• Suv shimish koeffitsienti
  • Har xil turdagi o’simlik xom ashyolarining suv shimish koeffitsienti
  • 1 gr. standart maydalikdagi o’simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib olingandan keyin ushlanib qolgan suvning miqdori suv shimish koeffitsienti deyiladi.
  • Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda qo’llaniladigan apparaturalar
  • 12-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.
  • 13-rasm. AN-3000 infundir apparat.
  • Damlama va qaynatmalarga sovitish vaqtining ta’siri
  • Ajratma xajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta’siri 31
  • 16 - Ma’ruza. MAVZU 16. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar Ma’ruza maqsadi
  • Tayanch atama va iboralar
  • -rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi.29




    Download 2,9 Mb.
    bet12/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2,9 Mb.
    #5367
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35

    11-rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi.29
    Damlama va qaynatmalar ishlab chiqarishda o’zoq vaqt qo’llanib kelingan usul ilmiy asosga ega bo’lmagan edi. Damlama va qaynatmalar tayyorlashga xususiy yondoshish, tayyorlash jarayonini ilmiy asoslash USH DF (1946) joriy qilingach boshlandi. Masalan, alkaloid saqlaydigan xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlash uchun limon kislotasini qo’shish taklif qilindi. Undan tashkari xom ashyo 3 darajadagi maydalikda qo’llaniladi. qaynatmalar uchun har xil sovitish muddatlari belgilangan.

    Shunday bo’lsa ham, ularni tayyorlashning asosini dast­labki universal usul, xom ashyoga sovuq suv solib suv hammomida 15 min (damlama) va 30 min (qaynatma) qizdirish tashqil etadi. Hajmi 1-3 l bo’lgan ajratmalar tayyorlashda qizdirish uchun 25 minutgacha qaynatmalar uchun 40 minutgacha o’zaytiriladi.

    Dorivor o’simliklar xom ashyosidan ta’sir etuvchi moddani ajratib olish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillar. Damlama va qaynatmalarda ham xuddi boshqa ajratmalar (ekstraktlar, tindirmalar) kabi tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslariga bo’ysuniladi. Lekin ular ko’prok zarur hollarda tayyorlangani uchun ba’zi bir o’ziga xos jixatlarini e’tiborga olish lozim:

    1. Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda dorivor o’simliklar qismining maydalanganlik darajasi, shu doriga xos bo’lgan maqolalarda keltirilgan me’yorlashtirilgan bo’lishi kerak. Xususiy maqola bo’lmasa XIDF bo’yicha damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun o’simlik qismlari quyidagi maydalikda bo’lishi kerak: bargi, guli va o’tlari 5 mm gacha bo’lgan maydalikda, poya, po’sti, ildiz, ildiz poyasi, 3 mm gacha, urug’i va mevasi — 0,5 mm dan katta bo’lmagan zarrachalarda va xokazo.

    2. Konsentratsiyalar farqi. Ajratma olish jarayonini tezlatish maqsadida doimo o’simlik xom ashyosi zarrachalariga ekstragent yangi qismlarini mumkin kadar davriy ravishda yuborib turish kerak. Bu aralashmani aralashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ham ajratma olish jarayonining hamma bosqichlari tezlashadi.

    Shuni hisobga olib, XI DF da damlama va qaynatmalarni tayyorlashda xom ashyoni damlab, doimo aralashtirib turish ko’zda tutilgan. Xom ashyo va ekstragentning o’zaro nisbati ham belgilangan.

