• Bug okimi ta’sirida sterilizatsiya kilish
  • 40-rasm. Kox sterilizatori Takror sterilizatsiya (tindalizatsiya)
  • Issiq havo bilan sterillash
  • Yuqori tebranishli elektr toki yordamida sterillash
  • Radiatsion sterilizatsiya
  • Sopol (keramik) filtrlar
  • 41.-rasm. Bakteriologik shamcha .
  • 42.-rasm. Salnikov filtri.
  • Gaz yordamida sterillash
  • ERITUVCHI VA DORI MODDALAR
  • In’eksion suv. Dorixona va korxona sharoitida in’eksion suv olish asboblari
  • 43-rasm Apirogen suv olish apparati – AA - 1
  • -rasm. Avtoklav AV-1 SANII




    Download 2.9 Mb.
    bet31/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi2.9 Mb.
    #5367
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

    39.-rasm. Avtoklav AV-1 SANII.

     Avtoklav konstruksiyasi xavo umuman kamerada bo’lmagan holdagina sterilizatsiya kilish imkoniga ega.

    Avtoklavning ustki qismi muruvvatlar yordamida kotiriladi. SHuni alohida kayd etish lozimki, bug kameralar ishlayotgan paytda ham muruvvat sovuqligicha qolaveradi. Xalkasimon rezinkalar kameraning holatini saqlab turadi.

    AV-1 avtoklavning umumiy issiqlik quvvati 6 kvt ni tashqil qiladi.

    Avtoklavning elektrik sxemasi ish jarayonida iste’mol kilayotgan quvvatni 2 kvt gacha kamaytirishga imkon beradi.

    Elektrapparatlari shitlarga ulangan bo’lib, avtoklav ishga tushganda lampacha yonadi. Avtoklavning bug kamerasini kolonna orqali suvga to’ldiriladi. Sterilizatsion kamera suvga to’lgizilgandan so’ng uning muruvvatlari burab berkitiladi, so’ngra kontakt manometriga avtomatik ravishda ish rejimiga o’tkaziladi. 120°S daraja issiqlikka ko’tarish uchun apparat kameralarini yarim soat ishlatish kifoya. Avtoklavda quyidagilarni sterilizatsiya kilish mumkin.

    a) Dorixonada ishlatiladigan shisha metall va chinni asboblar 119-120°S gradusda 20-40 minut davomida sterilizatsiyalanadi.

    b) Hamshira ishlatadigan vositalar (paxta, lignin, va x. k. ) 119-121°S da 20-30 minut davomida sterilizatsiya qilinadi.

    v) Sterilizatsiya qilinadigan suyuqlikni hajmiga qarab 119-120°S sterilizatsiya qilinadi — 100 ml gacha 8 minut davomida, 101 dan 500 mlgacha 8-12 minut davomida, 501 dan 1000 ml gacha 12-15 minut davomida. 100°S sterilizatsiya qilinadi; 100 ml gacha — 30 min, 100-500 ml — 45 min, 500-1000 ml — 60 min.

    Bug okimi ta’sirida sterilizatsiya kilish

    100 gradus issiqlikda muntazam bug orqali asboblarni 30-60 dak. davomida isitiladi. Bu usulning asosiy xususiyati shundan iboratki, suv bugiga to’yintirilgan bug ob’ektga to’xtovsiz okimda yuborib turiladi. Unda xavodan nom-nishon kolmaydi. Apparatlarda o’tkazilgan bunday sterilizatsiya to’xtovsiz bugda tozalanadigan sterilizator deb ataladi. Bu maqsadda dorixona sharoitida Kox sterilizatori (1.25.-rasm) va infundir sterilizatsiya apparatidan foydalaniladi. Muntazam bug bilan sterilizatsiya kilishni avtoklavlarda amalga oshirish juda kulaydir.



    Muntazam bug bilan suyuqliklarning suv aralashmalari sterilizatsiya qilinadi suyuqlikni hajmi 100 ml gacha bo’lsa, 30 dak. davomida, 501-1000 ml bo’lsa, 30 daqiqa davomida sterilizatsiyalanadi.

     

    40-rasm. Kox sterilizatori



    Takror sterilizatsiya

    (tindalizatsiya)

     Kam quvvatli dori mahsulotlarining suyuqliklari 60-65°S darajadagi suvda isitilib, 1 soat davomida 5 marotaba yoki 70-80°S daraja issiqlikda har 24 soatda 3 marta isitiladi. Ushbu jarayonni 3-5 marta tayorlash suyuqlikdagi barcha mikroblarni bartaraf etadi. Tindalizatsiya kilish o’zining yakunigacha avtoklav usulidan xech kolishmasada, juda o’zok jarayondir.

