• Qotishma shaklidagi surtma dorilarni tayyorlash
  • Pasporti: Mum – 5,0
  • -rasm Контейлар Gidrofob asoslarda tayyorlanadigan surtmalar. Qotishma va eritma tipidagi surtmalar




    Download 2,9 Mb.
    bet21/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2,9 Mb.
    #5367
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
    27-rasm Контейлар

    Gidrofob asoslarda tayyorlanadigan surtmalar. Qotishma va eritma tipidagi surtmalar

    Qotishma tipidagi surtmalar. Bu turga kiruvchi surtmalarni tayyorlashda avval kiyin suyuqlanuvchi, keyin tez suyuqlanuvchi moddalarni qo’shib eritiladi. Eritish suv hammomida chinni idishlarda olib boriladi. Suyuq komponentlar oxirida qo’shiladi. Surtmani gomogenizatsiya kilish qizdirilgan hovonchada toki surtma sovigunga kadar aralashtirish yo’li bilan olib boriladi. Surtma gomogenizatsiya qilingandan keyin yumshoq va oson surtiladigan holatga keladi. Agar suyuq surtma sovuguncha tinch holatda qoldirilsa, qattiq mikrokristallik va ultramikroskopik karkas hosil bo’lishiga olib keladi. Bundan tashkari aralashtirilgan vaqtda surtma xavoni o’z ichiga olish orqali ko’pik strukturasini hosil qiladi.

    Bu dorixat murakkab diaxil surtmasi bo’lib, uning tarkibiga qo’rg’oshinli malham kiradi. Bu xona haroratida qattiq massa, 700S haroratda suyuladi. Malham suv hammomida chinni idishda suyultirilib, so’ngra unga kungaboqar moyi qo’shiladi. Bu vaqtda hovoncha kuritgich shkafida qizdiriladi. Suyultirilgan aralashmani issiq hovonchaga o’tkazib, to sovuguncha aralashtiriladi va oxirida yalpiz moyi qo’shiladi.



    Qotishma shaklidagi surtma dorilarni tayyorlash


    Qotishma tipidagi asosni tayyorlashda avval eng qiyin eriydigan asos eritiladi, kеin esa qolganlarini. Bu barcha asoslarni to’liq erishini, surtmani bir xilligini ta'minlaydi.51

    Oling: Mum - 5,0

    Spermatset – 10,0

    Shaftoli moyi 35,0

    Aralashtiring.Bering.Belgilang.

    Pasporti: Mum – 5,0


    Spermatset – 10,0

    Shaftoli moyi – 35,0


    Umumiy og’irligi -50,0

    Dorixatni tayyorlash uchun erish temperaturasi yuqori bo’lgan mum (63-650 S) Suv hammomida eritilib, ustiga spermatset qo’shiladi (45-540 S). Aralashma hovonchaga olinib, shaftoli moyi bilan aralashtiriladi toki aralashma sovuguncha.Tayyor sutma doriga kerakli yorliq yopishtirib bemorga berish uchun tayyorlanadi.

    Surtma dorini bemorga berishdan oldin uni rangi, hidi, og’irligi, retseptdagi dorivor moddalarga mos kelishi, mexaniq iflosliklar bo’lmasligi kerak.

    Oling: Shaftoli moyi 3,0

    Parafin

    Vazelin teng miqdorda 5,0

    Aralashtiring.Bering. Belgilang.

    Pasporti: SHaftoli moyi 3,0

    Parafin 5,0

    Vazelin 5,0

    Umumiy og’irligi 13,0

    Texnologiyasi: Dorixatni tayyorlash uchun erish harorati yuqori bo’lgan parafin (50-540 S) suv hammomida eritilib, ustiga vazelin qo’shiladi, aralashma hovonchaga olinib, shaftoli moyi bilan toki aralasha sovuguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma doriga kerakli yorliq yopishtirib bemorga berish uchun tayyorlanadi.

    Eritma tipidagi surtmalar

    Eritma tipidagi surtmalar deb, ular tarkibiga kiradigan moddalarning asoslarda erishi yoki bir–birini eritishi natijasida qotishma massa hosil qilishiga aytiladi. bo’lar yuqorida bayon etilgan umumiy qoidaga asosan tayyorlanadi.

    Ta’sir qiluvchi dori moddasi yupka poroshok holiga keltirilib issiq (40-50 0S) surtma asosida eritilib, surtma to soviguncha aralashtirilib turiladi. Bu guruhga kamforaning (Unguentm Camphoratum) 20% li surtmasi kiradi. Kamfora moddasi vazelin va lanolin (2q1) aralashmasida eritiladi.

    Tеrmalabil moddalar (xuybo’ylashtiruvchi moddalar, oson eriydigan,yuqori tеmpеraturada parchalanib kеtadigan) yarim sovigan asosga kiritiladi. Yarim sovigan asos qovushqoq massa bo’lib dori moddalarni parchalanib kеtishini, bo’linib kеtishini oldini oladi. Spirtda erigan dori modddalarni kiritishda aloxida e'tibor asosning tеmpеraturasiga qaratiladi.52

     Rp.: Camphorae pulveratae 2,0

    Vaselini 6,0

    Lanolini anhydrici 2,0

    M.f. unguentum

    D.S. Kamfora surtmasi

    Pasporti: Kamfora poroshogi 2,0 g

    Vazelin 6,0 g

    Suvsiz lanolin 2,0 g

    Umumiy og’irligi 10,0

    Tayyorlash texnologiyasi: suv hammomida 50-60 °S haroratda chinni kosachada 6,0 g vazelin va 2,0 g suvsiz lanolin eritiladi. Bu aralashmada so’ngra 2,0 g kamfora eritiladi va to asos to’liq soviguncha aralashtirib turiladi. Bunda eritma ko’rinishidagi surtma hosil bo’ladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorlig’i bilan jihozlab bemorga beriladi.
    Rp.: Mentholi 1,0

    Vaselini


    Lanolini anhydrici aa 5,0

    M.f. unguentum

    D.S. Burun uchun surtma

    Pasporti: Mentol 1,0

    Vazelin 5,0

    Suvsiz lanolin 5,0

    Umumiy og’irligi 11,0

    Tayyorlash texnologiyasi: suv hammomida 50-60 °C haroratda chinni kosachada 5,0 g vazelin, 5,0 g suvsiz lanolin bilan eritiladi. Bu aralashmada so’ngra 1,0 g mentol eritiladi va to asos to’liq soviguncha aralashtirib turiladi. Bunda eritma ko’rinishidagi surtma hosil bo’ladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorlig’i bilan jihozlab bemorga beriladi.

    Rp.: Anaestezini 0,5

    Vaselini 10,0

    M.f. unguentum

    D.S. shamollaganda

    Pasport: Anestezin 0,5

    Vazelin 10,0

    Umumiy og’irligi 10,5



    Tayyorlash texnologiyasi: suv hammomida chinni kosachada 10,0 g vazelin suyultiriladi va unda 0,5 g anestezin muntazam aralashtirib turish bilan eritiladi va to asos to’liq soviguncha aralashtirib turiladi. Bunda eritma ko’rinishidagi surtma hosil bo’ladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorlig’i bilan jihozlab bemorga beriladi.

    Rp.: Ephedrini hydrochloridi 0,05

    Novocaini 0,2

    Lanolini


    Vaselini aa 5,0

    M.D.S Burun uchun surtma dori


    Pasporti: Efedrin gidroxlorid 0,05

    Novokain 0,2

    Suvsiz lanolin 5,0

    Vazelin 5,0

    Umumiy og’irligi 10,25
    Tayyorlash texnologiyasi: Bu surtma dorini tayyorlash uchun novokain va efedrin 1,6 ml suvda eritilib (5,0 g lanolinda 1,5 ml suv bor), 3,5 suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi va oz-ozdan vazelin qo’shiladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.

    Asosiy adabiyotlar:



    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    22- Ma’ruza

    MAVZU 22. Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblar.

    Ma’ruza maqsadi: Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblarga oid nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Trituratio- ezib ishqalash

    Dispergirlash-maydalash

    Deryagin qoidasi- qattiq fazani suyuqlikni yarim miqdorida eritish

    Pastalar- suspension surtma tarkibidagi dori moddalar 25 % dan ortiq bo’lishi.


    Reja:

    1. Suspenzion surtma dorilar texnologiyasining o’ziga xosliklari

    2. Pastalar

    3. Suspenzion surtma dorilarning sifatini baholash

    Suspenzion yoki trituratsion surtma dorilar tayyorlash

    Surtma asosida erimaydigan, lekin asosda suspenziya xolida tarqalgan qattiq kukunsimon dori moddalar saqlagan surtmalarga suspenzion (trituratsion) surtma dorilar deyiladi.

    Bundan tashqari suvda yaxshi eriydigan, lekin retseptda ko’p miqdorda yozilgan moddalar hamda rux sulfat, rezorsin va pirrolalol suvda yaxshi erigani bilan surtmaga suspenziya xolida (ko’z surtmalariga ega emulsiya xolida) qo’shiladi, sabab agar ular suspenziya xolida qo’shilmasa teri nekrozini chaqiradi.

    Suspezion surtmalar dori moddalarini asosda yaxshilab ezib-maydalash, ya’ni dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. Bunday tayyorlanishidan maqsad dori moddasining farmakologik faolligini oshirishdir, chunki aynan farmakologik faollik erimaydigan fazaning dispersligiga bog’liqdir.

    Suspenzion surtmalarning yuqori qovushqoqligi tufayli, qattiq faza cho’kmaga tushish ehtimoli kamayganlishgi uchun bu dori turini tayyorlashda stabilizator ishlatilmaydi.

    Suspenzion surtmalarda qattiq faza 50% gacha va undan ko’p foizni tashkil etgani uchun ushbu suspenzion surtmalarni tayyorlashda turli xil texnologik bosqichlarni ishlatish maqsadga muvofiq.

    Bu guruh surtmalar dori moddasini surtma asosida bir xilda ezish yo’li bilan tayyorlanadi. Shuning uchun boshqa­cha nomi trituratsion surtma (lot. trituratio — ezib ishkalash) ni bildiradi. Suspenziyali surtmalarda qattiq faza disperslik darajasi qancha yuqori bo’lsa, ya’ni dori moddasining yuzasi qancha katta bo’lsa, davolash samarasi shuncha ortadi. Dorixona sharoitida suspenzion surtmani tekshirish organoleptik usulda olib boriladi. Surtmani kaft orasida ishkalaganimizda yirik bo’lakchalar bo’lmasligi kerak. Agar surtma tarkibidagi dori bo’lakchalari 50 mkm gacha kattalikda bo’lsa, unda surtmani teriga surtgan vaqtimizda terini kitiklaydi, ba’zi hollarda terini jaroxatlashi ham mumkin. Bunday surtmalarni yallig’langan va shillik qavatlarga surtish yaramaydi.

    Xuddi ichiladigan suspenziyalarni tayyorlaganimizdek qattiq fazani ezib maydalash suyuqlik ishtirokida olib borilishi kerak, shunda qattiq faza tez maydalanadigan bo’lib qoladi. Bunday vaqtda biz suyuqlikni tanlay ola bilishimiz kerak. qovushqoq suyuqliklar bu maqsad uchun yaroksizdir. qattiq fazani disperslashda kam miqdorda o’simlik yoki mineral moyidan yoki suyultirilgan asosdan foydalanishimiz kerak bo’ladi. Kerakli variantni tanlash qattiq fazaning miqdoriga bog’liq bo’ladi.

    Agar dori modda surtma tarkibiga kam miqdorda (5% gacha) bo’lsa, ezish bodom, shaftoli, kungaboqar moyi ishtirokida (agar surtma hayvon yog’ida tayyorlansa) yoki vazelin moyida (agar vazelinda) olib boriladi, so’ngra hosil bo’lgan mayin suspenziyaga dorixatda berilgan miqdorgacha asos qo’shib aralashtiriladi. Agar surtma tarkibida dori modda ko’p miqdorda (5%-25% gacha) bo’lsa, kerakli miqdorda suyultirilgan asos bilan eziladi. So’ngra qolgan asos qo’shib aralashtiriladi. Aralashtirish paytida bir necha bor hovoncha devorlaridan massa tushirilib turiladi. Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalar 25% dan ortsa, pastalar deyiladi. Yuqori dispers va bir xil taqsimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishqalanadi. Pastalar trituratsion surtmalarga nisbatan quyuqroq bo’ladi. Magistral suspenzion surtmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiramiz:

     Rp.: Furacilini 0,1

    Lanolini 20,0

    Vaselini 30,0

    M.f. unguentum

    D.S. Antiseptik surtma.

     Furatsillinni 3-4 tomchi vazelin moyi bilan ezib, so’ngra iliq vazelin va lanolin qorishmasini qo’shib aralashtiriladi.

     Rp.: Resorcini 0,6

    Acidi Salicylici 1,0

    Sulfuris prаecipitatae 2,0

    Cerae flavae 4,0

    Ol. Ricini ad 20,0

    D.S. Ceboreyada qo’llaniladi

    Bu uch fazali suspenzion surtma bo’lib, mum-moyli asosda tayyorlanadi. Kukunsimon dori moddasi 9% atrofini tashqil qiladi. Avval salitsil kislota mum, kanakunjut moyi aralashmasida eritib olinadi. So’ngra kukunlar aralashmasini 5-6 g eritma bilan eziladi va qolgan eritma qo’shiladi.

    Rp.: Ung. Sulfuratum simplex 100,0

    D.S. Ceboreyada qo’llaniladi

    Oltingugurt suspеnzion surtmalar tеxnologiyasiga oid qoidalarga asosan emulsion konsistеnt asos (Kutumova asosi) bilan (60 qism vazеlin, emulgator-T2 10 qism, tozalangan suv (90-95°S)30 qism) tayyorlanadi.

    Dori moddasini asos bilan yaxshilab aralashishi uchun uni oldin yaxshilab maydalab olish kеrak. Yordamchi modda asos tabiatiga ?arab tanlab olinadi.53

    Rp.: Benzylpenicillini natrii 100 000ED

    Lanolini anhydrici 20,0

    Vaselini 30,0

    M.f. unguentum

    D.S. ko’z uchun surtma

    Surtma aseptik sharoitda tayyorlanadi, qattiq fazani ulushi 5% dan kam. Antibiotikni (0,06 g) maydalash uchun steril vazelin moyini dori moddasining 50% miqdorda maydalanadi.

    Steril xavonchaga 0,06 g benzilpenitsillin natriyli tuzidan (DF, farmakopeya maqolasiga binoan) bir necha tomchi vazelin moyi qo’shiladi. (etiketkaga extibor berilsin) suvsiz lanolin va vazelindan aralashtirib oldindan, bir necha bo’lakka bo’lib surtmaga kiritiladi. Bir xil massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi.54

    Mum saqlangan surtmalar vazelin asosiga nisbatan perspiratsiyani osonlashtiradi.

    2. Pastalar yumshoq dori shakllari ichida ma'lum foizini tashkil etib, korxona va dorixona sharoitida tayyorlanadi. Bu dori shakli tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lib, konsistеntsiyasi jixatdan mazlarga nisbatan quyqroq bo’ladi. Bu dori shakli bir qancha afzalliklarga ega, tarkibida bir nеcha dori moddalardan iborat. Tayyorlash jarayonida tarkibida bir nеcha quruq moddalar bo’lsa ham, ular nimada erishdan qatiy nazar, bu dori turini tayyorlashda xеch qanday suyuqlik ishlatilmaydi.

    Umumiy tеxnologiyasi shundan iboratki, pasta tayyorlash uchun avval poroshoklarning hammasi hovonchada yaxshilab aralashtirib olinadi, so’ngra eritilgan asosning bir qismi bilan, so’ngra qolgan qismi bilan bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.

    Pastalar dеb tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lgan hamda konsistеntsiyasi mazlarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi.

    Pastalar tayyorlanishi, tarkibiga kiradigan asoslar, ishlatilishi, bеrilishi va saqlanishiga ko’ra hamda, ularga bo’lgan talablar jixatidan surtmalardan xеch farq qilmaydi: Shuni eslatib o’tish kеrakki, pastalar tarkibiga kiradigan quruq moddalar ko’p bo’lganligidan ular nimada erishdan qatiy nazar, bu dori turini tayyorlashda ko’pincha xеch qanday suyuqlik qo’shilmaydi.

    Pastalar tеriga ishlatiladigan, tishni davolash va yuvish uchun qo’llaniladigan xillarga bo’linadi.

    Tеrini davolashga ishlatiladigan pastalarga: rux oksidi pastasi, salitsilat kislota bilan rux oksidi pastasi, lеvomitsеtin rux oksidi-salitsilat bilan birgalikdagi pasta, va boshqalar kiradi.

    Tishni davolashda ishlatiladigan pastalarga: yodoformli pasta, uch krеzolformalinli pasta, ftorli pasta, margimushli pasta va x.k.