    Ekstragent quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    - selektivlik;

    - kimyoviy inert;

    -uchuvchan;

    - toksik hususiyatiyo’q;

    - arzon. 30

    3. DF da damlama va qaynatmalar tayyorlanishida xom ashyo va ajratuvchining nisbati.

    O’simlik miqdori haqida biron-bir ko’rsatma bo’lmasa damlama va qaynatmalari 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Adonis o’tidan, valeriana ildizi va ildiz poyasidan, istod ildizi, rojki sporqnya, marvaridgul bargi va guli, zig’ir urug’idan 1:30 nisbatda. Kuchli ta’sir etuvchi modda saqlagan angishvonagul bargi, chistotel (qoncho’p) o’ti o’simlik qismidan suvli ajratmalar odatda ekstrakt (konsentrat)laridan 1:400 nisbatda tayyorlanadi(gulhayri ildizi, tog’rayxon o’ti, na’matak mevasi).

    Suvli ajratmalarni ekstrakt (konsentrat)dan tayyorlanganda uni miqdorini o’simlik miqdoridek qilib olish kerak .

    4.Damlama va qaynatmalarni olish uchun ishlatiladigan suv miqdori ta’sir etuvchi moddalarni to’liq ravishda olishga imkon berishi zarur.

    5. Muxitning ta’siri.

    6. Vaqt rejimi.

    7. Xom ashyo standartligi.

    Standart konsentratsiyaga ega bo’lmagan suvli ajratma mahsulotlarning nisbatlari:

    Oddiy archa qubbalari 1:5

    Devyasil ildizi 1:12,5

    Ayiqtovon briketi 1:20

    Sano bargi va tirnoqgul guli briketi 1:25

    Jo’ka gullari 1:28,5

    YAlpiz bargi briketi 1:40

    Do’lana guli briketi 1:50
    Suv shimish koeffitsienti

     Xom ashyodan damlama yoki qaynatma tayyorlash uchun kerak bo’lgan suvning miqdori turlicha olinishi mumkin. Masalan:

     

    Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 6,0—120,0



    D.S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.

     

    Xom ashyodan dorixatda ko’rsatilgan miqdordagicha suv solib, ajratma olinib, berilgan hajmgacha suv bilan etkaziladi. Bunda yana suv qo’shishimizning sababi shuki, suvning bir qismi xom ashyoda ushlanib qoladi. Lekin suv qo’shish bilan biz olingan ajratmani suyultirgan bo’lamiz. SHuning uchun ana shu xom ashyoda ushlanib qoladigan suvni ham oldindan hisoblab tavsiya qilinadi. Suvning ko’shimcha miqdori damlama va qaynatmalar tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini ancha ko’paytiradi. Tutib qilinadigan suv miqdori o’sha xom ashyoning morfologik va anatomik xususiyatlariga va xom ashyoning maydalik darajasiga bog’liq. XI DF da turli o’simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti keltirilgan. Agar o’simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti berilmagan bo’lsa, u holda barg, gul o’tlar uchun —2,0, po’stlok, ildiz, poya uchun —1,5 va meva urug’lar uchun —0,5 deb olinadi.



    10-jadval

    Har xil turdagi o’simlik xom ashyolarining suv shimish koeffitsienti

     


    Xom ashyo turi

    Suvni shimish koeffitsienti

    Xom ashyo turi

    Suvni shimish

    koeffitsienti



    Yalpiz bargi

    2,4

    Chuchukkimyo ildiz va ildizpoyasi

    1,7

    Sano bargi

    1,8

    Erman po’slog’i

    2,0

    Ayikquloq

    1,4

    Frangula Po’slog’i

    1,6

    Mavrvk bargi

    3,3

    Moychechak guli

    3,4

    Adonis er ustki

    qismi


    2,8

    Na’matak mevasi

    1,1

    Dalachoy er ustki

    qismi


    1,6

    SHoxkuya

    2,3

    Marvarudgul er ustki qismi

    2,5

    Poligala ildizi

    2,2

    Sushenitsa er ustki qismi

    2,2

    Chayon o’ti bargi

    1,8

    Arslonkuyruk er ustki qismi

    2,0

    Poligala ildizi

    2,2

    Valeriana ildiz va ildizpoyasi

    2,9

    Zmeevik ildiz va ildizpoyasi

    2,0

     

    1 gr. standart maydalikdagi o’simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib olingandan keyin ushlanib qolgan suvning miqdori suv shimish koeffitsienti deyiladi.

