132
zot» degan ma’nolarni anglatadi. «Shahid» so‘zining yana bir ma’nosi o‘zga
shaxs tomonidan nohaq o‘ldirilgan musulmondir.
Shaxsning ma’lum maqsadlar yo‘lida o‘zini o‘zi o‘ldirishini shahidlik ama-
liyoti deb baholash ayni adashishdir. Yovuz niyatli kuchlar o‘z
harakatlarini
oqlash maqsadida keltirgan barcha dalillarni islom
ulamolari qoralashgan va
asossiz, deb topishgan.
Kishining o‘zini o‘zi o‘ldirishi, garchi niyati din yo‘lida deb e’lon qilin-
sa-da, o‘z joniga suiqasd qilish deb baholanadi. O‘zini o‘zi o‘ldirish — bu o‘z
hayotini qasddan to‘xtatish, parvardigor bergan hayotga
tajovuz qilish darajasi-
dagi gunohi kabira hisoblanadi.
Alloh taolo bu haqda shunday deydi: «Ana o‘sha (ilk qotillik) tufayli Isroil
avlodiga shunday hukmni bitib qo‘ydik: «Biror jonni o‘ldirmagan yoki
yerda
(buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldir-
gan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan
(o‘limdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir».
Ularga rasullarimiz (ilohiy) hujjatlarni keltirganlar. So‘ngra ularning ko‘pchili-
gi o‘shandan keyin (ham) yerda isrof qiluvchilardir» (Moida, 32-oyat).
Jahondagi nufuzli islom muassasalari va ulamolari o‘zini turli portlovchi
vosita bilan portlatish orqali begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘lish ha-
rom amal bo‘lib, islom diniga aloqasi yo‘q ekanini qayd etganlar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi ham «O‘zini-o‘zi
turli
yo‘llar bilan qasddan o‘ldirishning og‘ir gunohligi haqida» fatvo chiqarib, bun-
day jirkanch harakatni qat’iy qoralaydi.