|
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslikBog'liq dunyo dinlari tarixi 10 uzbIslamofobiya
— jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikka raxna so-
luvchi diniy ksenofobiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, u islom dini-
ga, unga e’tiqod qiluvchilarga va shu din bilan bog‘liq obyekt va
tushunchalarga bir yoqlama, ya’ni salbiy jihatdan yondashuvning
natijasidir.
di. Chunki ommaviy axborot vositalari vakillari, ko‘pincha, shov-shuvga
sabab bo‘ladigan, kishilarda qiziqish uyg‘otadigan ma’lumotlarni tezlik bi-
lan yetkazishga harakat qiladilar. Bunda biror millat, irq, dinga oid tushuncha
va istilohlarni salbiy munosabat uyg‘otuvchi shaklda taqdim etish asosiy rol
o‘ynaydi.
Ommaviy axborot vositalari qatoridan birinchi o‘rinni egallagan Internet
hozirgi kunda islom dini deganda, asosan, «urush», «jang», «qo‘shin», «zo‘ra-
vonlik», «bosqinchilik» kabi ma’lumotni taqdim etmoqda.
Masalan, islom nomidan faoliyat ko‘rsatayotgan ekstremistik guruhlar-
ning islom manbalarini buzib, o‘z manfaatlariga mos ravishda talqin etishga
urinish lari, ikkinchi tomondan bu kabi o‘z manfaatlari yo‘lida hech qanday
muqaddas narsani, na din-u diyonatni, na millat va Vatanni tan olmaydigan
guruhlarni «islom» deb atash, ular olib borayotgan xunrezliklarni «islomning
shartlari» sifatida talqin etish islamofobiyaning kuchayishiga olib keladi.
Islom diniga e’tiqod qiluvchi kishi ushbu din muqaddas manbalaridagi aqi-
dalar, ularning ezgu mohiyatini to‘g‘ri anglab yetishi zarurdir. Musulmonlar-
ning o‘zlari islom manbalari umuminsoniy qadriyatlarga qarshi chiqmasligini
tushunib yetishlari lozim bo‘ladi. Islom ezgulik dini bo‘lgani sababli ham uni
adolatli tarzda talqin etish talab etiladi. Aks holda uning mohiyatiga putur ye-
tishi va bu din haqida chuqur bilimga ega bo‘lmaslik kishida u haqda salbiy
tasavvur hosil bo‘lishiga olib keladi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Diniy ksenofobiyaning kelib chiqishiga qanday omillar sabab bo‘ladi?
2. Islamofobiyaning ma’naviyatga tahdidi bormi? Fikringizni asoslang.
3.
Islom dining ezgulik mohiyati haqida fikr bildiring.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
|