107
ta’siriga tushgan san’atkor san’atning
hissiy-emotsio-
nal ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tka-
zishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa,
prozelit kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida tanlangan-
lar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati tug‘iladi.
Qayd etilgan misollar ham missionerlik obyekti sifa-
tida tanlanayotgan qatlamlar doirasi muntazam ravishda
kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Missionerlar tizimli targ‘ibot-tashviqot
bosimi-
ni amalga oshirish, tadrijiy psixologik tazyiq o‘tkazish
orqali kishilarni o‘z e’tiqodini o‘zgartirishga majbur qi-
ladilar. Ularning bunday harakatlari oxir-oqibatda inson-
lar va konfessiyalararo dushmanlik kayfiyatining shakl
-
lanishiga zamin yaratadi.