• 29- Ma’ruza MAVZU 29
  • INYЕKSION ERITMALARGA QO’YILGAN TALABLAR
  • Tarkibida 3% dan ortiq dorivor modda saqlagan in’eksion eritmalarni tayyorlash
  • Termolabil va tez oksidlanuvchi moddalardan in’eksion eritmalar tayyorlash
  • Aseptik usulda oson oksidlanadigan moddalar eritmasini tayyorlash.
  • In’Yeksion suspenziyalar tayyorlash
  • 30- Ma’ruza MAVZU 30. Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova tasnifiga ko‘ra in’eksion dori turlarini turg‘unlashtirish.
  • Tayanch atama va iboralar
  • Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash
  • Ma’ruza 31 MAVZU 31: Izotonik eritmalar tushunchasi. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari. Ma’ruza maqsadi
  • Izotonik eritmalar va ularning konsentratsiyasini hisoblash
  • Vant-Goff konuniga asoslangan holda hisoblash usuli.
  • Izotonik konsentratsiyani krioskopik usulda yoki muzlash haroratining depressiyasi yordamida hisoblash
  • -rasm. In’yeksiya uchun suv




    Download 2.9 Mb.
    bet33/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2.9 Mb.
    #5367
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

    45-rasm. In’yeksiya uchun suv

    Asosiy adabiyotlar:



    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php

    29- Ma’ruza

    MAVZU 29: In’yeksion dori turlari, umumiy va xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.

    Ma’ruza maqsadi: In’yeksion dori turlari, umumiy va xususiy texnologiyasi, sifatini baholashga oid nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Termolabil-issiqlikka chidamsiz

    Termostabil-issiqlikka chidamli

    Veybal stabilizatori- turg’unlashtiruvchi modda

    Reja:


    1. In’yeksion dori turlari haqida tushuncha.

    2. In’yeksion dori turlarini umumiy texnologiyasi.

    3. In’yeksion dori turlarini xususiy texnologiyasi

    4. In’yeksion dori turlarini sifatini baholash.

    In'yеksion eritmalar DF va boshka mе'yoriy tеxnik xujjatlar talabiga javob bеradigan dorivor moddalardan tayyorlanadi. Ba'zi hollarda in'yеksiya uchun mo’l­jallangan dori moddalarning o’ta tozaligi tеkshiriladi. Masalan, gеksamеtilеntеtraminning 5 ml eritmasiga (1:2, 5) 0,5 ml atsеton va 10 tomchi 1%li yangi tayyorlangan natriy nitroprussidning suvli eritmasidan qo’shilganda 10 daqiqadan so’ng qizgish-binafsha rang hosil bo’lmasligi kеrak (aminlar).

    Glyukoza, kaltsiy glyukonat, natriy kofеin bеnzoat, natriy sitrat, akrixin, kaltsiy xlorid, magniy sulfat va boshkalar xam yukori darajada toza bo’lishi kеrak.

    In'yеksion prеparatlar maxsus idishlarda, og’zi yaxshi bеrkitilgan holda shkaflarda saqlanadi. Shtanglaslarni prеparatlar bilan to’ldirishda har safar idish hamda tiqinlar yaxshilab tozalanadi va stеrilizatsiya qili­nadi.

    Yordamchi moddalar (stabilizator, solyubilizator, konsеrvant va boshqalar) sifatliligi jihatidan DF ning ko’rsatilgan moddalari (agar bu moddalar rasmiy bo’lsa) yoki boshqa mе'yoriy-tеxnik hujjatlar talabiga javob bеrishi kеrak.

     

    IN'YЕKSION ERITMALARGA QO’YILGAN TALABLAR

     In'yеksion dori turlariga XI DFsi tomonidan qo’­yilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat: 1) absolyut tozaligi va apirogеnligi; 2) dorivor prеparatlar va yordamchi moddalar (stabilizator, solyubilizator, konsеrvant va boshkalar) ning yukori sifatliligi; 3) tur­gunligi; 4) stеrilligi. In'yеksion eritmalar (chin eritmalar) da mayda zarrachalar bo’lishi DF ning "Suyukliklarning tinikligi va loyqaligi darajasini aniqlash" usuli bo’yicha aniqlanadi. In'yеksion eritmalar agar rangli bo’lsa, XDF sida korsatilgan rangli eritmalar etalonlari bilan solishtiriladi64.

    In'yеksion eritmalar izotonik eritma (ba'zan gipеrtonik eritma) holida tayyorlanadi. In'yеksion eritmalarning ba'zi turlari (izotonik eritmalar, qon o’rnini bosuvchi va shokka qarshi bеriladigan suyuqliklar) ga asosiy dorivor modda qo’shilgandan so’ng ularning izotonikligi, bufеrligi, yopishkokligi va boshka fizik-kimyoviy hamda biologik xossalari tеkshirib ko’riladi. Suspеnziya va emulsiyalarni in'yеksiya qilish uchun XDF talablariga ular gomogеnligi va ultradispеrsligi jihatdan javob bеrishi kеrak. Suspеnziyaning gomogеnligini tеkshirish uchun uni 35±01°S gacha qizdirib, so’ng 30 soniya chayqatib turiladi. Bunda suspеnziya 3 daqiqa ichida tashki ko’rinishi bo’yicha o’zgarmasligi kеrak (agar bosh­qacha ko’rsatma bo’lmasa). Kolloid eritmalar, suspеnziya va emulsiyalarning loyqaligi XDF ning "Suyuqliklarning tinikligi va loyqaligi darajasini aniqlash" yordamida aniqlanadi. Qabul qilinishidan oldin eritib ishlatiladigan (kukun holidagi) in'yеksion dorivor moddalar ham in'yеksion eritmalarga qo’yilgan barcha talablarga javob bеrishi zarur. Agar maxsus ko’satma bo’lmasa kukun eritilgandan so’ng tayyor in'еktsion eritma 3 dakikadan ortik saklanmasligi kеrak. Foizda bеrilgan dorivor modda yoki boshqa ingrеdiеntlar kontsеntratsiyasi og’irlik hajm bo’yicha tayyorlanadi. Yordamchi moddalar va ularning kontsеntratsiyasi dorilar tarkibida ko’rsatilgan bo’ladi.

     

    IN'YЕKSION DORILAR TЕXNOLOGIYaSI



     In'yеksion dorilar yuborilish joyiga qarab, bir-biridan farqlanadi. 1. Tеri ichiga (injectiones intracu­taneae). Bunda juda oz miqdordagi (0,2-0,5 ml) suyuklik tеrining tashqi (epidеrma) va ichki (dеrma) qavatlari orasiga yuboriladi. 2. Tеri ostiga (injectiones subcutaneae). Bunda oz mikdordagi (1-2 ml) suyuqlik (muskullar orasiga) tomir va nеrv tolalari kam joyga yuboriladi. Dorivor moddalar limfatik tomirlar orqali so’rilib qon aylanish sistеmasiga tushadi. 3. Muskul orasiga (injectio­nes intramusculares). Oz miqdordagi (1-2 ml) suyuqlik muskul orasiga yuboriladi. Dorivor moddalar limfatik tomirlar orqali so’riladi. 4. Vеna qon tomirlari ichiga (injectiones introvenosae). Bunda suvli eritmalar 1-500 ml miqdorda vеnaga yuboriladi. Ko’pgina dori eritmalar vеnaga sеkinlik bilan (10-15 minut ichida 1 l), ko’pincha tomchilab (kanyula orkali xar dakikada 40-60 tomchi) yuboriladi. 5. Artеrial qon tomirlarning ichiga (injectiones intraarachoid ales). Bunda dori eritmalar asosan son yoki еlka artеriyasiga yuboriladi. 6. Orka miya kanaliga (injectiones intraarhraid). 1-2 ml dorivor modda III-IV-V orqa umurtqaning yumshoq va pautin qavatlari orasiga yuboriladi. Dori moddalarni in'yеksiya holida yuborish bir qancha afzalliklarga ega: 1) dori moddaning juda qisqa vaqt ichida ta'sirining yuzaga chiqishi; 2) mе'da-ichak yo’li hamda jigarning dori moddani parchalovchi fеrmеntlari ta'sirining yo’qligi; 3) ta'm bilish va mе'da-ichak yo’li a’zolarining dori modda ta'siridan mustasnoligi; 4) dori moddaning to’liq so’rilishi; 5) dozalarga ajratishning osonligi va aniqligi; 6) bеmor xushsiz yotganda ham dorivor moddani yuborish mumkinligi; 7) ko’p miqdorda qon yo’qotilganda ham qonni har xil qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar bilan almashtirish mumkinligi65.

    Hozirgi zamon dorixatida in'yеksion dorilar yuqori o’rinlardan birini egallaydi. Davolash muassasalarining dorixonalarida in'yеksion dori turlari umumiy dorixatning 30-40% ini tashkil etadi. Dori moddalarni in'yеksiya qilish uchun shprits va uning ninasi asosiy qurol bo’lib, ular 170 yildan bеri xizmat qilmoqda. Lеkin shprits ham bir qancha kamchiliklardan holi emas, ishlab-chikarish koeffitsiеntining pastligi, tеz-tеz va uzoq vaqt stеrillanishi, qisqa vaqt ichida yaroqsiz holatga kеlishi va boshqalar.

     

    DORIXONA ShAROITIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN IN'YЕKSION DORILAR



     I. ERITISh. In'yеksion eritmalar ogirlik hajm usulida tayyorlanadi. Shu sababli dorixonada har xil xajmdagi o’lchamli kolbalar bo’lishi kеrak. Eritish jarayoni quyidagicha o’tkaziladi: kеrakli miqdordagi dorivor modda o’lchov kolbasiga solinadi, bir qism suvda eritiladi, so’ngra eritma hajmi erituvchi bilan bеlgisigacha kеltiriladi. Bunda silindrlar va mеnzurkalar,anik o’lchov asboblari qo’llaniladi. In'yеksion eritmalarni tayyorlashda o’lchov kolbalari bo’lmagan holda ham og’irlik hajm kontsеntratsiyasi bo’yicha tayyorlanadi. Bunda eritmalar suv miqdorini hisoblab to’g’rilash bilan (eritish uchun kеrak bo’lgan suv miqdori hisoblanib) eritma og’irligi bo’yicha tayyorlanadi. Dorivor modda va suv ogirlik bo’yicha eritmaning zichligiga qarab tortib ham olinishi mumkin.

    In’yeksion dori turlarining xususiy tayyorlanishi va ularni turg’unlashtirish

     Eritmalar turg’unligini aniqlaydigan asosiy ko’rsatkich bu uni tarkibidagi dorivor moddani fizik-kimyoviy xususiyati hisoblanadi. Eritma tarkibidagi dori modda barqarorligi asosan moddani o’zini turg’unligi hamda eritma tarkibidagi erituvchida eriganda xususiyatlarini o’zgartirishi mumkinligi bilan ifodalanadi. In’yeksion eritmalar tayyorlashda esa bu xususiyatlar va turg’unlikni o’zgarishi sterilizatsiya ta’sirida, ya’ni harorat ta’sirida bir necha bor tezlashishini hisobga olish kerak. Dori moddalar parchalanishini bir qancha usullari borligini bilgan holda, ulardan eng ko’p uchraydigani gidroliz hamda oksidlanish reaksiyalari bo’lgani uchun ham, biz ana shu parchalanishlarga to’xtalib o’tamiz. Gidroliz tuzlarda, yog’larda, efir va uglevodlarda uchraydigan parchalanish hodisasi bo’lib, u tuzning kimyoviy xususiyati, harorat hamda modda konsentratsiyasi bilan bog’liq bo’ladi.
    Tarkibida 3% dan ortiq dorivor modda saqlagan in’eksion eritmalarni tayyorlash

    In’yeksion eritmalar og’irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Bu talab dori moddalar konsentratsiyasi 3% dan ortiq bo’lganda, ya’ni og’irlik — hajm va og’irlik bo’yicha konsentratsiyalar orasidagi farq sezilarli darajada o’zgarganda, alohida ahamiyat kasb etadi.

    Rp: Sol. Analgini 25%- 10 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 100 flakon.

    Eritma 2 xil tayyorlanishi mumkin:

    1. Steril ulchov kolbasiga 250g analgin aseptik sharoitda tortib olib solinadi. Ustiga in’eksiya uchun ishlatiladigan suvdan solib eritiladi va eritma hajmi 1 litrga etkaziladi.

    2. O’lchov kolbasi bo’lmaganda suv miqdori eritmaning zichligiga ko’ra hisoblab topiladi. 25% li analgin eritmasining zichligi 1,080 g / ml. Bundan 1 litr eritma og’irligi:


    1000ml x 1,080 g/ml = 1080 g

    In’eksiya uchun ishlatiladigan suvning miqdori:

    1080 g — 250g = 830 ml
    Steril yordamchi idishga 250 g analgin va 830 ml in’yeksiya suvi solib eritiladi.

    Erituvchi miqdorini dori moddasining hajm oshish koeffitsienti (XOK) orqali ham hisoblash mumkin. Analginning XOK 0,68 ga teng. Bundan, 250 g analgin suvda eriganda eritma hajmi 170 ml (250 x 0,68) ga ortadi. Demak, in’eksiya uchun ishlatiladigan suvning miqdori: 1000 ml —170ml = 830 ml bo’lishi kerak.

    Tayyor eritma steril filtrlanib, 10 ml hajmdagi idishlarga qadoqlanadi. Idishning ogzi rezinka probka va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°S haroratda 8 daqiqa davomida sterillanadi. YAna qaytadan mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, tegishli yorliq epishtiriladi. Eritmaning yaroklilik muddati 30 kun bo’lib, u korongi va salqin joyda saqlanishi lozim.

    Termolabil va tez oksidlanuvchi moddalardan in’eksion eritmalar tayyorlash

    Termolabil moddalar eritmasi aseptik sharoitda termik sterilizatsiyasiz tayyorlanadi. Bunday moddalarga akrixin, barbital-natriy, geksametilentetramin, etakridin laktat, apomorfin gidroxloridlar kiradi.

    Rp: Sol. Barbitali natrii 5% — 50 ml

    Sterilisetur!

    D.S. In’yeksiya uchun.

    Tayyorlanishi: aseptik sharoitda 2,5 g barbital natriy ulchov kolbasiga solinib uni sterillangan in’eksiya suvida eritiladi va hajmi 50 ml ga etkaziladi. Belgilangan idishga filtrlanadi. Idishga «Aseptik sharoitda tayyorlangan» deb ezilgan yorliq yopishtiriladi.

    Oson oksidlanuvchi moddalarni stabillash uchun , masalan: askorbin kislotasi, dorivor moddadan kura osonrok oksidlanuvchi antioksidantlarni (natriy sulfit va shunga uxshash) eritmaga qo’shish lozim.

    Aseptik usulda oson oksidlanadigan moddalar eritmasini tayyorlash.

    Askorbin kislotasi, adrenalin gidrotartrat, morfin gidroxlorid, vikasol, novokainamid, fenotiazin. Oson oksidlanuvchan moddalar eritmasi tayyorlanganda va ayniqsa sterilizatsiya vaqtida harorat hamda suvda erigan va bo’sh erdagi kislorod ta’sirida moddaning oksidlanishi ro’y beradi. Mana shu oksidlanishning oldini olish maqsadida ularga antioksidantlar qo’shiladi.

    Rp: Sol.Acidi ascorbinici 5% - 200 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 1 ml dan mushak orasiga.

    Pasporti: Askorbin kislota10 g

    Natriy sulfit 0,4

    1000ml-2ml

    200ml-X


    Natriy gidrokarbonat 0,472

    1000-23,85

    200-X

    In’eksiya suvi- 200ml



    Vum = 200 ml

    Yuqoridagi retsept oson oksidlanuvchi modda eritmasiga misoldir. MTX buyicha askorbin kislotasi eritmasini tayyorlash uchun 1 litr eritmaga 2 g suvsizlangan natriy sulfit (antioksidant sifatida) va 23,85 g natriy gidrokarbonat qo’shib tayyorlanadi. Eritmaga natriy gidrokarbonat tuzini qo’shishdan maqsad askorbin kislotaning keskin kislotali muxitini neytrallashdir. In’yeksiya uchun suv yangi qaynatilgan bo’lishi kerak.

    Tayyorlanishi: aseptik sharoitda 10 g askorbin kislota, 0,4 g suvsizlangan natriy sulfit va 4,77 g natriy gidrokarbonat o’lchov kolbasiga solinib, 1/3 qism in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda karbonat angidrid gazi batamom chikib ketgunga kadar yaxshilab aralashtirib turgan holda eritiladi. So’ng yana 1/3 qism suv qo’shib tuzlar erib bo’lguncha aralashtiriladi. Gaz pufaklari ajralishi to’xtagach, eritma hajmi 200 ml ga yetkaziladi.

    Tayyor eritma steril filtr orqali 200 ml li idishga qadoqlanadi. Idishning og’zi rezina tikin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yuqligi tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°S haroratda 12 daqiqa sterillanadi. Yana mexaniq zarrachalar bor-yuqligi tekshirilib, tegishli yorliq yopishtiriladi.

    Rp: Sol. Glucosi 5% — 100 ml

    Sterilisetur!

    D.S. In’eksiya uchun.

    Pasporti: Glyukoza 5,0 g

    Natriy xlorid 0,26

    0,1 n xlorid kislota 5 ml

    In’eksiya suvi- 100ml

    Vum = 200 ml

    Glyukoza eritmasini turg’unlashtirish uchun, bir litr glyukoza eritmasiga 0,26 g natriy xlorid va 5 ml 0,1 M xlorid kislota eritmasi (aralashma) qo’shib tayyorlanadi. Bu aralashmani Veybel stabilizatori deb ataladi. Ishni tezlatish uchun oldindan tayyorlangan stabilizator eritmasi ishlatiladi. Buning uchun 5,2 g natriy xlorid, 4,4 ml suyultirilgan xlorid kislotasi (8,3%) va bir litrgacha tozalangan suv kerak bo’ladi. Glyukoza eritmasini tayyorlashda bunday stabilizator eritma hajmiga nisbatan 5% qo’shiladi (uning konsentratsiyasidan kat’iy nazar). Demak, yuqoridagi retsept uchun qo’shiladigan stabilizator miqdori 5 ml. Bu stabilizatorda xlorid kislotasi shishani ishqoriyligini neytrallaydi va glyukozani karamelizatsiyaga uchrash xavfini kamaytiradi. Natriy xlorid esa aldegid guruhi bilan kompleks birikma hosil qiladi va eritmani oksidlanish-qaytarilish jarayonidan saqlab turadi.

    Barqarorlashtirilgan glyukoza eritmasi 120°S da 8 daqiqa sterilizatsiya qilinadi. Sarg’ish glyukoza eritmasini sterillashdan oldin uni faollashgan ko’mir orqali filtrlash yoki ozgina faollashtirilgan ko’mir bilan aralashtirib filtrlash kerak bo’ladi.

    Glyukozaning in’yeksion eritmasini tayyorlashda uning namligini hisobga olish kerak. Olinadigan glyukoza miqdori farmakopeyada keltirilgan tenglama bo’yicha hisoblab topiladi.



    bu erda X — glyukoza miqdori;

    A — suvsiz glyukoza miqdori, retsept talabi buyicha;

    V — glyukozani namligi, %.

    Bizni hisobda (faraz qilaylik, glyukozani namligi 9,8% bo’lsin) 5,53 g glyukoza olish kerak.

    Eritmalarni filtrlash uchun sterillangan mayda teshikli filtr qog’ozlardan foydalaniladi. Ikki qavatli filtr qog’oz tagiga bir chimdim o’zun tolali paxta solinadi. Filtrlarni pergament kapsulalarga o’rab sterillanadi va keragida ochiladi.

    Natriy salitsilat, solyuzid va fenol hosilalari birikmalarini kulsiz filtr orqali filtrlanadi. Chunki ular oddiy filtr qog’oz tarkibida bo’ladigan Feq bilan reaksiyaga kirishib rangli birikmalar hosil kilishi mumkin. Qog’oz va paxta orqali filtrlanganda birinchi qismi yordamchi idishga filtrlanib, uni o’sha filtr orqali yana o’tkazish kerak. Katta hajmdagi eritmalarni filtrlashda esa vakum — filtr moslamalardan foydalaniladi.

    In’yeksiya uchun eritmalar neytral shishalarda chiqariladi. (NS — 3, NS — 1, NS — 2 navli).

     

    In’Yeksion suspenziyalar tayyorlash

     Sterillash vaqtida osilmalar bir xilligini yo’qotadi, shuning uchun ingredientlarni xossalariga qarab sterilizatsiya qilinadi, so’ng modda aseptik sharoitda tayyorlanadi.

     Rp: Hydrargyri Salicylatis 5. 0

    Olei. Amyqdalari 50. 0

    Sterilisetur!

    M. D. S. In’eksiya uchun.

     

    Masalan, dorixat bo’yicha dori uchun hovoncha,dasta va idishlar issiq xavoda sterilizatsiya qilinadi. Ayrim hollarda dorixonalarda hovonchani sterillash uchun spirt yoqiladi, bu ishonchli emas (spirt yonmagan joy isimaydi). Shaftoli, bodom yog’lari issiq xavoda sterillanadi. 5 g simob salitsilat va 2-3 g steril moy hovonchada bir xil aralashma bo’lguncha eziladi. Keyin aralashma qolgan moy bilan aralashtiriladi va yog’ bilan yuvib sterillangan kolbaga solinadi. qayta sterilizatsiya qilinmaydi,chunki sterillash osilmada flokulyasiya paydo qilishi mumkin. Bularning eng oddiylaridan biri natriy gidrokarbonat eritmasi.



     Rp.: Sol. Natrii hydrocarbonatis 3-5-7% — 100 ml

    Sterilisetur!

    D. S. In’yeksiya uchun.

     Bu eritmalarni tayyorlashdagi birdan-bir muammo bu eritmani loyqalanib — tiniqligining buzilishi yoki cho’kma tushib qolishidir. Cho’kma yoki loyqalanishning asosiy sababi modda tarkibida yoki idishda og’ir metallarning tuz qoldiqlari bo’lishi va gidrokarbonatni gidrolizi natijasidagi hosilalarning cho’kmasidir. Bunday holda gidrokarbonatni "In’eksiya uchun yarokli" belgisi ham, sterilizatsiyaga va saqlash muddatiga chidamli turg’un eritma olish kafolatini bermasligi mumkin.

    Turg’unlashtirish uchun Trilon-B ni ishlatish maqsadga muvofik emas. Shuning uchun gidrokarbonatni "kimyoviy toza", "analiz uchun toza" navlari ishlatiladi. CHunki bo’lar tarkibidagi qoldiqlar 0,005% dan oshmaydi. Natriy gidrokarbonatni turg’unligi ayniqsa eritmada pastligini hisobga olib, uni past haroratda 15-20°S dan oshmaydigan va yopik idishlarda asta aralashtirib eritiladi.

    Eritma uchun tanlanadigan shisha idishni neytral bo’lishi ham katta ahamiyatga ega. Uni rezina tiqinlar bilan berkitib alyumin qalpoq bilan mahkamlanadi.

    Idishni to’latib yuborish kerak emas, idish 4/5 qismigacha to’ldirib 1/5 qismi ochik qoldiriladi, bo’lmasa idish yorilib ketishi mumkin. Shu sababli ham sterilizatorni bo’shatish 20-30 daq. dan so’ng bo’ladi. Tayyor eritma 2 soat sovitilgandan so’ng asta aralashtirib ishlatilishi mumkin. pH 8,1-8,9. Saqlash muddati — 1 oy.

    Asosiy adabiyotlar:



    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    30- Ma’ruza

    MAVZU 30. Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova tasnifiga ko‘ra in’eksion dori turlarini turg‘unlashtirish.

    Ma’ruza maqsadi: Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova tasnifiga ko‘ra in’yeksion dori turlarini turg‘unlashtirishga oid nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Turg’unlashtirish bu- eritma barqarorligini oshirish.

    Kuchli asos va kuchsiz kislota

    Kuchli asos va kuchsiz kislota



    Reja:

    1. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash.

    2. Kuchsiz asos va kuchli kislota tashkil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash
     I. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash.

      Rp.: Sol. Coffeini natrii benzoatis 10 % — 100,0

    Sterilisetur !

    D. S. teri ostiga 1 ml dan kuniga 2 marta.

    0,4 ml 0,1n NaOH, eritmasi solib,

    120°S-121°S sterillanadi.

    Gidroliz natijasida reaksiya muxitida ishqoriy sharoit yuzaga keladi. Bunga misol qilib natriy nitrit, natriy tiosulfat va kofein benzoat natriy eritmalari keltirilishi mumkin. Reaksiyani to’xtatishni, ya’ni gidrolizni to’xtatishni birdan-bir usuli reaksiya muvozonatini orqaga qaytarish, ya’ni ishqoriy sharoit hosil kilish maqsadida 0,1 n natriy ishqori yoki natriy gidrokarbonat eritmasi qo’llash mumkin.

     NaNO2 1 litri uchun — 2 ml 0,1 n NaOH



    Kofein benzoat natriy 1 litri uchun— 4 ml 0,1 n NaOH

    Na2·S2O3 1 litr uchun —20 g NaHCO3

     Barbiturat kislotani natriyli tuzlari (geksenal, tiopental natriy) 0,05%-0,25% — NaOH yoki 5-6% — Na2CO3 solib turg’unlashtiriladi.

    II. Kuchsiz asos va kuchli kislota qoldiqlaridan tashqil topgan tuzlar.

    Gidrolizni to’xtatish yoki yo’kotish maqsadida eritma tarkibidagi Hq ionlarining sonini oshirish kerak. Ya’ni kislota solinadi. Suvda yomon eriydigan kuchsiz asos eritmalarida eritma pH muxitini siljishi ham eritma tarkibida cho’kma hosil kilishi mumkin (strixnin, papaverin, nikotin, omnopon). pH muxitni sezilarli darajada siljishi esa eritmada ancha kuchli asoslarni ham ajratib chiqaradi66.

    Masalan: novokain asosi, agar shisha sifati past bo’lsa, sterillash vaqtida shishada moysimon qoldiq ko’rinishida ajraladi. Bunday tuzlar odatda 0,1 n. xlorid kislota bilan turg’unlashtiriladi va 1 litrga 4 ml solinadi. rN 3,0-4,0 (natriy strixnin morfin gidroxloridga, dikain, dibazolga) sovkain eritmasiga — 6 ml 0,1 N. HCl solinadi. 

    Novokain va dikain gidroxlorid eritmalarini tayyorlashda xlorid kislotadan turg’unlashtiruvchi sifatida foydalaniladi. Ammo shuni aytish kerakki, bu anestetiklarni og’riq qoldirish xususiyati faqat asos holida bo’lganda namoyon bo’ladi. Uni farmakologik xossasi yuzaga kelishi uchun muxit neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo’lishi kerak. SHuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, bunday sharoitda novokainni saqlab bo’lmaydi, chunki novokain ishqoriy gidrolizga uchraydi, bu esa uni parchalanishiga olib keladi. Novokainni bu xususiyatlarini hisobga olgan holda uni ishlatiladi. Agar kam hajm 1-2-5 ml hajmda ishlatilganda, uni HCl bilan turg’unlashtirib tayyorlanadi pH (4,2-4,5) 2. 0,65% difosfatni osh tuzi bilan olingan aralashmasi eritmasida pH=7,2 3.

     Rp: Sol. Novocaini 0,5 % — 200,0

    Sterilisetur!

    D. S.

     Pasporti: Novokain 1,0



    In’eksion suv 200ml

    Xlorid kislota 0,8 ml

    4 ml — 1000ml

    x — 200ml

    Vum = 200 ml

    Dorixonalarda kulaylik uchun 0,01 xlorid kislota eritmalari tayyorlab qo’yiladi. Ularni 100 ml dan qilib, ya’ni 0,4 ml —8,3% li xlorid kislotani 100 gacha suyultirib 120°S — 8 min sterilizatsiyalab tayyorlanadi. Bunday turg’unlashtiruvchilarni saqlash muddati 45 kungacha.



    Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash
    Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tarkib topgan tuz (natriy kofein benzoat, natriy nitrit, natriy tiosulfat va boshqalar) eritmalari uchun stabilizator sifatida ishqor eritmalari ishlatilishi mumkin.

    Rp: Sol. Coffeini - natrii benzoatis 10% - 50 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 1 ml dan teri ostiga yuboriladi.



    Pasporti: Koffein benzoat natriy 0,5 g

    Natriy gidrooksid eritmasi 0,2 ml

    1000ml-4ml

    50ml-X


    In’eksiya suvi- 50ml

    Vum = 50 ml

    Yuqoridagi retsept kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashqil topgan tuz eritmasiga misol bo’ladi. XI DF si talabiga binoan eritmani tayyorlashda stabilizator sifatida bir litr eritmaga 0,1 M natriy ishqoridan 4 ml qo’shiladi. Bu retsept buyicha 0,2 ml natriy gidroksid eritmasi kushamiz. Eritmaning rN ko’rsatkichi 6,8—8,0 oraligida bo’ladi. Eritma 120°S da 8 daqiqa sterillanadi.

    Alkaloid va sintetik azot asos tuzlari eritmasi (morfin gidroxlorid, strixnin nitrat, novokain va b.) qadoqlanadigan shishaning ishqoriy muxiti ta’sirida gidroliz, fenol guruhining oksidlanishi, murakkab efir boglarining sovunlanishi kabi reaksiyalarga uchraydi. Bu eritmalarni 0,1 M li xlorid kislotasi qo’shib turg’unlashtiriladi.

    Rp: Sol Dibazoli 1%—10 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 50 flakon.

    Steril ulchov kolbasiga aseptik sharoitda tortib olingan 5 g dibazol solinadi. Ustiga in’eksiya uchun ishlatiladigan suv, 5 ml 0,1 M li xlorid kislota eritmasi solib eritiladi va eritma hajmi 500 ml ga etkaziladi. Tayyor eritma steril filtr orqali hajmi 10 ml li idishlarga qadoqlanadi. Idishning og’zi rezina tikin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°S haroratda 8 daqiqa sterillanadi. YAna mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, tegishli yorliq epishtiriladi. Eritmani saqlanish muddati korongi va salqin erda 60 kun.

    XI DF buyicha, in’eksiya dori turlariga steril suvli va suvsiz eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar, yuborishdan oldin steril erituvchida eritiladigan quruq va qattiq moddalar (poroshoklar, govak massalar va tabletkalar) kiradi.

    Dorivor moddalarni erituvchisi sifatida DF va normativ texnik xujjatlar talablariga javob beruvchi in’eksiya uchun suv, o’simlik moylari, etiloleat ishlatiladi. Kompleks erituvchi tarkibida esa etil spirti, glitserin, propilenglikol, polietilenoksid 400, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqa erituvchilar ishlatiladi. In’eksiya uchun ishlatiladigan suv XI DF ga asosan tozalangan suvga quyilgan talablardan tashkari apirogen bo’lishi kerak (FS 42 o’z - 0512 - 2002).

    Bu suv aseptik sharoitda tomchilarni ushlab qoladigan maxsus separator urnatilgan distillyasion apparat yordamida olinadi.

    In’eksiya uchun ishlatiladigan suv va in’eksion eritmalarning pirogenligini tekshirish XI DF, 2-tomining, 183 betida keltirilgan «Pirogenlikka tekshirish» maqolasiga kura olib boriladi.


    Asosiy adabiyotlar:

    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    Ma’ruza 31

    MAVZU 31: Izotonik eritmalar tushunchasi. Izotonik

    konsentratsiyani hisoblash usullari.

    Ma’ruza maqsadi: Izotonik eritmalar tushunchasi. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullariga oid nazariy ma’lumotlarni berish

    Tayanch atama va iboralar:

    Izotonik koeffitsiyent-moddani dissosiatsiya darajasi bilan bog’liq bo’lgan ko`rsatkich

    Izotoniklik- organizmga yuboriladigan eritmalarning osmotik bosimi organism suyuqliklarining osmotik bosimiga teng bo`lish

    Osmotik bosim- molekulalarni eritmadagi harakati bilam yuzaga keladigan bosimi



    Reja:

    1. Izotonik eritmalar tasnifi;

    2. Izotonik eritmalarga qo’yiladigan talablar;

    3. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari;



    Izotonik eritmalar va ularning konsentratsiyasini hisoblash

    Sterilizatsiya bosqichi eng bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni amalga oshirishda GMP talablari asosida mumkin qadar mikroorganizmlardan xoli qilinadi. Sterilizatsiyada strelizatsiya qilinaetgan eritmlarga konservantlar qo’shish tavsiya etiladi.67

    Organizmdagi suyuqliklarni osmotik bosimi maxsus osmoregulyatorlar yordamida bir me’yorda saqlanib turadi. Eritmalardagi osmotik bosim molekulalarini eritmadagi harakati bilan yuzaga keladigan bosim hisoblanadi. Kon zardobi, limfa, ko’z suyuqliklaridagi osmotik bosim bir xil me’yorda bo’ladi. SHu sababli organizmga yuboriladigan eritmalarni osmotik bosimi organizm suyuqliklarini osmotik bosimiga barobar, ya’ni izotonik bo’lishi kerak.

    Izotonik eritmalarni tayyorlashga kirishishdan oldin zarur miqdordagi dori, erituvchi va lozim bo’lganda yordamchi moddalardan qancha kerakligi oldindan hisoblanadi. Buni hisoblash usullari quyidagicha:



    Vant-Goff konuniga asoslangan holda hisoblash usuli.

    Eritma konsentratsiyasi va harorati bilan uning osmotik bosimi orasidagi muvofiqlik, izotonik eritmalarda Mendeleev-Klayperon tenglamasi orqali aniqlanishi mumkin. Eritma konsentratsiyasi past bo’lganda undagi holat gaz konunlariga bo’ysunadi.

     PY = nTR

     P — osmotik bosim, atm (plazmasi 7,4)

    M — eritma hajmi, litr (l)

    n — erigan moddaning gramm molekulasi

    R — gaz konunlari birligi, l atm (0,082)

    T — absolyut shkala bo’yicha olingan harorat, gradus (310K)

    Tenglamaga son kiymatlarini qo’yib "n"ni topsak,

     

    Gramm molekula soni hisobi, modda og’irligi hisobi bilan takkoslaganda:

     

    n = 0,29 m = 0,29 M



     M — modda gramm molekula og’irligi ekanligini hisobga olib, izotonik eritma hosil kilish uchun undan qancha tortib olish kerakligini topish mumkin.

    Formuladan ko’rinib turibdiki, har qanday moddani 0,29 M konsentratsiyasi izotonik eritma ekan. Masalan:

     Rp: Sol. Glucosi isotonicae 500 ml

    D. S.


    Glyukozaning molekulyar og’irligi 180,0 ekanligini hisobga olgan holda 500,0 izotonik eritma tayyorlash uchun undan

    Elektrolit xossasiga ega bo’lgan moddalardan izotonik eritma tayyorlanganda uni eriganda dissotsiatsiyaga uchrab zarrachalarga (kation va anionlarga) ajralishini hisobga olib, massani hisoblash formulasiga izotonik koeffitsient kiritiladi.

    Rp: Sol. Natrii chloridi. isotonica 500 ml.

    D. S In’eksiya uchun.



    Izotonik koeffitsient moddani dissotsiatsiya darajasi bilan bo’lgan ko’rsatkich bo’lib, u quyidagi omillar bilan bog’liq:

     i = a q (n — I)

     a — elektrolitik dissotsiatsiya darajasi

    n — dissotsiatsiya natijasida bir molekuladan hosil bo’lgan zarrachalar soni.

    Bunday moddalar uchun:



    Demak, natriy xloridni 500,0 ml izotonik eritmasini tayyorlash uchun undan 4,5 olib 500 ml suvda eritiladi.

    Ikki va undan ko’p ingredientdan iborat dorixatlar bo’yicha izotonik eritma tayyorlashda har bir moddani porsial bosimi etiborga olingan holda izotonik konsentratsiya hisoblab chiqiladi.

     Rp: Acidi ascorbinici 6,0

    Aquae pro injectionibus 200,0

    Natrii chloridi q. s.

    Sterilisetur!.

    D. S. Kon tomiriga 5 ml dan sutkasiga 2 marta.

     Eritmani izotonik konsentratsiyada bo’lishini quyidagicha hisoblanadi:

    a) Molekulyar og’irligi 176,0 bo’lgan askorbin kislotasidan 6,0 olib, necha ml suv bilan izotonik konsen­tratsiya hosil kilishini hisoblaymiz.

    176,0 x 0,29 = 47,52 (litr eritmaga) demak, 4,75 — 100 ml da izotonik konsentratsiya hosil qilsa

    6,0 g askorbin kislota 126 ml suvni izotonik kila olsa, (200–126=74) qolgan 74 ml suvni izotonik kilish uchun osh tuzidan qo’shiladigan miqdorni hisoblanadi. Osh tuzini 0,9% konsentratsiyasi izotonik ekanligini bilgan holda



    0,67 g osh tuzi olish kerakligini hisoblab topiladi.

    Vant-Goff usuli bilan izotonik konsentratsiyani hisoblash noelektrolit moddalar va ayniqsa yangi moddalar uchun juda kulay bo’lib, bunda moddani molekula og’irligini bilish kifoya. Bu usul elektrolitlar uchun ham qo’llansa bo’ladi, lekin ikki va uch valentlik elektrolitlarda dissotsiatsiya darajasi sharoitga qarab o’zgarib turgani tufayli bunday eritmalarda ayrim xatolikka yo’l ko’yish mumkin.

    Izotonik konsentratsiyani krioskopik usulda yoki muzlash haroratining depressiyasi yordamida hisoblash

     Har xil moddalarning izotonik eritmalarini muzlash harorati bir xil bo’ladi yoki bir xil haroratli depressiyaga ega. SHuning uchun tayyorlangan eritma depressiyasi kon plazmasini depressiyasiga (˄t = 0,52) teng bo’lsa, u izotonik hisoblanadi. Misol,

     Rp: Sol. Novocaini 2% — 100 ml

    Natrii sulfatis q. s. ut. fiat. sol. isotonica

    Sterilisetur!

    M. D. S. In’eksiya uchun.

    Moddani depressiyasi 1% eritma uchun oldindan aniqlangan bo’lib, uni ma’lum jadvallarda keltiriladi. Shuni aytish kerakki moddani eritmasi uchun depressiya oldindan aniqlangan bo’lmasa, uni izotonik konsentratsiyasini bu usul bilan topib bo’lmaydi. Novokainni 1% eritmasi uchun depressiya 0,122 ekanligini hisobga olgan holda:

    Dt 1% — 0,122



    x — 0,52

    Depressiya 1 foizli eritmaga berilgani uchun natija xali foiz hisobida topiladi.

    Berilgan 2,0 novokain necha ml eritmada izotonik konsentratsiya bera olishini hisoblaymiz.

    4,3 — 100



    2 — x

    Demak 2,0 novokain 40 ml eritmada izotonik konsentratsiya hosil kila olishini hisobga olgan holda (100-48=52) qolgan hajmni natriy sulfat bilan izotonik konsentratsiyaga keltiramiz. Natriy sulfatni 1% li eritmasi uchun depressiya 0,15



    1% — 0,15

    X — 0,52

    Natriy sulfat uchun izotonik konsentratsiya foiz hisobida 3,47% bo’lsa



    3,47 — 100

    x — 52

    SHunday qilib novokainni keltirilgan dorixat bo’yicha izotonik eritmasini tayyorlash uchun 2,0 novokain va 1,85 natriy sulfat olinadi va uni 100 ml suvda eritib tayyorlanadi.




    Download 2.9 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




    Download 2.9 Mb.