ISLOM DINIDA HAYOTNING QADRLANISHI




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/99
Sana04.06.2024
Hajmi2,32 Mb.
#260033
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Bog'liq
dunyo dinlari tarixi 10 uzb

ISLOM DINIDA HAYOTNING QADRLANISHI
Islom dinida begunoh insonlarning qonini nohaq 
to‘kish katta gunoh ekanligi ta’kidlanib, bunday qabih 
ish insoniyatga qilingan tajovuz hisoblanadi. 
Qur’oni karimda inson o‘zining yashash huquqiga 
tajovuz qilishi ham man etilib: «Bir-biringizni nohaq 
o‘ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir» 
(Niso surasi, 29-oyat), deya ogohlantirilgan. 
Muhammad (s.a.v.) hadisi shariflarda o‘z-o‘zini o‘ldi
-
rish harom ekanligi, bunday ishni qilgan kishiga oxirat-
da abadiy azoblar borligi haqida aytib o‘tgan. Xususan, 
Jundub ibn Abdullohdan rivoyat qilingan quyidagi ha-
disda shunday deyiladi: 
«Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Sizlardan avval-
gilar ichida jarohatli bir kishi bor edi. Jazavaga tushib, pi-
choqni olib qo‘lini kesdi. Qon to‘xtamadi va shu sababli 
vafot etdi. Alloh taolo aytdi: «Bandam nafsini mendan 
shoshiltirdi. Men unga jannatni harom qildim». 
Rasululloh (s.a.v.) o‘z joniga qasd qilgan kishining 
janozasini o‘qimaslikni uqtirgan deyiladi, bu esa mazkur 


131
ishning naqadar yomonligidan dalolat beradi. Shunga 
ko‘ra, islom manbalarida o‘zini o‘ldirgan kishiga masjid 
imomi janoza o‘qishi mumkin emas, deyilgan. 
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sha-
rifda: «Kimki tog‘ tepasidan tashlab, o‘z-o‘zini o‘ldirsa, 
o‘lgandan so‘ng jahannamda ham shu xil azobga girif-
tor bo‘ladi. Agar zahar ichib o‘zini o‘zi o‘ldirsa, jahan-
namda ham abadiy shu azobga mubtalo bo‘ladi. Kimki 
o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, u kishi temir parcha 
qorniga suqilgan holatda jahannam o‘tida abadiy qolur», 
deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy va Imom Ter-
miziy rivoyati).
Islom ta’limotiga ko‘ra, hayot ne’mati insonga Alloh 
taolo tomonidan beriladi. Bu ne’matning qadriga yetish, 
har soat, har daqiqada xayrli va savobli ishlarni qi lish 
talab etiladi. 
Hozir ba’zi guruh va shaxslar «o‘zini o‘ldirish» 
tushunchasini shahidlik bilan qorishtirib talqin qilish-
moqda. «Shahid» Alloh taoloning sifatlaridan biri 
bo‘lib, «guvohligi ishonchli, har doim hozir bo‘luvchi 

Download 2,32 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish