134
Din faqatgina diniy aqida va ibodatlarni o‘z ichiga o lish bilan kifoyalanmay,
jamiyatdagi insonlarning o‘zaro hurmat, mehr-shafqat, insoniylik fazilatlari
mezonlarini belgilab kelgan. Shuning uchun ham har qanday dunyoviy davlat-
da jamiyatning birdamligi, o‘zaro ahilligi, jipsligi, tinchligi va barqarorligini
saqlashda din o‘zining alohida o‘rniga ega.
Faraz qiling, ikki inson ko‘rishganda bir-birlariga «Assalomu alaykum»,
«Va alaykum assalom» deya tinchlik tilaydilar. Bir inson: «Salom so‘zi diniy
mohiyatga ega bo‘lgani uchun dunyoviy kishilar uni ishlatmaydi», deb salom
bermasa yoki alik olmasa, juda xunuk holat bo‘lgan bo‘lar edi.
Diniy manbalarda faqatgina e’tiqod va ibodat masalalari yoritilmagan, balki
o‘tgan xalqlar hayotidan ibratli hikoyalar ham mujassam. Ularda og‘ir si-
novlarni boshdan kechirgan payg‘ambarlar hayoti, buzg‘unchiliklarga berilgan
xalqlar va ular boshiga jazo sifatida tushgan falokatlar namuna qilib ko‘rsatila-
di. Ularni o‘qib, to‘g‘ri xulosa chiqargan kishi gunohlardan tiyilishga, savobli
ishlarni ko‘proq qilishga harakat qiladi. Bu esa har qanday jamiyatda sog‘lom
ijtimoiy holatning yuzaga kelishiga yordam beradi.
Dunyoviy davlatda xalqning urf-odat, an’ana va axloqiy qadriyatlari qonun
darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Diniy qad riyatlar umuminsoniy qadriyatga,
xalqning ma’naviy mulkiga, axloqiy normalariga aylangan holdagina u davlat
miqyosida ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin. Yurtimizda Ramazon va Qur-
bon hayitlarining mamlakat miqyosida dam olish kuni deb e’lon qilinishi shu
kabi milliy va diniy qadriyatlarning uyg‘unlashuviga misol bo‘la oladi.