Mehnat sohasini (va kadrlar xizmati faoliyatini) nazorat qilish va tekshirish. Mehnat sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari




Download 291,99 Kb.
bet68/68
Sana20.05.2024
Hajmi291,99 Kb.
#245640
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
1-TEST KITOBCHA

Mehnat sohasini (va kadrlar xizmati faoliyatini) nazorat qilish va tekshirish. Mehnat sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari.


Masala:
Bizning ishxonamizda farrosh yo‘q, hamda korxona rahbari ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilib, xodimlarni xizmat xonalarini tozalashga majburlamoqda. Bu esa bizning xizmat vazifalarimizga ham kirmaydi, mehnat shartnomasida ham nazarda tutilmagan va buning uchun haq ham to‘lanmaydi. Direktorning harakatlari qonuniymi?


Yechim:
Yo‘q, direktorning harakatlari qonunga zid va ushbu holat majburiy mehnat sifatida baholanadi. Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, majburiy mehnat taqiqlanadi. Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta’sir choralarini qo‘llash yoki qo‘llash tahdidi tushuniladi.
Bu holatda direktor Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi yoki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 148-2-moddasi ko‘ra javobgarlikka tortiladi.
Download 291,99 Kb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Download 291,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat sohasini (va kadrlar xizmati faoliyatini) nazorat qilish va tekshirish. Mehnat sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari

Download 291,99 Kb.