• Linimentlar sifatini aniqlash
  • 26 Ma’ruza MAVZU 26. Geterogen linimentlar ning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblari.
  • Tayanch atama va iboralar
  • Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash
  • Linimentlami sifatiga baho berish
  • 27- Ma’ruza MAVZU 27.
  • ASEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH
  • Aseptika sharoitida tayorlanadi
  • Asеptik sharoitini yaratish talablari kеltirilgan MX: DF ma q olalarida
  • СанПиН Р.Уз № 0337-16 «26» декабрь 2016 й. Санитарные правила и нормы устройства, оборудования и эксплуатации аптек - Dorixona tuzilishi , jihozlar
  • Suspenziya tipidagi linimentlarni tayyorlash




    Download 2.9 Mb.
    bet22/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2.9 Mb.
    #5367
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35

    Suspenziya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Suspenziya tipidagi linimentlar dorivor moddalar asosda hamda suvda erimagan vaqtda hosil bo’ladi. Bunday linimentlar osilmalar (suspenziyalar) texnologiyasiga asoslanib tayyorlanadi. Suspenziya tipidagi linimentlar turg’unligini oshirish macksadida ularga sirt-faol moddalar qo’shiladi.

     DF X bo’yicha tarkib:



    Rp.:Xeroformii

    Picis liqudae 3,0

    Olei Ricini 94,0

    M.D.S. Vishnevskiy surtmasi.

     Kseroform suvda, yog’da erimaydi, shuning uchun preparatga suspenziya holida qo’shiladi. Dorixatni tayyorlash uchun kseroform koramoy bilan yaxshilab eziladi, so’ngra oz-ozdan muntazam aralashtirib turgan holda, kanakunjut moyi qo’shiladi. Tayyor bo’lgan liniment quyidagi yorliqlar bilan “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”, “salqin va qorong’i joyda saqlansin” jihozlanib, bemorga berilsin.

    Linimentlar sifatini aniqlash

    Tayyor bo’lgan linimentlar sifatini baholashda: dorixat, pasport, rangi, hidi, mexaniq aralashmalar yo’qligi va og’irlikdagi bir-biridan farqi ko’riladi, chinligi va miqdori aniqlanadi. Hozirgi kunda linimentlar surtmalarga bo’lgan barcha talablar asosida sifat nazarati o’tkaziladi.60


    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php



    26 Ma’ruza

    MAVZU 26. Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblari.

    Ma’ruza maqsadi: Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblariga oid nazariy ma’lumotlarni berish.

    Tayanch atama va iboralar:

    Linimentlar-quyuq suyuqlik

    Linira-surtish

    Olimenta-moyli asosdan tashkil topgan linimentlar

    Sapolimenta- sovunli asosdan tashkil topgan linimentlar

    Gomogen-bir xil yoki o’xshash faza

    Geterogen- turli xil yoki har xil faza

    Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile- uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti



    Reja:

    1. Linimentlarning xususiy texnologiyalari

    2. Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash.

    3. Sovunli linimentlarni tayyorlash.

    4. Linimentlarni sifatini nazorat qilish

    Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen sistema bo’lib, suvning yog’dagi yoki yog’ning suvdagi emulsiya tiplari ko’rinishida bo’ladi. Bu tipdagi linimentlarning turg’unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar) qo’shiladi. Emulsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum ammoniatum seu Linimentum volatile) va oxakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib keltirishimiz mumkin.

    DF IX bo’yicha tarkib:

    Rp: Solutio Ammonii caustici 25,0

    Acidi oleinici 1,0

    Olei Helianthi 74,0

    M.DS.


    Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungabokar moyidan va 1,0 g olein kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil eritmasidan 25 ml quyib bir xil ok rang­li suyuqlik hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat ammoniy utaydi.

    C17H33COOH + NH3 = C17H3COONH4 

    Uchuvchan liniment bir xil ok-sargish rangli quyuq suyuqlik bo’lib, kuchli ammiak hidiga ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan holda bu liniment keragida tayyorlanadi.

    Sovunli linimentlar — Saponimenta

     Sovunli linimentlar asosida tana haroratida erish xususiyatiga ega bo’lgan natriyli sovun spirtlari yotadi. Sovunli linimentlar tarkibiga odatda efir moylari, ammiak eritmasi, yod, ixtiol, fenol, kamfora, rezorsin kabi moddalar kiradi.

    Rp.: Saponis medinalis 8,0

    Spiritus aethylici 84,0

    Camphorae 2,0

    Ol. Citri

    Ol. Rosmarini 0,4

    Ol. Thymi 0,2

    Sol. Ammonii caustici 5,0

    MDS. Revmatizmda surtish uchun.

    Kolbada meditsina sovunini 90% li etil spirtida, suv hammomida eriguncha qizdiriladi va tezda filtrlanadi. Issiq eritmada kamfora eritilib, sovugandan so’ng efir moylari va ammiak eritmasi qo’shiladi. Aralashmani shisha idishlarga qadoqlab tulik soviguncha sovitgichga quyiladi.

    Geterogen tipdagi linimentlarga emulsion linimentlar kiradi. Emulsion linimentlar S/M va M/S tipiga bo’linadi.

    Oling: Kungaboqar gioyi 74,0

    Ammoniy eritmasi 25,0

    Olein kislota 1,0

    Aralashtiring. Bering. Belgilang.

    Buginlarga so’rtish uchun Yuqoridagi birikmalar emulsiya tipdagi linimentni hosil qiladi (M/S). Bemorga beriladigan shisha idishda olein kislotani kungaboqar moyida eritib, ustiga ammoniy eritmasi qo’shiladi va yahshilab aralashtiriladi. Bu liniment uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti deb ataladi. (Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile)

    Oling: Zigir moyi

    Kaltsiyli suv teng miqdorda 25,0 Aralashtiring. Bering. Belgilang.

    Kuyganjoyga ishlatilsin.

    Tayyoriash: 25 g zigir moyi va 25g kaltsiyli suv shisha idishda yahshilab chayqatib aralashtiriladi. Tayyor mahsulot emulsiya tipidagi (S/M) linimentni hosil qiladi. Bu liniment (Linimentum calcis) deb ham yuritiladi. Aralashma tipdagi linimentlami tayyoriash Aralashma tipdagi linimentlarga IX—DF da keltirilgan streptotsid va s into mite in linimentlami keltirish mumkin. CHunki bu linimentlar tarkibida bir vaqtning suspenzion va emulsion tipdagi linimentlar keltirilgan. 1% Sintomitsin liniment tarkibi:

    Tarkib: Sintomitsin 1,0

    Kanakunjut moyi 20,0 Emulgator 9,0 Timol 0,15 yoki

    Salitsil kislota 0,125 Tozalangan suv 100 ml gacha Dorihona sharoitida yuqorida qayd qilingan liniment tayyoriash jarayoni 2 bosqichda olib boriladi.



    1. Kanakunjut moy ini emulsiyasi tayyorlanadi.

    2. Tayyor emulsiyaga maydalangan sintomitsinni suspenziya holatida qo’shiladi.

    Hovonchada 9 g emulgator 14 ml suv bilan aralashtiriladi. so’ngra qizdirilgan 20g kanakunjut moyida timol yoki salitsil kislota eritilib aralashtirish davom ettiriladi, toki birlamchi emulsiya hosil bo’lguncha. Keyin suvning qolgan qismi oz-ozdan qo’shib, aralashtirib boriladi. Undan keyin havonchada Ig sintomitsin 0,5g tayyor emulsiya bilan eziladi. so’ngra oz-ozdan emulsiyaning qolgan qismi qo’shib aralashtiriladi va bemorga beriladigan idishga yuvib utkaziladi. "Sirtga”, "Salqin joyda saqlansin” yorlig’i bilan jihozlanadi. Emulgator sifatida sulfat kislotaning tsetil efir, natriyli tuzi (S16N33 - 0S02 - ONa) ishlatiladi.(emulgator № 1).

