• IJODIY FAOLIYAT
  • O‘tkir Hoshimov, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    Aqidaparastlik
    (arab. 
    aqida
    — ishonch) muayyan sharoitda, bi-
    ron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish 
    asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hi-
    sobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va urinishni anglatadi.
    Ekstremizm
    (fransuzcha 
    extremisme
    , lotincha 
    extremus
    — 
    keskin, so‘nggi) jamiyatda qabul qilingan muayyan qonun-qoida-
    larga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilish va ularni amalga oshirish.
    AQSH davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzida yi-
    liga 10 mingtadan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etiladi.
    70 mingdan ortiq inson bunday harakatlar oqibatida hayotdan 
    bevaqt ko‘z yummoqda — bundan 80% ini voyaga yetmagan yosh 
    bolalar tashkil etadi.
    Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyo miqyosida 
    500 dan ortiq terrorchilik tashkiloti mavjud.


    120
    IJODIY FAOLIYAT
    Berilgan matnni o‘qing. Urushlar qanday oqibatlarga olib kelishini mulo-
    haza qiling.
    Urushda g‘olib va baxtli podshoh, g‘olib va baxtli qo‘shin, g‘olib va 
    baxtli davlat, g‘olib va baxtli tuzum bo‘lishi mumkin. Ammo g‘olib va baxt­
    li odam bo‘lmaydi. Negaki, urush odamni odam o‘ldirishga majbur qiladi. 
    Odam o‘ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo‘lmaydi.
    O‘tkir Hoshimov, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
    Tojikiston va O‘zbekis ton davlatlarining rahbarlari tomonidan imzolangan, ter-
    rorchilik kabi o‘ta og‘ir jinoyatni tag-tomiri bilan qirqib tashlashga qaratilgan 
    bitim hamda xuddi shu yilning 21–22-iyun kunlari MDH davlatlari rahbarla
    -
    rining Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ushbu masala yuzasidan muhim 
    hujjat imzolandi.
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Genot-
    sid jinoyatining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to‘g‘risi-
    da»gi (1961-yil 12-yanvardan kuchga kirgan), «Yollanma jinoyatchilarni yol-
    lash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash 
    to‘g‘risida»gi (1989-yilda qabul qilingan), «Bombali terrorizmga qarshi kurash 
    to‘g‘risida»gi (1997-yil 16-dekabr), «Plastik portlovchi moddalarni topa olish 
    maqsadida ularni markirovka qilish to‘g‘risida»gi (1991-yil) va boshqa bir qa-
    tor xalqaro konvensiyalar ham ratifikatsiya qilingan.
    Respublikamiz tomonidan terrorchilikka qarshi amalga oshirilayotgan bu 
    kabi tadbirlar tinchlikni saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qator 
    davlat idoralari, jumladan, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar va-
    zirliklari, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona va prokuratura idoralari-
    ning terrorchilikka qarshi kurashdagi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish bugungi 
    kun talabidir.
    Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnoma-
    larni ratifikatsiya qilib, ulardagi maj buriyatlarni izchil bajarib kelmoqda. Shu 
    bilan birga, bu masalalarda o‘zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham 
    alohida ta’kidlash zarur. 


    121
    Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qara-
    tilgan 13 ta hujjati (11 ta Konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozir O‘zbekis-
    ton 12 ta ana shunday xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 
    1971-yildagi «Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy 
    aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1973-yildagi «Xalqaro himoyadan foyda-
    lanuvchi shaxslarga, shu jumladan, diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning 
    oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash to‘g‘risida»gi; 1979-yildagi 
    «Odamlarni garovga olishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1980-yildagi «Yadro-
    viy qurilmalarni va yadroviy materiallarni jisman himoya qilish to‘g‘risida»gi; 
    1988-yildagi «Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy 
    aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1997-yildagi «Bombali terrorizmga qarshi 
    kurash to‘g‘risida»gi; 1999-yildagi «Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi ku-
    rashish to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiyalari borligini ko‘rish mumkin.
    Bugungi kunda BMT tomonidan «Yadroviy terrorizm xurujlariga qarshi ku-
    rash to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiya va «Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha 
    yalpi konsepsiya» loyihalari tayyorlanayotgani O‘zbekiston Respublikasining 
    terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir.
    O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terro rizmga qarshi kurashga 
    qaratilgan 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan. 
    O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masa-
    lalarida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Yev-
    roosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa 
    xalqaro tashkilotlar doirasida ham faol ishtirok etmoqda.

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish