• 2. Xromatografik sistemaning foydalanishga yaroqliligini tekshirish.
  • Ilova. 1.Diklofenak natriyning standart namunasining (SN) A,B,V eritmalarining tayyorlash




    Download 1,19 Mb.
    bet142/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Ilova. 1.Diklofenak natriyning standart namunasining (SN) A,B,V eritmalarining tayyorlash.
    0,1 g diklofenak natriyni (Yevropa Farmakopeyasi) 10 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinib, ustiga 5,0 ml metanol eritmasidan solinadi va eriguncha chayqatiladi. Eritma hajmi metanol eritmasi bilan belgilangan hajmga yetkaziladi. 1 ml hosil bo’lgan eritmani hajmi 10 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solamiz va belgilangan hajmgacha metanol eritmasi bilan yetkazib, aralashtiramiz (Diklofenak natriy standart namunasining A eritmasi).
    Diklofenak natriy standart namunasining A eritmasidan 1 ml olib hajmi 10 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solamiz va unga 4,0 ml metanol eritmasidan qo’shiladi (Diklofenak natriy standart namunasining B eritmasi).
    Diklofenak natriy standart namunasining B eritmasidan 2,5 ml olib hajmi 10 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va ustiga 2,5 ml metanol eritmasidan qo’shib, aralashtiriladi (Diklofenak natriy standart namunasining V eritmasi).
    Eritmalar yangi tayyorlangan holda ishlatiladi.
    2. Xromatografik sistemaning foydalanishga yaroqliligini tekshirish.
    Xromatogrammada diklofenak natriy standart namunasining V eritmasi aniq ko’rinadigan dog’ hosil qilsa va tekshiriluvchi B eritmaning Rf = 0,4 ga teng bo’lsa xromatografik sistema foydalanishga yaroqli deb topiladi.
    9. Erishi. U DF, 2.9.3, ga ko’ra yig’ma korzinkada olib boriladi.
    Erituvchi muhiti sifatida pH= 7.2 bo’lgan 4004100 bufer eritmasidan foydalaniladi. Erituvchi muhitning hajmi 500 ml, korzinkaning aylanish tezligi 100ayl/min, erish vaqti 45 minut.
    Tekshiruv uchun korzinkaga 1 tabletka solinadi.
    45 daqiqadan so’ng idishdagi eritmadan 50 ml namuna olib, “Moviy lenta” filtri yordamida filtrlanadi , boshlang’ich 10 ml eritma tashlab yuboriladi.
    5 ml filtratdan olinadi va hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi. Kolbadagi filtrat pH= 7.2 bo’lgan 4004100 bufer eritma bilan 50 ml ga yetkaziladi.
    Hosil bo’lgan eritmani optik zichligini spektrofotometrda 276 nm to’lqin uzunligida, 10 mm qalinlikdagi kyuvetada aniqlanadi. Solishtirish uchun namuna sifatida pH= 7.2 bo’lgan 4004100 bufer eritmasidan foydalaniladi.
    Parallel ravishda diklofenak natriy SN ning 1-eritmasini optik zichligi ham o’lchanadi.
    Tekshiriluvchi tabletkadan eritmaga o’tgan diklofenak natriy miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
     
    Bu yerda: A1- tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
    A0- dikofenak natriy SN 1 eritmasining optik zichligi;
    m0- dikofenak natriy SN 1 eritmasini tayyorlash uchun olingan tortma og’irligi, gramm;
    1. diklofenak natriyning “Tarkib” bo’limida ko’rsatilgan miqdori.


    Diklofenak natriyning erish darajasi 45 minut o’tgandan so’ng 75 % dan kam bo’lmasligi kerak. Preparat U DF 2.9.3. talabiga javob berishi kerak.


    Ilova. Dikofenak natriy SN ning 1- eritmasini tayyorlash. 0,05 g (aniq tortma) (UDF KFM) diklofenak natriydan olib, 100 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va pH=7.2 ga teng bo’lgan 50 ml 4004100 bufer eritmasida eritiladi. Eritma hajmi eritishda foydalanilgan bufer eritma bilan kolba belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
    Hosil bo’lgan eritmadan 1 ml olib, 50 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va pH=7.2 ga teng bo’lgan 4004100 bufer eritmasi bilan kolba belgisigacha yetkaziladi.
    Eritmalar yangi tayyorlangan holda ishlatiladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilova. 1.Diklofenak natriyning standart namunasining (SN) A,B,V eritmalarining tayyorlash

    Download 1,19 Mb.