• MAVZU 28: Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi. Ma’ruza maqsadi
  • Sterillash usullari
  • Termik sterilizatsiya
  • Issiq bug’ bilan sterilizatsiya qilish
  • Avtoklav usuli
  • 36-rasm. Tibbiyot avtoklavi.
  • 37. rasm. Uch yo’lli kranning joylanish turlari.
  • 38.-rasm. Richag saqlovchi klapan.
  • Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya




    Download 2,9 Mb.
    bet30/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2,9 Mb.
    #5367
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

    35-rasm. Laminarnli boks

    Asosiy adabiyotlar:



    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    MAVZU 28: Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi.

    Ma’ruza maqsadi: sterilizaciya, termik, kimyoviy, mexanik sterilizaciya in’yeksion suv olish texnologiyasi, sifatini baholashga oid nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Termolabil-issiqlikka chidamsiz

    Termostabil-issiqlikka chidamli

    Veybal stabilizatori- turg’unlashtiruvchi modda

    Reja:


          1. Stеrilizatsiya usullari

          2. Termik sterilizatsiya.

          3. Ultrabinafsha nurlar bilan sterilizatsiyalash.

          4. Radiatsion sterilizatsiya.

          5. Ultratovush sterilizatsiyasi.

          6. Steril filtratsiyasi.

          7. Kimyoviy usul bilan sterillash

    Sterillash usullari

     Sterillash usuli deb, dorilarda juda tez ko’payib rivojlana oladigan mikroorganizmlarni batamom yo’k kilishga aytiladi. Zamonaviy sterilizatsiya usullariga quyidagilar kiradi:

    1. Termik sterilizatsiya.

    2. Ultrabinafsha nurlar bilan sterilizatsiyalash.

    3. Radiatsion sterilizatsiya.

    4. Ultratovush sterilizatsiyasi.

    5. Steril filtratsiyasi.

    6. Kimyoviy usul bilan sterillash.

     Termik sterilizatsiya

     Termik sterilizatsiya jarayonida mikrob to’kimalarining protoplazmasi pirogenetik emirilish natijasida qaytmas koagulyasiyaga uchraydi. SHuningdek, ferment sistemalari ham shikastlanadi. Termik usul dorixonalarda, zavod sharoitlarida keng qo’llaniladi. Dori moddalar va ayrim buyumlarni sterilizatsiya kilishda albatta ularning xususiyatlari, fizik va ximik xossalarini hisobga olib, ma’lum bir termik usul tanlanishi kerak.

     Issiq bug’ bilan sterilizatsiya qilish

     Barcha mikroorganizmlarga, ayniqsa ularning sporalariga quruq issiqdan ko’ra nam issiq bug ta’sir kilishi ma’lum. SHu nuktai nazardan nam issiqlik sterilizatsiyalash uchun maqsadga muvofikdir. Dori tayyorlash jarayonida quyidagi nam issiqlik bug bilan sterilizatsiya kilish usullari keng foydalaniladi: avtoklav, bug va bir necha bor isitish yo’li bilan sterilizatsiya kilish.



    Avtoklav usuli

    Germetik kamerada sof to’yintirilgan bug orqali atmosfera bosimidan yuqori bosimda moddalarni sterillash usuliga aytiladi. X DF ko’rsatma­siga binoan avtoklav dorixona sharoitida ishlatiladigan termik sterilizatsiyaning asosini tashqil qiladi. Bu usulda sterillash avtoklav deb atalgan apparatlarda olib boriladi (25-rasm).