     

    Muxitning (pH sharoitining) ta’siri

    Bu alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama va qaynatmalar olishda katta ahamiyatga ega. Suvni nordonlashtirganda alkaloidlarning kiyin eriydigan birikmalari (kiyin eriydigan organiq kislotalar bilan komplekslari) oson eriydigan alkaloid turiga aylanadi. Shunga ko’ra alkaloid saqlaydigan damlama va qaynatmalarga limon kislotasi, vino kislotasi yoki xlorid kislotasi xom ashyodagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda qo’shiladi. Faqat shoxkuya uchun xlorid kislota xom ashyodagi alkaloidlar miqdoridan 4 marta ko’p miqdorda qo’shiladi.

    DF XI ga asosan alkaloid saqlovchi xom ashyolardan suvli ajratmlar, faqat ekstrakt konsentratlardan foydalanib tayyorlanadi.

     

    Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda qo’llaniladigan apparaturalar

     

    Ajratmalarni qaynatish uchun infundir (lat. — Infundal — qaynatish) deb ataladigan yopik idishlar ishlatiladi. Infundir apparat qanday ashyodan tayyorlanganligi ham ajratmalarning sifatiga ta’sir qiladi. Kadimda dorixonalarda sof kalaydan yasalgan infundirlar ishlatilgan. SHisha infundirlar kislota saqlaydigan ajratmalarni tayyorlash uchun qo’llanilgan (masalan: shoxkuya). Keyinchalik qalay infundirkalar ishlatila boshlangan, ular ham tez qiziydi va mustaxkam hisoblanadi. 


     

    12-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.

     XI DF alyuminiy infundirkalar o’rniga zanglamaydigan po’latdan yasalgan infundirkalarni konunlashtirdi. Infundirkalar maxsus suv hammomlarida, ya’ni infundir apparatida qizdiriladi. Infundir apparatlari 2,3 yoki 4 infundirkalar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Xozirgi zamon infundir apparatlari elektr toki bilan qizdiriladi (15-rasm, a).

    O. I. Belova va V. A. Mironova yangi konstruksiyali infundir apparatini taklif kildilar. Bunday infundirka kislotali muxitda turg’un bo’lgan, zanglamaydigan XI 8 N 9 T markali po’latdan yasalgan. Xom ashyo po’latdan yasalgan savatga(2) solinib, infundir stakanga joylanadi. Infundir stakanining tubida magnitli parrak joylashgan (b). U magnitlar yordamida aylanib, staqanda girdobli harakatni yuzaga keltiradi.

    Buning natijasida erituvchi va xom ashyo o’rtasida aloka yaxshilanadi. Infundirkaning qopqog’iga (1) harakatlanadigan qilib shtokli disk (3) va dasta (4) o’rnatilgan.

    Infundir apparati korpus, 6 infundirkadan iborat to’plam (3 tasi 500 ml. li, 3 tasi 250 ml li), magnitli parraklardan tuzilgan. Korpus zanglamaydigan po’latdan yasalgan bo’lib unga 4 litr suv ketadi. Korpusning qopqog’ida infundirkalar uchun 3 ta kamforqa bor. Korpus bilan ichki tomonidan 2 ta pastki va 2 ta yuqori nay orqali kondensator biriktirilgan. Ish vaqtida yuqoridagi naylar orqali bug kondensatorga o’tadi, pastki naylar orqali esa hosil bo’lgan kondensat yana qayta korpusga tushadi. Suv korpus qopqog’idagi voronka orqali solinadi. Korpusda suv hajmini nazorat qilib boruvchi oyna bor. Ishlatilgan suvini to’kib yuborish uchun korpusning orqa devoriga kran o’rnatilgan. Korpusning ichida 2 ta naysimon elektr qizdirish elementlari bor. Ularning quvvati 400 va 600 Vt. Staninaning ichida elektr qizdirgich o’rnatilgan bo’lib, o’sha erda biriktirilgan taqasimon magnitni harakatlantiradi. Boshqaruv pulti oldingi devor tomonida joylashgan. Yuqorida — tumbler (elektroqizdirgich ulash uchun pastdan qizdirish elementlari o’zgartirgan) (pereklyuchatel) dastani isitish (razogrev) belgisigacha aylantirib 2 ta qizdirgich elementini ulanadi. Suv qaynatgandan keyin dastani “ish” (rabota) belgisiga o’tkaziladi. Bunda 600 Vt li element ulanadi, bu esa suvning bir tekis qaynashi uchun etarli hisoblanadi. Apparat Kiev tibbiyot asboblari zavodida ishlab chiqariladi.

