Tabletkaning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Vazifa.
Berilgan tabletkaning tashqi ko‘rinishini tekshiring.
Tabletkaning o‘rtacha og‘irligi va undan chetlanishni toping.
Z. Tabletkaning balandligini diametriga mutanosibligini aniqlang.
Tabletkaning sinishga va ishqalanishga bo‘lgan qattiqligini aniqlang.
Tabletkaning parchalanishini X va XI DF bo‘yicha aniqlang.
Berilgan tabletkani erishini aniqlang.
Tabletkani miqdoriy tahlilini XI DF bo‘yicha aniqlang.
Tabletkadagi dozalar bir xilligini toping.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
Tabletkaning parchalanishini aniqlaydigan identifikator asbobi.
Sinishga bo‘lgan qattiqligini aniqlaydigan asbob.
Ishqalanishga bo‘lgan qattiqlikni aniqlaydigan “aylanadigan do‘mbira” asbobi.
Torzion tarozi, qo‘l tarozi va toshlar.
Mikrometr yoki shtangensirkul.
Sekundomer.
Tozalangan suv, paxta, doka va sochiq.
Tabletkaning erishini aniqlaydigan “aylanadigan kajava” asbobi.
100 ml li kolba, termometr va shisha tayoqcha.
Pergament qog‘oz.
1-laboratoriya ishi
Berilgan tabletkani tashqi ko‘rinishini aniqlang.
Tabletkalarning tashqi ko‘rinishi qurollanmagan ko‘z bilan kuzatib bajariladi. Bunda tabletkalar dumaloq yoki boshqa shaklga ega bo‘lishi, yassi yoki ikki tomonlama qabariq yuzali, chetlari butun bo‘lishi kerak. Agar xususiy maqolalarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa tabletkaning yuzasi silliq, bir jinsli, bo‘lishi kerak. Ba’zi xollarda yuzasida yozuvlar va belgilar bo‘lishi mumkin. Diametri 9 mm va undan katta bo‘lgan tabletkalar o‘rtasida chiziqcha bo‘lishi kerak.
2-laboratoriya ishi
|