    Harorat ta’siriga chidamsiz eritmalar 60-65°S haroratda suvda 1 soatdan 5 marta yoki 70-80°S haroratda 3 marta qizdirish orqali sterillanadi. har galgi sterillashdan so’ng manba tarkibidagi sporalar o’sib vegetativ holiga o’tishi uchun kulay bo’lgan sharoitda (25-37°S) 24 soat saqlanadi. Spora holidagi mikroorganizmlarni rivojlangan (vegetativ) 0 holiga o’tib o’lib ketishi uchun 3yo5 marta bo’lib o’tkaziladigan sterillash davri etarli hisoblanadi. Bu usulda sterillash — tindalizatsiya deb ham yuritilib, u sterillash bo’yicha avtoklavlardan kolishmaydi, ammo ancha ko’p vaqt talab qiladi.

     

    Issiq havo bilan sterillash

     Issiq xavo yordamida qizdirish xuddi o’sha haroratda xo’l usul bilan sterillashga nisbatan mikroorganizmlarga ta’siri ancha sust bo’lsa ham, lekin shu bilan birga ko’p vositalar (rezina, to’kima, kogoz)ning buzilishiga sabab bo’ladi, shuning uchun issiq xavo yordamida sterillash usuli quyidagilarga qo’llaniladi:

    a) shishalar, metall va chinni idishlar uchun, ular 180°S da 20 daqiqa yoki 200°S da 10 daqiqa sterillanadi.

    b) issiqka chidamli kukunsimon preparatlar (talk, ok gil, rux oksidi va boshqalar) (1.15.-jadval):

    18.-jadval




    Miqdori

    Harorat

    Vaqt

    25 g gacha


    1800

    2000



    30 daqiqa

    26- 100g gacha


    1800

    2000



    30 daqiqa

    101-200 g gacha

    1800

    2000



    30 daqiqa

     19-jadval

    v) mineral va o’simlik moylari, lanolin, vazelin, mumlar (1.16.-jadval):



    Miqdori

     


    Harorat

    Vaqt

    100 g gacha

     


    1800

    2000



    30 daqiqa

    15 daqiqa



    101-500 g gacha

     


    1800

    2000



    40 daqiqa

    20 daqiqa



     

    Moy va yog’larni avtoklavda 119-121°S da 2 soat sterilizatsiyalash mumkin. Issiq xavo bilan sterillash maqsadida kuritgich kameralari qo’llaniladi.

     

    Yuqori tebranishli elektr toki yordamida sterillash

     YUqori tebranishbilan almashinadigan elektromagnit maydon hosil qiladigan toklarga yuqori chastotali toklar deyiladi. YUqori tebranishli toklar generatorlar yordamida olinadi. YUqori tebranishli maydon ta’siri sterillanadigan modda tarkibidagi mikroorganizm­ga ta’sir qilib, maydon yo’nalishini keskin o’zgarishi bilan unda hosil bo’lgan energiyaning bir qismi moddaga o’tadi, buning hisobiga esa u qisqa muddat ichida (1-2 dak. ) har tomonlama kiziydi. SHunday qilib yuqori chastotali toklar yordamida sterillash xuddi termik sterillashga o’xshaydi. Ishlab chiqarishda va tibbiyotda yuqori tebranishli toklar keng tarqalgan. Ular har xil vositalarni qizdirishda, yallig’langan jarayonlarni davolashda qo’llaniladi.

    YUqori chastotali toklar bilan sterillash usuli ozik-ovkat sanoatida konservalarni sterillashda ishlatiladi. Dorilarni va ular eritmalarini xozirgi vaqtda sterillash apparatlari konstruksiyalari ishlab chiqilgan va ba’zi moddalarni sterillash sharoiti o’rganilgan (maydon kuchlanishi, chastotasi v. x. k. )

    Ultrabinafsha nurlar ta’sirida mikroorganizmlarning xalok bo’lishiga asoslangan 253,7-257,5 nm li nurlar maksimal bakteritsid faollikka ega. Ularni nurlan­tiruvchi manba sifatida simob-kvarsli yoki argon-simobli lampalar ishlatiladi. Bu lampalarni nurlanishi simob buglarida gazlar siyraklashgan sharoitda elektrodlarga ta’sir etadigan muayyan kuchlanishning hosilasidir. Lampadan taraladigan nurning 70% ultrabinafsha spektrlariga xos bo’lib, to’lkin o’zunligi 253,7 nm. ga teng. Simob-kvarsli lampalar katta kuchlanishga ega. Argon-simobli lampalar orqali taralgan nurlar bir spektral chizikka birlashib bakteritsidli xossasi yuqori darajada bo’ladi, bu esa uni a’lo sifatli hamda tejamli sifatda ishlatish imkonini beradi. Argon-simobli lampalarning bir qancha turlari mavjud. Ularning orasida kulaylari BUV-30 (rakam lampa kuchlanishini vattda belgilaydi). Simob-kvarsli lampalardan qo’llaniladiganlari PRK-2 va PRK-4, lekin ular ko’p energiya sarflaydi. BUV lampasi (bakteritsid uveol) simobli, past bosimli, uveol shishali tinik kolbadan iborat bo’lib, qisqa to’lkinli ultrabinafsha nurlarning tarqalishi uchun kulay hisoblanadi. Uveol shishaning kimyoviy tuzilishi har xil (masalan SiO2 — 77,94%, V2O3 — 14,99%, AI2O3 — 2,89%, Fe2O3 — 0,01%, SaO — 0,08%, MgO — 0,09%, Na2O — 4%). Lampa, kayga xilida tayyorlanadi, uning chetida ikki qavatli volfram spirali bariy karbonat bilan koplangan, egiluvchan oksid elktrodi bo’ladi. Trubkada oz miqdorda simob va bir necha ml simob ustuni to’gri keladigan bosimda inert gaz (argon) bo’ladi.

    Elektrodlarga kuchlanish ta’sir qilganda simob buglarida razryad hosil bo’lib, undan ultrabinafsha nurlari tarqaladi. Simob buglarining trubkadagi miqdori 0,01 mm simob ustuni bosimiga to’gri keladi. Ultrabinafsha nurlarning darajasi bakt bilan o’lchanadi. Bakt (B) bakteritsid yo’nalishi birligi bo’lib, to’lkin o’zunligi 254 nm, quvvati 1 VT bo’lgan ultrabinafsha yo’nalishiga teng. Masalan, BUV-30 lampasining bakteritsid yo’nalish quvvati 2,95 baktga teng. Steril xona devorlari va asbob-jihozlarni hamda assistent xonalaridagi byukslarni sterillashda bakteritsid lampalar qo’llaniladi. Bakteritsid lampalarni qo’llanilishida ularning odam organizmiga salbiy ta’sir kilishi, ayniqsa, bu ta’sir vaqti bilan o’zviy bog’liqligini doimo yodda tutish zarur. Muxofaza qilinmagan bakteritsid lampalarni odam bor joylarda ishlatilishi man qilinadi. Bakteritsid lampalar bilan ishlanganda ko’zni ayniqsa extiyot kilish zarur. Undan oddiy ko’zoynak bilan ham saqlanish mumkin. Bizning sanoatimiz xozirgi kunda ancha mukammallashgan bakteritsid nur tarkatuvchi moslamalar, shiftga va devorga osiladigan bakterial nurlatgichlar va mayatnik kabi bakterial nurlatgichlar bilan ta’minlangan. Devorga osiladigan bakterial nurlatgichlar — ultrabinafsha nurlarini qo’llashdagi mukammallashgan moslamalardan hisoblanib, moslamaning metall bilan o’ralgan qismida 2 ta BUV-ZO bakteritsid lampa va regulyator o’rnatilgan. Lampalar shunday joylashtirilganki, ularning biri yuqori qismdagi xavoni zararsizlantirsa, biri pastki qismdagi xavoni zararsizlantiradi. SHiftga osiladigan bakterial nurlatgichlar — 30 m3 hajmdagi xonani zararsizlantirish uchun mo’ljallangan bo’lib, ekranlashtirilganligi sababli odam bor sharoitda ham ishlatilishi mumkin. Moslama ichiga 4 ta bakteritsid lampa 2 m3 BUV-15 va 2 m3 BUV-ZO o’rnatilgan. Xonani tez va sifatli sterilizatsiyalashga 2 ta ekranlashtirilgan BUV-ZO lampalari yoritilib, ularni nurlari odamga ta’sir kilmasligi uchun alyuminiyli qaytargichlar o’rnatilgan. Alyuminiyli qaytargichlar shunday o’rnatilganki, ular odam bor joyda, ularni nur ta’siridan muxofaza qiladi. Bunday nurlatgichlar shift­ga o’rnatilgan bo’lib, uning balandligi 3 m dan kam bo’lmasligi kerak. Mayak nurlatgichlar, ko’chma turi moslashgan bo’lib, u shunga o’xshash extiyojni kondirishga mo’ljallangan. Xonalarni vaqtincha zararsizlantirishda va boshqa kerakli joylarda ultrabinafsha nurlarini tarkatadigan manba sifatida ularga BUV-30 belgili 6 ta bakteritsid nurlari o’rnatilib, uning umumiy nurlanish quvvati 19 baktga teng.

