96
KSENOFOBIYA VA DIN
20-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ksenofobiya, xristianofobiya, yudofobiya,
islamofobiya degan atama-
larni eshitganmisiz?
2. Insonga xos bo‘lgan qo‘rquv holatiga qanday hodisalar ko‘proq sabab
bo‘ladi?
3. Qo‘rquvni yengish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Biologik qo‘rquv bilan sun’iy qo‘rquvning farqi nimada?
Ksenofobiya — (yunon.
ksenos
— begona;
fobos
— qo‘rquv) yunon tili-
da birorta «begona», «notanish» bo‘lgan narsa yoki tushunchadan «qo‘rqish»
ma’nosini anglatadi.
Tibbiyotda bu so‘z insondagi «notanish shaxs, narsa,
hodisa va boshqalar-
dan qo‘rqish» yoki ulardan «nafratlanish» tuyg‘ularini bildiradi. O‘zi uchun
begona bo‘lgan narsalardan yotsirab qo‘rqish, ayniqsa, yosh go‘daklarda
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Notanish narsa va hodisalardan ehtiyotkorlik yuzasidan begonasirab, ular-
dan yetishi mumkin bo‘lgan xavf-xatardan qo‘rqish insondagi o‘z-o‘zini
himoya qilish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lib, odatda, sog‘lom insonda kuzati-
ladigan holatdir. Bu kabi o‘z hayoti, nasli, turini begona va noma’lum xavf-xa-
tardan
himoyalash, biologik qo‘rquv hissiyoti hayvonlarda ham mavjud.
«Biz, shuningdek, dunyoning turli joylarida antisemitizm va is
lamofobiyaning kuchayganini, yahudiy, musulmon arab jamoalari
ga nisbatan zo‘ravonlik, irqchilikni targ‘ib qiluvchi hamda ularni
kamsituvchi g‘oyalarga asoslangan ayirmachilik harakatlarining
paydo bo‘layotganini chuqur tashvish bilan tan olamiz».
«Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi deklaratsiya»ning 61-moddasi
97
Ksenofobiya bu tabiiy bo‘lmagan, insondagi biror notanish narsaga nisbatan
haddan ortiq nafrat hissining yuzaga kelishi, asab tizimining izdan chiqishi ho-
latidir.
Insondagi ushbu psixologik xususiyat har qanday yangilikni, u
yaxshi yoki
yomon bo‘lishidan qat’i nazar, undan hadiksiragan holda qabul qilishdan ibo-
rat. Masalan, yangilik kashfiyotchilaridan Galileo Galiley (1564–1642), Niko
-
lay Kopernik (1473–1543) kabi olimlarning olamshumul ixtirolariga bo‘lgan
munosabatni olishimiz mumkin. XIX asrda mahalliy xalqlar o‘rtasida «Tunu-
ka tom yopilgan uyga farishta kirmaydi», «kartoshka — musulmonning tao-
mi emas» kabi mutaassibona fikrlar tarqalgan. Bu masala haqida gapirilgani
-
da kulib qo‘yasiz. Ammo hozirgi XXI asrdagi sivilizatsiya jarayonlarining
jadallashuvi davrida insonlar orasida ijobiy yangilikka nisbatan qo‘rquv
hissi
yo‘qolmaydi. Qo‘rquvning obyekti o‘zgaradi, xolos.
TARIXGA NAZAR
AQSHda XIX asrda yuzaga kelgan «Ku-kluks-klan»
guruhi qora tanlilarga qarshi oq tanlilar millatchiligi
sifatida yuzaga kelgan edi. Bu guruh tomonidan qora
tanlilarga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq va terrorchilik ha-
rakatlari natijasida jamiyatda
anchagina notinchliklar
kelib chiqdi. «Oq irqchilik» nomi bilan mashhur
bo‘lgan bu yashirin jamoa AQSH
da 1861–1865-yillar
-
dagi fuqarolar urushidan keyin janub lik sobiq askarlar
tomonidan tashkil etilgan edi.
Ular tomonidan nishon-
ga olingan qora tanli «qurbon»ga dub daraxti shox-bu-
tog‘i yoki apelsin urug‘lari tashlab ketilar edi. Bu bel-
gini olgan qora tanli kishi
aytilgan ishni qilishi yoki
mamlakatni tashlab chiqib ketishi kerak edi. Aks holda
uni muqarrar o‘lim kutar edi.