Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya




Download 2,9 Mb.
bet11/35
Sana26.12.2019
Hajmi2,9 Mb.
#5367
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35

Ionogen emulgatorlar

Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu guruhlarning oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli SFM) — linimentlar va surtma dorilar bo’limlarida kengrok to’xtab o’tiladi.

Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo’llaniladi. SHilimshiq va pektin moddalar ham ishlatiladi. bo’lar o’z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron kislotasi bo’lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalarning yuqori emulgirlash xususiyati bo’lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil qilishi, ikki qavatli elektr katlamining bo’lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.

 

Elimlar

Elimlardan hosil bo’lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustaxkam ximoya pardasini tashqil qiladi.

Arab elimi — (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan mahsulot. YUqori navi — sargish yarim tinik bo’laklardan iborat. YOmon navi juda bo’yalgan va ifloslangan (tuprok, po’stlok va shox bo’laklari) bo’ladi. Arab elimining 1 qismi 2 qism suvda sekin eriydi va quyuq yopishqoq eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan emulsiyalarni tayyorlashda eng kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga qarab emulgirlash xususiyatini bilish mumkin. YUqori navi 64% tomchilar diametri 2,5 mkm li yuqori disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi. Emulsiya hosil kilish uchun 10 qism yog’ga 5 qism elim olinadi.

O’rik elimi — (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif qilingan. O’rik elimi daraxtlarning tanasi va po’slog’i yorilishidan hosil bo’ladi. O’rta Osiyoda ko’p miqdorda uchraydi. 1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo’rt bo’lakchalardan iborat bo’lib, ushatilganda notekis bo’lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida arab elimi o’rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan oq kukun holidagi modda. 10 qism yog’ga 3-4 qism elim olinadi.

Tragakant — (Gummi Tragacanthae).

Juda kuchli emulgator. 20 g yog’ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin. Tayyorlangan emulsiyada yog’ mazasi saqlanganligi sababli, bu emulgator kam ishlatiladi (dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish maqsadga muvofik. Bu emulgator farmatsevtika amaliyotida yuqori dispersli turg’un emulsiya hosil qiladigan eski murakkab emulgator.



O’simlik shilliqlari — bu polisaxaridlarga yakin bo’lgan moddadir. SHilimshiqlar (slizi) o’simlik organizmining qayta tugilishi jarayonida hosil qiluvchi epidermis qavatining " shilliklanishi " natijasida gulxayri ildizidan, salep tugunagidan va suvda o’sadigan o’simlikni xujayra oraligidagi moddalardan tashqil topgan. Suvda bo’kishi bilan yopishqoq shilimshiq eritma hosil bo’ladi. Salep shilligi yaxshi emulgirlash xususiyatiga ega.

Salep shillig’i — Salep shilligi yuqori stabillash xossasiga ega. 10 g yog’ni emulgirlash uchun 1 g salep kukunidan olinadi. 1 g salepni suvda eritib oldin shilimshiq tayyorlanadi. So’ng uni emulgator sifatida ishlatiladi.

Pektin modda — o’simliklarda pektin moddalar juda keng tarqalgan: sabzavotlar, mevalar, barglar, urug’larda va ildizlarda.

Ular xujayra devorining tarkibiga kiradi va yon xujayralarni o’zaro biriktiradi. Pektin moddalarning yana o’ziga xos xususiyatlari uni kuchli jelatinli xossasidir. Pektin moddalar yuqori molekulali moddalar hisoblanadi. Ularning tuzilish asosi — qisman metil spirtining poligalakturon kislota bilan efirlangani.



Pektin — (Pectinum). Bu modda ozik-ovkat sanoatida ishlatilgan. 1933 yildan A. L. Katalxerman tomonidan dorixonada emulgator sifatida qo’llaniladi. Pektinning faol jelatinli xususiyatini pasaytirish uchun o’rik elimi bilan 1:1 aralashmasidan foydalanish kerak.

 

Ionogen bo’lmagan emulgatorlar

Ionogen bo’lmagan SFM sirt-faol moddalar — bu moddaning molekulalari dissotsilanishi qobiliyatiga ega emas. Ularning difil guruhlaridagi kutbli guruhning o’rnida gidroksil va efir guruhlari bo’lishi eruvchanlik xossasini oshiradi. Ionogen bo’lmagan emulgatorlarning xozirgi davrdagi ro’yxati anchagina. Bu emulgatorlar asosan liniment va surtma dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Kraxmal — dorixonada emulsiya tayyorlashda kraxmal elimini turg’unlashtirish xususiyati yomon emas.

N. G. Goyman tomonidan 1939 yilda dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalar uchun taklif qilingan. 10 g yog’ni emulsiyalash uchun 5 g kraxmal elimi ishlatiladi. Kraxmalning quruq massasining ko’p tarkibiy qismi (97,3-98,9%) polisaxaridlar, qolgani aralashmalar: oqsil moddalar (0,28-1,5%), kletchatka (0,2-0,6%) va kul moddalari­dan (0,30-0,62%) iborat. Boshokli galla o’simliklaridan olingan kraxmalning tarkibida oz miqdorda yuqori moy kislota va 2-glitserin–fosfor kislotasi topilgan. Kraxmal zarrachalarining kuchli bo’kishi va bo’linishidan yopishqoq elim gidrozoli hosil bo’ladi.

 

Sellyuloza va uning hosilasi

Sellyulozaning molekula qatori kraxmalga o’xshash bo’lib, glyukoza qoldiqlaridan tuzilgan, ammo xalkada joylashishi jixatidan farqlanadi. Sellyulozaning tarkibida gidroksil guruhi borligi eterifikatsiya natijasida, stabillash qobiliyati yuqori bo’lgan birikmalar olish imkonini beradi.



Metilsellyuloza — sellyulozaning metil efiri, suvda eriydi.

Karboksimetilsellyuloza — sellyuloza bilan glikol kislotasidan hosil bo’lgan efir. Karboksimetilsellyuloza suvda erimaganligi uchun natriyli tuzi ishlatiladi. Metilsellyuloza va natriy karboksimetilsellyulozani, emulsiya tayyorlashda 1-2%li eritmasi qo’llaniladi.

 

Tvinlar va spanlar

Sorbitalning sintetik hosilalari, emulsiya hajmining 5-10% hisobida ishlatiladi. Farmakologik jixatdan ular organizmga zararsiz.

EMULGATOR T-2. Diefir triglitserin.

Mumga o’xshash qattiq och jigar rang. Glitserinni 16-18 uglerod atomli moy kislotalari bilan 200°S da eterifikatsiya qilinishi natijasida olinadi. Ionogen bo’lmagan SFM ning afzalligi emulgirlash xususiyatini o’ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta fazada erigan holda bo’lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo’ladi. Emulgator T-2 molekulasini yaxshi balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg’un 10% emulsiyaga faqatgina 1,5 g. T-2 sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik qoidasini tatbiq qilish mumkin. Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining o’zunligiga, ikkinchidan, ionogen guruhining suvga o’xshashligiga qarab aniqlanadi.

 

Amfoter xususiyatli emulgatorlar

Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo’lgan. SHuning uchun ular pHi muxit xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo’linadi.



Jelatoza — (Gelatosa) — jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 2 atm. bosimida to’liqsiz gidroliz natijasida hosil bo’lgan modda. Jelatinani shu usul bilan ishlanganda elimlash xususiyati yo’kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi navi arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.

Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun yaxshi muxit bo’lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo’lgan moddalar hisoblanib, uni emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o’simlik va xayvonlardan olingan bo’lib, ular tarkibida fosfatidlar ko’p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki oziq-ovqat sanoatida ham keng qo’llaniladi.



Yog’li emulsiyalar (Emulsa oleosa)

Hamma yog’li emulsiyalar, agar retseptda yog’ning nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, DF ga asosan bodom yoki unga o’xshash o’rik, shaftoli yog’idan tayyorlanadi. Agar yog’ning miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog’ olinadi. Emulgatorning nomi ko’rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo’ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur bo’lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta’minlash maqsadida gemogenizatorlardan o’tkaziladi. Bunda yog’ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo’ladi. yog’li emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini qo’llash mumkin.



Birinchi usul. Kontinental usul. yog’ni hovonchada ma’lum qismdagi emulgator va shu emulgatorni erishi, bo’kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o’ziga xos ovoz chiqquncha yaxshilab eziladi. SHunda qaymoqqa o’xshash massa hosil bo’lib, suv tomchilari dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog’ tomchilarini turg’un ximoya parda xavo bilan o’rab olinib, bo’laklarga bo’linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo’lgandan ke­yin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo’shiladi. Emulgirlash davrida hovoncha dastasini "spiral" ravishda faqat bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog’ tomchilari bu paytda ip shaklida cho’zilib, ximoya parda bo’laklarga bo’linadi. Agar emulgirlash davrida hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo’lishi ancha sustlashadi. Hovonchaga har doim birinchi bo’lib emulgator, keyin esa yog’ olinadi. YUmaloklangan narsa hosil bo’lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo’lishi kerak. yog’ bilan suvning kerakli miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta’sirini ko’rsatadi. Agar yuqorida aytilgan shartlarga e’tibor berilmasa, emulsiya turg’un bo’lmaydi yoki butunlay hosil bo’lmasligi mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo’lmasdan qolgan suvni qo’shish mumkin emas. Agar emulsiya hosil bo’lmasa, yog’ tomchilari suv qo’shilgandan keyin ham ajralib chiqsa, uni to’grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.

Ikkinchi usul. Ingliz usuli. Olingan miqdordagi emulgatorni oz miqdordagi suvda eritib, keyin tomchilab yog’ qo’shiladi. Hamma yog’ni emulgirlab bo’lgandan keyin, birlamchi emulsiyaga qolgan suv quyiladi.

Uchinchi usul. Ibn Sino usuli(Rus usuli) . Stakanga suv tortib olinadi, ustiga yog’. Kerakli miqdorda olingan emulgatorni hovonchada eziladi va unga yog’ bilan suvning arashmasi qo’shib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiyaga suv qo’shiladi. SHunday qilib yuqorida berilgan usullar moddalarning oldinma-ketin olinishiga va ba’zi bir texnik usullarni qo’llashga bog’liq. Komponentlarning miqdori — yog’ni retsept ko’rsatmasi bilan, emulgator miqdorini emulgirlash qobiliyatiga qarab, suv miqdorini emulgatorning suvda erishini hisobga olib, birlamchi emulsiya hosil qilishiga ko’ra olinadi.

Boshqa emulgatorlar uchun suv va emulgatorlar miqdori boshqacha. Masalan: bu emulsiyani o’rik elimi yoki olxo’ri elimi bilan tayyorlansa, 6 g emulgator, 25-30 ml suv olinib, ularning arab elimiga nisbatan kam eruvchanligini hisobga olish kerak. Ko’rsatilgan usullar bilan emulsiyalarni barcha emulgatorlardan tayyorlasa bo’ladi (eritma holida ishlatiladigan salep shilimshig’i, kraxmal elimidan tashkari). Ularga ikkinchi usulni qo’llash mumkin.

Kraxmal bilan emulsiya quyidagicha tayyorlanadi: 10 g kraxmalni chinni idishga teng miqdordagi sovuq suv solib aralashtiriladi va 80 ml kaynok suvni ustiga qo’shib aralashtiriladi va bir oz qaynagunga kadar isitiladi. Hovonchaga o’tkazilgan yarim sovutilgan, eritmaga 20 g yog’ oz-ozdan qo’shib, hovonchada yaxshilab emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga oz-ozdan suv qo’shib 200,0 gacha suyultiriladi.

Tragakant bilan tayyorlash quyidagicha: 2 g mayda tragakant poroshogidan, 20 marta ko’p suv bilan tragakant shilimshig’ini tayyorlab olinib, unga tomchilab 20 g yog’ qo’shiladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiyaga 200 g bo’lguncha suv qo’shiladi.

Quruq sut bilan emulgirlash quyidagicha: 10 g quruq sut, 10 g yog’ bilan aralashtirib, 10 g suv qo’shiladi va hovonchada birlamchi emulsiya hosil bo’lguncha eziladi va kerakli miqdorgacha suv qo’shiladi. Emulgator T-2 qo’llanganda uning kerakli miqdori olinib, suv hammomida eritiladi va hovonchada 10 marta ko’p 60-70°S suvni ustiga qo’shiladi va soviguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan kaymokka o’xshash bir xil aralashma o’ziga yog’ni oson qabul qiladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiya retseptda ko’rsatilgan miqdorgacha suyultiriladi.
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0

D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.


Pasporti: SHaftoli moyidan 20,0

Jelatozadan 10,0

Birlamchi suv (20q10):2=15 g

Ikkilamchi suv 200-(20q10q15)=155 ml

Umumiy og’irlik 200 g
Texnologiyasi: Hovonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So’ng unga oz-ozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig’ir moyi) qo’shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. Bunda o’ziga xos chirsillagan tovush chiqishi kerak. Bu birlamchi emulsiya hosil bo’lganini bildiradi. Emulsiyaga bir tomchi suv tomizilsa, u idish devorida oq iz qoldirib okadi. So’ng oz-ozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan kungir idishga solinadi.

Shaftoli yog’idan har xil emulgatorlardan foydalanib tayyorlangan emulsiyalarni baholash katta kizikish uygotadi. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, o’rik elimidan tayyorlangan emulsiya har tomonlama yuqori sifatli. Emulgator T-2 ham undan yaxshi natijasi bilan qolishmaydi.

Emulsiyalarning parchalanishi (yogning ajralib chiqishi) termostatda 50°S va sentrifugalash 1500 (aylanma) minutiga tezlik bilan aniqlangan. Tvinlar bilan emulsiyalarni tayyorlash usuli, e’tiborni o’ziga jalb qiladi.
Rp.: Olei Ricini 10,0

Aq. purif. ad 100,0

Misce ut fiat emulsum

D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.

Emulgator sifatida 10% li kraxmal kleysterini ishlating.
Pasport.: Kraxmaldan 5,0

Sovuq suvdan 10 ml

Issiq suvdan 35 ml

Kanakunjut moyidan 10,0

Tozalangan suvdan 40 ml

Umumiy og’irlik 100 g


Texnologiyasi: Dastlab 50 g kraxmal eritmasi tayyorlab olinadi, so’ng uni sovitib hovonchaga solinadi. Ustiga oz-ozdan 10 g kanakunjut moyi qo’shib emulgirlanadi. Birlamchi emulsiya hosil bo’lgach, 40 ml suv qo’shiladi.

 

Rp: Olei Ricini 10,0



Tvini - 80. 4,0

Ag. purificatae 100,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta.

 

Oldin Tvin-80 eritmasi tayyorlanadi, buning uchun u teng miqdordagi suvda eritiladi. Undan keyin hovoncha dastasini to’xtovsiz ravishda harakatlantirib kunjut yog’ini oxirigacha emulgirlanadi.



Emulsiyalarga dori moddalarni qo’shish

Ba’zi bir dori moddalarni tanaga yuborishda emulsiya o’ziga xos asos sifatida qo’llaniladi. SHu bilan birga dorilarning munosabati hamda fizik-kimyoviy tuzilishi natijasida muvofiklashgan murakkab tarkib hosil bo’ladi. Emulsiyalarga dori moddalarni qo’shishda fazalarning turiga ham ahamiyat beriladi. Bir xil modda yog’da eriydi, lekin suvda erimaydi, boshqasi aksincha, suvda eriydi, lekin yog’ bilan aralashmaydi. Ko’pincha emulsiyaga kiritiladigan moddalar xech kaysi fazada erimaydi. Ba’zi bir qo’shiladigan moddalarning xossalariga qarab murakkab emulsiyalarni tayyorlash aniqlanadi.


Asosiy adabiyotlar:

  1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

  2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

  3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

Qo‘shimcha adabiyotlar:



  1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

  2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

  3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

  6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

  9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

  10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

  11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

Internet saytlari:



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.nuph.edu.ua

  3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

  4. www.rzgmu.ru

  5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

  6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php



14 - Ma’ruza.
MAVZU 14. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash.

Ma’ruza maqsadi: emulsiya nima, hosil bo’lish yo’llari, GLB ko’rsatkichlari va ularning emulsiya turg’unligiga ta’siri, emulsiya tipi aniqlash bilishlari kerak.
Reja:

1. Urug’li emulsiyalar.

2.Emulsiyalarni tayyorlashning uziga xos xususiyati.

3.Emulsiyaga dorivor modda qushish tartibi.

4.Emulsiya sifatini baxolash kursatgichlari.
Tayanch atama va iboralar: emul’siya, emulgator, gidrofil-lipofil balance (GLB), suv-moy, moy-suv, continental, ingliz, Ibn Sino usuli, emulgirlash, moyli emul’siya, urug’li emul’siya.

Yog’li emulsiyalar (Emulsa oleosa)

Hamma yog’li emulsiyalar, agar retseptda yog’ning nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, DF ga asosan bodom yoki unga o’xshash o’rik, shaftoli yog’idan tayyorlanadi. Agar yog’ning miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog’ olinadi. Emulgatorning nomi ko’rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo’ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur bo’lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta’minlash maqsadida gemogenizatorlardan o’tkaziladi. Bunda yog’ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo’ladi. yog’li emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini qo’llash mumkin.



Birinchi usul. Kontinental usul. yog’ni hovonchada ma’lum qismdagi emulgator va shu emulgatorni erishi, bo’kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o’ziga xos ovoz chikkuncha yaxshilab eziladi. SHunda kaymokka o’xshash massa hosil bo’lib, suv tomchilari dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog’ tomchilarini turg’un ximoya parda xavo bilan o’rab olinib, bo’laklarga bo’linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo’lgandan ke­yin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo’shiladi. Emulgirlash davrida hovoncha dastasini "spiral" ravishda faqat bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog’ tomchilari bu paytda ip shaklida cho’zilib, ximoya parda bo’laklarga bo’linadi. Agar emulgirlash davrida hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo’lishi ancha sustlashadi. Hovonchaga har doim birinchi bo’lib emulgator, keyin esa yog’ olinadi. YUmaloqlangan narsa hosil bo’lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo’lishi kerak. yog’ bilan suvning kerakli miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta’sirini ko’rsatadi. Agar yuqorida aytilgan shart­larga e’tibor berilmasa, emulsiya turg’un bo’lmaydi yoki butunlay hosil bo’lmasligi mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo’lmasdan qolgan suvni qo’shish mumkin emas. Agar emulsiya hosil bo’lmasa, yog’ tomchilari suv qo’shilgandan keyin ham ajralib chiqsa, uni to’grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.