    Dorixonalarda dorixatlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nur tarkatuvchi moslamalar ham ishlatiladi. Bunga misol qilib P. V. Lopatin va E. P. YAranseva tomonidan taklif etilgan atroflama o’ralgan yoyma ko’rinishdagi bakteritsid lampali moslamani ko’rish mumkin. Moslamaga dorixat, talabnomalar tuynukcha orqali o’tkaziladi. So’ng ularni valik yordamida harakatga keltirib, valik usti 6 BUV-30 lampa yordamida zararsizlantirilib, pastki qismida joylashgan dorixat qabul kutisiga o’tkaziladi va u erdan olib ishga beriladi. Apparatda dorixat, talabnoma, filtr va boshqa shunga o’xshash varakalarni zararsizlantirish mumkin. O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, asbobda bakteritsid lampalarni 5 daqiqali ta’siri natijasida mikroorganizmlar soni 10400 dan 300 gacha kamaygan. Bakteritsid lampalar ta’sirida nafaqat xavo, kogoz, balki boshqa dorixonada aseptik sharoitda ishlatish uchun zarur bo’lgan asbob- anjomlar ham zararsizlantirilishi mumkin.

    Tozalangan suvni zararsizlantirish maqsadida ishlatiladigan moslamalar tuzilishi 2 xil:

    1. Tozalangan suv alohida tarkibli shishadan yasalgan bakteritsid naychani ma’lum bir masofa o’tish natijasida zararsizlantiriladi. 2. Suv o’tayotgan shisha trubkani har ikki tomonidan bakteritsid lampa qo’yilib, ular atrof muxitga ultrabinafsha nurlarni tarkatmaslik maqsadida, dyuralyumin qaytargichlar bilan muxofazalanadi. Bunday moslamalar tozalangan suvni olish manbalaridan (distillash asbobi) to ularni ishlatiladigan xonalarigacha (aseptik xona) o’zatish maqsadida moslangan shisha naychali o’zatgichlarda, ularni boshlangich joylarida o’rnatiladi.

    Ultrabinafsha nurlarini oddiy shisha orqali o’tmasligi, bunday moslamalarni eritmalar va dori moddalarni zararsizlantirishda ishlatish imkonini bermaydi.

    Radiatsion sterilizatsiya. AKSH va Angliyada ko’p ishlatiladigan sterillash usuli hisoblanadi. Nur bilan sterillash o’z xossasi bilan sovuq usul hisoblanib, unda sterillanayotgan predmet — harorati 3% gacha oshishi mumkin. SHu sababli bu usul haroratga chidamsiz dori moddalarni sterillash uchun kulay hisoblanadi. Sun’iy ravishda olingan radioaktiv izotoplardan So60 va yadro reaktorlar qoldiqlari radiatsion nurlanish manbalari bo’lishi mumkin. Sterillash dozasi 2,5CH106 rad (1 rad = 100 erg. modda) etarli hisoblanadi. Moslamada ishlayotgan odamlar ishlash vaqtida uning ta’siridan muxofaza qilinishi kerak. Undan sterillangan jismlarda radiatsion qoldiqlar kolmaydi va zararsiz hisoblanadi. Sterillanadigan jismlar jihozlangan holda sterilizatsiya qilinishi mumkin. Radioaktiv nurlar ta’sirida o’tkaziladigan sterillash natijasida oz miqdorda bo’lsa ham turli parchalangan qoldiqlar ajraladi. Uglevodlar, aromatik birikmalar, oksillar, aminokislotalar, antibio­tiklar, vitaminlarni radifaol nur ta’sirida ste­rillash natijalari o’rganilgan. Xirurgiya amaliyotida ishlatiladigan ketgut, plazma, boglaydigan-o’raydigan ashyolarni sterillash natijalari shuni ko’rsatadiki, radiaktiv nurni tirik organizmga ta’siri kuchlidir.

     

    Filtrlab sterillash

     Filtrlab sterillash deb, maxsus teshiklari bo’lgan filtrlar orqali eritmalarni filtrlab, mikroorganizmlardan tozalash usuliga aytiladi. Bu usul xozirgi kunda farmatsevtik zavodlarda juda keng qo’llanilib, dorixona amaliyotida ham qo’llanish me’yorlari ishlab chikilmokda. Asosan, bu usul bilan haroratga chidamsiz bo’lgan suyuq preparatlar sterillanadi. Bu usulni umuman filtrlashdan so’ng sterillangan dori moddalar eritmalari uchun qo’llash ham maqsadga muvofikdir. Bu mikroteshikchaning filtrlarni tozalash xususiyati mikroorganizm tanachalarini mexaniq to’sikda ushlab kolishga asoslangan bo’lmay, balki shu teshikcha devorlari va govaklari orasiga tanachalarining so’rilib (adsorbsiyalanib) kolishini ham ahamiyati katta. Tekshirishlarni ko’rsatishicha, filtrlash usuli bilan sterillash natijasi mikroorganizm turi, uning eritmadagi miqdori va filtrlash usuliga bog’liqdir.

     

    Sopol (keramik) filtrlar



     Bu filtrlarga bakteriologik shamcha (30-rasm) deb ataluvchi silindrsimon shaklda, o’rtasi bo’sh silliklanmagan chinnidan yasalgan filtrlar kiradi. Bu "shamchalar" orqali filtrlash 2 usulda olib boriladi. Birinchi usul suyuqlik ustki ochik teshik orqali filtr ichiga tushib, undan bosim ta’sirida idishga filtrlanadi. Ikkinchi usul: filtrni ustki ochik teshigi orqali maxsus moslama bilan boshqa idishga biriktirilib, shamcha eritma ichiga tushiriladi va biriktirilgan idishdagi xavo so’rib olinishi natijasida filtrlanadi.


    41.-rasm. Bakteriologik shamcha.

     

    Sanoatda quyidagi o’lchamlardagi shamchalarni ishlab chiqariladi: NNF1(4,5-7 mkm), F2(2,5-4,5 mkm), F3(1,9-2,5mkm) F5 (1,3-1,9 mkm). F7(0,9-1,3 mkm), F11 (0,9 mkm). F1 va F2 filtrlari eritmalarni sterillashdan oldin,tozalash maqsadida ishlatilib, ular orqali o’tkazilgan eritmalar tinik eritma bo’lsada, lekin nosteril bo’ladi. F3 filtri mikroskopda ko’rish mumkin bo’lgan mikroorganizmlarni hamda ularni sporalaridan tozalaydi. YUqori markali filtrlar esa steril eritmalar olishda ishlatiladi. "SHamcha" govaklarining kichik va bir tekis bo’lishi, ularni steril eritmalar olish uchun ishlatish garovidir. Bir filtrdan faqat bir turdagi eritmani filtrlash maqsadga muvofik hisoblanadi. "SHamcha" yuzasining kirilishi yoki darz ketish hollari uni ishlatish mumkin emasligini ko’rsatadigan belgidir. "SHamchalar" ishlatilishi davomida mikroorganizmlar govaklarga o’tirib kolishi sababli ularni avtoklavda sterilizatsiya qilib tozalab turish kerak. Sterilizatsiya avtoklavlarda quruq bug bilan 160-170°S da 1 soat davomida o’tkaziladi.



    SHisha filtrlar — shisha donalari yopishtirilgan plastinka hisoblanib, har xil o’lchamda chiqariladi. Katta o’lchamli govakli filtrlar nosteril eritmalarni oldindan tozalash maqsadida qo’llaniladi. 5-rakamdagi filtr teshikchalari 0,7-1,5 mkm bo’lib, steril eritmalar olish uchun kulay. Filtrlash vakuum ostida olib boriladi. SHisha filtrlar ishlatish uchun kulay, arzon, lekin ularni qo’llashdan oldin sterillanadigan eritmalar oddiy filtrlardan o’tkazilishi kerak. Bu shisha filtrlarni ifloslanishdan saqlaydi.

    SHisha filtrlarni ishlatish davomida mikroorganizmlar hamda mexaniq iflosliklar bilan ifloslanadi. Ularni tozalash maqsadida xrom aralashmasi bilan yuvib tozalanadi. SHisha filtr ishlatayotganda uni ustiga 1-2 qavat filtr kogoz qo’yilsa, uning ifloslanishi kamayadi va ishlash vaqti o’zayadi.

