117
• Bu — mintaqaning tabiiy resurslar (neft, gaz,
oltin, uran, rangli metallar va boshqalar)ga boy
ekanligi ko‘pchilikni o‘ziga ohanrabodek jalb
etadi.
Ana shunday moddiy boyliklarga ega bo‘lishga intil-
gan g‘arazli guruhlar har bir imkoniyatdan foydalanish-
ga, eng buyuk boyligimiz bo‘lmish milliy qadriyatlari-
miz va ma’naviyatimizga tahdid solishga harakat
qiladilar.
Biz bugungi kunda murakkab zamonda yashamoq-
damiz. So‘nggi paytlarda butun dunyo mamlakatlarini
diniy ekstremizm va terrorizm tashvishga solib kelmoq-
da. Dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan
mahalliy urushlar, harbiy qarama-qarshilik va moja-
rolar, terrorchilik xurujlari xalqaro xavfsizlikka tah did
solmoq da. Hozir diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm
dunyo mamlakatlari uchun nafaqat tashqi, balki ich-
ki xavfsizlikka ham daxldor masalaga aylandi. Chunki
diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari
jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi
guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag‘bat-
lantirish va qo‘llab-quvvatlashga intilmoqdalar.
TARIXGA NAZAR
Markaziy Osiyo davlatlarida terrorchilik harakatlari 1990–1996-yillarda
Tojikistondagi fuqarolik urushi davomida, 1999–2001-yillari Qirg‘iziston
-
ning Botken viloyatida, mamlakatimiz hududida 1990-yilda Namangan va
Andijonda, 1999-yili Toshkent shahrida, 1999–2001-yillarda O‘zbekiston
-
ning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004-yilning mart–aprel oyla
-
rida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, 2004-yilning iyul oyida Toshkent
shahrida, 2005-yili Andijonda sodir etildi.