125
lib chiqishiga sabab bo‘layotganini bir qancha davlatlar
misolida ko‘rishimiz mumkin.
Norasmiy xabarlarda buzg‘unchi g‘oyalar targ‘ibo-
ti va terrorga chaqiriqlar juda ko‘p uchraydi. Shuning
uchun ham bugungi kunda har bir shaxsda axborot
iste’moli madaniyatini yuksaltirish hayot zaruratiga ay-
landi.
Zero, zamonaviy ilmiy-texnikaviy inqilob jamiyat
hayotining moddiy asoslarini tartibga soldi. Xalqlarning
turmush darajasini ular yashaydigan hudud yoki unda-
gi yer resurslari emas, balki axborot, intellektual yoki
ma’naviy salohiyat belgilab bera boshladi.
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni o‘qing va ularning mazmuni-
ni axborot iste’moli madaniyati tushunchasi bilan
izohlashga harakat qiling.
«Ey mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa
xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan ho
lingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin)
qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz
uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!»
Qur’oni karim. Hujurot, 6-oyat.
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi
ga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va
uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy
tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan
belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.