    Membran filtrlar — dori modda eritmalarini to’liq sterillash maqsadida qo’llaniladi, govak, sun’iy toladan — sellyuloza va uning efirlaridan olinib patron, disk shaklidagi filtrlar, kalinligi 100 mkm va govaklari 0,2-3 mkm li teshiklardan iborat. Tolalar eritma ta’siriga, suyultirilgan kislota va ishqor ta’siriga chidamli, ammo spirt va efir ta’sirini sezuvchan hisoblanadi. Membran filtrlar kuritilganda mo’rt, sinadigan bo’lib qoladi. SHuning uchun ularni tozalangan suvda konservant qo’shib saqlash kerak.

    Materiallardan tayyorlangan filtrlarga misol qilib, Zeyts filtri va Salnikov filtrini keltirish mumkin (31-rasm). Filtrning asosiy qismlaridan ramalar va ustki qopqog’i, filtrlaydigan asbest plastinkalar rama orasida joylashtiriladi. Suyuqlik asbest plastinka orasidan o’tib filtrlanadi va shtutserlar orqali tozalanib chiqadi. Yigilgan filtr moslamani ishlatishdan oldin sterillanadi. Filtr bosim ostida ishlaydi.


     

    42.-rasm. Salnikov filtri.

    1,2-qopqoq; 3-rama; 4-strelka; 5-shtutser; 6-shpilka; 7-shtutser; 8-gayka.

     

    Kimyoviy sterillash

     Kimyoviy sterilizatsiya mikrofloraga kimyoviy moddalarni ta’sir ettirish yo’li bilan olib boriladi. Moddalar mikroorganizmlarni o’ldiradi, ya’ni bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Bunday kimyoviy moddalar antiseptiklar deb ataladi. Boshqa moddalar mikroorganizmlarni o’ldirmaydi, lekin keyingi rivojlanishni to’xtatib ko’yadi. Bunday moddalar konservantlar deyiladi. Xozir tibbiyot amaliyotida antiseptik va konservant moddalardan etarli darajada foydalanilmokda.

    Dorilar uchun qo’llaniladigan antiseptiklarning salbiy ta’siri bo’lmasligi kerak. Masalan: simob dixlorid kuchli antiseptik bo’lishiga karamay, uni bu maqsadda ishlatib bo’lmaydi. Dorilar tarkibida antiseptik sifatida ishlatiladigan moddalar organizmga noxush ta’sir ko’rsatmasagina, ularni konservant sifatida qo’llash mumkin. Dori tarkibida konservantlar qo’llanilishi, birinchidan, mikroorganizmlar ko’payishini to’xtatsa, ikkinchidan, dori preparati ochilganda unga tashkaridan mikroorganizm tushib, ko’payish xavfini kamaytiradi.

    Farmatsevtika amaliyotida konservantlar sifatida quyidagi moddalar ishlatiladi:

    Nipagin — paraoksibenzol kislotaning metil efiri. Ok kristall kukun, suvda oz eriydi, spirtda esa eriydi. 0,05% gacha bu konservant zararsiz hisoblanadi. 0,25% konsentratsiyada ham ishlatiladi. Bakteritsid ta’siri fenoldan 2,6 marta yuqori.

    Nipazol — paraoksibenzol kislotaning propil efiri, suvda 0,05% da eriydi. Bakteritsid ta’siri fenoldan 15 marta yuqori. 0,03% li eritmasi kiyin eriydigan bo’lgani uchun 0,07% eritma holida foydalaniladi. Bu aralashma 7 qism nipagindan va 3 qism nipazoldan tashqil topgan bo’lib, ishonchli konservant hisoblanadi. Bu suyuqlik erituvchi sifatida dorilarni tayyorlashda, moddalarni in’eksiyalashda, qizdirilganda faolligi yo’kolib ketadigan moddalardan in’eksion eritmalar tayyorlashda qo’llaniladi. Xlorbutanolgidrat — (xloreton) rangsiz kristall, kamfora hidiga ega, 200 g suvda eriydi. Spirtda oson eriydi. 0,5% gacha konsentratsiyada ishlatiladi. Trikrezol — metilfenol, yuqori bakteritsid xususiyatga ega, juda past 0,3% gacha konsentratsiya­da foydalaniladi. Fenol — 0,5% gacha konsentratsiyada qo’llaniladi. Feniletil spirti chet ellarda ko’p ishlatiladi, 0,3% li eritmasi ko’z tomchilarini konservantlashda tavsiya etiladi. Sefirol turidagi preparatlar: yuqori molekulali birikmalarni, to’rtlamchi ammoniy asosiga xos tuzlari: sefirol (miristil — dimetil — benzilammoniy)- klaurin dimetilbenzilammoniy (xloridbenzalkoniy) ham qo’llaniladi. Ikkala preparat ishqoriy reaksiyali rangsiz suyuqlik. Patogen mikroorganizmlarga bakteriostatik va bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Ginekologiyada (0,5-1%li), xirurgiyada (0,1-0,5%), ko’lni yuvish uchun (1%) eritmasi va asboblarni zararsizlantirishda ishlatiladi. 1:10000 eritmada dori moddalar eritmasi tarkibida konservant sifatida foydalaniladi.

