124
boshqarish va ularga ta’sir o‘tkazishning eng
qulay vosi-
tasiga aylandi.
Bugungi kunda global xavf bo‘lgan terrorchilik Inter-
net olamiga ham kirib borib, kiberterrorchilik atamasi
yuzaga keldi.
Kiberterrorchilar axborot texnologiyalaridan foyda-
lanib, siyosiy, diniy va mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga
harakat qiladilar.
Bu jarayonda, ko‘pincha, xakerlar xiz-
matidan foydalaniladi.
Xakerlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat
idoralari, moliya tizimlari, xalqaro tashkilotlarning
ma’lumot zaxiralariga hujumlar uyushtirib, tartib-
sizliklarni keltirib chiqaradilar.
Kiberterrorchilar o‘smir
yoshlarning qiziqishiga qa-
rab, ularni turli videolavhalar va fotosuratlarni tomosha
qilishga jalb etadilar. Bu bilan esa milliy va umumin-
soniy qadriyatlarga putur yetkazishga harakat qiladilar.
Natijada manqurt insonlar shakllantirish orqali davlat-
larda tinchlik va barqarorlik muhitini izdan chiqaradilar.
Kiberterrorchilar o‘z maqsadlarini amalga oshirish-
da diniy omildan foydalanib, insonlarning qalblarini
egallashga harakat qiladilar. Bunda diniy tushuncha-
larni noto‘g‘ri talqin qilish orqali ma’lum bir
hududda
mutaas sib lik kayfiyatini shakllantirish asosiy maqsad hi
-
soblanadi.
AXBOROT
Globallashuv sharoitida ma’lumotlarning zamonaviy
vositalar orqali tezlik bilan tarqatilishi kuzatil moqda.
Internet tizimi orqali tarqatilayotgan xabar va ma’lu-
motlarga turli siyosiy taqiqlar, davlat chegaralari to‘siq
bo‘la olmasligi katta moddiy va ma’naviy xavfning ke-