    1.Rp.: Zinci oxydi 25,0

    Amyli 25,0

    Vaselini 50,0

    M.1. pasta

    D.S. sirtga surtish uchun

    Tеxnologiyasi: rux oksidni eritilgan ozgina vazеlin bilan yaxshilab eziladi. Ustiga kraxmal va qolgan vazеlinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Og’zi yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqlanib, «Sirtga surtish uchun» yorlig’i bilan jihozlanadi.

    2.Rp.: Acidi sаlicylici 2,0

    Zinci oxydi aa 25,0

    Amyli aa 25,0

    Vaselini 48,0

    M.F. pasta

    D.S. Lassar pastasi. Sirtga surtish uchun

    Tеxnologiyasi: salitsilat kislota bilan rux oksidni yaxshilab aralashtirib, ustiga eritilgan ozgina vazеlin qo’shiladi va yaxshilab eziladi so’ngra ustiga kraxmal va qolgan vazеlinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Og’zi yopiladigan idishlarga qadoqlanib, sirtga surtish uchun yorlig’i bilan jihozlanadi.

    3.Rp.: Zinci oxydi 20,0

    Sulfur depurati 10,0

    Ungnenti nabthalani 40,0

    Amyli 20,0

    M.F. pasta

    D.S. Sirtga surtish uchun


    Технологияси: rux oksidi va oltingugurt yaxshilab aralashtiriladi, ustiga naftolan surtmasidan ozgina eritib solinadi, va massa yaxshilab eziladi. So’ngra massa ustiga eritilgan surtmani qolgan qismi solinib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor pasta og’zi yaxshi yopiladigan idishlarga qadoq’lanadi «Sirtga» yorlig’i bilan jihozlanadi.

    Bundan tashqari tеrini turli qitiqlovchi moddalardan saqlaydigan XIOT-6 pastasi tarkibi: 2,4 q jеlatina, 5,6 q kraxmal, 72 q glitsеrin, 20q Burov suyuqligidan va 8q suvdan iborat.



    Pastalar va surtmalar sifatini baholash

    1. Pastalar va surtmalar sifatini tashqi ko’rinishi bo’yicha baholanadi.

    2. Pastalar va surtmalar tarkibidagi moddalarning bir xil tarqalganligi, bir xil massaga ega ekanligi bilan baholanadi.

    3. Tayyor massa kaftga surtganda xеch qanday zarrachalar sеzilmasligi kеrak.

    4. Pastalar va surtmalar mazlarga qo’yilgan barcha talablarga javob bеrishi kеrak.

    5. Pastalar va surtmalar og’zi yaxshi yopiladigan idishlarda, sal?in va qorong’i joyda saqlandi.

    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php



    MAVZU 23: Emulsion surtmalar texnologiyasi. Asoslarning emulgirlovchi xususiyatlari.

    Ma’ruza maqsadi: Emulsion surtmalar texnologiyasi. Asoslarning emulgirlovchi xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Emulsion surtma- asosda erimaydigan, emulsiya tipida tarqalgan suyuq dispers faza saqlagan surtma.

    Cold- sovuq

    Cream — qaymoq

    Gomogenizatsiya- massaning quyuqlanishi

    Reja:

    1. Emulsion surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar

    2. Emulsion surtmalarni tayyorlash texnologiyasi asoslariga qo`yilgan talablar

    3. Emulsion surtmalarning umumiy tayyorlash texnologiyasi



    4. Emulsion surtmalar texnologiyasining o`ziga xosligi
    Farmatsevtik texnologiyada suv eng ko’p tarqalgan erituvchi hisoblanadi, shu bilan bir qatorda bir qator yordamchi moddalar teridan singib o’tish qobiliyati bo’lgani uchun keng ishlatiladi. Bularga sulfoktant va mochevina, ularning xosilalari kiradi. Lekin yuqoridagi keltirilgan moddalar yuqori ta’sirga ega ekanligi bilan bir qatorda terini qitiqlaydi. Shuning uchun bu moddalarni ta’sirini yaxshilash maqsadida yaxshilab maydalash kerak.55
    16.-jadval

    BA’ZI BIR SURTMA ASOSLARINING EMULGIRLOVCHI XUSUSIYATI

    ASOSLAR

    100 G ASOSGA qO’SHILADIGAN MODDA MIqDORI

    suv

    glitserin

    Etil spirti

    Dimeksid

     

     

    70%

    90%

     

    Cho’chqa yog’i

    5

    130

    20

    01

    08

    Gidrogenizatsiya qilingan yog’lar

    75

    -

    -

    -

    -

    Suvsiz lanolin

    180-220

    120-140

    30-40

    16

    45

    Suvli lanolin

    110-140

    60

    20-25

    aralashmaydi

    30

    Vazelin

    5

    40

    0.15

    0,2

    4

    Vazelin q5% suvsiz lanolin

    100-140

    110

    20-25

    -

    -

    Vazelin q50% suvsiz lanolin

    230

    300

    -

    13

    -

    Vazelin qsuvsiz lanolin (1:1)

    -

    -

    -

    -

    23

    Konsistent emulsion asos

    -

    -

    -

    -

    35

    Emulsion asoslar uchun yordamchi syuqliqlarni tanlashda emulsiyaning tashqi fazasi bilan qovushqoqligini e'tiborga olgan xolda tanlanadi. Masalan, to’g’ri emulsiya tayyorlashda yordamchi modda sifatida glitsеrin, propilеnglikol va suv bilan yaxshi aralashadigan moddalar ham misol bo’ladi. Agar tеskari emulsiya tipida bo’lsa, yordamchi suyuqlik sifatida minеral yoki o’simlik moylari ishlatiladi.56



    Suv-moy holatidagi surtmalar. Bu emulsion surtmalarning asosiy guruhini tashqil qiladi. Dorixona sharoitida emulgator sifatida ko’pincha lanolin qo’llaniladi, shuning uchun u doim asosga ma’lum miqdorda kiritiladi. Emulgatorlik xossasini kamrok nisbatda spermatset va mum ham namoyon qiladi.