    Avtoklav bug kozonlari turiga kiruvchi apparat hisoblanib ishlash jarayoni ham ularga o’xshashdir. Kozondagi bug bosimining holatini o’rnatilgan manometr orqali kuzatish mumkin. Avtoklavdagi manometr ko’rsatkichlari bir atmosferadan yuqori bo’lsa, avtoklav manometr millari ham asta-sekin ko’tarila boshlaydi. Bug kozonidagi avtoklav tashkarisida o’rnatilgan manometr (membranali yoki prujinali) orqali kuzatiladi. Manometr ko’rsatkichlari texnik atmosfera bosimiga moslashtirilgan bo’lib, kozondagi bosim tashqi atmosfera bosimidan oshgandagina manometr ortiqcha atmosferani ko’rsatadi. SHuning uchun uni (ati) ichkaridagi atmosfera yoki ortiqcha bosim deb yuritiladi. Kozondagi atmosferani o’tkazish uchun esa manometr ko’rsatgichiga oddiy atmosfera bosimi, ya’ni son hisobida atm qo’yib hisoblash kerak. Masalan, manometr 1 atm ko’rsatsa, kozondagi bosim oddiy absolyut atmosferada 2 ata bo’ladi. Bosim ko’rsatkichiga to’gri keladigan harorat 13-jadvalda keltirilgan.

     

    36-rasm. Tibbiyot avtoklavi.

    1-sterilizatsiya kamerasi; 2-suv-bug kamerasi; 3-qopqoq; 4-qopqoq gilofi; 5-zond; 6- xalka;7- ximiya klapani; 8- manometr; 9- suv o’lchagich oyna; 10- suv o’lchagich jo’mrak (vodomernыy kran);11- tushish jo’mragi; 12- gilof; 13- asbest koogozi; 14- oyoklar (nojki); 15-asos (krestovina).

     Manometrni kizishdan saqlash uchun sifon naycha va uch yo’lli kran mavjud. Sifon naycha ilonsimon shakldan iborat. U orqali avtoklavga keladigan bug sovutiladi. Bug bosimi manometrga tindirilgan suv orqali yuboriladi. SHuning uchun ham uning, ya’ni manometrning mexanizmi buzilishini oldini oladi. Uch yo’llik kran manometrning va avtoklavning sozligini tekshirish uchun xizmat qiladi.

     17-jadval


    Bosim

    Harorat

    Bosim

    Harorat

    manometr

    Bo’yicha ati



    absolyut

    bosim, ata



    suvning qaynash harorati 0S

    manometr bo’yicha ati

    absalyut bosim, ata

    Suvning qaynash harorati 0S

     

    0

    0,2



    0,4

    0,6


    0,8

    1,0


    1,5

    2,0 


     

    1

    1,2



    1,4

    1,6


    1,8

    2,0


    2,5

    3,0


     

    99,1


    104,2

    108,7


    112,7

    116,3


    119,6

    126,8


    132,9

     

    2,5


    3,0

    3,5


    4,0

    4,5


    5,0

    5,5


    6,0

     

    3,5


    4,0

    4,5


    5,0

    5,5


    6,0

    6,5


    7,0

     

    138,2


    142,9

    147,2


    151,1

    154,7


    158,1

    161,2


    164,2

     

     Jo’mrak tikinida(probka) ikkita yo’nalish mavjud. Ular to’rt xil sharoitda ishlashi mumkin (1.22.-rasm).



    1. Birinchi sharoitda — probkasini yo’nalish kanali korpusning yo’nalish kanaliga to’gri keladi — ishchi holat.

     

     
    37. rasm. Uch yo’lli kranning joylanish turlari.

     

    2. Ikkinchi sharoitda — manometrni nolga to’grilab qo’yilganda probkaning jo’mragi ko’ndalang turadi. Bunda avtoklav manometrdan ajratiladi. Agar manometr soz­langan bo’lsa, uning millari nolga tushadi. Kran jo’mragini ish sharoitiga buralganda manometr millari o’z holiga keladi.



    3. Sifon trubkasining uchinchi sharoitida probka kanalining yo’nalishi korpusning ko’ndalang kanali bilan tutashadi. Bunday sharoitda sifon trubkadagi suv bug bilan birgalikda tashkariga otilib chiqadi.

