• Ilova. 1. 0,01 M li natriy gidroksid eritmasini tayyorlash.
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




    Download 1,19 Mb.
    bet144/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    11. Miqdoriy tahlil. Yaxshilab maydalangan tabletkalardan 0,25 g(aniq tortma) olib 100 ml li o’lchov kolbasiga solinadi. Ustiga 50 ml 0,01M li natriy gidroksid solib, 15 minut davomida chayqatiladi.
    Eritma hajmi 0,01 M li natriy gidroksid eritmasi bilan kolba belgisiga yetkazilib, aralashtiriladi va “Moviy lenta” qog’oz filtri yordamida filtrlanadi. Filtrdan o’tgan boshlang’ich eritma tashlab yuboriladi.
    2,0 ml filtratdan olib, 50 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi. Filtrat hajmi 0,01 M li natriy gidroksid eritmasi bilan kolba belgisiga keltiriladi va aralashtiriladi.
    Olingan eritmaning optik zichligi spektrofotmetrda 276 nm to’lqin uzunligida, qalinligi 10 mm bo’lgan kyuveta yordamida aniqlanadi. Solishtirish uchun namuna sifatida 0,01 M li natriy gidroksid eritmasidan foydalaniladi.
    Parallel ravishda diklofenak natriy SN ning 2 eritmasining optik zichligi ham o’lchanadi.
    Bir dona tabletkadagi diklofenak natriyning miqdori (X3) quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:

    bu yerda:


    A- tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
    A0- dikofenak natriy SN ning 2-eritmasini optik zichligi;
    m0- dikofenak natriy SN ning 2-eritmasini tayyorlash uchun olingan tortma og’irligi, gramm;
    m- tortib olingan preparat massasi, gramm;
    mc- tabletkaning o’rtacha og’irligi, gramm.
    Tabletkaning (bir dona) o’rtacha og’irligini hisobga olgan holda, diklofenak natriyning (C14H10C12NNaO2) preparat tarkibidagi miqdori 0,0463 g dan 0,0538 g gacha bo’lishi kerak deb belgilangan.
    Ilova. 1. 0,01 M li natriy gidroksid eritmasini tayyorlash. 100 ml 0,1 M li natriy gidroksid eritmasidan olib, hajmi 1000 ml ga yetguncha suv bilan suyultiriladi.
    Eritma yangi tayyorlangan holda ishlatiladi.
    2. Diklofenak natriy SN ning 2 eritmasini tayyorlash.
    Diklofenak natriydan 0,05 g (aniq tortma) olib, 100 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va 10,0 ml 0,1 M li natriy gidroksid eritmasi, 40 ml suv qo’shiladi. Dori moddasi eriguncha chayqatiladi va eritma hajmi suv bilan kolba belgisigacha yetkaziladi(asosiy eritma).
    Asosiy eritmaning saqlash muddati 7 kun.
    1 ml asosiy eritmadan olib, 50 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va eritma hajmi 0,01 M li natriy gidroksid bilan kolba belgisiga yetkaziladi (SN2).

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Download 1,19 Mb.