    Emulsion surtmalar ham hovonchada tayyorlanadi. Emulgator (lanolinga) dori moddasining suvli eritmasini toki shimilgunga kadar oz-ozdan aralashtirib, so’ngra qolgan asos qo’shiladi.

    Yog’li trituratsion surtmalarga nisbatan emulsion surtmalar teriga tezroq shimiladi va suvli fazadagi dori modda ham tez ta’sir qiladi. Tarkibida suv saqlagan surt­malar teri qavatini yumshatadi va dori moddasini saqlash xususiyatiga ega.
    Emulsion surtmalar retsepturasi turli-tumandir:

    IX DF buyicha kaliy yodid surtmasi ofitsinaldir (Unquentum Kalii Jodidum).

    Rp.: Kalii Iodidi 50,0

    Natrii thiosulfatis 1,0

    Aquae purificatae 44,0

    Lanolini anhydrici135

    Basis Emulsiones 270,0

    M.f.ung.


    D.S. Buqoqqa qarshi surtma.

     Tayyorlash jarayoni quyidagicha: 44 ml suvda 50 g kaliy yodid va 1 g natriy tiosulfat hovonchada eritiladi.Eritmaga 135 g suvsiz lanolin qo’shib, to suv tulik shimguncha aralashtiriladi, so’ngra unga 270 g chuchka yog’i yoki emulsiyali asos qo’shib aralashtiriladi. Surtma tarkibiga natriy tiosulfatni qo’shishdan maqsad, saqlash jarayonida erkin holda ajralishi mumkin bo’lgan yodni boglashdir. CHuchka yog’idan surtmalar ex tempore tayyorlanadi.

    Buqoqda limfatik tugunlar shishganda ishlatiladi. Magistral dorixatlarga misol keltiramiz:

    Rp.:Argenti nitratis 0,1

    Vinylini

    Lanolini anhydrici aa 1,0

    Vaselini 8,0

    M.f. ung.

    D.S. Antiseptik surtma

     Bu shakli o’zgargan Mikulich surtmasi (peruan balzami urniga, vinilin — Shostakovskiy balzami ko’rsatilgan). Kumush nitratni bir necha tomchi tozalangan suvda eritib lanolin bilan aralashtiriladi, so’ngra qisman vazelin qo’shiladi. Shundan keyin qolgan vazelin bilan Shostakovskiy balzami (ya’ni vinilin) aralashmasi aralashtiriladi. Peruan balzamidan farqli ularok bu vazelinda eriydi, shuning uchun kumush nitratning qaytarilishi Mikulich surtmasidagiga nisbatan tezroq ketadi.

     Rp.: Aethacridini lactatis 0,05

    Lanolini anhydrici

    Vaselini

    Aq.purificatae aa 10,0

    M.f. ung.

    D.S.Antiseptik surtma.

     Tozalangan suvda etakridin laktat eritilib (yarim kolloid eritma) avval lanolin bilan, so’ngra vazelin qo’shib aralashtiriladi.

    Kolloid eritmalar ham dispers fazaga kiritilishi mumkin, masalan: kollargol:

     Rp.: Collargoli 1,5

    Aq. purificatae 0,5

    Cerae flavae 1,0

    Adipis suilli 9,0

    M.f. ung.

    D.S. YAraga surtish uchun va piodermiyada

     Kollargol surtmalarga gidrogel holida qo’shiladi. Buning uchun kollargolni suv bilan ishkalab, so’ngra sovutilgan mum va chuchka yog’i kotishmasi bilan aralashtiriladi.

    Surtmalar tarkibiga quyuq ekstraktlar ham eritma holida qo’shiladi. Ular avval teng miqdordagi spirt-suv-glitserinli (1:6:3 nisbatda) aralashmada eritiladi, so’ngra surtma aralashmasi tarkibiga kiritiladi.



    DaGal dispersli emulsion surtmalar

    Bu guruhga sovituvchi surtmalar, ya’ni koldkremlar deb ataluvchi surtmalar kiradi. (inglizcha — cold sovuq, va cream — qaymoq, tom ma’nosi bilan sovuq kaymok). bo’lar o’z tarkibida ma’lum miqdorda suv yoki suvli suyuqlik saqlaydi, bu esa surtmaga yumshoqlik, g’ovaklik beradi. Koldkremlar teriga surtilganda tinchlantiruvchi, sovituvchi ta’sirga ega. Bu esa surtma tarkibidagi suv va xushbuy hidli moddalarning buglanishiga bog’liq. Sovituvchi surtmalar yallig’lanish jarayonlari, o’tkir va qisman o’tkir formadagi ekzemalarda, dermatit va boshqa teri kasalliklarida ishlatiladi. Bu surtmalarning sovituvchi ta’siri tabiiy ravishda o’ziga xos bo’lib, bunda suv uzluksiz-tutash faza hosil qiladi va hech qanday qarshilikka uchramay bug’lanadi, sovituvchi ta’siri suvning bug’lanishi natijasidir. Moy/suv tipidagi emulsion surtmalarning bu ta’siri bilan nam bog’lam ta’sir kuchi tenglashtiriladi. Suv/moy tipidagi surtmalar sovituvchi ta’sirga ega emas. Lanolin emulgatori bilan barqarorlashtirilgan bu surtmada mayda suv tomchilari moyli asos bilan o’ralgan bo’ladi , bu esa suvning bug’lanishiga qarshilik ko’rsatadi. Surtma qalin qatlamining ta’siri kompress bilan tenglashtiriladi. Birok ba’zi hollarda suv/moy tipidagi emulsion surtmalar sovituvchi ta’sirga ega bo’lishi mumkin. Bu hol qachonki suvli faza yirik o’lchamdagi tomchilardan tashqil topsagina yuz beradi. Bunday surtmalar kvaziemulsion sistemalarni tashqil qiladi.



    Simob-metall emulsion surtmasi. Bu surtmalar dorixonalardan tayyor shaklda yoki ofitsinal konsentrlangan kulrang simob surtmasini suyultirib beriladi. Quyida keltirilgan dorixatda metallni simob emulsiyasi surt­ma tayyorlash jarayonida hosil bo’ladi.

     Rp.: Hydrargyri oxydi flavi 1,0

    Resorcini

    Acidi salicylici aa 3,0

    Vaselini

    Lanolini


    Adipis suilli depurati aa 10,0

    M.f.unq.


    D.S.Piodermiyani davolash uchun (Dare surtmasi).

     Surtmaning davolovchi ta’siri sarik simob oksidi va rezorsin urtasidagi oksidlanish-qaytarlish reaksiyasi natijasida aktiv simob hosil bo’lishiga asoslanadi. Lanolin va chuchka yog’ining issiq aralashmasida salitsil kislota va rezorsin eritiladi. 0,6-0,7 ml vazelin moyida sarik simob oksidi eziladi, shundan so’ng vazelin bilan yaxshilab aralashtiriladi. Keyinrok ikkala qismni aralashtiriladi. Hosil bo’ladigan simobning mayda tomchilari lanolin yordamida turg’unlashtiriladi.



    Moy suvli emulsion surtmalar

    Bu guruhdagi surtmalar, yuqorida bayon etilganidek, tipik sovituvchi surtmalarga kiradi, bularda emulgator vazifasini surtma tayyorlash jarayonida hosil bo’ladigan sovun bajaradi.

     Rp.: Stearini 10,0

    Kalii carbonatis 1,0

    Natrii tetraboratis 0,5

    Ol.Vaselini 15,0

    Aq. purificatae 70,0

    M.f.unq.


    DS.

     Kaliy karbonat va bura suvda eritiladi. Stearin (asosan stearin kislota va olein, palmitin kislota aralashmalaridan tashqil topgan) vazelin moyida eritiladi. Ishqorning natriy tetraboratli issiq suvli eritmasiga 70-80 0S da (suv hammomida) extiyotlik bilan stearinning moy bilan aralashmasi quyiladi. Bunda stearin va boshqa kislotalarning kaliyli tuzi hosil bo’ladi, shu bilan bir vaqtda massaning quyuqlanishi ruy beradi. Gomogenizatsiyadan so’ng hovonchada ishqoriy reaksiyadagi surtma olinadi. Teriga surtilganda u muguz qavatga oson shimiladi. Suvli fazani buglanishdan va shimilganidan so’ng terida yupka plenka (sovun-moyli) qoladi, u organiq erituvchilarni, smola, lakni o’tkazmaydi, bu esa uning himoyalovchi surtma sifatida ishlatilishiga asos bo’ladi. Trietanolaminni emulgator sifatida qo’llash yanada yaxshirokdir.Trietanolamin siropga o’xshash och-sariq suyuqlik bo’lib, suv, spirt, glitserin va boshqa ko’pgina organiq erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. yog’ kislotalari bilan trietanolamin dermatologik surtmalar tarkibiga kiruvchi sovun hosil qiladi.U dorivor moddalarning singishini tezlashtiradi. Trietanolamin bilan tayyorlangan surtma-emulsiyalar teriga qitiqlovchi ta’sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun kosmetikada keng qo’llaniladi.

     Rp.: Triaethanolamini 4.0

    Stearini 24.0

    Ol. Helianthi 12,0

    Aq. purificatae 50.0

    M.f. ung.

    D.S.


    Tayyorlash texnologiyasi xuddi avvalgi dorixatdagidek.

    Emulsion asosdagi surtmalar

    Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham bog’liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo’lganida emulsion asosdagi surtmalarni tayyorlash kulay bo’ladi. Emulgator sifatida ko’pincha T-2 emulgatori qo’llaniladi, uning yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism (E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T2 buglatish kozonida qizdiriladi, so’ngra korpusga bo’lib-bo’lib 90-95 0S gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib olinadi va so’ngra suv qo’shib aralashtiriladi. Xuddi shu surt­mani kaliy yodid bilan tayyorlashda uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin moyi bilan disperslanadi yoki 45 0S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Kaysi usulni tanlash qattiq faza miqdoriga bog’liq.


    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php



    Mavzu 24.

    MAVZU 24. Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib chiqib mo‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholash.

    Ma’ruza maqsadi:Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib chiqib mo‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholashga oid nazariy ma’lumotlarni berish.

    Tayanch atama va iboralar:

    Unguentum-surtma

    Kombinirlangan- surtma tarkibida dori modda suspension hamda emulsion holda bo’lishi

    Dispergirlash-maydalash

    Emulgirlash- emulgator va moyni bir xil aralashishini ta’minlash

    Reja:

    1. Kombinirlangan tipdagi surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar

    2. Kombinirlangan tipdagi surtmalarni tayyorlash texnologiyasi asoslariga qo`yilgan talablar

    3. Kombinirlangan tipdagi surtmalarning umumiy tayyorlash texnologiyasi

    4. Kombinirlangan tipdagi surtmalar texnologiyasining o`ziga xosligi

    Kombinirlangan tipdagi surtmalar.

