136
Shular bilan birga Qur’onda ko‘plab oyatlar dunyoviy masalalarni ham
qamrab oladi. Misol tariqasida, Qur’ondagi eng katta oyat — «Baqara» surasi-
ning 282-oyati ham aynan dunyoviy masala — qarz oldi-berdisi haqida bo‘lib,
unda masalaning moddiy va ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratilgan.
Islom dinining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) diniy masalalarda barchaga
muallim bo‘lsa ham, dunyoviy ishlarda mutaxassislarning fikrlariga quloq tutar
edi. Mashhur hadisi sharifda shunday deyiladi:
«Payg‘ambar (s.a.v.) (xurmo) changlatayotgan bir qavmning oldidan o‘tayo-
tib, buni qilmasangiz ham bo‘lave radi, dedilar. O‘sha yili hosil yomon chiqdi.
U zot yana o‘shalarning oldilaridan o‘tayotib, xurmoingizga nima bo‘ldi? —
deb so‘radilar. Ular, shundoq, shundoq, degan edingiz, deb aytdilar. U zot:
«Sizlar dunyoyingiz ishini biluvchiroqsiz» dedilar».
Ya’ni Rasulullohning ba’zi gaplari diniydan ko‘ra tajribaviy asosga yoki
shaxsiy fikrga tayangan. Shuning uchun ham sahobalar Rasulullohning ba’zi
buyruqlari borasida «Shaxsiy fikringizmi yoki Allohning amrimi?», deb so‘rar
edilar. Shaxsiy fikri bo‘lsa, unda ba’zan boshqa afzalroq taklif ayta olardilar.
Rasululloh (a.s.) yaxshi taklifni qabul qilib, o‘z fikrini o‘zgartirar, ya’ni shu
dunyoviy soha mutaxassisining fikrini albatta inobatga olar edi.
Rasululloh (a.s.)dan keyin chahoryorlar ham shu yo‘lni tutdilar. Hazra-
ti Umar (r.a.): «Sizlarning yax shlaringiz u dunyo va bu dunyo uchun harakat
IJODIY FAOLIYAT
Matnni o‘qing, din va diniy e’tiqod butunlay rad etilsa, jamiyat uchun
uning oqibati qanday bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qiling.
«Dunyoviylik — bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay
rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega ekanini biz ke
chagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni
shundaki, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, xalq hayotining
ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar — bu yozma yoki og‘zaki, mod
diy yoki ma’naviy meros bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy du
nyoqarash yoki turmush tarzi bo‘ladimi — bularning barchasini rad etadi».