Ikkinchi usul. Ingliz usuli. Olingan miqdordagi emulgatorni oz miqdordagi suvda eritib, keyin tomchilab yog’ qo’shiladi. Hamma yog’ni emulgirlab bo’lgandan keyin, birlamchi emulsiyaga qolgan suv quyiladi.

Uchinchi usul. Ibn Sino usuli(Rus usuli) . Stakanga suv tortib olinadi, ustiga yog’. Kerakli miqdorda olingan emulgatorni hovonchada eziladi va unga yog’ bilan suvning arashmasi qo’shib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiyaga suv qo’shiladi. SHunday qilib yuqorida berilgan usullar moddalarning oldinma-ketin olinishiga va ba’zi bir texnik usullarni qo’llashga bog’liq. Komponentlarning miqdori — yog’ni retsept ko’rsatmasi bilan, emulgator miqdorini emulgirlash qobiliyatiga qarab, suv miqdorini emulgatorning suvda erishini hisobga olib, birlamchi emulsiya hosil qilishiga ko’ra olinadi.

Boshqa emulgatorlar uchun suv va emulgatorlar miqdori boshqacha. Masalan: bu emulsiyani o’rik elimi yoki olxo’ri elimi bilan tayyorlansa, 6 g emulgator, 25-30 ml suv olinib, ularning arab elimiga nisbatan kam eruvchanligini hisobga olish kerak. Ko’rsatilgan usullar bilan emulsiyalarni barcha emulgatorlardan tayyorlasa bo’ladi (eritma holida ishlatiladigan salep shilimshig’i, kraxmal elimidan tashkari). Ularga ikkinchi usulni qo’llash mumkin.

Kraxmal bilan emulsiya quyidagicha tayyorlanadi: 10 g kraxmalni chinni idishga teng miqdordagi sovuq suv solib aralashtiriladi va 80 ml kaynok suvni ustiga qo’shib aralashtiriladi va bir oz qaynagunga kadar isitiladi. Hovonchaga o’tqazilgan yarim sovutilgan, eritmaga 20 g yog’ oz-ozdan qo’shib, hovonchada yaxshilab emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga oz-ozdan suv qo’shib 200,0 gacha suyultiriladi.

Tragakant bilan tayyorlash quyidagicha: 2 g mayda tragakant poroshogidan, 20 marta ko’p suv bilan tragakant shilimshig’ini tayyorlab olinib, unga tomchilab 20 g yog’ qo’shiladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiyaga 200 g bo’lguncha suv qo’shiladi.

quruq sut bilan emulgirlash quyidagicha: 10 g quruq sut, 10 g yog’ bilan aralashtirib, 10 g suv qo’shiladi va hovonchada birlamchi emulsiya hosil bo’lguncha eziladi va kerakli miqdorgacha suv qo’shiladi. Emulgator T-2 qo’llanganda uning kerakli miqdori olinib, suv hammomida eritiladi va hovonchada 10 marta ko’p 60-70°S suvni ustiga qo’shiladi va soviguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan kaymokka o’xshash bir xil aralashma o’ziga yog’ni oson qabul qiladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiya retseptda ko’rsatilgan miqdorgacha suyultiriladi.
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0

D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.


Pasporti: SHaftoli moyidan 20,0

Jelatozadan 10,0

Birlamchi suv (20q10):2=15 g

Ikkilamchi suv 200-(20q10q15)=155 ml

Umumiy og’irlik 200 g
Texnologiyasi: Hovonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So’ng unga oz-ozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig’ir moyi) qo’shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. Bunda o’ziga xos chirsillagan tovush chiqishi kerak. Bu birlamchi emulsiya hosil bo’lganini bildiradi. Emulsiyaga bir tomchi suv tomizilsa, u idish devorida oq iz qoldirib oqadi. So’ng oz-ozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qungir idishga solinadi.
Emulsiyalarga dori moddalarni qo’shish

Ba’zi bir dori moddalarni tanaga yuborishda emulsiya o’ziga xos asos sifatida qo’llaniladi. SHu bilan birga dorilarning munosabati hamda fizik-kimyoviy tuzilishi natijasida muvofiklashgan murakkab tarkib hosil bo’ladi. Emulsiyalarga dori moddalarni qo’shishda fazalarning turiga ham ahamiyat beriladi. Bir xil modda yog’da eriydi, lekin suvda erimaydi, boshqasi aksincha, suvda eriydi, lekin yog’ bilan aralashmaydi. Ko’pincha emulsiya­ga kiritiladigan moddalar xech kaysi fazada erimaydi. Ba’zi bir qo’shiladigan moddalarning xossalariga qarab murakkab emulsiyalarni tayyorlash aniqlanadi.

 

Yog’li emulsiyalarga dori moddalarni qo’shish

Magizdan tayyorlangan emulsiyalarga o’xshash, eriydigan dori moddalar 1 qism suvda eritilib, birlamchi emulsiya suyultiriladi. Nastoykalar va boshqa suyuq galen preparatlari tayyor emulsiyalarga qo’shiladi. yog’da eriydigan dori moddalar (fenilsalitsilat va benzonaftoldan tashkari) oldin yog’da eritilib, keyin yog’li eritma emulgirlanadi. Emulgator miqdorini hisoblashda yog’ning miqdori emas, yog’li eritma miqdori hisobga olinadi.

 Rp.: Emulsi Oleosi 200,0

Natrii bromidi 3,0

Coffeini-natrii benzoatis 1,0

Anaesthesini 2,0

Extr. Belladonnae spissi 0,15

M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.