    Dori vositasining terapevtik ta’siriga tayyoriash tehnologik jarayoni jiddiy ta’sir ko’rsatib, bunda dori moddasining eruvchanligi, kristall holati o’zgarishiga olib keladi. Dorihona retsepto’ra sharoitida mo’rakkab tarkibli surtmalar uchrab to’rib, tarkibda dori moddasi asosda erish hususiyatiga ega bo’lib, erituvchida esa erimaslik yoki aks holatlar uchrab to’radi. Bunday surtma dorilarni tayyorlashda suspenzion - emulsion aralash to’rdagi surtma dorilarni tayyoriash tavsiya etiladi. Aralash turdagi surtma dori turi bu ko’p fazali surtma bo’lib, uning tarkibida bir vaqtda dori moddalar erigan holda, suspenziya hamda emulsiya holida bo’lishi mumkin. Aralash to’rdagi surtma dorilarni tayyorlashda qatttiq fazani asosga kiritish bilan amalga oshirilib emulsiya surtmasi tayyoriash bilan davom ettiriladi. Bunda birinchidan qatttiq fazani moysimon surtma asosiga aralashtirilib, keyin emulsiya lash fazasida tarkaladi. Bundan tashqari qatttiq faza gidrofil hossaga ega bo’lsa,oldin suvli suyuqlikda ho’Hash bilan tehnologik jarayonini qulaylashtirish mumkin. Bunda suvli suspenziyani surtma asosiga aralashtirib quyidagi sistemani, yani suvli emulsiya, yogli suspenziya holati da amalga oshirish mumkin.

    Yuqoridagilardan kelib chikkan holda aralash to’rdagi surtma dorilarni tayyoriash surtma tarkibiga kiruvchi dori moddasining fizik- kimyoviy hossalari hisobga olingan holda suspenzion hamda emulsion to’rdagi surtma dorilarni tayyoriash koidalaridan foydalaniladi va quyidagi tehnologik jarayonla r bajariladi:


    1. asosni tayyoriash;

    2. suvli faza -dori moddalarning suvli eritmasini tayyoriash;

    3. emulsiyalash;

    4. qatttiq dori moddalarini kiritish;

    5. gomogenlashtirish;

    Surtmalar magistral dorixati murakkab tarkiblardan tuzilgan bo’lib, ularda dori moddalar asosda eritilib, kukunsimon holda va dori moddalarning suvli eritmalari holida aralashib kelishi mumkin. Bunday murakkab tizimli tarkibni tayyorlash oddiy tizimdagi surtmalar texnologiyasi prinsipida olib boriladi.

     Комбинирланган суртмалар тайёрлашда, кo’п компонентли суртмалар технологиясига амал қилинади, тайёр суспензион, эмульсион еки гомоген суртмалар энг охирида аралаштирилади, бу o’з навбатида суртманинг турғунлигини таъминлайди. 57

    Rp.: Unq. Acidi borici 3% 25,0

    Liq Burovi 5,0

    M.f.unq.

    D.S. Zamburug’li teri kasalliklarida

     Yozilgan surtma suspenziya-emulsiya tipiga kiradi. 0,75 g borat kislota 0,5 g vazelin moyi bilan dispercla­nadi, shundan so’ng vazelin bilan eziladi. Tayyor surtmaga oz-ozdan Burov suyuqligi qo’shib aralashtiriladi, bunda dagal emulsiya hosil bo’ladi. Shu sababli surtilganda antiseptik va sovituvchi ta’siri tezroq ruyobga chiqadi.

    Rp.: Mentholi

    Cocaini hydrochloridi aa 0,1

    Sol.Adrenalini hydrochloridi 1:1000 qtt XX

    Zinci oxydi 0,5

    Lanolini


    Vaselini aa 10,0

    Ol.vaselini 5,0

    M.f.unq.

    D.S.


     Mentol yog’da eriydi, uni surtmaga eritma tipida kiritiladi. Kokain va adrenalin gidroxlorid suvda eriydi: ularni emulsion surtma tayyorlash koidasi buyicha kiritiladi. Rux oksid suvda ham, yog’da ham erimaydi, uni trituratsion surtmalar tayyorlash koidasi buyicha qo’shiladi. Mentolni suyuq parafinda chinni kosachada sekin qizdirib eritiladi. Rux oksidini mayda kukun qilib bir necha tomchi mentolli eritma tomizilib eziladi va oldindan tayyorlangan surtma asosi aralashmasi (vazelin va lanolin aralashmasi) qo’shiladi. Oxirida suyuq parafindagi mentol eritmasini aralashtiriladi. Hovonchaning dastasi bilan surtmada chukurcha qilinib, unga adrenalin gidroxlorid eritmasi tomiziladi, so’ng unga kokain gidroxlorid qo’shiladi. U eriganidan so’ng surtma yaxshilab aralashtiriladi.

     

    Emulsion asosdagi surtmalar

     Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham bog’liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo’lganida emulsion asosdagi surtmalarni tayyorlash kulay bo’ladi. Emulgator sifatida ko’pincha T-2 emulgatori qo’llaniladi, uning yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism (E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T2 buglatish kozonida qizdiriladi, so’ngra korpusga bo’lib-bo’lib 90-95 0S gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib olinadi va so’ngra suv qo’shib aralashtiriladi. Xuddi shu surt­mani kaliy yodid bilan tayyorlashda uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin moyi bilan disperslanadi yoki 45 0S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Kaysi usulni tanlash qattiq faza miqdoriga bog’liq.

    Qodoqlash va jixozlash

    Surtmalarni tashqi muxit ta'siridan himoya qiladigan og’zi kеng burama qopqoqli shisha, plastmassa idishlarga еki plastamssa, alyumin tubalarga qadoqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu qadoq turi surtmaning xavo bilan kontaktini oldini oladi, mikrob kontaminatsiyasini oldini oladi. Tubalar laklangan alyuminiy еki polietilеndan tayyorlanadi. Eng yaxshisi polimеr matеriallar hisoblanadi. Alyumin tubalar burama qopqoqli bo’lsa, polimеr tabiatli tubular kavsharlash zarur.58


    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    25 Ma’ruza

    MAVZU 25. Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar tayyorlash va sifatini baholash.