    Konservantlardan yana spirt, glitserin, suvli ajratmalar tarkibida, xloroform, xloformli suv (ekstraktlar ishlab chiqarishda), salitsil kislota (0,1%) qo’llaniladi. Konservantlar issiqlikka chidamsiz dori moddalardan in’eksion eritma tayyorlashda ishlatiladi. Bu moddalar qo’shilishida albatta ularni ishlatish usullari va sharoitlari hisobga olinishi shart. SHunga ko’ra faqat shifokor ko’rsatmasi bilan bajariladi.

    Buning uchun signaturada konservantning olinish miqdori va qo’llanishi ko’rsatilishi kerak. Ba’zi dorivor moddalar o’z-o’ziga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi, shu sababli ularga konservantlar qo’shilmaydi. Masalan — geksametilentetramin eritmasi, aminazin eritmalari.

     

    Gaz yordamida sterillash

     Bu usul uchuvchan dezinfeksiyalovchi moddalarni qo’llashga asoslangan bo’lib, ularni vakuum hosil kilish orqali yoki engil isitgich orqali eritma tarkibidan chiqarib yuborish mumkin. Bu usul haroratga chidamsiz bo’lgan dori preparatlarni sterillashda ishlatiladi. Amaliyotda etilen oksid va b-propiolaktonlar ko’p ishlatiladi. Ularning bakteritsid xususiyati eritmada gidrolizlanib, mikroorganizmlarga kuchli ta’sir ko’rsatadigan moddalar hosil bo’lishiga asoslangan. Eritmalarni sterillash uchun etilen oksidning 400-500 mg/l miqdor konsentratsiyasi etarli hisoblanadi. Sterilizatsiya vaqti 6 soat, etilen oksid gidrolizlanganda etilenglyukol hosil bo’ladi. Etilen oksid va SO2 gazlari aralashmasi bilan sterilizatsiya usuli AKSH ning 1965 y. farmakopeyasida va Angliyaning 1963 y. farmakopeyasida ko’rsatilgan.

    Suyuq etilen oksid 10,7° S da qaynaydi, po’lat ballonlarda saqlanadi. Oson yonuvchan. Teriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 0,5 mg/l konsentratsiyada etilen oksid odamga zaxarlovchi ta’sir ko’rsatmaydi. Zaharli ta’sirni kamaytirish uchun SO2 aralashmasi bilan ishlatiladi (9q1 qism). CHet ellarda etilen oksid termolabil moddalarni sterillash uchun qo’llaniladi. Bundan tashkari asboblarni, apparatni, plastmassani, boglov materiallarini sterilizatsiya kilishda foydalaniladi. Sterilizatsiya maxsus apparatning kameralarida vakuumda va bosim ta’sirida olib boriladi. Bundan keyin 2-4 marta steril xavo bilan "yuviladi". Eritmalarni sterilizatsiya kilish uchun 400-500 mg/l etilen oksid etadi. Harorat 20-30°S, ekspozitsiya 6 soat. Etilen oksidning gidrolizi natijasida etilenglikol hosil bo’ladi. b — propiolakton suyuqlik bo’lib qaynash harorati 153°S. Suvda eriganda, b-oksipropion kislotaga gidrolizlanadi. 0,2% li V-propiolakton eritmalarni sterilizatsiya kilish uchun ishlatiladi, 37°S da 2 soat sterilizatsiya qilinadi.

     
    ERITUVCHI VA DORI MODDALAR

     

    Dori moddalarni erituvchisi sifatida DF va me’yoriy texnik xujjatlar talablariga javob beruvchi in’eksion suv, izotonik eritmalar, gidrofob erituvchilar, mineral hamda o’simlik moylari, sintetik yog’ kislotasi efirlari qo’llaniladi63.



     In’eksion suv. Dorixona va korxona sharoitida in’eksion suv olish asboblari

     Odatdagi distillangan suv o’z tarkibida bir qancha tirik hamda o’lik mikroorganizmlar saqlaydi. SHuning uchun pirogen moddalardan tozalangan distillangan suv — in’eksion suv ishlatiladi.

    In’eksion eritma sifatida apirogen suv olish uchun distillyasion apparatlarning turli xillari taklif etilgan. Biz quyidagi konstruksiyalardagi distillyasion apparatlarni ko’rib chikamiz. AA-1 apparati. Bu kurilma elektrotibbiyot jihozlari korxonasida ishlab chiqariladi. U tashqi ko’rinishi bo’yicha distillangan suv oluvchi distillyator D-3 ga o’xshash bo’ladi, (1.28.-rasm) faqat o’lchami bo’yicha kattarok (540x280x1100 mm). Apparatning asosiy qismlari buglanish kamerasi (10), shu kamerada joylashgan suv qaynagan paytda uning sachragan tomchilarini ushlagich (8), kondensator (1), yiggich-tenglashtirgich (25) va elektrokalkondan iborat.

    Buglagich kamerasi (10) tashqi tomonidan po’lat koplama (9) bilan koplangan. Bu koplama kameradagi issiqlikni yo’kotishdagi va ishlovchi xodimning issiqlikda kuyishidan saqlaydi. Kameraning eng tubiga har biri 2 kVt kuchga ega bo’lgan to’rtta elektr isitgich (11) joylashtirilgan. Buglanish kamerasida suv elektroisitgichlar yordamida isitiladi va bugga aylanadi. Hosil bo’lgan bug sachragan suv tomchilarini ushlab ko­luvchi to’r (8) va bug trubkasi (7) orqali o’tib kondensatsion kamera (3) ga tushadi. Bu erda bug tashqi tomondan sovuq suv yuborilib, sovitiladi. Bunda bug kondensatsiyalanib apirogen suvga aylanadi. Apirogen suv kondensatorning tubidagi nippel (5) orqali tashkariga okib chiqadi. Buglatish va kondensatsion kameralarda bosim oshib ketmasligi uchun ortiqcha bugni chiqarib yuboruvchi tirkish (8) bor. Apparat oyoklaridan biriga ortiqcha tokni erga o’tkazib yuborishga xizmat qiluvchi simni ulash uchun maxsus gayka va shaybali bolt o’rnatilgan. Sovigan suv ventil (4) orqali kondensatorning (1) suv kamerasi (2) ga tushadi. Keyin kuyish trubkasi (15) orqali yiggich-tenglashtirgichga tushadi. Bu yiggich-tenglashtirgich buglanish kamerasidagi suv sathini bir xil miqdorda ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ish vaqtida buglanish kamerasi kerakli miqdorda suv bilan to’ldiriladi. qaynash boshlangandan so’ng suvning bir qismi kameraga, asosiy qismi esa shtutser (26) orqali kanalizatsiyaga tushadi.




    43-rasm Apirogen suv olish apparati – AA - 1
    Bug’latish kamerasida suv miqdorini tekshirib turish uchun yiggich-tenglashtirgich shtutserda (26) suv miqdorini ko’rsatib turuvchi shisha oyna (27) bo’ladi. Yiggich-tenglashtirgich yana farmakopeya talablariga javob beruvchi yanada sifatli apirogen suv olish uchun qo’shiladigan ximiyaviy reagentlarni suv bilan aralashtiruvchi vazifasini ham bajaradi. SHu maqsadda bu erda ximiyaviy reagentlarni kameraga tushishi uchun maxsus naycha joylashgan. Ximiyaviy reagentlarni dozalarga bo’lish maxsus dozator kurilmasi orqali amalga oshiriladi. Bu dozator ikkita shisha idishdan (22) tomchilagich bilan (24), ikkita filtr va rezina trubka bilan ulangan ikkita dozatordan iborat. Dozalovchi kurilma yiggich-tenglashtirgich bilan tomchilagich orqali ulangan.

    Apparat A-10. Bu apparat yuqorida ko’rsatilgan AA-1 apparatiga o’xshash, faqat texnik jixatdan bir oz murakkabrok. Apirogen suv olinishi asosan bugni aylantirish, shuningdek, kerakli bo’lgan reagentlarni suvga qo’shish orqali olinadi. Bu apparatning yana bir afzalligi shundaki, unga suv sathini ko’rsatib turuvchi ko’rsatgich o’rnatilgan. Agar suv sathi belgilangan miqdordan past bo’lsa elektroisitgichlar avtomatik ravishda o’ziladi. Bu elektrisitgichlar kuyishining oldini oladi. Apparat o’lchami 400x540x630 mm.



    Download 2.9 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




    Download 2.9 Mb.