    Agarda dorixonada yuqorida nomi qayd qilingan emulgator bo’lmasa, emulsiyani to’rg’unligini oshiruvchi arab elimi. o’rik elimi, jelatozaiarni ishlatish lozim. Tarkibdagi 20g kanakunjut moyi uchun;. arab elimidan yoki- o’rik elimi dan 5g, jelatozadan 20 g olish mumkin. Birlamchi emulsiya uchun olinadigan suv miqdori moy va emulgator yig’indisini 1/2 qismi hisobida olinadi.



    Linimentlami sifatiga baho berish

    1. Retseptni talab darajasida yozilishi.

    2. Retseptdagi dori moddalarni mikdorini to’g’riligi

    3. Linimentlami talab darajada tayyorlanishi

    4. Linimentlami tashki ko’rinishi, o’ziga hos hidga ega bo’lishi.

    5. Linimentlami to’g’ri qadoqlanishi, jihozlanishi, saqlash muddati talab darajasida bo’lishi61.

    Asosiy adabiyotlar:



    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php



    27- Ma’ruza

    MAVZU 27. Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi

    Ma’ruza maqsadi: Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi oid nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Sterillash bu- dorilarda juda tez ko’payib rivojlana oladigan mikroorganizmlarni batamom yo’q qilish.

    Termik sterilizatsiya- mikrob to’qimalarining protoplazmasi pirogenetik yemirilish natijasida qaytmas koagulyatsiyaga uchrashi.

    Filtrlab sterillash- maxsus teshiklari bo’lgan filtr orqali eritmalarni filtrlab, mikroorganizmlardan tozalash usuli.

    Shisha filtr- shisha donalari yopishtirilgan plastinka.

    Membran filtrlar- dori modda eritmalarini to’liq sterillash uchun qo’llanadi.

    Kimyoviy sterilizatsiya- mikrofloraga kimyoviy moddalarni ta’sir ettirish yo’li bilan olib boriladi.

    Reja:


    1. Asеptika sharoitida tayyorlanadigan dori turlari

    2. Asеptik sharoitini yaratish talablari kеltirilgan MX:

    3. Dorixonada asеptika sharoitini ta'minlash

    4. Asеptika tushunchasi va stеrilizatsiya usullari

    5. In'еktsion eritmalarga qo’yilgan talablar

    ASEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH

     Bizni kamrab olgan tabiat, xususan suv, xavo va er katlami turli-tuman mikroorganizmlar bilan to’la. Ayniqsa, ular er katlamida juda ko’pdir. Bir gramm tuprokda milliardlab bakteriyalar joylashgan. Shu sababli dori tayyorlash jarayonida tozalikka rioya kilish, xonalarni ifloslanishdan asrash dorixona sharoiti uchun birinchi navbatdagi vazifalardan ekanligini doimo yodda tutish va unga amal kilish zarur.

    Dori shakllarini tayyorlash usullarini dori shakllarini organizmga yuborilishi, ularni kasallikni davolashdagi o’rni va ayniqsa shu dorilarni tayyorlash jarayonida tozalik darajasi hisobga olingan holda quyidagicha taksimlash mumkin.

    Aseptika sharoitida tayorlanadi:

    - infusion eritmalar;

    - tana bo’shlqlarini yuvish ucun mo’lkallangan eritmalar;

    - chaqaloqlar va bir yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan eritmalar;

    - antibitiklar saqlaydigan eritmalar; kuygan yuza va ochiq yaralarga mo’ljallangan dori preparatlari;

    - ko’z dori turlari;62

    1. Har xil kukunlar, miksturalar, emulsiyalar va x. k. SHuni kayd etish lozimki, odam organizmiga yuborilayotgan bu dori mahsulotlari steril bo’lishi shart emas. Ogiz bo’shligida mikroblar juda ko’p bo’ladi va me’dadagi kislotali sharoit mikroorganizmlarni bartaraf etadi hamda ichakdan badanga so’rilish vaqtida mikroorganizm­lar, ularning tanachalari tabiiy ravishda filtrlanib toza dori modda so’riladi.