Pasport.: Shaftoli moyi 20,0

Anestezin 2,0

Jelatoza 11,0

Birlamchi suv 16,5

(20,0q2,0q11,0):2 =16,5

Koffein natriy benzoat 1,0

Belladonna ekstrakti quyuq 0,15

Ikkilamchi suv 150,5

200 –(20q2q11q16,5) =150,5

Umumiy og’irlik =202,2

 

Texnologiyasi: 20 g bodom (shaftoli, o’rik) yog’ida anestezin eritilib emulsiya tayyorlanadi. Emulgator sifatida jelatozani qo’llash mumkin. yog’li fazaning massasi 22 ga ko’payganligi uchun 11 g jelatoza olinadi. Tuzli komponentlar va belladonna ekstrakti birlamchi emulsiyalarni suyultirish uchun ishlatiladigan suvda eritiladi. Fenilsalitsilat va benzonaftol kabi ichak antiseptiklari garchi yog’da erisa ham X DF ko’rsatmasi bo’yicha maydalangan suspenziya holida emulsiyalarga kiritiladi. Bu moddalarni yog’li eritmasi ichakda gidrolizlanishi kiyinlashib, yog’li eritmalari antiseptik ta’sir ko’rsatmaydi. Suvda ham, yog’da ham erimaydigan dori moddalarni hovonchada yaxshilab ezib, birlamchi tayyor emulsiyalarga qo’shiladi. Bu dori moddalarni emulsiya tarkibida turg’unligini ta’minlash maqsadida olinadigan emulgatorni miqdori dori modda miqdorini yarmi hisobida oshiriladi. Suspenziyalarni turg’unligini oshirish uchun zarrachalarni emulgatordan yoki emulsiyadan hosil bo’lgan ximoya parda bilan qoplamoq kerak. Gidrofob moddalarni (fenilsalitsilat benzonaftol va sh. o’. ) kiritish uchun ortiqrok miqdorda emulgator qo’shiladi. (SHu moddalarning yarmi hisobida). Gidrofil moddalar (tanalbin va sh. o’.) qo’shilganda stabilizator miqdori oshmaydi.

 

Rp.: Emulsi Olei Ricini 100,0



Phenylii salicylatis 2,0

Sirupi Cerasi 20,0

M. D. S. 3 yoshli bolaga 1 ch qoshiqdan har 3 soatda berilsin.

 10 g ozgina isitilgan kanakunjut yog’idan 4 g o’rik elimini sarflab, (fenilsalitsilatni stabillash uchun 1 g oshik olinadi) birlamchi emulsiya tayyorlanadi. Birlamchi emulsiyaga bu aralashma maydalangan dispers holda qo’shiladi va unda yaxshilab eziladi. Hosil bo’lgan emulsiya — suspenziyani keyin suv bilan suyultiriladi. Oxirida chayqatib turgan holda sharbatni tomchilab qo’shiladi. Vismut nitrat asosi bilan emulsiya tayyorlashda arab elimi va unga o’xshash mahsulotlarni qo’llash mumkin emas, chunki bunda vismutni arabiantli aralashmasi hosil bo’lib, suvda erimaydigan yopishqoq massani hosil qiladi.

Rp.: Emulsii Benzylii benzoatis 20%- 100,0

D. S. qichima kassaligini davolash uchun.

Pasport: Benzil benzoat 20,0 g

Yashil sovun 1,0 g

Emulgator T2 1,0 g

Tozalangan suv 78, 0 ml

M um=100 g

Texnologiyasi: YOrdamchi idishda yashil sovun iliq suvda eritiladi va chayqatib turgan xolda oz ozdan benzilbenzoat qo’shib boriladi. Suv xammomida chinni kosachada emulgator T2 eritiladi va issiq xavonchada 2 ml issiq tozalangan suv bilan yaxshilab eziladi. Sungra oldindan tayyorlangan benzilbenzoat emulsiyasi bilan oz ozdan aralashtiriladi.26


Efir moylari va boshqa suyuqliklardan tayyorlangan emulsiyalar

Efir moyli emulsiyalar. Suv/efir moyining fazalararo yuza taranglik chegarasini tortish kuchi suv/yogning chegara tortish kuchiga karaganda ko’p bo’lgani sababli emulgatorlar (efir moyiga qarab, 100 dan 200% gacha) ko’p olinadi. Birlamchi emulsiyani hosil kilish uchun suvni ham tegishlicha ko’p qo’shiladi. Sulfanilamid moddalari chiqqunga qadar emulsiyada santal yog’i yozilgan (tropik daraxt (Santalin albun) dan olingan efir moyi). U so’zak va siydik yo’llarini zararsizlantirishda ishlatilgan. Skipidarli (oliy nav) emulsiya ham uchragan. Kapay balzami eski dorilar tarkibida berilgan bo’lib, ishlatilishi xuddi santal yog’iga o’xshashdir. Santal yog’i bilan tayyorlangan emulsiyalar uchun yuqorida aytilgan so’zlar balzamdan tayyorlangan emulsiyalarga ham tegishlidir.

 

Erkak paporotnik ekstraktining emulsiyasi

Erkak paporotnik ekstrakti suv bilan aralashmaydi. Emulgirlash uchun o’rik elimidan teng miqdorda oli­nadi.

 Rp.: Ext. Filicis maris spissi

Gummi Arabici aa 5,0

Natrii hydrocarbonatis 0,5

Ag. purificatae 5,0

Mf. Emulsum

D. S. (Duodenal yuborish uchun)

 

To’rtxlorli karbon emulsiyasi

To’rtxlorli karbon gijja xaydovchi sifatida ichish uchun tayinlanadi. Bu modda og’ir suyuqlik bo’lgani uchun emulgator miqdori 2-2,5 marta oshiriladi. Retsept uchun 15 g emulgator olinadi (10 g yog’ uchun va 5,0 to’rtxlorli karbon uchun).

 Rp.: Carbonae tetrochlorati 2,0

Emulsi oleosi 200,0

M. D. S. Gijjaga qarshi.

 

Emulsiyalardagi nomutanosibliklar

Emulsiyalar tarkibiga koagulyantli omillar (elektrolit, o’ziga suv shimuvchi moddalar va boshk. ) qo’shish mumkin emas. Ishqoriy xususiyatga ega moddalar emulsiyada koagulyasiya holatini paydo kilishi mumkin.