    AN-3 oddiyrok tuzilishdagi apparat. Bu apparat 3 ta infundirkaga mo’ljallangan bo’lib, magnitli parraklari yo’k. Bu apparatlarning quyidagi xususiyatlari bor. Apparat kuchli metall kobik bilan koplangan bo’lib, bu xodimlarni ish vaqtida ximoya qiladi. Vanna devori va metall kobik orasidagi bo’shlikning yuqori qismiga sovitgich nay joylashtirilgan, bu erda hosil bo’layotgan bugning ortiqchasi kondensatlanadi va yana vannaga okib tushadi. SHu sababli vannada buglanish kamayib, ancha vaqtgacha suvning miqdori doimiy darajada turadi. Apparatda teshikli savatcha bo’lib, unga xom ashyo solinadi. U ham zanglamaydigan XI 8N9T nusxali po’latdan yasalgan bo’lib, xom ashyoni sikadigan disk bor. Bu disk vertikal shtokka o’rnatilgan bo’lib, infundir stakan qopqog’iga harakatchan qilib o’rnatilgan. Bu disk yordamida apparatning ishlab turgan vaqtida ko’l yordamida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni aralashtirish va oxirida qoldig’ini siqib olish mumkin.

    Davolash profilaktika muassasa — dorixonalari sharoitida, shuningdek kasalxonalar va yirik xo’jalik hisobidagi dorixonalarda damlama va qaynatmalar 1—3 l gacha hajmda tayyorlanadi. SHu sababli Kiev AKB diagnostik apparatura va VNIIF infundir apparatining yangi AI — 3000 modeli ishlab chiqildi. Uning nominal sigimi 3000 ml (16- rasm).





    13-rasm. AN-3000 infundir apparat.

     

    Apparat silindrik korpusdan (1) iborat. Bu korpus suv hammomi sifatida ishlatilib uning suv hajmini nazorat qiladigan oyna (9) va elektr qizdirgichi bor. Bu korpus metall kobik (2) bilan qoplangan, unga boshqaruv panel (4) joylashtirilgan. Panelda quvvatni o’zgartirgich (5) signal lampa (6) va extiyot saqlaydigan asbob (predoxranitel) (7) joylashgan. Ishlatilmaganda suv hammomining kamforqasi qopqog’i bilan yopiladi, ish vaqtida infundir idishi (8) joylanadi. Uning ichida esa teshikli savatchasi, xom ashyoni sikadigan qurilmasi, stakani bor. Teshikli stakanga xom ashyo solinadi. Infundir idishiga esa suv hajmini aniqlovchi oyna belgisigacha suv solinadi. Kamforqani qopqoq bilan yopib, apparat ulanadi. Bunda quvvat o’zgargich “3” holatga qo’yiladi. Bunda quvvat maksimal, ya’ni 1200 Vt bo’ladi. Suv hammomidagi suv qaynatgandan (taxminan 30 minutdan keyin) keyin uning kamforqasiga to’ldirilgan infundir idish o’rnatiladi, yana qayta qaynatgandan keyin apparat quvvatini “2” yoki “1” holatga o’tkaziladi (300 yoki 600 Vt), bu suvning bir tekis qaynashi uchun etarli. Belgilangan vaqtdan keyin apparat o’chiriladi. Infundir idishni suv hammomining kamforqasidan olib xona haroratigacha sovitgandan keyin xom ashyodan ajratma qoldig’i siqib olinadi. Bu apparatda 2 ta infundir idish bo’lib, birinchisida (a) ajratmani sovitilayotganda, 2-sida (b) boshqa ajratmani tayyorlash mumkin. Bu esa ishda ancha qulaylik tugdiradi. Apparatning hamma qismlari (ya’ni ajratma tegib turadigan) indeferent, korroziyaga chidamli materialdan ishlangan.