    Ma’ruza maqsadi: Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar tayyorlash va sifatini baholashga oid nazariy ma’lumotlarni berish.

    Tayanch atama va iboralar:

    Linimentlar-quyuq suyuqlik

    Linira-surtish

    Olimenta-moyli asosdan tashkil topgan linimentlar

    Sapolimenta- sovunli asosdan tashkil topgan linimentlar

    Gomogen-bir xil yoki o’xshash faza

    Geterogen- turli xil yoki har xil faza

    Reja:


    1. Linimentlar ta’rifi va tasnifi.

    2. Linimentlarni afzallik va kamchiliklari

    3. Linimentlar tayyorlashning umumiy qoidalari

    4. Linimentlarning xususiy texnologiyalari

    5. Linimentlarni sifatini nazorat qilish

    Linimentlar — quyuq suyuqlik bo’lib, sirtga surtish uchun mo’ljallangan va teri haroratida eriydigan dori shakllariga kiradi.

    Liniment lotincha suz bo’lib, linira — surtish degan ma’noni anglatadi.

    Linimentlar bir yoki bir necha dorivor moddalardan hamda asoslardan tashqil topgan. Asos sifatida o’simlik yog’lari (kungaboqar, shaftoli, kanakunjut), vazelin moyi, xloroform va esilonlar ishlatiladi.

    Liniment dori shakli tarkibidagi asos xususiyatiga ko’ra ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

    1) moyli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Olimenta;

    2) sovunli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Sapolimenta.

    Fizik-kimyoviy xususiyatiga ko’ra linimentlar turli xil bo’lib, o’zida eritma, emulsiya, suspenziya va aralash dispers sistemalarni mujassamlashtiradi.

    Linimentlar qadimdan ishlatilib kelinayotgan dori shakli hisoblanib, tarkibining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bu dori turi uchun XI DF da «liniment­lar» deb ataluvchi umumiy maqola keltirilgan.

    X DF ko’rsatmasiga binoan linimentlar tarkibiga dorivor moddalar, ularning fizik-kimyoviy xossalariga qarab kiritiladi. Suvda eriydigan moddalarni suvda, moyda eriydigan moddalarni moyda va suvda ham moyda ham erimaydigan moddalarni suspenziya ko’rinishida liniment tarkibiga kiritish kerak. Shunga ko’ra liniment­lar eritma, emulsiya, suspenziya va aralash tipda uchrashi mumkin.

    Linimentlarni tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: asosni tortib olish va eritish, dorivor moddani tortish va maydalash, aralashtirish, idishga joylash, kerakli yorliq yopishtirish, kasalga berish uchun tayyorlash. Linimentlarni bemorga berishda «Sirtga» degan yorliq, shuningdek quyidagi ehtiyot yozuvlari (etiketkalari) bo’lishi lozim: «Salqin joyda saqlansin!», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin!», «Yorug’lik tushmaydigan joyda saqlansin!» va boshqalar.

    Linimentlar o’zok muddat ishlatilishi uchun tayyorlanib, ularga «Kullashdan oldin chayqatilsin», «Salqin joyda saqlansin!» kabi qo’shimcha yorliqlar yopishtirilishi kerak.

    Linimentlar ogzi zich berkitilgan, shisha idishlarga jihozlanib tayyorlanishi kerak.

     Moyli linimentlar — Olimenta

     Gomogen tipdagi linimentlarni tayyorlash. Bu tipdagi linimentlar dorivor moddalar asosda eriganda yoki dorixatda faqat suyuqliklar yozilganda hosil bo’ladi. Gomogen linimentlar to’g’ridan-to’g’ri bemorga beriladigan idishda tayyorlanadi. Buning uchun qattiq moddalarni asosda eritib, uchuvchan va kuchli hidga ega bo’lgan moddalar oxirida qo’shiladi.59

    Rp.: Chloroformii

    Ol. Camphorati

    Ol. Hyoscyami

    Ol. Terebinthini rectificati 15,0

    M.f. linimenta

    D.S. Curtish uchun.

    Berilgan dorixat tarkibida faqat suyuq holdagi bir birida yaxshi eruvchi dorivor moddalar keltirilgan. Linimentni tayyorlash uchun bemorga beriladigan idishda kamfora moyi bilan mingdevona moyini aralashtirib, so’ngra xloroformni va oxirida terpentin moyini qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor liniment yuqorida aytib o’tilgandek, kerakli yorliqlar yopishtirib jihozlanadi.

     Rp.: Jodi 1,0

    Mentholi

    Novokaini 2,0

    Spiritus aethylici 10,0

    Chloroformii 25,0

    Parafini 10,0

    M.f. linimenta

    D.S.

     Alohida idishda mentol va novokain etil spirtida eritiladi. Bemorga beriladigan idishga yod, maydalangan parafin va xloroform solinib, ogzi zich berkitiladi. So’ngra extiyotlik bilan suv hammomida yod va parafin tulik eriguncha qoldiriladi. Aralashma sovigach ustiga mentol va novokainning spirtli eritmasi solinadi va tulik soviguncha yaxshilab aralashtiriladi, jihozlanadi.



     Rp.: Olei Hyoscyami 15,0

    Chloroformii 15,0

    Methyli salicylatis 10,0

    M.D.S. Ogrigan bugimlarga surkalsin.

     Bu dorixatni tayyorlash uchun bemorga beriladigan quruq shisha idishga metilsalitsilat, mingdevona moyi va oxirida xloroform tortib olinadi, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor linimentga tegishli etiketka yopishtirilib, bemorga berish uchun tayyorlanadi.


    Download 2,9 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




    Download 2,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm Контейлар Gidrofob asoslarda tayyorlanadigan surtmalar. Qotishma va eritma tipidagi surtmalar

    Download 2,9 Mb.