 Rp.: Emulsi seminis Amygdalarum dulcis 200,0

Barbitali natrii 1,5

M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.

 

Barbital natriyni tayyorlangan emulsiyada eritmokchi bo’lsak, koagulessensiya yuzaga keladi. Ivigan massa suzib yuradi.27



Rp.: Emulsi seminis Amygdalarum dulcis 200,0

Magnesii sulfatis 8,0

Extr. Belladonnae 0,15

M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.

Magniy sulfat elektroliti ta’sirida emulsiya turg’unligini yo’kotib cho’kmaga tushadi.

 Rp.: Emulsi Olei Ricini 100,0

Sirupi Cerasi 10,0

M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 2 marta ichilsin.

 Yog’li emulsiyalarga mevali sharbatlar (malina, olcha) nordon ta’sir etuvchi preparatlar qo’shilishi natijasida ivib qoladi. Oddiy sharbat ham emulsiyani buzadi. (konsentrlangan shakar sharbatini degidratlash xususiyati).
Moyli emulsiyalarga dorivor moddalarni qo’shish

Rp.: Emulsi oleosi 120,0

Camphorae 2,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

Pasport: Shaftoli moyidan -12,0

Kamforadan — 2,0

Jelatozadan — 7,0

Birlamchi suv — 10,5ml

Ikkilamchi suv — 90,5 ml

122-(12q2q7q10,5) = 90,5ml

Umumiy og’irlik 122 g
Chinni kosachaga 12 g bodom yoki shaftoli moyi solinadi. Olingan moy suv hammomida 40—50°S haroratgacha qizdirilib, unda 2 g kamfora eritiladi. Hovonchada 7 g jelatoza maydalanadi va ustiga sovutilgan kamforaning moyli eritmasi solinib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massaning ustiga tezda 9,5 ml suv solinadi va birlamchi emulsiya hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Birlamchi emulsiya hosil bo’lganini tekshirib qurilgandan so’ng qolgan suv oz-ozdan aralashtirib turgan holda qo’shiladi. Tayyor emulsiya shisha flakonga suziladi va og’irligi 122 g ga etkaziladi.

Rp.: Emulsi ex oleis Ricini 160,0

Bismuthi subnitratis 1,0

Sirupi simplicis 20 ml

Olei Menthae piperitae guttas V

M .D.S. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin

Pasport: Kanakunjut moyidan 16,0

Jelatozadan 8,0 ml

Kalampir yalpiz moyi 5 tomchi

Vismut nitrat asosidan 1,0

qand sharbatidan 20 ml (26,0 g)

Birlamchi suv - 12 ml

Ikkilamchi suv - 124 ml

Umumiy og’irlik 187 g



Texnologiyasi:Hovonchada 12 ml suv 8 g jelatoza bilan aralashtiriladi. Ustiga tomchilab 16 g kanakunjut moyi va 5 tomchi yalpiz moyi qo’shilib emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga 124 ml suv qo’shib 2 qavatli dokadan suzib og’irligi 160 g ga etkaziladi. Hovonchada 1 g vismut nitrat asosi 0,5 g tayyor emulsiya bilan eziladi. Oz-ozdan qolgan emulsiya qo’shiladi va 20 ml qand sharbati qo’shib aralashtiriladi. Qungir shisha idishga solinib kerakli erlik epishtiriladi.
Mag’izlardan emulsiya tayyorlash

Mag’izlardan olinadigan emulsiyalar shirin bodom, qovoq, eryong’oq mag’izlaridan tayyorlanadi. Bu emulsiyalarda oksil xossasiga globulinlar mag’izning g’amlangan oqsil qismi bo’lib, emulgator vazifasini bajaradi. Globulin yog’li mag’izlarda ko’prok bo’lib, kraxmal saqlovchilarga nisbatan kam bo’ladi. Ba’zi bir mag’izlardan (bodom va eryong’ok) emulsiya tayyorlashda emulsiya tiniq oq bo’lishi uchun oldin po’slog’idan ajratiladi. CHunki mag’izning po’slog’idagi oshlovchi moddalar, mag’iz tarkibidagi oqsil moddalar oz bo’lsa ham, cho’kmaga cho’kishi mumkin. Emulsiyalar filtr kogozidan o’tkazilmaydi, chunki filtr kogoz yog’ tomchilarini ushlab qoladi. Emulsiyalar doka orqali suziladi. Agar retseptda boshqa ko’rsatmalar bo’lmasa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 qism urug’ olinadi.

Mag’iz va urug’larni xususiyatiga qarab tozalashda har xil usullardan foydalaniladi. SHirin bodom magizini (60°-70°S) issiq suvda 10 minut ivitiladi, keyin po’slog’i ajratiladi. Tozalangan va kerakli miqdori tortib olingan bodom magizini (1/10 qism magiz) suv bilan chukur hovonchada yog’och dastasida to bir xil bo’tka hosil bo’lguncha eziladi, keyin qolgan suv oz-ozdan qo’shiladi va tayyor emulsiya ikki qavatli doka orqali suziladi. Undan keyin emulsiyani berilgan miqdorigacha suv bilan etkaziladi.
Mag’iz va urug’lardan po’stlog’i yoki qobig’ini ajratmasdan emulsiya tayyorlash
Ko’knori, qovoq va kanop urug’laridan po’slog’ini ajratmasdan emulsiya tayyorlanadi.

 Rp.: Emulsi seminum Papaveris 200,0

Da. Signa. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.

 Tayyorlashdan oldin ko’knori urug’ini 2 marta toza elakda issiq suv bilan (60-70°C) chayiladi, bu esa ma’lum darajada maydalashni osonlashtiradi.


Urug’dan emulsiyalar tayyorlash
Rp.: Emulsi seminum Amyqdalarum dulcis 180, 0

M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.