    2. Odam organizmiga igna orqali yuboriladigan, kon tomiriga quyiladigan dorilar, albatta steril — ya’ni mikroblardan holi bo’lishi kerak. Bu maxsus dori guruhla­ri umumiy in’eksiya nomi bilan yuritiladi (injestiones). Bu xildagi dori sachratma (injectio) va quyiladigan (infusio) shakllarida bo’lishi mumkin. Birinchisida suyuqlik juda ko’p miqdorda bo’ladi va u Bobrov apparati yoki boshqa moslamalar bilan odam organizmiga yuboriladi.

    Ko’zga tomiziladigan dorilar ham albatta steril bo’lishi lozim.

    3. Nosteril holda beriladigan dorilar hisobiga turli-tuman surtma dorilar, kukunsimon (unga o’xshash) sepmalar va malhamlar kiradi. Lekin bu dorilarni ham mikroblardan tozalash foydadan holi emas. CHunki, bir necha bor nosteril sepilmalardan foydalanilganda kokshol (stolbnyak) kasalligiga chalinish mumkin.

    4. Yangi tugilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun qo’llaniladigan dori preparatlari albatta steril holatda tayyorlanishi shart. Soglikni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklangan ko’rsatmaga asosan yangi tugilgan bolalar uchun tayyorlanadigan hamma dori preparatlari va 1 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun tayyorlanadigan suyuq dori shakllari albatta steril holda tayyorlanishi shart. Dorixonalarni va ayrim shifoxona holidagi dorixonalarning dorixatlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, yangi tugilgan bolalar uchun ishlatiladigan dori tarkibi xilma-xil bo’lib, uning soni 130 ga yakin. Bundan 30 foiz tayyor turdagi zavod mahsuloti bo’lsa, 70 foizi dorixonada yakka buyurtma asosida tayyorlanadigan dori preparatlari hisoblanadi.

    Adabiyotlarda keltirilishicha, qattiq dori shakllari mikrob rivojlanishida nokulay sharoit hisoblansa, dori tayyorlash jarayonidagi ayrim holatlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kulayliklar yaratadi. Masalan, tabletka tayyorlashdagi xo’l granulyasiyalash. Pankreatin, talk, analgin, glyukoza, shakar va shunga o’xshash dori moddalar esa mikrob rivojlanishi uchun ayni sharoit hisoblanadi.

    Dorixonalarda tayyorlanadigan elaki dorilar sepma dori shakllarning 45 foizini tashqil qiladi. Ularni steril holda tayyorlash ancha mushkul, chunki tarkibidagi ayrim qo’shilmalar termik ta’sirga chidamsiz bo’lsa, ba’zilari ayni shu keltirilgan tarkibda issiqlik ta’sirida buziladi. Bu hol yosh bolalar uchun ishlatilishi lozim bo’lgan tarkibdagi qattiq dori shakllarini o’rganish va ularni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish masalasini ko’yadi. Bu soxada sterillash usullaridan kulayini tanlab, moddalarni alohida sterillab, so’ngra aseptik sharoitda tayyorlash ham mumkin.

    Agar kukun tarkibi issiqka chidamli bo’lsa, uni tayyorlab, so’ngra sterillash kerak. Mikroblar rivojlanishi uchun eng kulay sharoit bu suyuq dori shakllaridir. Ularni albatta steril sharoitda tayyorlab, tarkibiga kiradigan dori va yordamchi moddalar sterillanib tayyorlangandan so’ng, mumkin bo’lsa yana sterillanishi kerak.

    Xozirgi kunda yosh bolalar uchun ishlatiladigan bu dori shaklining 50 foizi tayyorlash usuli mukammal o’rganilib dorixonalarga tatbik etilgan. Ichishga mo’ljallangan eritmalar tozalangan suvda, aseptik usulda stabilizator va konservantlar ko’shmasdan tayyorlanadi.