    Damlama va qaynatmalarga sovitish vaqtining ta’siri

     Damlamalar to’la sovutilgandan keyin (ya’ni 45 min) suziladi.

    qaynatmalar uchun sovitish kam ahamiyatga ega, shuning uchun 10 min. dan keyin suziladi. Lekin oshlovchi moddalar saqlagan o’simliklar (toloknyanka, zmeevik, dub) xom ashyosidan olingan qaynatmalarni tezda sovutmasdan suzib olish kerak. CHunki ular sovitilganda loyqalanib qoladi.

    Dorixonada ko’p uchraydigan angishvonagul va bahorgi adonis o’simliklaridan tayyorlanadigan damlamalardir. Bu guruhga kiruvchi o’simliklardan damlama tayyorlashda qo’yilgan talablarni to’la bajarish kerak. Bu talablarga maydalik darajasi, ma’lum vaqt mobaynida damlash, issiqlik darajasi, damlash tartiblari aniq bajarilishi kiradi. Yurak glikozidlari issiqlikka chidamsiz bo’lgani uchun eritma issiqlik darajasini oshirib yuborishi, glikozidlarni geninlarga parchalanishiga olib keladi, bu geninlar kam biologik faollikka ega. Sovitish vaqtini qisqartirish angishvonagul ajratmasiga suvda erimaydigan digitoksinni o’tishini, adonisda esa adonitoksinni ajratma tarkibiga o’tishini kiyinlashtiradi. Angishvonagul va adonis damlamalarini tayyorlash uchun olingan angishvonagul bargi va adonis o’ti biologik faol moddalar saqlash jixatidan XDF tegishli moddalar talabiga javob berishi kerak. Agar saqlaydigan moddalari ko’p bo’lsa, o’simlik kam miqdorda olinadi, ta’sir etuvchisi kam bo’lsa, bu o’simlikdan damlama tayyorlanmaydi.



    11- jadval

    Ajratma xajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta’siri31


    Ajratmaning turi

    Vaqti, min

    Damlash vaqti

    Sovutish vaqti

    Damlama 1 litr gacha

    15

    45 minutdan kam emas

    qaynatma 1 litr gacha

    30

    10 minut

    Damlama 1dan 3 litrgacha

    25

    45 minutdan kam emas

    qaynatma 1dan 3 litrgacha

    40

    10 minut

    Damlama “Cito!”

    25

    Oqib turgan suv ostida

    16 - Ma’ruza.

    MAVZU 16. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar

    Ma’ruza maqsadi: O’simlik xom ashyosining xususiyatiga, tarkibidagi moddalarga qarab dori tayyorlash texnologiyasini tanlay bilish va asoslash. Qaynatma va damlamalarga dori moddalarini ko’shish tartibini o’rganish.
    Reja:

    1. Damlama va qaynatma tayyorlashning o’ziga xos usullari :

    2. Alkaloid saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

    3. Yurak glyukozidlari saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

    4. Antroglyukozid saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

    5. Oshlovchi modda saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

    6. Efir moyi saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

    7. Shilimshiq saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

    Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar diffuziya, konvent diffuziya.

    Alkaloid saqlovchi o’simliklardan damlama va qaynatma tayyorlash



    Download 2,9 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




    Download 2,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi.29

    Download 2,9 Mb.