Pasport: Bodom magizi 18,0

Tozalangan suv 180 ml gacha

Umumiy og’irlik 180 g
Texnologiyasi: Emulsiya tayyorlash uchun 18 g kobikdan tozalangan magiz kerak bo’ladi. Buning uchun bodom magizi 60—70°S li suvda 10 daqiqa buktirib quyiladi, so’ngra magizning ustki kobigi pinset yordamida olib tashlanadi. Tarozida tortib olingan tozalangan magiz chukur hovonchaga solinib ozgina (1,8 ml) suv qo’shib bo’tqasimon massa hosil bo’lguncha ezib maydalanadi. Massaga oz-ozdan suv (taxminan 144 ml) qo’shilib 2 qavat dokadan tegishli idishga suziladi. Og’irligi 180 g ga etkazilib, kerakli erlik epishtiriladi.

Qovoq urug’ini (Semina Cucurbitae) qattiq po’slog’idan ajratgandan keyin emulsiya tayyorlanadi. YUmshoq qavati magiz bilan birga maydalanadi. Tayyor emulsiya suzilmaydi. SHuning uchun urug’ ustidagi ko’k po’slog’i yaxshi maydalanganligiga ahamiyat berish kerak.

Magizlardan emulsiya tayyorlanganda dispers fazaga ko’p miqdorda yog’ ajralib chiqishiga katta ahamiyat berish kerak, bu esa birlamchi emulsiyaning har tomonlama yaxshi tayyorlanishiga bog’liq. S. F. SHubin usuli bo’yicha magizlardan emulsiya tayyorlashda ajratib olinadigan yog’ miqdorini yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilinadi. SHu maqsadda emulsiya olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan va bo’lardan ikki marta ishlash usuli bilan yuqori natija olingan. Bu usul bilan yarim miqdordagi suv ishlatib emulsiya tayyorlanadi. Birlamchi emulsiya tayyor bo’lgandan so’ng, ikkinchi marta qolgan yarim suv bilan ishlanadi va emulsiya tayyor bo’ladi.

Rp.: Emulsi seminum Cucurbitae 100, 0

M. D. S. Kuniga 4—5 mahal ichilsin.

Pasport: Qovoq urug’i 10,0

Tozalangan suv 100 ml gacha

Umumiy og’irlik 100 g

10 g pustlogidan tozalangan kovok urug’i hovonchada maydalanadi va 1 ml suv qo’shib, yaxshilab eziladi. Hosil bo’lgan butkaga 90 ml suv qo’shib aralashtiriladi. Tayyor emulsiyani suzmasdan tegishli idishga solinadi. «Salqin joyda saqlansin», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.


Mag’izdan tayyorlangan emulsiyalarga dori moddalarni qo’shish

Magizdan tayyorlanadigan emulsiyalarga suvda eriydigan dori moddalar kiritiladi. Ularni eritish uchun 1 qism suv qoldiriladi va birlamchi emulsiya tayyor bo’lgandan keyin suyultiriladi.

 Rp.: Emulsi seminum Amygdalarum dulcis 180,0

Natrii benzoatis 1,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 marta ichilsin.

 Oddiy qoida bo’yicha magizdan emulsiya tayyorlanib, 50 ml gacha suv natriy benzoatni eritish uchun qo’llaniladi.

 Rp.: Emulsi Seminum Cucurbitae decorticorum ex 50,0-200,0

Sirupi Citri unshiu 20,0

M. D. S. Ertalab 2 marta qabul qilinadi, bir necha soatdan keyin 2 osh qoshiq kunjut moyi ichiladi.

 Qovoq mag’zi po’chogidan tozalanib, ko’kimtir kulrang yupqa po’sti bilan ishlatiladi. SHuni bilish zarurki, sharbatlar suyultirilmagan holda qo’shilsa, emulsiyalarning turg’unligi yo’kolib ximoya pardasi buziladi, emulgatorni degidratsiyalanishiga olib keladi. SHuning uchun mandarin po’slog’i sharbati toza suvda suyultirilib, birlamchi emulsiyaga qo’shiladi.


Emulsiya sifatini tekshirish

1. Mikroskopda dispers faza o’lchamini bir xilligi tekshiriladi. Bunda katta zarrachalar bo’lmasligi kerak.

2. qavatlanishi 1500 ayl/dak. tezlikda sentrifugalanadi. Katlamlarga ajralmasligi kerak.

3. Termik turg’unligi termostatda 50°Sda tekshiriladi.

4. qovushqoqligi viskozimetrlarda aniqlanadi.

Kelajakda emulsiyalarni dori shakli sifatida rivojlantirishning 3 ta yunalishi kuzda tutilgan:

1. Emulsiya tayyorlashda kichik mexanizatsiyalarni qo’llash (dispergator, gomogenizatorlar);

2. Emulgatorlar ko’lamini kengaytirish;

3. Emulsiya sifatini baholashning yangi usullarini joriy etish.

To’gri tayyorlangan emulsiyalar gomogenligini bir necha kun davomida saqlash mumkin. Dispers fazaning ustki qismi ko’tarilishi emulsiyaning buzilishiga olib keladi. Ichish oldidan chayqatilsa, oldingi holatiga qaytadi. Haroratning ko’tarilishi yoki birdan pasayishi emulsiyaning buzilishiga sabab bo’ladi. Tayyorlangan emulsiyalarga "ishlatishdan oldin chayqatilsin" va "salqin joyda saqlansin" yozuvli yorliq yopishtiriladi. Emulsiyalar mikroorganizmlarning ko’payishiga yaxshi muxit yaratadi. Shuning uchun emulsiyalarni tayyorlaganda gigiena qoidalariga rioya qilinishi shart28.


Asosiy adabiyotlar:

  1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

  2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

  3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

Qo‘shimcha adabiyotlar:



  1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

  2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

  3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

  6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

  9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

  10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

  11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

Internet saytlari:



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.nuph.edu.ua

  3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

  4. www.rzgmu.ru

  5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

  6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php



15 - Ma’ruza.

MAVZU 15. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.

Ma’ruza maqsadi: Suvli ajratmalarga Davlat Farmakologiyasi tomonidan qo’yilgan talablarni o’zlashtirish. Infundir apparatini tuzilishi va ishlash prinsipini bilish. Damlama tayyorlash va ularga dori moddalarini qo’shish tartibini o’rganish.

.