    Ish jihozlari, xonalar, asbob-uskuna, ishlovchi dorivorlar aseptik sharoitda ishlash talablariga mos, 581-buyruqdagi gigienik normalarga to’gri keladigan sharoitda tayyorlanadi. Eritmalar tayyorlangandan so’ng avtoklavda 1200S 1,1 ortiqcha atm bosimda sterillanadi.

    Shifoxonalarda ishlatiladigan eritmalar bir martalik 10-20 ml iste’mol hajmda chiqariladi. Bir yo’la bir necha bolalarga mo’ljallangan hajmda ham chiqarilishi mumkin (50-100 ml), ammo bunday holda 200 ml gacha bo’lgan hajmda chiqariladi.

    Shifoxona bo’limlarida flakonlarni ochish va kuyish aseptika sharoitida olib boriladi. Ochilgan idishlarda qolgan eritmalarni saqlash man etiladi. YAkka tartibdagi dorixonalar bilan dorixonadagi bunday eritmalar 100 ml gacha hajmda tayyorlanishi mumkin. Uni sovitgichda 2 sutkagacha saqlab ishlatish mumkin.

    Surtma dori, suyuq surtmalar va sham dorilar tarkibi alohida sterillanib, aseptik usulda tayyorlanadi.

    Asеptik sharoitini yaratish talablari kеltirilgan MX:


    1. DF maqolalarida:

    - «Formic medicamentorum pro injectionibus»,

    • «Guttae ophthalmicae»,

    • «Aqua pro injectionibus»;

    Ilovalarda: «Стерилизация», «Проверка стерильности», «Проверка на микробиологическую чистоту», «Испытание на пирогенность».

    2. СанПиН Р.Уз № 0337-16 «26» декабрь 2016 й.



    Санитарные правила и нормы устройства, оборудования и эксплуатации аптек - Dorixona tuzilishi, jihozlar va ulardan foydalanishning sanitariya qoidalari va meyorlari

    OzR SSVning 2003 y. 28 aprеldagi №198 buyrugda: “Dorixona muassasalarida stеril va asеptik dorilar tayyorlash boyicha qo’llanma” (monografiya A.N.Yunusxojaеv “Ozbеkistonda farmatsеvtika faoliyati” 2 jild)

    4. «Good Manufacturing Practices» (GMP) - «Правила правильного производства» Xalqaro standartlarda

    Асептика –грек. Aceptes – parchalanishga moil emas (Разлажению)

    ASЕPTIKA- bu dori vositalarining turli xil mikroorganizmlar bilan zararlanishini oldini olish maqsadida stеril dori turini tayyorlashdagi barcha tеxnologik jarayonlarda olib boriladigan ishlar majmuasidir

    Mikroblar kontaminatsiyasiga sababchi omillar:

    - xavo;

    - jihoz va xona sirti;



    - pеrsonal;

    - yordamchi va jihozlash matеriallari;

    - dori moddalar

    Asеptik sharoitni yaratish uchun:

    1. Maxsus xona

    2. Xavoni stеrilizatsiya qilish.

    3. Yordamchi matеriallar stеrilligi

    4. Erituvchi va dori modda maxsus talablarga javob bеrishi.

    5. Xodimlar sanitariya gigiеna qoidalariga rioya qilishlari kеrak.

    Asеptik blok aloxida izolyatsiyalangan otsеkda joylashishi kеrak, boshka bo’limlar bilan koridor orqali bog’lanishi kеrak.

     Asеptika oldi xonasi (shlyuz) Asеptik blok oldida rеzinali gilamcha dеzinfеktsitsiya vositasi bilan ishlov bеrilgan bo’lishi shart. Xodimlarga xalatlar uchun shkaf, stеril kiyimlar saqlash uchun bikslar buladi. Qul yuvish uchun rakovina, qul kuritgich va oyna.

    28-rasm






    Download 2.9 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




    Download 2.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suspenziya tipidagi linimentlarni tayyorlash

    Download 2.9 Mb.