129
DUNYO DINLARIDA HAYOTGA TAJOVUZ
QILISHNING QORALANISHI
Jahon dinlari ichida eng keng tarqalgan xristianlik
dini o‘z joniga qasd qilishni qat’iy qoralaydi, chunki
insonning necha yil yashashi
Xudo tomonidan belgila-
nib, taqdirdan qochish deb qaraladi. Bundaylarning ru-
hini poklash va mozorga ko‘mish man qilinadi. O‘rta
asr g‘arb davlatlarida buning oldini olish uchun o‘z jo-
niga qasd qilganlarni qattiq tahqirlashar edi. O‘z joniga
qasd qilib, tirik qolganlarni esa, qotil sifatida juda og‘ir
ishlarga surgun qilinar edi. Ular markaziy ko‘chalarga
oyog‘idan osib qo‘yilar, yuragiga yog‘och qoziq qoqib,
chorrahaga ko‘mib qo‘yishar, o‘lgan hayvonlarni ham
yoniga qo‘shib qo‘yishar edi.
Masalan, Fransiya podshosi Lyudovik XIV davrida
o‘z joniga qasd qilganning
tanasi yuzi yerga qaragan
holatda ko‘chalar orqali zambilda sudralib, osilib, keyin
qassobxonaga tashlanar edi.
Xristianlik dinining pravoslav yo‘nalishida o‘z joni-
ga qasd qilish — qotillik va umidsizlikni sodir etganli-
gi uchun og‘ir gunohlardan sanaladi. Mazkur ishga qo‘l
urgan kishining dafn marosimida marsiya (otpevanie)
o‘qilmaydi. Agar o‘z joniga
qasd qiluvchining aqli nora-
so bo‘lsa bundan mustasno. 1950-yillarga qadar o‘z jo-
niga qasd qilganlar qabristondan tashqarida ko‘milgan.
Bularning barchasi o‘z joniga qasd qilish og‘ir gunohli-
gini bildirish hamda o‘zgalarni ogohlanti rish uchun qi-
lingan.
Injilning «Havoriylar faoliyati» kitobi 16-bob, 28-qa-
torda o‘z joniga qasd qilmaslik haqida quyidagi so‘zlar-
ni ko‘rish mumkin: «Lekin Pavlus baland ovozda baqi-
rib: «Zinhor o‘z joningga qasd qilma», dedi».
Halokatga olib
boruvchi yettita
gunohdan saqla
ninglar:
1) Allohi Taolo
ga shirk keltir
moq;
2) sehr ishlari
bilan shug‘ul
lanmoq;
3) birovni nohaq
o‘ldirmoq;
4) sudxo‘rlik;
5) yetimlarning
molini yemoq;
6) yov bilan
bo‘layotgan
jangdan qoch
moq;
7) erli, mo‘mina,
iffatli ayollar
ni fohisha deb
haqoratlamoq.
Hadis
130
Buddaviylikda esa o‘z joniga qasd qilish insonning
hayotga nisbatan qilgan noshukurligi sifatida baholangan.
Qadimgi slavyan xalqlarida o‘z joniga qasd qilgan-
larni «nopoklar» deb ataganlar. Bunday kishilarning
ruhi
tiriklarga ozor beradi, balo keltiradi, azobga qo‘ya-
di, deb ishonganlar. O‘zga insonlarga zarar keltirmasin
deb ularning qabriga tog‘terak tayog‘i qoqilgan.
Shuningdek, Xitoyda ham o‘z joniga qasd qilish qo-
ralanadi. Xitoyliklar o‘z
joniga qasd qilganning ruhi
osmonga ko‘tarilmasdan, suiqasd sodir etgan uyida qo-
lishiga va oila a’zolariga omadsizlik, balo-ofat keltiri-
shiga ishonganlar.