Reja:



1. Suvli ajratmalarning afzallik va kamchiliklari

2. Suvli ajratmalardan biofaol moddalarni ajralishiga ta’sir etuvchi omillar:

- maydalik darajasi

- Ajratmaning PH muhiti

- Xom-ashyo suv shimish koeffitsienti

- Konsentratsiyalar farqi

- Maxsulot nisbati

- Sovtiish vaqti

- xarorat tasiri

3. Damlama va qaynatmalarning olish bosqichlari

4. Damlama va qaynatmalarning olishning nazariy asoslari

- Damlama va qaynatmalarning olishning bosqichlari

- Molekulyar diffuziya

- Konvent diffuziya


Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar diffuziya, konvent diffuziya.
Damlama va qaynatmalar (infusum, decoctum)

Damlama va qaynatmalar rasmiy dori shakli bo’lib XDF ularning tayyorlash reglamenti umumiy maqola shaklida beriladi.

Ishlatiladigan damlama va qaynatmalar — suyuq dori shakllariga kirib, dorivor o’simliklarning turli qism­laridan olinadigan suvli ajratmalar va quruq, suyuq ekstraktlar, suvli eritmalardir. Damlama (infusum) va qaynatma (decoctum) lar oddiy ajratmalar bo’lib, murakkab apparatlar va qimmatbaho yoki topilishi kiyin ajratuvchilar talab qilmaydi. SHu sababli juda qadim zamonda (Galendan avval) ishlatilgan dori shakli bo’lishiga karamay, xozirgi davrda ham keng qo’llaniladi. Xozir damlama va qaynatmalar to’grisidagi xulosalar kengaygan bo’lib, ekstrakt konsentratlarining eritmalari ham shu nom bilan ataladi.

Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonlarining nazariy asoslari juda murakkab. Ta’sir etuvchi moddalar o’simlik xom ashyosidan, o’simlikning har xil qismlaridan ajratilib, ular to’kima tuzilmalaridan iborat. To’kimalar bir-biri bilan birlashadi, ularning o’lchami bir necha mkm bo’ladi, xujayralar oraligida xujayralararo bo’shlik ham bor. Kletchatkaga gidrofil moddalar yopishganidan suv o’simlik xom ashyosini namlaydi. Kletchatka bilan o’ralgan o’simlik tarkibidagi moddalar har xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega. O’simliklarning gistologik tuzilishi har xil bo’lganligi ajratma tayyorlashda hisobga olinishi kerak.



Suvli ajratmalarning afzalliklari:

1) juda keng tarqalgan dori shakli;

2) tayyorlanishi oddiy;

3) ajratuvchisi arzon;

4) kompleks moddalarni eritadi;

5) oson dozalarga bo’linadi;

6) saqlash uchun kulay;

7) murakkab jihozlash materiallarini talab etmaydi;



Kamchiliklari:

1) bu dori shaklini saqlash muddati kam bo’lib, 2 sutkadir;

2) tez buzilib qoladi;

3) dorixonadan standart bo’lmagan dori chiqariladi;

4) tayyorlash jarayoni ko’p vaqtni oladi.

Suvli ajratmalarni tayyorlaganda standart xom ashyolar, maydalik darajalari NTX va DF talablariga javob beradigan bo’lishi kerak.

Ajratmalarni suvli ajratmaning hajmiga qarab tanlash zarur.

Damlama va qaynatmalarga dorixat yozilishi. Odatda damlama va qaynatmalar uchun shifokor dorixatda faqat xom ashyo miqdori va ajratma miqdorini ko’rsatadi. 
Rp.: Infusi herbae Adonidis Vernalis 5,0—150,0

D.S.


Ba’zi holatlarda shifokor faqat ajratmaning umumiy miqdorinigina ko’rsatishi mumkin.

Rp: Infusi herbae Adonidis vernalis 200,0

D.S.

 Bunday holda dorixona xodimlari farmakopeya ko’rsatmasiga amal qiladilar, ya’ni bahorgi adonis er ustki qismi 1:30 nisbatda ajratma tayyorlanadigan o’simliklar guruhiga kirganligi uchun:



1 — 30

x — 200


Demak, ajratma tayyorlash uchun 6,6 xom ashyo olish kerak.
Suvli ajratma olishning nazariy asoslari

Suvli ajratma olish 3 bosqichdan iborat:



1-bosqich. O’simlik xom ashyosi suv bilan namlanadi va erituvchi uni ichiga kiradi. Kapillyar kuchlar ta’sirida o’simlik suvni o’ziga shimadi. Suv xujayralararo bo’shlikni to’ldiradi, xujayra devorlari va devor yonlaridan xujayra ichiga kiradi. Bu xodisani endoosmos deymiz.

2-bosqich. “Birlamchi sharbatning” hosil bo’lishi. Xujayra ichidagi moddalar bilan erituvchi to’knashib chin eritma, YUMB, kolloid eritmalar, ya’ni moddalarni konsentrlangan eritmasi hosil bo’ladi.

3-bosqich. Moddalarni o’simlik xom ashyosidan suyuq muxitga o’tishi massa almashinuvi deyiladi. Natijada birlamchi sharbatni yuqori konsentratsiyalari xujayra ichida osmotik bosim hosil qiladi, bu esa xujayradagi bor narsalar bilan osmotik bosimi kam bo’lgan moddalarni o’rab olgan suyuqlik o’rtasida diffuzion almashinuvi bo’ladi. Birinchi galda harakatchan molekulalar ajraladi, sekinroq YUMB diffundirlanadi. Kolloid komponentlar eng kam tezlik bilan diffuziyalanadi.

Ekzo va endoosmoslar xodisalarni xujayrani ichki va tashqi qismida bir xil bo’lmaguncha o’z-o’zicha ketadi. Natijada molekulyar va konvektiv diffuziyalanadi.

Molekulyar - diffuziya molekulalarning xaotik hara­katiga va molekulalar kinetik energiyasining zonasiga bog’liq bo’ladi.

Molekulyar diffuziyani tezligi — ajratma haroratiga, diffuzion yuzaga, yuzani katta-kichikligiga, qatlam qalinligiga bog’liq.



Moddalar joyining o’zgarishi ma’lum vaqtga ham bog’liqdir.


Download 2,9 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Download 2,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

Download 2,9 Mb.