teobromin ajralishiga va salitsil kislotasi cho’kmaga tushishiga sabab bo’ladi. Ba’zi vaqtlarda oshlovchi moddalar ta’sirida ham cho’kma hosil bo’ladi.
Masalan: Rp.: Inf. haerbae Adonidis vernalis 8:200,0
Extr. Grataegi 25,0.
T-rae Convallariae 6,0
Kalii bromidi 5,0
M.D.S.
Do’lana ekstraktidan oshlovchi moddalar adonis tarkibidagi va marvaridgul tindirmasi tarkibidagi yurak glikozidlari bilan zaharli cho’kma hosil qiladi. Damlama va qaynatmalar sharoitining o’zgarishi dori moddalarining buzilishiga olib keladi.
Rp.: Chlorali hydrati
Barbitali natrii 2,0
Inf. rad Althaeae
Ag. Menthae 60,0
M.D.S.
Barbital natriy hosil qiladigan ishqoriy sharoit xloralgidratni parchalanishiga va xloroformni hosil bo’lishiga olib keladi, buni hididan sezish mumkin. Suvli ajratmalarini buzilishi natijasida: rangi o’zgarishi, loyqa parda, hosil bo’lishi, cho’kma tushishi, hid chiqishi mumkin.
Suvli ajratmalar kat’iy gigienik sharoitda olib borilishi kerak. Damlama va qaynatmalarni farmakopeya talablari asosida saqlash zarur.
Suvli ajratmalarni turg’unligi past bo’lganligi sababli ular tarkibiga turli xil odam organizmiga zararli ta’sir ko’rsatmaydigan konservantlar qo’shish mumkin.
Masalan: Polsha-Ruminiya farmakopeyalarida nipaginni nipazol bilan aralashmasi 0,15% gacha yoki nipaginni 0,1% gacha qo’shish tavsiya etiladi.
Ekstraktlar.
Ekstraktlar deb o’simlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir, yoki boshka ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman yoki butunlay bug’latilgan ajratmaga aytiladi. Ekstraktlar quyuq suyukligiga karab turlanadi, ekstraktlarga bo’linadi. Ekstrakt konsentratlar tashqi qo’rinishiga qarab 3 ga bulinadi. Suyuq, quyuq, quruq.
Konsentrat ekstraktlar.
Ekstraktlarning maxsus guruxi bulib dorixona sharoitida suvli ajratmalar tayyorlash uchun o’simlik xom ashyosi urniga ishlatishga mo’ljallangan38. Bular ham o’z navbatida uch guruxga bo’linadi. Suyuq konsentrat ekstraktlar (extracta fluida standartisata).
Bular spirt-suvli ajratmalar bo’lib ,1:2 nisbatda tayyorlanadi. quyuq ekstraktlar (extracta spissa) o’ta qovushqoq. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1. nisbatlarda tayyorlanadi. quruq konsentratlar ekstraktlar spirt suvli ajratma bo’lib 1:1 nisbatda tayyorlanadi.
Rp: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 180 ml
Natrii bromidi 6,0
Codeini phosphates 0,2
M.D.S. 1 osh koshikdan kuniga 3 marta ichilsin.
Pasport : Valeriana suyuq konsentrati (1,2 )-12 ml
Natri bromid (1: 5)-30 ml
Kodein fosfat (1: 10)- 2 ml
Suv - 136 ml
Tayyorlanishi. Beriladigan idishga 136 ml suv o’lchab solinadi va unga so’ngra natri bromid konsentrlangan eritmasidan (1: 5) 30 ml olib idishga quyiladi va kodein fosfat (1: 10) konsentratidan 2 ml qo’shiladi.
Mikstura ustiga valeriana suyuk konsentratidan 12 ml qo’shib, jixozlab beradi.
Misol: Rp: Infusi herbo Thermopsidis – 200 ml
Natrii benzoates -1,5
Natrii bromidi -3,0
Liguor Ammonii anisatus - 6,0
M.D.S.
Pasport: Termopsis quruq ekstrakti (1: 1 )
Natriy benzoat 1,5 (1: 1 )
Natriy bromid 3,0 (1:5 )
Novshadilanis tomchisidan -6,0
Suv - 170 ml
Tayyorlanishi: Beriladigan idishga 170 ml suv o’lchab solinadi va unga 0,5 g termopsisni quruq ekstrakti (1: 1) dan qo’shiladi va konsentrat to’liq erib ketguncha chayqatiladi. So’ngra natriy benzoat (1: 10 ) dan 15 ml va natriy bromid (1: 5) konsentratidan 15 ml qo’shiladi. Oldindan novshadilanis tomchisidan ozgina tayyor mikstura bilan aralashtirib, so’ngra umumiy miksturaga qo’shiladi va jixozlanadi.
Rp: Infusi radicis Althaeae -5,0 – 100
Natrii benzoatis -1,5
Elixiris pecforalis - 1,5
M.D.S.
Pasport: Gulxayri ildizi quruq ekstrakti 5,0 (1: 1)
Natriy benzoat - 1,5 (1: 10)
Kukrak eliksiri 1,5
Suv -100 ml gacha
V um 100 ml.
Tayyorlanishi: Gulxayri ildizi quriq ekstraktidan 5,0 gr olib uni avval yaxshilab maydalanadi. 2 ml suv olib xovonchaga tomchilab aralashtiriladi. Uni ustiga natriy benzoat konsentratidan (1: 10) nisbatdagi eritmasidan 15 ml qo’shiladi. Tayyor bo’lgan mikstura ustiga kukrak eliksiri qo’shilib jixozlab beriladi. Tindirilgan xolatda suziladi.
Suvli ajratmalarning sifatini aniklash uchun xujjati dorixat pasporti, joylanishi, rasmiylashtirilgani shuningdek «Salkin joyda saklansin», «Ichishdan oldin chayqatilsin» degan yorliklar bor-yo’qligi, xidi, rangi, mazasi, mexanik iflosliklar yo’qligi va ularning xajmi to’g’riligi tekshiriladi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.
Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
|