    4. To’rtinchi sharoitda avtoklavning jo’mragiga tekshiruv tajribasi o’tkaziladi. Jo’mrakning kanal yo’nalishi korpusning yo’nalishiga ko’ndalang, probka yo’nalishi esa korpus ko’ndalangligiga to’gri keladi. Bunday sharoitda avtoklav kameralarining gidravlik sinovi o’tkaziladi. Manometrning ish holati ham bira-to’la tekshiriladi. Avtoklavda manometrdan tashkari, tasodiflarning oldini olish uchun mo’ljallangan klapan ham o’rnatilgan. Avtoklavning bosimi normadagidan yuqori bo’lsa, bu klapan avtomatik ravishda ishlaydi va bugning normadan yuqori qismi shu klapan orqali tashkariga chiqariladi. Manometr va klapan bir-birini nazorat qilib boradi. 14-jadvalda keltirilgan harorat va bosim jadvali, faqat toza bug bo’lgan holda, ko’rsatilgan ko’rsatkichga to’gri keladi. Agar xavo va bug aralashmasi bo’lsa, bosim va harorat to’gri kelmasligi mumkin. Dalton konuniga binoan bug va xavoning absolyut bosimi har bir jismning absolyut bosimiga tengdir. SHunday qilib, sigimda qancha ko’p xavo bo’lsa, tashkaridan keladigan bugning bosimi shuncha kam bo’ladi. Bu esa sigim issiqlik darajasi past bo’lishiga olib keladi, chunki, quruq xavoning issiqlik o’tkazish darajasi bugdan ancha past. Avtoklavdagi xavo bo’shliklari bug orqali chiqarib tashlanadi. Bugga nisbatan xavo sigimi og’ir bo’lganligi uchun kameraga yuqoridan yuborilgan bug kameraning kuyi qismiga tushadi, u erdan esa klapan orqali tashkariga chiqarib yuboriladi (1.23.-rasm).



     


    38.-rasm. Richag saqlovchi klapan.

    1-yuk; 2-bugning kirishi.

     

    Bu moslama odatda kameradagi bosim normasidan yuqori bo’lsa, avtomatik tarzda ishlaydi. YAngi avtoklavning alohida konstruktiv xususiyatini ta’kidlash lozim. Sterilizatsion va bug kameralari bir yagona konstruksiyaga payvand qilingan bo’lsada, o’z vazifalari jixatidan alohida-alohida ishlashlari mumkin. Bu esa sterilizatsion kamerani o’chirib va xavo bosimini kamaytirib turib ishlatish kobiliyatiga ega. Buning natijasida bug kamerasiga suv qo’shilmagan holda 3-4 marotaba ketma-ket sterilizatsiya o’tkazish mumkin.



    Avtoklav bug orqali sterilizatsiya kilish usulida ham ishlatilishi mumkin. Tibbiyot vertikal avtoklavi gaz gorelkasi orqali ishlashi bilan nokulaydir. SHunga asosan dori tayyorlash jarayoniga yangi konstruksiyadagi vertikal avtoklavlar kirib keldi.

    AV-1 avtoklavda (1.24.-rasm) birvarakayiga 15 litr sigimga ega bo’lgan dorilarni mikroorganizmlardan to­zalashi mumkin. Avtoklav elektron manometr bilan jihozlangan. U sterilizatsion kameradagi bosimni av­tomatik ravishda boshqarib turadi. Kuritish uchun o’rnatilgan moslama orqali turli materiallarni sterilizatsiyalash mumkin. CHunonchi, paxta filtrli kogoz va x. k. YUmalok shakldagi bug bilan sterillash uchun ishlatiladigan ko’chma sterilizator. Bug kamerasidagi suvlarning sathini nazorat kilishga maxsus suv ko’rsatkich kolonkasi va o’ramasi o’rnatilgan. Apparatda shuningdek, tasodiflarning oldini oluvchi, avtomatik jo’mrak moslamasi o’rnatilgan.



     
     



    Download 2,9 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




    Download 2,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

    Download 2,9 Mb.