• Yangi Ahd. Rimliklarga maktub, 12­bob, 17–18.
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    bi, 3­bob, 8–12


    101
    xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani, «Salb yurishla-
    ri», «Inkvizitsiya» nomlari ostida ko‘plab shaharlar 
    vayron qilingani, minglab odamlarning halok bo‘lgani 
    tarixdan ma’lum. Holbuki, xristianlikda hech kimga yo-
    monlik qilinmaslik haqida ta’lim beriladi. Bu din ham 
    barcha dinlar kabi tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va 
    ezgulikka chaqiradi.
    Buddaviylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlari bar-
    cha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashning targ‘ib 
    etilishida, aql ko‘rsatmalariga qat’iy bo‘ysunish va his-
    siyotga berilmaslikda ham aks etgan. Tinchlikparvarlik 
    va ezgulik g‘oyalari buddaviylikning «Pancha shila» 
    (sanskritcha — besh nasihat) qoidasida ham aks eta-
    di. Unga ko‘ra buddaviy qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, 
    yolg‘on so‘z, mast qiluvchi narsalardan saqlanishi lo-
    zim. Bu dinga e’tiqod qilgan har bir rohib o‘zgalar 
    mulkiga ko‘z olaytirmaslik, birovga nafrat bilan qa-
    ramaslik, adolat haqida o‘ylash, munosib insonlardan 
    yaxshilikni ayamaslik, axloqiy xatti-harakat qoidalariga 
    amal qilishi lozim hisoblanadi.
    Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan zardo‘shtiylik 
    dini ham o‘zining tinchlikparvarligi bilan alohida ajra-
    lib turgan. Bu «Avesto»da aks etgan «Ezgu fikr, ezgu 
    so‘z, ezgu amal» ta’limotida ham o‘z aksini topgan. 
    Ayni damda, Videvdat kitobining ikkinchi fragardida 
    tinchlikning muhimligi borasida fikrlar bildirilgan. Yas
    -
    na kitobining 12-bobida har bir zardo‘shtiy tiyilishi lo-
    Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlar­
    ning ko‘zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar.
    Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan 
    tinch­totuv hayot kechiringlar.
    Yangi Ahd. Rimliklarga maktub, 12­bob, 17–18.
    Xalq orasida 
    fitna qo‘zg‘atish, 
    tuhmat va 
    ig‘vo tarqatish 
    yo‘lidagi 
    urinishlar, 
    tinchlik va 
    xotirjamlikni 
    izdan 
    chiqaruvchi 
    hodisalar yoki 
    harakatlar 
    islomning 
    mohiyatiga 
    mutlaqo zid.


    102
    zim bo‘lgan narsalar qatorida chorvani talon-taroj qilish, 
    talafot va vayrongarchilik keltirishdan tiyilish ham sa-
    nab o‘tilgan.
    Milliy dinlardan bo‘lgan hinduiylik va jayniylikda 
    tinchlikparvarlik g‘oyalari «ahimsa» — kuch ishlat-
    maslik ta’limotida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra yer yu-
    zida buzg‘unchilik qilish, nafaqat insonlar, balki barcha 
    jonzotlarga ozor berish taqiqlanadi. Ayni damda mazkur 
    ta’limot zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob berish, 
    urush qilganga qarshi urushishni ham qoralab chiqadi. 
    Tinchlik g‘oyasiga eng katta e’tibor qaratgan dinlar-
    dan biri islom dinidir. Zero, «Islom» so‘zining ma’nola-
    ridan biri ham tinchlik demakdir.
    Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukro-
    nalik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy 
    «O‘zingga ozor yetmasin desang, o‘zgalarga ozor berma, boshqalar­
    ga ozor bersang, o‘zing ham ozor chekasan. Hirs­u havas barcha baxt­
    sizliklarning sababchisidir. Vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘zgaradi, 
    shuning uchun hech narsaga ortiqcha ko‘ngil bog‘lama, ko‘ngilni toza 
    tut, haqiqat va boqiy saodat izla. Yomonlik qilma, gunohdan saqlan. 
    Hamisha yaxshilik qil. Boshqalarni sevsang, o‘zing ham, boshqalar ham 
    baxtli bo‘lishadi. O‘zgalarning aytganlarini rad etma va qoralama, o‘zni 
    baxtli qilish uchun o‘zgalarni baxtsiz qilish insofdan emas».

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish